Islom Ensiklopediyasi  ( 567142 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:39:50

XALVATIYA - sufiylik tariqati; 14-a. oxirida Shim.-G’arbiy Eronda shakllangan. Tariqat dastlab turkiy aholi o‘rtasida vujudga kelib, O’rta Osiyo tasavvuf maktabi (Ahmad Yassaviy)ning ayrim g‘oyalari va malomatiya va qalandariyaning kuchli ta’siri ostida faoliyat olib borgan. X. 50 dan ziyod mustaqil suluk va tariqatlarni boshlab bergan. X.ning asoschisi gilonlik Zohiriddin Umar al-Xalvatiy (1397 y. v.e.) bo‘lgan. U o‘z izdoshlari uchun qoidalar ishlab chiqqan, unga ko‘ra, qat’iy ravishda zohidlikka amal qilish (zuxd) va mutlaqo ro‘za tutish (imomlar soniga qarab) asoslab berilgan. Siyosiy sabablarga ko‘ra, (X. tarmoqlariga Usmoniylar rahnamolik qila boshlagach) X. ta’limoti vaqt o‘tishi b-n o‘zgarishlarga uchrab sunniylik tariqatiga aylangan. X. ta’limoti asosini quyidagilar tashkil qiladi: ju’ (ixtiyoriy ochlik), samt (sukut saqlash), sahar (bedor bo‘lmoq), i’tizol (yolg‘izlik), zikr, fikr (meditatsiya), rabt (murid qalbi b-n shayx qalbi o‘rtasidagi aloqa) va ibodatda doimiy pokizalik. X. tariqati yashil yoki qora rangdagi to‘rtburchakli qalpoq kiyishi b-n ajralib turgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:40:03

XALIFA (arab. - o‘rinbosar, noib) - ilk islomda jamoa hayotini shariat bo‘yicha tartibga solish va Alloh taolo ko‘rsatmalariga musulmonlar tomonidan amal etilishini nazorat qilish uchun saylab qo‘yilgan musulmon jamoasi rahbari. X. ba’zi vazifalarda vafot etgan Muhammad (sav)ning o‘rinlarini bosadi, deb hisoblangan, keyingi har bir X. esa, shu vazifada o‘zidan oldingisining o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan. Muhammad (sav)ning eng yaqin safdoshlari Abu Bakr Siddik, birinchi X., keyingalari Umar, Usmon, Ali bo‘lishgan. Ularni xulafoi roshidin, ya’ni to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi X.lar deb atashgan. Ali va Muoviya o‘rtasidagi kurash davrida musulmon jamoasining bo‘linishi sodir bo‘lgan, Ali tarafdorlari shialikka asos solishgan. Ular musulmon jamoasida hokimiyat faqat imom hisoblangan Ali va uning avlodlariga tegashli bo‘lishi lozim deb hisoblaganlar. X. unvonini shialar tan olmaydilar. Alini dastlab qo‘llab-quvvatlaganlar ichidan xorijiylar ajrab chiqqan, ular X.ni saylash tamoyilini qat’iy himoya qilishgan. Sunniylikni tashkil etgan musulmonlar jamoasining aksariyat qismi umaviylar sulolasidan bo‘lgan X.larni yoqlab chiqdi; bu sulola o‘rniga 8-a. o‘rtasida abbosiylar sulolasi kelgan. Abbosiylar asta-sekin real hokimiyatni qo‘ldan boy bera boshlaganlar, 13-a.da esa, Bag‘dod mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingach va X.ni Qohiraga qochib ketganidan so‘ng (u yerda 10-11-a.da fotimiylar hukmron edi), amalda hech qanday hokimiyatga ega bo‘lmay qolishgan. 16-a.da turk sultonlari o‘zlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 y.gacha, ya’ni Usmoniylar saltanati tugaguncha davom etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:40:24

