Islom Ensiklopediyasi  ( 566590 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:44:49

G’AYB (arab. - insondan goyib hodisalar) -inson sezgi a’zolari b-n his eta olmaydigan, bilish imkonlari b-n idrok eta olmaydigan hodisalar. Inson o‘zining nechog‘li bilimdonligi b-n g‘ururlanmasin, uning bilganidan bilmagani ko‘p bo‘lib qolaveradi. O’sha R. narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bo‘lsa, ilohiy vahiydir. Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.
Mo‘min-musulmonlar R.ga iymon keltirish b-n boshqalardan ajralib turadilar. Chunki, aqida bobi, asosan, R.ga, ya’ni, ko‘zi b-n ko‘rib, qo‘li b-n ushlamagan narsalarga ishonishdan iboratdir. Allohga imon keltirish ham R.ga imondir. Shuningdek, farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Payg‘ambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, do‘zaxga, yaxshi-yu yomon qadarning Alloxdan bo‘lishiga imon keltirish ham R.ga ishonishdir.
Ushbular va bundan tashqari insonni har tarafdan o‘rab turgan, o‘tmishni, hozirni va kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar g‘aybiyotdir. Inson G’.ni bilish borasvda g‘oyat ojizdir. U birinchi inson - Odamatoning qaerda va qachon paydo bo‘lganini bilmaydi. Bilishi mumkin bo‘lgan narsa - Qur’oni karimdagi ma’lumotlar. Boshqa hammasi taxmin, gumon, faraz va h.k. Inson hatto o‘z boshiga kelajakda qanday hodisalar kelishini bilmaydi. O’ziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin, olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni umuman bilmaydi. Alloh taolo esa, ularning hammasini bilguvchidir. G’.ning kalitlari Alloh taoloning O’zidaligi shundadir. Bu kalitni hatto Payg‘ambarlar ham bilmaydilar. Kimki, R. ilmini da’vo qilsa, kofirlardan bo‘ladi.
Aqoid ilmida "g‘aybiyot" deb nomlangan, imon keltirish lozim bo‘lgan narsalardan, Arshni, Kitobni va b.ni aytish mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:45:19

G’ANIMAT (arab. g‘anima - o‘lja) - harbiy o‘lja; islom an’anasida musulmon qo‘shinlari yov b-n jang qilganda qo‘lga kiritilgan barcha boyliklar va asirlar. G’azavot va jihod urushlarda R. olish shariatda qonuniy deb belgilangan, G’.ning beshdan bir qismi davlat xazinasiga (q. Xums) topshirilgan, qolgani lashkarboshilar va lashkarlar orasida taqsimlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:45:37

G’IJDUVONIY Abdulxoliq, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil Rijduvoniy (1103 - 1179) - xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschisi; buxorolik 7 pirning birinchisi. Xojai Jahon nomi b-n ham mashhur. Rijduvon (Buxoro yaqini)da imom oilasida tug‘ilib, islomiy tasavvur va urf-odatlar muhitida tarbiya topdi. 22 yoshida Buxoroga keldi va Yusuf Hamadoniyning muridi bo‘ldi. R. dunyoqarashining shakllanishida malomatiylar ta’limoti va qalandarlik harakati ta’sir ko‘rsatdi. U zohidlikda yashashni, shariat ko‘rsatmalari, Payg‘ambar sunnatlariga qatiy amal qilishni targ‘ib etdi.
U butun hayotini Alloh yo‘liga bag‘ishlab, farz va sunnat amallarini bajarib, ibodatu riyozat b-n mashg‘ul bo‘ldi. Yusuf Hamadoniyning sufiylik ta’limotini zikri xufiya (so‘zsiz, fikriy zikr tushish) b-n boyitdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha (qonun-qoida)sini shakllantirib berdi. Bu rashhalar har nafasni zoe ketkazmaslik, har qadamni to‘g‘ri bosish, azizlarning xizmatida bo‘lish, har bir ishda Haq taoloni yodtsan chiqarmaslik, tildan qo‘ymaslik, niyatda mustahkam bo‘lish kabilardir. R. ta’limoti naqshbandiylik tariqatiga asos bo‘lgan. Bahouddin Naqshband R.ning axloqiy talablariga yana 3 talab qo‘shgan. R.ning "Vasiyatnoma" risolasi Toshkentda 1993 y. chop etildi. Uning Rijduvon sh.daga qabri tabarruk ziyoratgoh hisoblanadi. Bizgacha "Risolayi odobi tariqat", "Risolayi sohibiya", "Vasiyatnoma" va b. asarlari yetib kelgan. 2003 y.da R.ning 900 yillik yubileyi nishonlandi. R. yodgorlik majmui qayta ta’mirlandi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:46:11

G’OZIY (arab. - jangchi, harbiy yurish ishtirokchisi) - islom dini uchun "muqaddas urush" (g‘azavot) ishtirokchisi. Islom an’anasida R. Alloh yo‘lida jang qiluvchi, bunday jangda o‘lgan shahid, o‘ldirgan G’, ya’ni begunoh, g‘olib deb ta’riflangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:46:21

G’ULOT (arab. g‘oliy - chegaradan chiqqan) -islom dini ta’limotvda juda chuqur ketgan firqalarning umumiy nomi. Ayrim islom ilohiyotchilari shialikdan ajralib chiqqan, lekin o‘zlarini musulmon deb hisoblaydigan firqalarning ko‘plari (ismoiliylar, nusayriylar va b.)ni ham R. firqalar deb ta’riflaydi va ularni musulmon hisoblamaydi. Hozirda ekstremistik harakatdagi toifa oqimlar ham R. hisoblanadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:46:33

