Islom Ensiklopediyasi  ( 566564 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:35:28

QODISIYA JANGI - Sa’d ibn Abu Vaqqos qo‘mondonligi ostidagi islom qo‘shini b-n Xuroson hokimi Rustam ibn Farruxzod qo‘mondonligidagi sosoniylar qo‘shini o‘rtasida Xira yaqinidagi Qodisiya qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan jang (636 y. sentyabr; boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyi yoki may oyining oxiri, iyunning boshi). Q.j. uch kecha kunduz davom etgan va islom lashkarining g‘alabasi b-n tugagan. Musulmonlar qo‘liga Eronning davlat bayrog‘i tushgan. Bu bayroq qimmatbaho toshlar b-n bezatilgan bo‘lib, uni 1 mln. oltin dirhamga baholashgan. Q.j.da b ming arab jangchisi va 10 ming fors askari halok bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos jangdan so‘ng 2 oy davomida Qodisiyada qolib, Umar. (ra)dan keyingi harakat rejalari haqida tegashli farmon kutgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:35:47

QOZI (arab. - tayin qiluvchi, xukm chiqaruvchi) - musulmonlar amaldor-hakamining umumiy qabul qilingan nomi, hukmdor tomonidan tayinlab, shariat asosida sudlovni bajaradi Dastlabki Qlarni xalifa Umar ibn Xattob Madina, Basra, Kufada tayinlagan. Shundan so‘ng Q.lar yirik shaharlar va viloyatlarda. harbiy yurishlar vaqtida esa, qo‘shinlarda ham tayinlana boshlagan. Q.ni faqat xalifa tayinlashi mumkin edi, u oliy huquqiy nufuzli odam hisoblanadi. Q.ning hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin bo‘lgan, bunday shikoyat natijasida Q. ishdan bo‘shatilishi mumkin edi. 8-a.ning 2-yarmida oliy Q. - qozi ul-quzot lavozimi joriy qilindi, unga xalifa nomidan xalifalikdagi barcha Q.larni tayinlash va ularning hukmi yuzasidan da’volarni qabul qilish xuquqi berildi.
Xalifalikdan mustakdl musulmon davlatlari paydo bo‘lishi b-n bu davlatlarning hukmdorlari o‘zlari Q. va qozi ul-quzotlarni tayinlay boshladilar. Biroq, xalq va ko‘p faqihlar ko‘z o‘ngida xalifaning tasdikdashisiz ularning tayinlanishi haqiqiy hisoblanmagan va bu xildagi tasdiqlashni talab etish tartibi, hamma joyda bo‘lmasa ham, 12-a.gacha saqlanib qolgan. Amalda Q, lavozimini o‘z obro‘siga dog‘ tushirmagan. idrokli va shariatni yetarlicha biladigan. yaqqol ko‘rinib turgan jismoniy nuqsoni bo‘lmagan sog‘lom har bir musulmon egallashi mumkin bo‘lgan. Q. davlat gaznasidan ta’minlab turilgan. O’z shahri yoki viloyatidaga barcha fuqarolik va jinoiy ishlarni olib borish. jamoatchilik axloqi sakdanishini nazorat qilish, zarur bo‘lgan takdirda odamlar va mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, yo‘llar, ko‘chalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros bo‘linishini va vasiyatga rioya qilinishini, Q. hukmlari to‘g‘ri bajarilishi va to‘g‘ri jazo belgilanishini kuzatish, huquqni muhofaza qilish idoralari va turma nozirlarini nazorat qilish, zakot, sadaqa va b. jamoat mablag‘lari to‘g‘ri yig‘ilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish kabi ko‘p ishlar Q-ning vazifasiga kiradi. Qo‘shinlar Q.si bulardan tashqari hukmdor nomidan muqaddas urush (jihod) e’lon qilishi, qo‘lga kiritilgan harbiy o‘ljani baholashi va uning to‘g‘ri taqsimlanishini kuzatishi kerak. Qo‘shinlar Q.si harbiy huquqni yaxshi bilishi lozim.
Ayrim hollarni hisobga olmaganda, Q.lar faqihlar orasidan chiqqan. Garchi, Q.lik nasldan naslga o‘tishi mumkin bo‘lmasa-da, ko‘pincha bunday lavozimga ko‘p yillar davomida bir oila vakillari tayinlanib kelgan. 8-a.dan boshlab Q. faqihlar va muftilarga o‘xshab alohida kiyim kiygan, bu tartib ko‘p mamlakatlarda hozirgacha saklanib keladi. Hoz. vaqtda Q. shariat sudlariga rahbarlik qiladi, bu sudlar urf-odat, oila, xususiy va qisman jinoyat huquqiga taallukli ishlarni ko‘rad

