Islom Ensiklopediyasi  ( 438456 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:48:29

HAJ - Makkani ziyorat qilish, islomning besh asosiy ruknlaridan biri. H. amali uni ado etishga qurbi yetgan barcha musulmonlar uchun (juda bo‘lmaganda umrida bir marta) farzdir; unga qurbi yetmaganlar o‘zlarining o‘rinlariga "o‘rinbosar" (vakil al-H.) yuborishlari mumkin. H. zulhijja oyida amalga oshiriladi va turli marosimlarni (manosik al-H.) o‘z ichiga oladi. Ziyoratchilar karvoni Makkaga 7-zulhijjada yetib keladilar Ular maxsus joy - miyqotda poklanib ehromga kiradilar, "kichik H." marosimini o‘taydilar (q. Umra, tavof). So‘ngra umra va H.ni alohida o‘tashga qaror qilganlar sochlarini oldirib ehromdan chiqadilar. Ular bevosita H. oldidan yana qayta ehromga kiradilar. Umra va H.ni birga o‘tamoqchi bo‘lganlar (qiron) H. oxirigacha ehromda qoladilar. Zulhijja oyining 7-kuni ziyoratchilar Ka’bada xutba eshitadilar va namoz o‘qiydilar. Ertasi kuni (yaum at tarviya) Mino vodiysiga boradilar Ziyoratchilar zulhijja oyining 8-sanasidan 9-sanasiga o‘tar kechani Mino vodiysida o‘tkazadi, Zulhijjaning 9-kuni ertalabdan H.ning asosiy marosimi - Arofat tog‘i oldida turish (vukuf) boshlanadi. Ziyoratchilar xutba eshitadilar, namoz o‘qiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. So‘ngra ziyoratchilar Muzdalifa vodiysi tomon yuradilar (ifada) Shu yerda shom va xufton namozlari o‘qiladi va tunaladi. Zulhijjaning 10-kuni (yaum an nahr) bomdod namozidan keyin ziyoratchilar Mino vodiysiga yo‘l oladilar, bu yerda ular Muzdalifadan olgan 49 ta kichik toshning7 tasini birinchi kuni eng kichik shayton ramziga uloqtiradilar (q. Shayton). Bu marosimdan so‘ng, shu yerning o‘zida savdogarlar va badaviylardan sotib olingan jonliq qurbonlik qilinadi. Zulhijjaning 10-kuni musulmonlarning eng muhim bayrami hisoblanib, butun islom olamida keng nishonlanadi (q. Hayit, qurbonlik) Sochlarini oldiryb yoxud kestirib ziyoratchilar so‘nggi tavofni bajo keltirish uchun Makkaga yo‘l oladilar. Kimda kim dastlabki marosim umra qilmay H. qilgan bo‘lsa (H. ifrod) tavofdan keyin sa’yni ado etishadi Zulhijjaning 11-kunidan 13-kunigacha (ayyom at-tashriq) ziyoratchilar qurbonlik qilishda davom etadilar, Mino vodiysiga boradilar, u yerda endi hamma ustunlarga qarab 2 kun7 tadan toshcha otadilar (jamrat al-ula, jamrat al-vusta, jamrat al-aqaba), o‘z ishlari b-n band bo‘ladilar.
H.ning asosiy marosimlari aqidaga ko‘ra Muhammad (sav) tomonidan 632 y. "vidolashuv H."ida (H. al-vado’") belgilab berilgan Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyondalari ziyorat marosim-udumlarini bajarishni batafsil ishlab chiqqanlar. H.ning g‘oyaviy va siyosiy ahamiyati bugungi kunda ham ulkan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga H. amalini ado etish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:48:41

al-HAJAR al-ASVAD - q. Qora tosh.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:48:52

