Islom Ensiklopediyasi  ( 566526 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:57:43

SHAYX XOVANDI TAHUR MAQBARASI - me’moriy yodgorlik. Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li - Shayx Xovandi Tahurga atab solingan. Yodgorlik 15-a.ga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18-19-a.larda qurilgan. Xonalar gumbazlar b-n yopilgan, go‘rxona gumbazi qo‘shqavat bo‘lib, 12 qirrali asosga o‘rnatilgan; ziyoratxona arxitekturasi o‘ziga xos xonaqoh bo‘lib, sakkiz ravokdan iborat. Darchalardagi koshinkori panjaralar sakdanib qolgan. O’tmishtsa ziyoratgoh bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:58:44

SHAYXIYLAR, ash-Shayxiya (yoki al-hasaniya) - 1. G’arbiy Xuroson (Eron)da 14-a.ning 30-80-y.larida mavjud bo‘lgan shialikdagi sufiylik tariqati. Uning asoschisi, mozandaronlik darvish Shayx Xalifa shayx Baluyi Amoliyning muridi bo‘lib, lekin ustozi qarashlarida "nuqson" borligani bilgach, uni tark etib bir muncha vaqt shayx Alouddavla Simnoniy xonaqosidan qo‘nim topgan. So‘ngra Sabzavor jome masjidida yashab, "isyonkorlik ruhi"dagi va’zlar b-n chiqa boshlagan, uning izdoshlari ko‘payib borgan. Sunniy faqixdar fatvo tuzib, unda Sh. rahbarini masjidda dunyoviy nutklar so‘zlaganlikda, ilohiyotchilarning taqiklarini buzganlikda va yashirin faoliyat yurgazganlikda qoralashgan. 1335 y. Shayx Xalifa yashirin suratda o‘ldirilgan va 1342 y.gacha Sh. tariqatiga shayxning muridi, Xuroson shaharlari aholisini Sh.ga da’vat qilgan Hasan Juriy bosh bo‘lgan. U muridlarni yashirin ish ko‘rishga, qurolli chiqishga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan. Uning muridlari orasidan keyinchalik mo‘g‘ullar zulmiga qarshi ko‘tarilgan harakat a’zolari - sarbadorlar ham yetishib chiqqan. Tarixchi Xondamirning fikriga ko‘ra, shayx Hasan Juriy sarbadorlar amiri Mas’ud buyrug‘iga ko‘ra qatl etilgan (1342), uning vorisi Darvish Aziz ham 30 yildan so‘ng o‘ldirilgan. Sh. tariqati 14-a. 80-y.larigacha mavjud bo‘lib, so‘ngga sarbadorlar amiri Sh.ni taqikdab qo‘ygan.
2. Eronda 19-a.da tarqalgan shialikdagi ilohiyot maktabi. Asoschisi - shayx Ahmad ibn Zaynidtsin al-Ahsoiy (1753-1826). Sh. mafkurasi shialikdagi axboriylardan farq qilgan: Sh. rivoyatlar sonining ko‘payib ketganligi va ular tanqid qilinmasligiga qarshi chiqqanlar. Sh.ga ko‘ra, 12 imom ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, Allohning xohishlarini sharhlovchilardir va shu jihatdan ular - yaralishning oxirgi sababidirlar. Ular Alloh yaratgan barcha narsalarni aks ettiradilar, lekin o‘zlari quvvatga ega emas. Sh. ta’limoti Erondagi bobiylar harakatiga g‘oyaviy asos yaratib bergan, biroq, Sh.ning unda ishtirok etganlari noma’lum. Lekin 19-a. o‘rtasida bobiylarga nisbatan qilingan qatag‘onlik, quvg‘in Sh.ga ham taallukli bo‘lgan, ularni ta’qib etish keyinchalik ham davom etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:59:22

SHAYXULISLOM - muayyan mamlakatda islom tashkilotlari boshlig‘i - oliy diniy unvon. Faxriy unvon sifatida 10-a.dan u yoki bu faqih yoxud sufiyga nisbatan ishlatilgan. 13-a.dan keyin muntazam suratda qo‘llanilgan. Buxoro xonligi, Turkiya (16-a.dan 1924 y.gacha) va b. davlatlarda Sh. - eng oliy diniy lavozim. Bunday lavozim va unvon musulmon mamlakatlarining ba’zilarida uchraydi. Shialikka mansub diniy boshqarma rahbari ham Sh. unvoni b-n yuritiladi. Sunniylikka mansub boshqarmalarning rahbarlari muftiy unvoniga ega.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:00:31