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:36:05

QORA TOSH (arab. al-Hajar al-asvad) -musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush chambar b-n birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka’ba devorlaridan biriga tashqarvdan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Q.t.ni o‘pib yoki qo‘l tekkizib ziyorat qiladi. Q.t. islomda mo‘‘tabar hisoblangan narsalardan biri. Shariatga ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Q.t.ni o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi b-n unga ishorot qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) sunnat amallardan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:36:21

QORI (arab. - o‘quvchi) - Kur’onning barcha suralarini yod olgan va qiroat b-n o‘qiydigan kishi. Q.larni tayyorlaydigan maktablar (qorixonalar) musulmon mamlakatlarda keng tarqalgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:37:43

QORIXONA - qorilar tayyorlanadigan diniy o‘quv yurti. Dastlab arab mamlakatlarida, keyinchalik O’rta Osiyoda paydo bo‘lgan. Qlar odatda eski maktablar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Q.ga eski maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar qabul qilingan. Q.lar xususiy bo‘lib, domlalar daromadi bolalar hisobiga bo‘lgan. Q.da bolalar 3-4 yil o‘qitilgan. O’qish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. Q.da, asosan, Qur’oni karim suralari yodlatilgan. Qur’onni yod olgan bola Q.ni tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qonda Q.lar ko‘p bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:38:14

QOSHONIY (yoki al-Qoshiy), Kamoliddin Abdurazzoq ibn Ahmad ('? - 1329) - yirik mutasavvif va sharxlovchi. Uning tarjimai holiga oid ma’lumotlar oz. Qoshonda tug‘ilib o‘sgan. Nuriddin Abdusamadning shogardi, Ibn Arabiy va uning vahdati vujud ta’limotining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Mana shu asosda u vaxdat ash-shuhud ta’limoti asoschisi va Ibn Arabiyning tanqidchisi Alo ud-davla Simnoniy (1336 y. v.e.) b-n yozma munozaraga kirishgan va unda, Jomiyning so‘zlariga qaraganda, g‘olib chiqqan. Ibn Arabiy, Ansoriy, Ibn al-Faridning tasavvufga oid asarlariga sharh yozgan. Q.ning mustaqil asarlari jumlasiga Kur’onga yozilgan kamida 2 sharh, "Latoif al a’lom", "Risola fi-l-qada va l-qadar", sufiylikka doir terminlarning mashhur lug‘ati "Istilohot as-sufiya" va b.ni kiritish mumkin. Ibn Arabiyning ko‘plab g‘oyalari Q.ning mohirona sharxlari tufayli keyinga avlod sufiylariga yetib kelib, keng tarqalgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:38:33