XALIFALIK - Payg‘ambar (sav)dan noib bo‘lib, din ishlarini, diniy ilmlarni tarqatish, Islom arkonlarini qoim qilish, jihod olib borish, unga tegishli: lashkar tayyorlash, jangchilarga maosh berish, tushgan o‘ljani bo‘lib berish kabi ishlarni, hozirlik ishlarini, hadd-shar’iy jazolarni qoim qilish, zulmlarni ko‘tarish, amri ma’ruf, nahiy munkarni yo‘lga qo‘yish kabi davlat ishlaridagi rahbarlik ("Izolatul Xafo" 1-2). X. to‘rt yo‘l b-n sobit bo‘ladi: 1-Musulmonlarga fikri va nasihati o‘tadigan, axli hill va akd (halol va ish-so‘zi bir) bo‘lgan ulamolar, boshliklar va askarboshilarning bay’ati b-n sobit bo‘ladi. Abu Bakr (ra)ning Xlari shu yo‘l b-n sobit bo‘lgan. 2-Xalifa odamlarga vasiyat qilib o‘z o‘rniga bo‘ladigan odamni tavsiya qilishi. Hazrati Umar (ra)ning X.lari shu yo‘l b-n sobit bo‘lgan. 3-Xalifa saylash uchun Sho‘ro majlisi tuzish. X,azrati Usmon (ra) va hazrati Ali (ra)ning Xlari shu yo‘l b-n sobit bo‘lgan. 4-X. shartlariga ega odamning odamlarga boshliq bo‘lib olishi b-n. Payg‘ambar (sav) xalifalaridan keyingi xalifalar shu yo‘l b-n bo‘lgan. ("Xujjatullohi Bolig‘a" 2-738). Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (ra)lar roshid xalifalar va hidoyatli imomlar bo‘lib, Rasululloh (sav) ularga ishorat qilganlar va odamlarni   ularga   itoat   qilishga   va sunnatlarini tutishga amr qilganlar. Hasaanning X. muddatlari olti oy. Ulardan  so‘ng musulmon podshohlarning birinchisi Muoviya.
Hasan unga X.ni topshirgandan so‘nggina haqiqiy xalifa bo‘lgan. Hasanga otasining o‘limidan keyin Iroq axdi bay’at qilgan edi. So‘ngra olti oydan keyin u kishi ishni Muoviyaga topshirdilar. Shu b-n Payg‘ambar (sav)ning Hasan haklarida: "Albatta, mening bu farzandim sayyiddir. Alloh uning sababidan musulmonlarning ikki katta guruhi orasini isloh qiladi", degan gaplari rostligi zohir bo‘ldi (Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar). Keyin X. Muoviya ibn Abu Sufyonga va undan umaviylar sulolasiga o‘tdi. So‘ng abbosiylar va ulardan keyin usmoniylar xalifaligi bo‘ldi. X. Mustafo Kamol Otaturk tomonidan tugatildi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:40:44

XANDAQ JANGI (arab. - chuqur) -Muhammad (sav) rahbarliklaridagi musulmonlar b-n makkalik mushriklar o‘rtasidaga jang. 627 y.da makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askar b-n kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad (sav) tarafdorlari Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi b-n xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qo‘shinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, musulmonlar g‘olib chiqadi. Bu islom tarixida X.j. deb nom oladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:40:58

XATIB (arab. - targ‘ibotchi, notiq) - masjidtsa juma va hayit namozi paytida xutba o‘qiydigan, va’z aytadigan ruhoniy. Islom muassasalarida ko‘pincha X. masjid imomi vazifasini ham bajaradi (imom-xatib deb atalishi shundan).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:41:09

XATIB BAG’DODIY, to‘liq ismi Abu Bakr Ahmad ibn Aliy ibn Sobit (1001-1071) -mashhur muhaddis va tarixchilardan biri. Yokut Hamaviy "Mu’jam ul-buldon"da uning ellik olti ta’lifidan bahs etadi. Kitoblarining ko‘pchiligi hadis ilmiga oiddir. 20 jildli "Bag‘dod tarixi"dan tashqari "al-Jome’ li-odobir-roviy vas-somi’", "al-Kifoya fi-ma’rifati usulir-rivoya", "Sharh divon Abi Tammom" kabi asarlari mashhurdir. Xususan, 20 jildli "Bag‘dod tarixi"ni alohida qayd etish lozim. Sharqshunos Salmon Parijda bu tarix haqida 300 sahifadan iborat bir bag‘ishlov nashr etgan. Ko‘pgana sharxlar ham bitilgan.
Vafotidan avval barcha kitoblarini vaqf etgan, boyligini xayr yo‘lida ilm va hadis b-n mashg‘ul bo‘lganlarga bo‘lib bergan

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:41:22

XATMI-QUR’ON - Qur’onni batamom o‘qish va shu munosabat b-n o‘tkaziladigan diniy marosim. Ramazon oyida, tarovih namozida Kur’oni karimni avvalidan oxirigacha tilovat qilib chiqilishi ham X.-Q. dir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:41:44