SHARIAT (arab. - ostona va suv ichish joyi; yo‘l; musulmonchilikda Sh. qonunchilik ma’nosida ishlatiladi) - Alloh joriy qilgan amaliy hukmlar majmuasi, shu ma’noda Sh. fiqh ma’nosida ham tushuniladi. Samoviy dinlarning barchasidaga amaliy qism Sh. deb ataladi. Islom Sh.i hukmlari Kur’on, sunnat, ijmo’ va qiyosdan olinadi. Sh.ning maqsadlari uchga; zaruriy, hojatlik va yaxshilash qismlariga bo‘linadi. Din va dunyo uchun zarur bo‘lgan maqsadlar zaruriy maqsadlar, deyiladi. Ular yo‘q bo‘lsa, dunyoning ishlari buziladi va oxiratda azobga qolinadi. Islom Sh.ining maqsadlari dinni, jonni, aqlni, naslni va molni asrashdan iborat. Sh.da ushbu narsalarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralar ko‘rilgan. Sh.ning hojatlik maqsadlari esa, kishilarga osonlik tug‘dirish va ulardan qiyinchilik va mashaqqatni aritishga qaratilgan. Bunga musofir va bemor kishilarga namozni qasr qilib o‘qish va ro‘zani ochib yuborishga berilgan ruxsatlar va shunga o‘xshash ko‘plab shar’iy hukmlar kiradi.
Sh.ning yaxshilash maqsadi jamiyatda bir biriga muruvvat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Agar u narsalar yo‘q bo‘lsa, hayot nizomi buzilib ketmaydi. Shuningdek, odamlarga mashaqqat ham tug‘ilmaydi. Ammo, insoniylik muruvvatiga putur yetadi. Bu maqsadda, asosan, yaxshi odatlar va husni xulq ko‘zda tutiladi. Pokizalikka boshlovchi, kiyim bosh, turar joy, jism va b.ni pok tutish haqidagi shar’iy ko‘rsatmalar, yeb ichish odoblari, oilaviy aloqalarni yaxshilash kabi ko‘plab ishlar haqidaga shar’iy xukmlar shu jumlaga kiradi. Payg‘ambar Muhammad (sav) rahbarligida birinchi Islom davlati tashkil topganda Sh. normalari o‘sha davlatning asosiy qonunlari bo‘lgan va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan. Keyinchalik 4 roshid xalifa, umaviylar, abbosiylar va usmoniylar davlatlari vaqtida ham Sh. davlatning qonuni bo‘lib kelgan. Ammo, vaqt o‘tishi b-n turli omillarga ko‘ra, musulmonlar Sh. hukmlaridan uzoklashib borganlar. Asta sekin Sh. hukmlariga amal qilish ham susayib va ba’zida noto‘g‘ri yo‘llarga kirib borgan. 20-a.ning boshiga kelib, Sh.ga amal qilish ba’zi davlatlarda rasman bekor qilingan. O’zi shundoq ham sustlashib qolgan Sh.ga amal qilish ishi parokanda bo‘lgan. Musulmonlar yashaydigan davlatlar g‘arb davlatlari qonunlaridan ko‘chirma olishga o‘tdilar. Hozirga kelib faqatgana Saudiya Arabistoni davlati o‘zining Sh.ga amal qilayotganini aytadi. Boshqa islom davlatlarida faqat oilaviy - nikoh, taloq, nafaqa kabi masalalarda va merosda Sh.ga to‘liq yoki qisman amal qilinadi. Boshqa qonunlar g‘arb davlatlari qonunlaridan o‘zgartishlar b-n olingan ko‘chirmadan iborat. 20-a.ning o‘rtalaridan turli shaxs va jamoalar tomonidan Sh.ga amal qilishni qayta tiklash chaqiriklari olib borilmokda. Bunga qisman amal qilgan yerlar ham bor. Ammo, ko‘pchilik davlatlarda bu chaqiriklar gap bo‘yicha qolib kelmokda.
O’zbekiston hududida qadimda barcha musulmon o‘lkalari b-n bir qatorda Sh. tatbiq qilingan. Movarounnahrlik faqixdar chuqur bilimlari, mashhur asarlari b-n Sh.ning rivojiga muayyan hissa qo‘shgan. Movarounnahr hanafiylik mazhabining markazlaridan bo‘lib, shu yerlik xalklarning huquqiy tizimi Sh. tamoyillari va qoidalari asosida yaratilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning "Hidoya", farg‘onalik Faxriddin Hasanning "Fatovo", buxorolik Ubaydulloh ibn Mas’udning "Muxtasar" singari kitoblari musulmon davlatlarida mashhur bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida ayrim huquqiy me’yorlarni mahalliy sharoitga moslashtirishga intilganlar. Islom mamlakatlarida hoz. kunda Sh. jamiyatning ijtimoiy-ruhiy hayotini qamrab oluvchi tartib-qoida sifatida muayyan mavqega ega. Boshqa Islom yurtlari qatori bu hududda ham asta-sekin Sh. qonunlari o‘rni susayib borgan. Bolsheviklarning oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Sh. umuman man qilingan. 2-jahon urushi davrida Sh.ning ba’zi shaxsiy ibodatga oid ta’limotlariga amal qilishga chegaralangan shaxslarga ruxsat berilgan. Mustaqillik davrida namoz, ro‘za, haj kabi shar’iy amallarni fuqarolar bemalol qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:01:02

SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI -Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-15-a.lar). Amir Temurning piri shayx Shamsiddin Kulol dafn etilgan (1370). Maqbara to‘g‘ri to‘rtburchak tarhda (12,1x10,6 m) qurilgan bo‘lib, gumbazi saklanmagan, keyinchalik yassi tom b-n yopilgan. Bino pishiq g‘ishtdan qurilgan, devorlari bir necha marta suvalib, dastlabki bezaklarini ham, qiyofasini ham qisman yo‘qotgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:01:10

SHARIF (arab. - "olijanob", "aslzoda") -Muhammad (sav) avlodlarining nomiga qo‘shiladigan hurmat so‘zi. Sh. yana bir necha mo‘‘tabar atamalarga sifat tarzida qo‘shiladi. Mas., hadisi Sh., Buxoroyi Sh., Kalomi Sh., Kuddusi Sh., Mushafi Sh. va sh.k.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:02:23

SHATH (ko‘pliga shatahot yoki shathiyot; shataha fe’lidan - "harakatda bo‘lmoq", "qirg‘oqlar tomonidan qisib qo‘yilishi natijasida jo‘sh urmoq" - daryodaga suv haqida) - sufiyning ekstaz holatida (vajd) o‘zini nazorat qila olmay qolgan sufiy aytadigan ibora. Sh. istilohi ekstaz holatining o‘zini ham anglatadi. Fe’lning ma’nosidan kelib chiqib, tasavvuf nazariyotchilari Sh.ga sufiyni zikr paytida Allohni mushohada qilishi (mushohadat al-haqq), undagi "men"ni "yo‘q bo‘lishi" (fano an nafsihi), U b-n o‘zining birligani his etishi (ittihod) natijasida uni chulg‘ab olgan hissiyotlarining "otilib chiqishi" deb ta’rif berganlar.
Bu holatdagi sufiylar og‘zidan chiqqan eng mashhur iboralardan Mansur al-Hallojning "Men-Xudo!" (ana-l-Haqq), Bistomiyning "Men sharafliman! O men qanchalar buyukman!" (subhani, subhani ma a’zama sha’ni), ash-Shibliyning "Sizning davringiz tugayapti, faqat mening vaqtimning na oxiri na boshi bor!", Ibn Sab’inning "Xutsodan o‘zga hech narsa yo‘q" va b.ni ko‘rsatish mumkin.
Umuman olganda Sh.ni sufiyda sodir bo‘ladigan shaxsiy ichki kechinmalar, uni so‘z b-n ta’riflash mushkul bo‘lgan hissiyotlarini izhor etishga bo‘lgan intilishi deb izoxdash mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:03:46

