Islom Ensiklopediyasi  ( 567239 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:47:25

al-XOSSA (ko‘pligi al-xavoss) - diniy-ijtimoiy termin, keng ma’noda "mumtoz shaxslar", oqsuyaklarni bildirib, al-omma (ko‘pligi al-avomm) - omma, "olomon"ga qarshi qo‘yilgan. Al-X. va al-A.ni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishi musulmon jamiyatining diniy va ijtimoiy bo‘linmasini turli bosqichlarida amalga oshirilgan. Al-X. sifatida mujtahidlar odtsiy musulmonlarga, sufiylikdagi avliyolar boshqa musulmonlarga qarama-qarshi qo‘yilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:49:11

XRISTIANLIK - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik harakati natijasida Afrika, Yaqin Sharkda va Uzoq Sharqning bir necha mintaqalarida keng yoyilgan. X. cherkovi ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda bu dinga 1 mlrd.dan ortiq kishi e’tiqod qiladi. X.ning asosiy g‘oyasi xudo-odam - Iisus Xristos (Iso masih; q. Iso) haqidagi afsonalar b-n bog‘liq. Uning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va taqiqpari Bibliya va b. muqaddas kitoblarda o‘z ifodasini topgan. X. 1-a.ning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o‘rtasida paydo bo‘lgan. Ilk X. qullar va ezilgan ommaning mavjud tartib va quldorlik tuzumiga qarshi noroziligini ifodalagan. Ilk X. dastlab iudaizmdan ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda o‘z ifodasini topgan. Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy tanazzuli chuqurlasha borgan sari, X.dagi isyonkorlik, demokratik tamoyillar yo‘qolib, sabr-chidamli bo‘lish, takdirga tan berish g‘oyalari birinchi o‘ringa qo‘yila boshlagan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi ham o‘zgargan: ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa a’zolari (miryan)ga bo‘lingan. Ayrim-ayrim jamoalar o‘rtasidagi aloqalarning mustaxkamlanishi yepiskop boshliq cherkovning tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik to‘plab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni ta’qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik X. tarafdorlari bo‘ldilar. 4-a.da X. Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy qismidagi o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot X. cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning g‘arbiy qismi) va pravoslaviega (sharqiy qismi) bo‘linishiga olib keldi. X.ning bu bo‘linishi 1054 y.da rasman e’tirof etilgan bo‘lsa-da, biroq bu jarayon 13-a.ning boshlarida tugallangan. Rossiyada X. 10-a.ning oxirida Vizantiyaning ta’sirvda tarqalgan. O’rta asrda feodal tuzumga qarshi qaratilgan harakat ayni vaqtda xristian cherkoviga ham qarshi yo‘naltirilgan edi. Reformatsiya davri katolik cherkoviga qarshi kurash shaklidagi antifeodal harakatining eng cho‘qqisi bo‘ldi. 16-a.da Reformatsiya natijasida Yevropadagi qator cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi asosiy oqimi - protestantizm yuzaga keldi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:49:23

XUVAXDRZODA (laqabi; asl ismi Abu Bakr Muhammad ibn al-Husayn al-Qudaydiy al-Buxoriy) (? - 1090) - buxorolik tanikdi muhaddis, mufassir va faqih. Sam’oniyning yozishicha, qozi va imom Abu Sobit Muhammad ibn Ahmad al-Buxoriyning jiyani bo‘lgani uchun X. deb laqab berilgan. Uning 5 ustozi va 3 shogardi borligi manbada qayd etib o‘tilgan. X. fiqh va hadisga doir 6 asar yozgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:49:33

XUMS (arab. - beshdan bir) - islom an’anasida musulmon qo‘shinlari qo‘lga tushirgan o‘ljalarning (q. Ranimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar xazinasiga (q. Bayt ul-mol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy boshliqlar o‘zlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qur’on oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u o‘rta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida qo‘llanilgan. X. sifatida to‘plangan mablag‘larning beshdan bir qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini ta’minlashga, shuningdek, qo‘shinlar xarajatlariga sarflangan. Xalifalar va keyinga hukmronlar davrida X. xazinaga tushgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:49:52

