SHIRK - sherik keltirish. Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish. Sh. - Alloh taologa xos bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit qilishdir.
Sh.ning shar’iy tushunchasi - Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Sh.ning turlari:
1) ibodatda Sh. keltirish. 2) duoda Sh. keltirish. Bandalarning toqatidan tashqari narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Alloxdan boshqadan nusrat va yordam so‘rab duo qilishi - Sh. bo‘lib, bu ish insonni tavhid sohasidan chiqarib, kufr doirasiga kiritadi. 3) robbilikda Sh. keltirish. 4) hukmda Sh. keltirish. 5) mulk va sultondagi Sh. keltirish. 6) xalq-yaratishdagi Sh. keltirish. 7) itoatda Sh. keltirish.
tashri’dagi Sh. keltirish. Bundan tashqari, imom Dehlaviy fikricha, Sh.ning kuyidagicha 8 xil turi mavjud: 1-Sajdada Sh. keltirish. Islomdan avval sanamlarga va yulduzlarga sajda qilar edilar. Alloxdan o‘zgaga sajda qilish man qilindi. Alloh taolo: "Kuyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, ularni yaratgan Allohga sajda qilinglar" (Fussilat surasi, 37), dedi. 2-Yordam so‘rashdagi Sh. keltirish. Islomdan avvallari bemorga shifo berish, kambag‘alga boylik kabi hojat talab ishlarda Allohtsan o‘zgadan yordam so‘rar edilar. Nazr qilishdagi Sh. keltirish ham shu jumlaga kiradi. Chunki, Alloxdan o‘zgaga nazr qiluvchi, o‘ziga kelgan yordamga shukr qilish maqsadida yoki bo‘lajak yordamdan umid qilib nazr ataydi. Mushriklar sanamlariga nazr atar va o‘sha nazr tufayli ulardan maqsadlariga erishtirishlarini kutar edilar. Barakot umidida ularning ismlarini tilovat qilar edilar. Alloh taolo ularga namozda, "Iyyaka na’budu va iyyaka nastaiyn" (Fotiha surasi, 4), deb aytishni vojib qildi. Bu sajda va ibodatda Sh. keltirishdan, shuningdek, yordam so‘rashda Sh. keltirishdan qaytarish edi. Alloh taolo: "Alloh b-n birga birovga duo qilmang!" (Jin surasi, 18), degan. Chunki, duo yordam so‘rash uchun bo‘ladi. Shuning uchun ham, hojatlarda, musibat va alamlarda Alloxdan boshqaga duo qilish man qilingan. 3-Uluhiyat (ibodatga sazovor)likdagi Sh. keltirish.
Ular o‘zlarining ba’zi sherik xudolarini Allohning qizlari, o‘g‘illari, deb atashar va buni ularning ilohning juz’i bo‘lganlari uchun uluhiyat haqqini berish uchun qilar edilar. Batahqiq bu ishdan juda ham qat’iy ravishda qaytarildilar. 4-Tashri’dagi Sh. keltirish. Yahudiylar o‘z axbor (diniy olim)lari va rohiblarini Alloxdan o‘zga Robbilar qilib olar edilar. O’shalar halol degan narsani, qilsa bo‘laveradigan halol narsa, ular harom qilgan narsani esa, gunoh bo‘ladigan harom narsa, deb e’tiqod qilar edilar. Harom qilishning ma’nosi falon narsa uchun jazo chorasi ko‘riladi, deyishdir. Halol qilishi esa, falon narsa uchun jazo chorasi ko‘rilmaydi, deyishdir. Bas, jazo chorasini ko‘rish va ko‘rmaslik Allohning sifatlaridandir.
5-Alloxdan o‘zgaga atab so‘yishlik ila Sh. keltirish.
Mushriklar sanamlarga va yulduzlarga qurbat hosil qilish maqsadida ularga atab jonlik so‘yar edilar. Bunda ular yoki o‘sha narsalarning nomini aytib so‘yishar, yoki maxsus butlariga olib borib so‘yar edilar. Bas, bundan Allohning quyidagi so‘zlari ila qaytarildilar: "Alloxdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan
narsa" (Moida surasi, 173) va "Allohning ismi zikr qilinmagan narsadan yemanglar' (An’om surasi, 119).
6-Alloxdan o‘zganing nomi ila qasam ichish bilan Sh. keltirish.
Ular ba’zi kishilarning ismlarini muborak ulug‘, deb e’tiqod qilishar, ularning ismi b-n yolg‘ondan qasam ichganning molu dunyoga va axliga nuqson yetadi, deb o‘ylar edilar. Shuning uchun, bu ishni qilishmas va talashib qolgan odamlardan o‘shalarning ismlari ila qasam ichishni talab qilar edilar. Bas, bu ishdan man qilindilar.
7-Alloxdan o‘zgaga haj yoki ziyorat qilish ila Sh. keltirish.
Ya’ni, o‘sha Allohga Sh., deb e’tiqod qilinayotganlarga xos tabarruk joylarga borib, ularga kurbat hosil qilishga urinish Shariatda bu ishdan ham man qilingan Payg‘ambar (as): "Faqat uchta masjidgagina ko‘ch bog‘lab (ziyoratga) boriladi", dedilar. 8-Nom qo‘yishdagi Sh. keltirish. Mushriklar o‘z bolalariga Abdul Uzzo, Abdush Shams kabi nomlarni qo‘yar edilar. Payg‘ambar (as) Sh.ka ishora qiluvchi ko‘plab ismlarsh o‘zgartirdilar. "Ismlarning eng afzali Abdulloh va Abdurahmon", dedilar. Islomda Sh. hech kimdan kechirilmas gunoh hisoblanadi