SHAFOAT (arab.) - boshqa birovga qo‘shilib, unga yordam berish va yonini olib, biror narsani uning uchun so‘rash. Ko‘pincha, Sh. martabasi va hurmati yuqori shaxsning o‘zidan past odamning tarafini olishi tushuniladi. Qiyomatdagi Sh. ham shundandir ("al-Mufradot fi Rariybil Qur’on" 263 s.) Sh.chi o‘zini, Sh. qilinadigan shaxsga unga yordam berish va uning uchun bir narsani tilash uchun, qo‘shadi. Shuningdek, Allohning huzurida Sh. beruvchilar ham, gunohkorlarga ko‘mak beradilar.
Sh. bir necha turlarga bo‘linadi. 1-ulug‘ Sh. bo‘lib, barcha payg‘ambar (as)lar ichidan Payg‘ambar Muhammad (sav)ning o‘zlariga xos qilingandir. Buning dalili, Buxoriy, Muslim va b. rivoyat qilgan "ulkan shafoat" hadisidir.
2-Payg‘ambar  (sav)ning, yaxshiliklari va yomonliklari barobar bo‘lib qolgan odamlar jannatga kirishlari uchun Sh. qilishlari. 3-Payg‘ambar (sav)ning, boshqa bir, do‘zaxga amr qilingan odamlarni unga kirmasliklari uchun Sh. qilishlari. 4-Payg‘ambar  (sav)ning jannatga kirgan odamlarning amallari savobi taqozo qilgan darajadan yuqori darajaga ko‘tarish uchun Sh. qilishlari.
5-Ba’zi  qavmlarni  jannatga  hisobsiz kirishlari haqidagi Sh. Bu  qismga dalil  Ukosha  ibn  Musoning hadisidir.
Rasululloh (sav) unga duo qilib, Alloh uni jannatga hisobsiz kiradigan yetmish ming kishilardan qilishini so‘raganlar (Buxoriy,
Muslim).
6-Azobga   sazovor   odamlardan   azobni engillatish  uchun  Sh.   Payg‘ambar   (sav) amakilari Abu Tolibning azobini yengillatish haqidagi Sh.lariga o‘xshash  (Muslim,  Abu Sa’vd al-Xudriy rivoyat kilgan).
7-Payg‘ambar (sav)ning barcha mo‘minlarga jannatga kirish izni berilishini so‘rab qiladigan Sh.lari.
8-Payg‘ambar (sav)ning o‘z ummatlaridan gunohi kabira qilganlariga Sh. qilishlari. Ushbu  8  tur  Payg‘ambar   (sav)ga  va  Sh. qilinuvchiga nisbatandir.
Sh. shafoatchiga qarab ham 8 turli bo‘ladi:
1-Anbiyo (as)larning ummatlariga Sh.i.
2-Farishtalarning gunohkorlarga Sh.i.
3-Kichik bolalarning ota-onasiga Sh.i.
4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z axlidan 70 kishiga Sh.i.
5-Qur’onni yod olgan kishining axli baytiga Sh.i.
6-Mo‘minlarning bir-birlariga Sh.i.
7-Qur’oni karimning o‘z qorisiga Sh.i.
8-Ro‘zaning ro‘zadorga Sh.i.
Qur’oni karimning 2-sura, 255-oyatida Sh. to‘g‘risida jumladan shunday deyilgan: "Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas".

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:04:28

SHAXSEY-VAXSEY - shialikdagi motam marosimi.  Muhammad  (sav)  nabiralari (Alining o‘g‘li)  imom Husaynning halok bo‘lgani munosabati b-n har yili muharram oyining boshida o‘tkaziladi. Sh.-v. Shialarning motam yurishlari vaqtida odat bo‘lgan "Shoh Husayn, voh Husayn" degan qichqiriqlarining qisqargan shakli (yana q. Ashuro).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:05:07

SHA’BON (Hindiston va Pokistonda - shabi barot) - musulmon qamariy taqvimidagi 8-oy. Islomga qadar Sh. - 4 muqaddas oydan biri  (q.  Qur’on,  9:36),  chunki qad.  arab taqvimiga ko‘ra, yozgi tengkunlik Sh.ga to‘g‘ri kelgan. Sh.da qo‘shimcha ro‘za tutish (va b. solih a’mollar qilish) keng tarqalgan, Sh.ning 15-kuni esa (u johiliyat davrida ham e’zozlangan), islomda eng ommaviy xalq bayrami - laylat al-baro’a ("yaratish kechasi", odatda "xalos bo‘lish kechasi" deb tushuntiradilar, ya’ni gunoxdarni kechirish) xuddi laylat al-qadr kabi qad. yanga yil bayrami belgilarini saqpab qolgan. Shu kechada Alloh "eng pastki osmon"ga tushib, gunohlarini afv etishni so‘raganlarning iltijosini ijobatga olar ekan. Laylat al-baro’ada Yosin surasi o‘qiladi, o‘lganlar yodga olinib, ular ruhiga duolar qilinadi. Hindiston va Pokistonda qashshoqlarga taom tarqatiladi, shirinliklar tanovul qilinadi, bayram charog‘bonligi o‘tkaziladi.
Sh.ning 13-15-kunlari "Oq tunlar" (kunlar) deb atalib, bir qator mamlakatlarda bu kunlarda ro‘za tutiladi. Sh. oyining 3-kunida Rasululloh (sav)ning nabiralari Husayn tug‘ilgan, 5-kuni - boshqa nabiralari Hasan tug‘ilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblangan sanalardan biri deb aytiladi. Sh.ning 15-kuni - qibla Quddusdan Makkaga o‘zgartirilgan kun deb hisoblanadi. Oy nomiga al-mu’azzam - "izzatli" sifatini qo‘shish b-n islomda Sh.ning ahamiyati uqtirib ko‘rsatiladi

Qayd etilgan