G’USL (arab. - cho‘milish) - pok bo‘lish uchun maxsus tartibda ' obdon yuvinish. R. jimo (jinsiy aloqa), biror sabab b-n maniy (shahvat)ning chiqishi, ehtilom (uyquda maniyning chiqishi) kabilar natijasida farz bo‘ladi. Hanafiylik mazhabida G’.ning farzlari uchta - og‘izni g‘arg‘ara qilib chayish, burunni tubiga yetkazib chayish va tamomi badanga suv yetkazish. Bitta tukning o‘rnicha joyga suv tegmay qolsa ham G’. mukammal hisoblanmaydi. Boshqa mazhablarda og‘iz-burun chayqash farz emas. Islomda loaqal bir haftada bir mahal (juma kuni), ikki hayit va arafa kunlari G’. qilish sunnat sanaladi. G’. "katta tahorat" deb ham ataladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:46:59

- H -

HADD ("to‘xtatish", "chora ko‘rish") - Qur’on va sunnaga ko‘ra, odob-axloq va jamoat tartibiga doir jinoyatlari uchun beriladigan jazolar: kufr, buzuqiliq, soxta guvoxlik, tuhmat qilish, ichkilikbozlik, ichirib mast qildirish, qimorbozlik, savdo qoidalarini buzish, qalloblik va b. H. ayrim shaxsga nisbatan emas, balki qonunga qarshi sodir etilgan jinoyatga nisbatan qo‘llanilgani uchun tomonlarning kelishuvi va avf etish mumkin emas va albatta H. ijro etilmoga shart. H. faqat sudning xukmi b-n beriladi va 40 dan 100 tagacha qamchi yoki kaltaklash b-n amalga oshiriladi, undan tashqari ibratli jazo turi (ta’zir) ham qo‘llanilishi mumkin. Jazo o‘tab bo‘lingach, albatta tavba va kafforat to‘lanadi. Qadimda Usmoniylar davridagi Turkiyada H. yirik pul jarimasi to‘lash b-n almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Mana shu tartib ko‘pgina islom davlatlari qonunchiligi tomonidan qabul qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:47:21

HADIS (arab. - "xabar", "yangilik"), hadislar - Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. H. ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. H.lar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif.
Qur’oni karimda barcha hukuqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniklik kiritish va izoxdab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z H.larini aytardi. Bu H.larni payg‘ambarning safdoshlari yodda saklashga harakat kdlardi. Rasululloh (sav) hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga H.larni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, H.larni yozishdan qaytarar edilar Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng H.larni nakd qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat b-n bir guruh musulmonlar Payg‘ambarimiz (sav) Hlariga begona so‘z aralashib qolishidan va H. nakd qiluvchi sahobalar vafot etishlari b-n H. zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 7-a. o‘rtalaridan boshlab ularni topib, H. larni ogizlaridan yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhadtsislar katta xizmat qilishgan. Islom olamida eng obro‘li hisoblangan H. to‘plamlari quyidagilar hisoblanadi: 1) "al-Jomi’ as sahih" yoki qisqacha, "Sahihi Buxoriy"; 2 "Sahihi Muslim", 3) "Sunani Termiziy"; 4 "Sunani Abu Dovud"; 5) "Sunani Nasoiy"; 6 "Sunani Ibn Moja". Shuningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan (yana q Hadis to‘plamlari).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:47:48

HADIS TO’PLAMLARI - hadisga doir kitob turlari. Axli hadis istilohiga ko‘ra, aqoidga taallukdi bo‘lgan hadislar "Ilmi tavhid va sifat"; hukmga dalolat qiluvchi hadislar "Sunan"; ilmi suluk va zuhdga oidlari "Riqoq"; yeyish, ichish va kiyinish, o‘tirish, turish va safar... odoblariga taallukli bo‘lgan hadislar "Ilmul adab"; tafsir hadislari "Tafsir"; tarix va she’r hadislari goh "Ilmu Va’dil-xalq", goh "Siyrat"; asri Jalili nabaviydan so‘ngra vujudga kelgan va kelajak fitnalarga doir bo‘lganlari "Ilmul-fitan"; manoqib va musolaba, ya’ni shaxslar, qabilalar, shaharlar va b. shu kabilarning maqtovi yoki aybloviga doir xabarlar "Ilmul-manoqib" deb ataladilar. Bu boblarning sakkizalovini ham jamlagan "Sahihi Buxoriy" kabi kitoblarga "Jomi’" nomi berilgan. Imomi Termiziyning kitoblari esa, ham "Jomi’", ham "Sunan" deyilgandir.
Sahoba ismlari maxsus tartibga solinib, har biridan rivoyat qilingan hadislar jamlangan bo‘lsa, unday kitob "Musnad"; muallifning keksalari hurufi hijo (alifbo) tartibiga qo‘yilib, har birining yo‘li b-n muallifga yetib kelgan rivoyatlarni to‘plagan kitob "Mujam" deyiladi.
Hadis kitoblarining yana ko‘p xillari bo‘lsa ham, eng muhim turlari shulardir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:48:01

HADISI QUDSIY - ma’nosi Alloh taoloniki bo‘lib, aytilishi Rasululloh (sav)dan bo‘lgan hadislar. Shuningdek, "Hadisi Rabboniy", "Hadisi ilohiy" deb ham aytiladi. Uni Alloh taolo o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg‘ambar (as) esa, buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh taolo aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar. H.q-ning martabasi Qur’oni karim b-n hadisi Nabaviy o‘rtasida. H.q. talaffuzi b-n ibodat qilinmaydi, namozda qiroat etilmaydi, u b-n bahsga chorlanmaydi. U Qur’onning nakliga o‘xshab mutavotir holda nakl qilinmagan. Balki, uning sahih, zaif va mavzu-yolg‘onlari mavjuddir.

Qayd etilgan