Islom Ensiklopediyasi  ( 566648 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:44:07

XIRQA (arab. - yamoq, quroq) - junli matodan tikilgan ustki kiyim. Asosan, sufiylar kiygan. X. odatda sufiylikda pirdan shogardga o‘tgan, uzoq vaqt kiyilgani sababli u ko‘pincha eskirgan, quroq va yamoq bo‘lgan. X. o‘zbeklar orasida janda deb atalgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:44:28

XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Ubaydulloh; 1404-1490) - o‘rta osiyolik shayx, murshid, naqshbandiylik tariqati rahnamolaridan. Hoz. Toshkent viloyati Bog‘iston qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning bolalik va yoshlik davri Toshkentda o‘tgan. Shajarasi ona tarafidan mashhur Shayx Xovand Tahurga borib taqaladi. Toshkent, Samarqand madrasalarida tahsil olgan. X.A. ko‘proq tasavvuf ilmiga qiziqadi va shu maqsadda Hirotga kelib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida bo‘ldi. So‘ng Bahouddin Naqshbandning shogardi shayx Yoqub Charxiy (1447 y.v.e.)dan naqshbandiylik tariqati asoslarini o‘rgandi. Bahouddin Naqshband ta’limotining davomchisi sifatida ruhoniylar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘ldi va "valiy" (avliyo) deb tanildi. Ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari b-n shug‘ullandi. X.A. juda katta yer-suv, mol-mulkka ega bo‘lib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi o‘rin egalladi. X.A. qalamiga mansub 3 risola - "Faqarot ul-orifin" ("Oriflar so‘zlaridan parchalar"), "Volidiya", "Havroiyya" bizgacha yetib kelgan. Birinchi risolasida o‘zining va ba’zi tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlari, ikkinchi risolasida tariqat yo‘liga kirgan kishining axloq-odobi, faqr va fano tushunchalari bayon etilgan. Inson zohiri va botinini pokiza qilish mavzui ham asardan joy olgan. Uchinchi risolasi mutasavvif shoir Abu Sa’id Abulxayr (11-a.) ruboiysi sharhiga bag‘ishlangan. X.A. naqshbandiylikning murshidi sifatida shuhrat qozonib, o‘z davrining ijtimoiy, falsafiy, ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutdi. Jomiy, Navoiy, Bobur X.A.ni o‘zlariga ma’naviy pir - ustoz deb bilganlar, unga bag‘ishlab dostonlar bitishgan, asarlarini o‘zbek tiliga o‘garishgan. X.A. Samarqandda vafot etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:44:39

XOJA AHROR MAJMUASI - Samarqand viloyati, Samarqand tumani Ulug‘bek qishlog‘idagi me’moriy yodgorlik (15-20-a.)-Xoja Ahror qabri yaqinida turli davrlarda bunyod etilgan Nodir Devonbegi madrasasi, ikki ayvon, namozgoh masjid, minora hamda hovuzdan iborat.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:45:16

XOJA MUXAMMAD PORSO, to‘liq ismi Muhammad ibn Mahmud al-Hofiz al-Buxoriy (1345-1419) - O’rta Osiyoda naqshbandiylik tariqatining yirik vakili, Bahouddin Naqshbandning xalifasi (o‘rinbosari). Buxoro madrasalarida Qur’on, hadis, kalom ilmlarini puxta o‘rgangan. Temuriylardan Xuroson hukmdori Shohruh u b-n turli diniy masalalar bo‘yicha yozishib turgan. Mirzo Ulug‘bek X.M.P.ning qomusiy bilimdonligiga tan bergan. X.M.P.ga Naqshbandning o‘zi ta’lim va tarbiya bergan va o‘limi oldidan uni o‘z o‘rniga tayin qilgan. X.M.P. "Risolai kudsiya" kitobida piridan eshitgan va o‘zi jamlab yurgan ibratli kalimalaridan namunalar keltirib, ularni birma-bir sharhlaydi, pirining hayoti va ma’naviy dunyosi, naqshbandiylik tariqatining asoslari haqida ma’lumotlar beradi.
X.M.P. shariat va tariqatga oid o‘nlab asarlar yaratgan. Jumladan, "Qur’on tafsiri", "Tariqat mashoyixlarining qudsiy kalimalaridan", "Tasavvuf istilohlari haqida risola", "Murid odoblari haqida risola", "Karomatlar haqida risola", "Makka shahrining qisqacha tarixi", yetmish ikki firqa", "Maqomoti Xoja Aloudtsin Attor", "Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" asarlarida islom dini va tasavvufga oid fikrlarini bayon etadi, eng mashhur sufiylarning faoliyati haqida ularning o‘z asarlari va mulohazalari asosida hikoya qiladi. Yana bir mashhur asari - "Fasl ul-xitob bi vaslil-ahbob" ("Do‘stlar visoliga yetishda oq ila qorani ajratuvchi kitob") esa, bir necha bor chop qilinib, islom ulamolari tomonidan eng ishonchli qo‘llanma sifatida foydalanilgan, shariat, tariqat, diniy firqalar to‘g‘risida biron-bir munozara chiqqudek bo‘lsa, shu asarda keltirilgan fikrlar ishonchli dalil - hujjat deb qabul qilingan. Asarda islomda bahsli hisoblangan 500 ga yaqin masala batafsil yoritilib, tavsiflab berilgan.
X.M.P. ikkinchi marta haj ziyoratidan so‘ng kasallikka chalinib vafot etadi. Qabri Madinadagi "Jannatul-baqi’" qabristonida