XURRAMYILAR, xurramiya (fors. xurramdin - "xush, xurram e’tiqodga ega") - sunniylikka qarshi bo‘lgan moniylik-mazdakiylikka xos oqimlarning umumlashma nomi. 8-10-a.larda Eronda X. shiori ostida g‘alayonlar bo‘lgan. Zardushtiylik muhitida - bid’atchi sekta bo‘lib, nomi zardushtiylarning o‘zlarini atashlari - bexdin - "yaxshi e’tiqod egasi"ga aynan mos keladi.
Nizomulmulkning ta’rifiga ko‘ra, X. islom dushmani, ular nafaqat shariatni, balki umuminsoniy axloqiy normalarni ham inkor etganlar, ular barcha man etilgan narsalar joiz deb, jumladan, boshqalarning mol-mulki va hatto ayollariga egalik qilishni ham joiz deb hisoblashgan. Ular Abu Muslim, Maxdiy, Abu Muslimning qizi Fotimaning o‘g‘li Feruzga ibodat qilib, butun faoliyatlarini islomni buzishga qaratganlar. Ular zardushtiylarning goyaviy merosxo‘ri bo‘lganlar. X. mafkurasining asosini dualizm - yorug‘lik b-n zulmat o‘rtasidagi kurash tashkil qilgan. Ular kishilarning umumiy tengligi, soliq va majburiyatlarni bekor qilish, moddiy boyliklarni teng taqsimlashni yoqlab chiqishgan. Nazariy jihatdan X. yovuzlikka qarshi qurolli kurashni inkor etadilar, amalda esa, 8-10-a.da xalifalikdagi barcha qurolli xalq harakatlarini qo‘llab-quvvatlashgan. 10-a.da xalifa qo‘shinlari X. qal’alarini tor-mor keltirgach, X.ning aksariyati shialikka o‘tgan. 15-a.dan keyin X. atamasi manbalarda uchramaydi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:50:03

XUTBA (arab. - targabot, nutq) - juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi)ning va’zxonligi, diniy pand-nasihat. O’rta asrlarda X.ning muhim siyosiy ahamiyati bo‘lgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqqiga duo qilishlari lozim edi. 9-a. 2-yarmidan ayrim xukmdorlar X.da o‘z ismlarini xalifa ismidan keyin qo‘shib aytilishi uchun harakat qilishgan. X.da hukmdor ismining yodga olinishi hukmdorning mustaqil ekanliganing asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan. Hozir musulmon mamlakatlarining ko‘pida X.ning mazmunida dunyoviy hokimiyat va siyosat masalalarini muhokama qilish o‘rin olmokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:50:14

XUFTON (forscha - uxlash) - 5 vaqt o‘qiladigan namozning biri. Uning vaqti shom namozi vaqtining tugashi b-n kiradi. Ya’ni, taqriban kun botgandan bir yarim soat keyin kirib, bomdod vaqtigacha davom etadi. X. namozi uchun eng barakotli, kulay vaqt tunning uchdan birinchi qismi hisoblanadi. X. namozi 4 rakaat farz, 2 rakaat sunnat, 3 rakaatli vitr, vojib namozlarvdan iborat.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:51:53