HAZRAT XIZR MASJIDI - Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Shaharning eng qad. masjvdi shu yerda kurilgan. Xizr (as) nomidan olingan. Masjidning hoz. binosi 19-a. o‘rtalarida qad. bino poydevori ustida bunyod qilingan. Tik zinapoyadan darvozaxonaga chiqib, chap tomondagi ravokdan peshayvonga o‘tiladi. Binoning shim.-g‘arbiy qismi katta gumbazli xonaqoh. U 1854 y. ta’mir etilgan, peshayvon 1899 y., darvozaxona 1919 y. kurilgan. H.X.m. hozir ta’mirlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:49:16

HAZRATI IMOM MAJMUASI, Hastimom - Toshkentdagi me’moriy yodgorlik. Majmua kurilishiga imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (904-976)ning qabri asos bo‘lgan (q. Qaffol Shoshiy). Qabr va uning atrofida vujudga kelgan qabriston hamda me’moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog‘i b-n birga) Hazrati imom nomi b-n ataladi. Saqlanib qolgan binolarning eng qad.si 16-a.ga oid. Dastlab, 16-a.ning 30-y.larida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi deb taxmin etiladi. 16-a.ning 50-y.larida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorligi tarkibiga qo‘shilgan. O’sha davrda Hazrati imom qabri ustida Qaffol Shoshiy maqbarasi bunyod etilgan. 16-a. oxirlarida uning qarshisida "qush" uslubida Qaffol Shoshiyning avlodi, Boboxoji maqbarasi qurilgan (bu bino 1939 y. buzib tapshangan). 16-a.da H.i.m.da sayrgoh bog‘ bo‘lgan (asriy chinorlar, qayrag‘och va b. daraxtlar, hovuz va ayvonlar mavjud edi), xalq sayillari o‘tkazilgan. 19-a. o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Namozgoh (Tillashayx), Mo‘yi Muborak madrasasi, Jome masjid (sakdanmagan) qurilgan. 20-a. boshida olti ustunli, o‘n ikki gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. H.i.m.da O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:49:29

HAZRATI   IMOM   MAQBARASI    - Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-a.). 1384 y. Amir Temur avliyo Muhammad Shayboniyning xokini keltirib Dor us-saodatga, o‘g‘li Jahongar qabri oldiga dafn ettirgan, xorazmlik ustalar baland bino barpo etganlar. Muhammad Shayboniy islom olamida "Hazrati imomi Bag‘dodiy" nomi b-n mashhur bo‘lgan. Majmuaga Amir Temur o‘zi uchun katta xilxona qurdirgan. Majmuaning ulkan ark va devorlari, o‘n olti qirrali asosga qurilgan gumbazlari qimmatbaho tosh va shishalardan ishlangan naqshinkor bezaklar b-n bezatilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:49:43

HAYBAR - Madinadan shim.da joylashgan voha; mil. av. 6-a.dayoq mavjud bo‘lgan. Mil. 7-a.da H. hosildor, sersuv, xurmozor va dalalari bo‘lgan bir necha vodiylarda joylashgan. Aholisi yahudiy dehqonlar va yahudiylikni qabul qilgan arablardan tashkil topgan edi. Muhammad (sav) taxm. 1,5 ming kishilik qo‘shin b-n o‘zlariga dushman bo‘lgan H. aholisi ustiga yurganlar. Bir yarim oylik qamal va H.ning g‘atafon qabilasidan bo‘lgan ittifoqchilari ketishi b-n voha zabt etilgan. Taslim bo‘lish hakdda H. aholisi b-n tuzilgan bitimda H. harbiy o‘lja (g‘anima) deb qaralgan, chunki u kuch b-n egallangan edi (anvatan). Vohaning 1/ 5 qism yeri Muhammad (sav) foydalariga (harbiy yurish rahbari sifatida) va u zotning oilalari foydasiga o‘tgan. Yerning qolgan qismi jangchilar o‘rtasida taqsimlangan; mahalliy aholi dehqonchilik qilib, olingan hosilning yarmini musulmonlarga berishi lozim bo‘lgan.
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima H.dan olingan hosilning Rasululloh (sav)ga tegashli ulushiga merosxo‘r sifatida da’vogarlik qilgan. Xalifa Abu Bakr (ra) bu talabni rad etgan, bunga sabab qilib Muhammad (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q va mendan keyin qolgan barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan jamoaning mulkidir (sadaqa)" degan hadislarini keltirgan.
Umar (ra) voha yerlarini qayta taqsim etib, H.ni egallagan jangchilar va ularning merosxo‘rlariga xususiy mulk qilib bergan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:52:16