XATTOBIYLAR, al-Xattobiya - "o‘ta" shialikdagi guruh; Abu-l-Xattob Muhammad ibn Ali Zaynab al-Asadiy izdoshlari. X.ning asoschisi va g‘oyaviy rahnamosining da’vatiga ko‘ra, ilohiy ruh to Ja’far as-Sodiqqacha bo‘lgan Ali xonadoniga mansub imomlarga birin-ketin jo bo‘lgan. Kufa yaqiniga chodir o‘rnatib Abu-l-Xattob o‘z tarafdorlarini xudo imom siymosida namoyon bo‘dtsi deb Ja’far as-Sodiqqa ibodat qilishga chaqirgan. Bundan xabar topgan Ja’far as-Sodiq Abu-l-Xattobdan yuz o‘gargan va uni duoibad qilgan. Shunda Abu-l-Xattob ilohiy nur Aliylardan o‘ziga o‘tganligini da’vo qila boshlagan. Imomiylik merosiy ekanligini rad etib, imomlik - sof g‘oyaviy fazilat, payg‘ambarlar va imomlar ilohiy mujassamlikning ko‘rinishidir, ilohiylik - bu payg‘ambarlikdagi nur, payg‘ambarlik -imomlikdagi nur, dunyo ilohiy nurdan mahrum bo‘lishi mumkin emas va bu nur (imomlik) unga, yettinchi imomga o‘tganligani da’vo qilgan. 760 y. X.ning bir qismi Muhammad ibn Ismoil tarafdorlari b-n birga Kufada abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Qo‘zg‘olon bostirilib, Abu-l-Xattob qo‘lga olingach, bir guruh tarafdorlari b-n birga xochga tortilgan. Ularning jasadlari yondirilib, kallalari xalifa al-Mansurga jo‘natilgan, xalifa ularni uch kun Bag‘dod darvozalariga osib qo‘yishni, so‘ngra yoqib yuborishni buyurgan. Qolgan X. beshta guruhga ajrab ketishgan, ulardan biri Abu-l-Xattobning o‘lganligani inkor etib, uni ilohiylashtirishni davom ettirgan, boshqalari esa, yangi saylangan imomlarni ilohiylashtirganlar. X. uchun umumiy xususiyat imomlarni ilohiylashtirish, ularning g‘ayritabiiy bilimlariga ishonish bo‘lgan. X. jannat va do‘zaxni majoziy talqin qilganlar, o‘liklarni qayta tirilishini inkor etishgan, ruhlarning ko‘chishini tan olganlar. Barcha X. dastlabki uch xulafoi roshidin va sahobalarni, Alini o‘z vaqtida imomlikdan chetlatganlari uchun dinsizlikda ayblashgan.
X.ning g‘oyaviy izdoshlari ismoiliylar -"ettichilar" bo‘lib, ularning diniy-siyosiy qarashlari, o‘z navbatida qarmatlar harakati mafkurasining muhim qismini tashkil etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:43:16

XIZR (as) (Xizir, Hazrati Xizr, Xizr buva, Xizr-Ilyos) - Qur’onda "Allohning quli" nomi b-n tilga olingan taqvodor zot. X. (as) odamlarda Allohga bo‘lgan e’tiqodni mustahkamlash uchun Iso, Ilyos va Idris singari abadiy hayot ato etilgan payg‘ambarlardan hisoblanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, X. (as) orollarda yashaydi, osmonda uchadi, hamisha dunyo bo‘ylab kezib yuradi, har yili haj qiladi, juma kunlari Makka, Madina va Qudtsus shlaridagi masjidlarda namoz o‘qiydi. Dengizda suzuvchilarga homiylik qiladi, maxsus duolar b-n chaqirilsa, yordamga keladi: suvga cho‘kayotganlarni qutqaradi, yonginni o‘chiradi, o‘g‘rilar xurujidan, jinlarning hiylalaridan, ilon chaqishidan xalos etadi va h.k. Sufiylar X. (as)ni avliyolar piri sifatida e’zozlaydi. Hazrati X. (as) qadimdan xalklar tasavvurida odamlar mushkulini oson qiluvchi, u b-n uchrashgan kishilarga baxt ato etuvchi xudojo‘y qariyadir. Xudo yorlaqagan odamlargina X. (as)ga yo‘liqishi mumkin.
Musulmon sharqi mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyoda X. (as) nomi b-n bog‘liq ko‘plab . qadamjolar (mas., Hazrati Xizr masjidi va b.) mavjud.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:43:29

XIROJ, x a r o j (arab. - soliq) - 1) o‘rta asr musulmon davlatlarida yer solig‘i. Dastlab X.ni Arab xalifaligada faqat g‘ayridinlar to‘lashgan. Musulmonlar ushr solig‘i to‘laganlar. Keyinchalik yer egalari, asosan, musulmonlar bo‘lgach, X. umumiy yer solig‘iga aylangan. X. alohida shaxsdan yoki jamoadan (butun qishloq ahlidan) olinishi mumkin bo‘lgan. So‘nggi o‘rta asrlarda u turli nomlarda atalgan. Usmonli turk imperiyasida X. deb musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon va yer soliklari aytilgan (yana q. Jizya); 2) O’rta Osiyoda o‘rta asrlarda davlat yerlaridan to‘plangan soliq. O’rta Osiyoda 8-a.da islom dinining tarqalishi jarayonida joriy etilgan, shariatda qonunlashtirilgan edi. Zamonaviy soliq tizimining amalga kiritilishi b-n X. yig‘ish yo‘qolib ketdi.

Qayd etilgan