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:45:29

MUHAMMAD ISLOM (1493-1563) - Jo‘ybor xojalaridan. Buxoro xoni Abdullaxon II ning piri. Musulmon Sharqida katta nufuzga ega bo‘lgan. Hindiston, Eron, Koshg‘ar, Badaxshon hokimlari u b-n xat yozishib turganlar. Shayboniylar davlatidaga ko‘pgana kurilish ishlari (masjid, madrasa, xonaqoh, hammomlar, rastalar, ustaxonalar, sardobalar, kanallar va b.) uning va o‘g‘li xoja Sa’dning (1531-89) nomi b-n bog‘liq. X.M.I.ning Buxoro, Miyonkol, Samarqand, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg‘ob, Mehna, Mashhad, Chorjo‘y va Andxudda katta yer mulklari bo‘lgan. Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkir ul-ahbob" asari unga bag‘ishlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:46:03

XOKSOR - sufiylik tariqati; 18-a. oxirida jaloliya-suxravardiya tariqati (Shim. Hindistonda Sayyid Jaloliddin Husayniy tomonidan 14-a. o‘rtasida asos solingan)dan mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan; o‘ziga haydariya (Mir Haydariya) va qalandariyaning bir qancha guruh va jamoalarini, shuningdek, ne’matullohiylarning turli tarmokdarini birlashtirgan.
X. ilk tarixi mavhum, chunki tariqatning adabiy an’anasi yo‘q bo‘lgan. Bizgacha yetib kelgan turli qo‘lyozma qo‘llanma va ko‘rsatmalar bir to‘plamga keltirilib "Risolayi tariqa-yi faqr-i xoksor" deb atalgan. X. mustaqil nazarii qoida ishlab chiqmagan. O’zidan avvalgi tariqatlarning qorishmasidan iborat.
"Yo‘l" to‘rt bosqichdan iborat, unda 20 yoki 44 manzil (maqom) bor, odatda shulardan atigi 14 tasi, shuningdek, tolib-darvish sinashi lozim bo‘lgan 12 sarhushlik holati (piyala) aytiladi. X. darvishi tariqat yo‘lidan yurishi lozim, ya’ni oziga qanoat qilmog‘i, barcha boyligini boshqalar b-n baham ko‘rmog‘i, ustozini doimo yodda tutishi, uni kundalik ibodatda eslashi (q. Chishtiya), sochi, mo‘ylabi, qoshi va soqolini olib yurishi (hamma ham rioya etmagan) lozim bo‘lgan. Hayoti davomida X. darvishi to‘rtta safarni amalga oshirishga intilish lozim: a) odamlardan xudoga; b) xudodan odamlarga, so‘ngra xudoga, keyin xudodan xudoga; v) xudo b-n xudoda; g) xudo b-n odamlar orasida. Tariqat a’zolari o‘zlarini - tariqa-yi alaviya-yi xoksor-i husayni-yi jaloliy - deb atashadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:46:18

XOLID IBN VALID (? - 642) - ilk islom davridagi arab sarkardasi. Dastlab musulmonlarga qarshi kurashgan. Uhud jangidan so‘ng islomni qabul qilgan (629). Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabiston ya.o.dagi arab qabilalarining isyonlarini bostirgan. Hirotni egallagan musulmonlar qo‘shiniga qo‘mondonlik qilgan, Mesopotamiyada laxmiylarni tor-mor keltirgan. Sarkarda Amr ibn al-Os b-n birga Suriya fathida qatnashgan, keyinchalik bu yerda voliy bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi oldidagi buyuk xizmatlari uchun "Sayfulloh" - "Allohning shamshiri" faxriy unvonni olgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:46:35

XOLIDOBOZIY, Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Xolidoboziy al-Marvaziy (? -951/952) - shofi’iylikdagi yirik imom, muhaddis, faqih. Marv viloyatidagi Xolidoboz qishlog‘ida tug‘ilgan. Bag‘doddagi al-Mansur masjidida fiqhdan ta’lim bergan. Sam’oniyning yozishicha, turli mamlakatlardan tolibi ilmlar uning huzuriga kelib ta’lim olishgan, 70 dan ziyod shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik u Misrga ko‘chib o‘tib, u yerdagi shofi’iylarning peshvolaridan biriga aylangan. Fiqhga doir 5 asar yozgan. Misrda vafot etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:46:55

XONAQOH - darvishlar, qalandarlar, shuningdek, g‘arib va miskinlar to‘xtaydigan, istiqomat qiladigan uy - qalandarxona, darvishxona. Musulmon mamlakatlarida zoviya, tak’ya, rabot nomlari b-n ham yuritiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:47:09

XORIJIYLAR (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali b-n umaviylar o‘rtasidagi kurash davomida 7-a.ning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali(kv) Muoviya tarafdorlari (umaviylar) b-n muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali(kv) haqiqiy vorislik huquqiga ega, deb hisoblagan tarafdorlarining o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi (12 ming kishi) Ali(kv)ni kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Ali(kv)ga ham, umaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari X. deb nom olgan. X. harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab-musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. X. "dindan qaytgan", deb e’lon qilingan siyosiy va goyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. X. ta’limotiga ko‘ra, xalifa tsiniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. X. fikricha, e’tiqod amaliy faoliyat b-n mustaxdamlanishi lozim. E’tiqod, gunohkor kishilarni jazolash masalalarida X. murji’iylarga qarama-qarshi turgan. Keyinchalik X. bir necha mayda guruhlarga bo‘linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar 7-9-a.larda X.ga qarshi keskin kurash olib bordi. Buning natijasida X. qirib tashlandi, ularning qolganlari Shimoliy Afrikada o‘z davlatini vujudga keltirdi. X. xalifalikdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonlar (Zinjiylar qo‘zg‘oloni, Abu Muslim qo‘zg‘oloni va b.)da qatnashgan. Hozirgi davrda X.ning ibodiylar firqasi mag‘rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va b.da), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.

Qayd etilgan