HAYDARIYA (haydariy) - o‘rta asrlarda va yangi davrda Eron va unga qo‘shni mamlakatlarda mavjud bo‘lgan sufiylik va shialikka mansub uch guruhning umumiy nomi. 1.   12-a.ning oxirida Xurosonda paydo bo‘lgan va asoschisi - shayx Qutbiddin Haydar Zavo’iy  (1221 y. v.e., Zavoda dafn etilgan, u Turbati Haydariy deb ataladi) nomini qabul qilgan ancha nufuzli sufiylik guruhi (toifa,  guruh, jamoa). An’anaga ko‘ra, u o‘rta osiyolik turkiy qavmlardan    chiqqan va Ahmad Yassaviyning izdoshi bo‘lgan. U o‘z tarafdorlaridan riyozat chekib, uzoq vaqt uzlatda bo‘lishni talab qilgan; aynan u amaliyotga qo‘l va oyoqlarga temir bilaguzuk, bo‘yinga marjon shoda, qulokdar va qo‘l barmoqlariga joriy etgan. Dastlabiga H. Suriya, Kichik Osiyo va Hindistonda tez tarqalgan, lekin kundalik turmushdagi ko‘rsatmalar og‘irlik qilgani bois, uning ommaviyligi susaygan,   a’zolarining soni keskin qisqargan, jamoalar yoki tarqab ketgan yoxud  shu  viloyatlarda  faoliyat  yurgizgan qapandariyaga qo‘shilib ketgan.
2.   Boshqa bir nomi - mirhaydariy. Shialik (imomiylik)dagi tariqat. 14-a. oxiri - 15-a. boshida Eronda vujudga kelgan va butun mamlakatga keng tarqalgan. Asoschisi - Sulton Mir Haydar Tuniy (1427 y. Tabrizda v.e.). U o‘z shajarasini imom Muso al-Kozimga bog‘lagan. H.lar bayram kunlari maxsus kiyim kiyganlar: besh qavat qilib o‘ralgan salla, yelkalarida qo‘yning xom terisi; o‘ng qo‘lda - hassa-tayoq, chap qo‘lda - cho‘pon burg‘usi. Ular dastlabki uch xalifa va payg‘ambar (as)ning sahobalarini ochiq ravishda haqorat qilganlar. Ularga qarshi sunniylarning ne’matullohiylar tariqati a’zolari kurashganlar, ayniqsa, shia bayramlari vaqtida qattiq to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Faqat 20-a. 20-30-y.laridagana Eronda bunga chek qo‘yilgan.
3.   "O’ta" shialar jamoasi (g‘ulot);  15-a.ning 60-y.larida Anadolu, Suriya va Ozarbayjonda ko‘chmanchilik qilgan turkman qabilalari orasida paydo bo‘lgan. Ular o‘zlarini Haydar ibn Junayd - safaviylikdagi beshinchi piri murshidning izdoshlari deb hisoblashgan. Haydar ibn Junayd tariqatga  1464-1488 ylarda boshchilik qilgan va o‘z tarafdorlari orasida maxsus bosh kiyimi (toj) kiyishni joriy  qilgan.  U qizil rangli kigizdan qilingan uzun quloqchin bo‘lib, atrofiga salla, 12 qavat qilib o‘ralgan yoki shu rangda tikilgan 12 og‘dan mato bog‘langan.  Shundan uning tarafdorlarining nomi -  qizilboshlar olingan.
H. Alini iloh yoki ilohiy haqiqat (haqq) deb, shayx Haydar (keyinchalik uning o‘g‘li Ismoil I) - Alining mujassamoti deb hisoblaydilar. Ular ruhlarning ko‘chishiga (tanosux) qattiq ishonib, ularning murshidi gunohlarni kechirish qudratiga ega, Qur’on yaratilgan va Muhammad (sav) vafotlaridan keyin u umaviylar davrida butunlay soxtalashtirilgan, shuning uchun ilohiy vahiylar Qur’onda emas, balki Ismoil I ning "Devoni Xitoiy" ("She’rlar to‘plami")da namoyon etilgan, deb hisoblaydilar. Ismoil I davrida (1502-1524) H. tarafdorlari qisman qirg‘in qilingan, bir qismi Kichik Osiyoga ketib, bektoshiylar tariqati ta’limotiga ta’sir ko‘rsatgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:52:29