XO’JA (fors. xoja - xo‘jayin, janob) - turli islom mamlakatlarvda turli davrlarda turlicha ma’nolarda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli.
1. Misrda o‘rta asrlarda X.lar - badavlat fors va b. kelgandi savdogarlar. Somoniylar (9-10-a.) va Raznaviylar (10-12-a.) davlatlarida ulug‘ (buzurg) X. - vazir unvoni. Usmoniylar saltanatida X. - ulamoni anglatgan. Sulton murabbiysi, saroy kitobdori va haram og‘alari ham shunday atalgan. X. i jahon - Hindiston sultonliklarida (14-15-a.) yuqori mansabdor shaxslar unvoni. Ko‘pligi xojagon -Usmoniylar saltanatida (16-20-a.) amaldorlar sinfi nomi. X. boshi - viloyatlarda soliq xizmati boshlig‘i. Hoz. Turkiyada X. - din b-n shug‘ullanuvchi shaxslar va o‘qituvchiga nisbatan murojaat shakli. Bir qator hoz. arab mamlakatlarida xavoja (xuvaja) - savdogarlar, birinchi navbatda nomusulmon savdogarlarni anglatadi hamda nomusulmonlarga nisbatan muomalaning yumshoq shakli.
2.   O’rta Osiyoda 20-a. boshiga qadar X. - xulafoi roshidin (Abu Bakr, Umar (asosan), Usmon va Ali (uni Muhammad (sav) qizlari Fotimadan bo‘lgan avlodlaridan tashqari; q. Sharif) dan tarqalgan ekanliklarini da’vo etuvchi shaxslarning faxriy unvoni. Boshqa manbalarda  X.lar  arablarning  fathiy yurishlarida   boshchilik      qilgan sarkardalarning  avlodlari deb hisoblanadi. X.lar islomda oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayyidlardan keyin turib, imtiyozlarga ega bo‘lganlar, ba’zi musulmon mamlakatlarida hozir ham ularning imtiyozlari saqlanib kelinmoqda.  Urta  Osiyoning  siyosiy  va iqtisodiy hayotida X.lar katta nufuzga ega bo‘lganlar, juda katta yer va mulkka egalik qilganlar.
3.   Abdulxoliq G’ijduvoniy  asos  solgan Xojagon  sufiylik  tariqati  a’zosini anglatuvchi istiloh, keyinchalik (19-a.) kelib chiqishi mana shu tariqat b-n bog‘liq bo‘lgan bir necha hukmdorlar sulolasi.
4.   Hindistondagi ismoiliylar-nizoriylar jamoasini   anglatuvchi   istiloh.   Ular shuningdek, Zanjibar, Afrikaning sharqiy qismi,  Hindikush (u yerda mavolis deb ham atalganlar), O’rta Osiyoning bir qancha viloyatlari, Sharqiy Eron va Fors ko‘rfazi  intaqasida yashaydilar.
5. Hindistonda, asosan, ismoiliy-nizoriylar, sunniylar, shia-imomiylardan tarkib topgan aholi guruhiga nisbatan ishlatiladigan istiloh.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:52:06

XO’JA ALAMBARDOR - Movarounnahrda islom dinini targ‘ib va tashviq qilgan zotlardan biri. Imom Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy (903-976)ning safdoshi, alambardor (bayrokdor, dinni bayroq qilib ko‘tarib, tashviq etuvchi) nomi b-n tanilgan. X.A.ning taxmin qilingan qabri Toshkentning Kamolon darvozasi ortida bo‘lgan. Tarixda alambardorlar ko‘p o‘tgan, ular xalqning yuksak e’tiborida bo‘lganlar.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:52:30

XO’JA ALAMBARDOR MAQBARASI -Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (19-a.). Maqbara islom dini arboblaridan Xo‘ja Abdul Aziz Alambardor nomi b-n bog‘likdir. Islom fotixdari Choch (Shosh, hoz. Toshkent)ga kelganida lashkarning bayroq ko‘taruvchisi -alambardori Abdul Aziz Samarqand darvoza tashqarisiga islom tugini qadagan. O’sha joy hoz. Xo‘ja Alambardor qabristonining o‘rtasi bo‘lib, keyinroq bu yerda bir sag‘ana qurilgan. Xo‘ja Alambardor umrining oxirgi yillarini Isfijob (Sayram)da o‘tkazadi va o‘sha yerda vafot etadi. Keyinroq uning qabri yon atrofiga Ahmad Yassaviyning ota-onalari ham qo‘yilgan. Demak mazkur maqbarada Xo‘ja Alambardorning o‘zi yo‘q. Ammo ichida katta-kichik beshta qabr mavjud. Maqbara bir necha marta qayta tiklangan. Ichida o‘sha vaqtda qo‘yilgan islom bayrog‘i tug‘i hamon saklanadi. Tug‘da "Alloh" va "Muhammad" so‘zlari yozilgan.

Qayd etilgan