QO’IM - shialik aqidasiga ko‘ra, g‘ayriqonuniy hokimiyatga qarshi ko‘tarilib (qo’im) yer yuzida adolat o‘rnatish uchun kelishi kutilayotgan "Payg‘ambar oilasi" a’zosi (Oli Muhammad)ni anglatuvchi atama. Maxdiylik g‘oyalari shialik muhitida islomning butun tarixi mobaynida rivojlanib va singdirib kelindi. Q. haqidagi tasavvur 8-a. boshida Muhammad ibn al-Hanafiya (taxm. 700 y. v.e.)ning "qaytishini" kutgan kaysoniylar muhitida paydo bo‘lgan. 8-a.ning taxm. 70-y.laridan Ali(kv) xonadonidan bo‘lgan Q.ning qaytishi g‘oyasini ilk ismoiliylar, xususan, muborakiylar - Muhammad ibn Ismoil ibn Ja’far imomligi tarafdorlari targ‘ib qila boshladilar. Qarmatlar ularning g‘oyaviy izdoshlari edi.
Imomiylar va ismoiliylar muhitida Q. ko‘pincha maxdiy ("to‘g‘ri yo‘ldan boshlovchi") b-n aynan bir deb hisoblanadi. Bu - Ali xonadoniga mansub "yashirin" imom Qiyomatga yaqin paydo bo‘lishi lozim. Kelishi kutilayotgan Maxdiyga ishonish shialiqtsagi asosiy aqidalardan biri. Agarda sunniylar uchun kutilayotgan Mahdiy - "Payg‘ambar (as)ning so‘nggi o‘rinbosari (xalifasi) bo‘lsa, shialar uchun Q. Maxdiy - "ilohiy ko‘rsatma"ga ko‘ra, to‘la hokimiyatga ega bo‘lgan va mutlaq begunoh hukmdor. Bu - "mavjudlik kugbi" (kutb al-vujud), u tufayli yerda hayot mavjud.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:38:47

QUBBAT as-SAXRA ("Qoya gumbazi") -Quddusdagi al-Harom ash-Sharif markazidagi, qadimdan e’zozlanib kelingan qoya ustidagi gumbazli masjvd, Ibrohim (as) Ismoil (as)ni shu qoya ustida qurbonlikka keltirishga jazm etgan. Musulmon an’anasi uni isro’ va me’roj voqeasi b-n bog‘laydi. Q. as-S. islomning eng muqaddas ziyoratgohlaridan, o‘rta asrlarda muqaddasligi bo‘yicha 3- (Makka va Madinadaga masjidlardan keyin) bo‘lgan. Abdulmalik davrida qurilgan (686-691). Musulmon diniy me’morligining eng noyob yodgorliklaridan biri. Qoya uzra diametri 20,5 m va bal. 30 m bo‘lgan tumbaz qad ko‘targan. Bu yerda Muhammad (sav)ning mo‘yi muboraklari sakdanadi. Salib yurishlari davrida Q. as-S. cherkovga aylantirilgan, bu davrdan xotira sifatida yog‘och ayvon (minbar) saklanib qolgan bo‘lib, u Qur’on qo‘yiladigan taglikka aylantirilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Q. as-S. o‘zining ulug‘vorligi b-n Quddusdagi xristian cherkovlarini o‘z soyasida qoldirib ketish maqsadida qurilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:38:58

QUDDUS, Bayt ul-Muqaddas, Bayt ul-Makdis, Ierusalim (arab. - al-Quds) -xristianlar, yahudiylar va musulmonlarning muqaddas shahri. Q.da arab madaniyatiga oid yodgorliklar: Qubbat as-Saxra (7-a,), al-Aqso masjidi (8-a.) va b. bor.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:39:11

QURAYSH - Makkada yashagan arab qabilasi. Shu qabilaning hoshimiylar xonadonida Muhammad(sav) tugilganlar. Qdiniy yozuvlar, dunyoviy adabiyotlar va og‘zaki rivoyatlarda ko‘proqtilga olinadi. Qur’onning 106-surasi Q. nomi b-n ataladi. Islomning paydo bo‘lishi arafasida Q. zodagonlari savdo-sotiq tufayli ancha boyigan, Makkada pul muomalasi, sudxo‘rlik, qul savdosi kuchaygan. Islom paydo bo‘lib, markazlashgan davlat vujudga kelishi b-n Qlar katta siyosiy mavqega ega bo‘lgan.

Qayd etilgan