HAYIT (arab. iyd - bayram) musulmonlarning diniy bayrami. Islom an’anasida ikkita H. rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta H. yoki qurbon H.i (arabcha iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik H. yoki ro‘za D.i (arabcha iyd as-sag‘ir, iyd al-fitr). Qurbon H.i haj marosimi va qurbonlik qilish b-n, ro‘za H.i esa, ramazon oyi nihoyasida og‘iz ochish b-n bog‘liq. Kurbon H.i hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, ro‘za H.i esa, shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. H.da masjidtsa ertalab H. namozi o‘qish, ro‘za H.ida fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H.ida esa, kurbonlik qilish va sh.k. islom b-n bog‘liq marosimlar yuzaga kelgan. H.dagi bu marosimlarga ko‘p joylarda xalklarning mahalliy odatlari: arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik" berish, sayil qilish, yaqin odamlarini ko‘rish va h.k. ham qo‘shilib ketgan. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon H.i ham, ro‘za H.i ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:52:47

HAKAM ("donishmand") - odatiy huquq bilimdoni. Unga xuddi sudyadek turli hukuqiy masalalarni yechish uchun murojaat qilishgan. Johiliyat davrida Arabistonda H. qabila boshlig‘i (shayx) lashkarboshi (qoid) va bashoratchi (kohin) qatorida qabila rahbariyatiga kirgan. Islomning dastlabki o‘n yilliklarida uning o‘rniga xalifa tomonidan tayinlangan diniy sudya - qozi kelmaguncha H. o‘z mavqeini saqlab qolgan. Vaqt o‘tishi b-n o‘zining rasmiy maqomini yo‘qotgan H. yana ancha vaqtgacha qabiladoshlari va qo‘shinlari uchun huquq sohasidagi bilimdonligicha qolgan, unga xolis sudya (hokim) sifatida murojaat qilishgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:52:59

HALLOJ Husayn ibn Mansur (858-922) -tasavvufdagi o‘ta so‘l oqimning yirik vakili. Royaviy jihatdan qarmatlarga yaqin bo‘lgan. Tur, Bayda, Basra, Bag‘dod shaharlarida bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning ba’zi qoidalariga zid fikrlar aytgan. Islomning Alloh to‘g‘risidagi yakkaxudolik aqidasiga zid ravishda xudo insonda namoyon bo‘ladi, inson va umuman moddiy olam Xudoning jilolanishi, "Men haq (xudo) man", ("Ana-l-haqq"), mening o‘zligam - Xudoning o‘zligvdir, degan fikrni ilgari surgan va bu fikr b-n vahdati-vujud ta’limotiga yo‘l ochgan. H. o‘z g‘oyalarini O’rta Osiyo, Hindiston, Iroq va b. mamlakatlarda targ‘ib qilgan va muxlislar orttirgan. Musulmon olimlari H.ni bid’atchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar.

Qayd etilgan