Islom Ensiklopediyasi  ( 566864 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:57:29

HASAN al-BANNO (1906-1949) - imom shayx. Avval Rashod madrasasi, Mahmudiyadagi (Quyi Misr) E’dodiy madrasada, so‘ng Qohiradagi Dorul-ulumda ta’lim oldi Yoshligidanoq "Adabiy axloq jamiyati'' keyinroq "Haromdan man etish jamiyati" kabi tashkilotlar tuzib ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi. 1928 y.da bir nechta do‘stlari b-n "Ixvon ul-muslimin", ya’ni "Musulmon birodarlar" jamiyatini tuzdi. Ushbu jamoaning maqsadi juz’iy va mazhabiy ixtiloflarni chetlab Qur’on va sunnatga qaytish bo‘lgan. H.B. islomni din va davlat sifatida, shariatni esa, hayotning tarbiyaviy ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jabhalarida inson tasarrufotlarini tartibga solib turuvchi nizom deb hisoblagan. H.B. haftalik "al-Ixvon ul-muslimin" va keyinchalik "an-Nazir" jurnallarini nashr etgan. Uni kitob ta’lif etishga vaqt bo‘lmagan. Keyinchalik turli risola va ma’ruzalari to‘planib "Majmuat ur-rasoil kitobi tayyorlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:58:23

HASAN BASRIY, Abu Said ibn Abil Hasan Yasor (642-728) - ilk islomning yirik ilohiyot olimi. Madinada tug‘ilgan, 657 y.dan Basra sh.da yashab, shu yerda vafot etgan. 663-665 ylarda hoz. Afg‘oniston hududidagi harbiy yurishda qatnashgan. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (681-720) davrida Basrada qozilik qilgan. H.B. atrofida ilohiyot olimlari to‘planib, ular Umaviylar davlati ma’naviyatini belgilagan. H.B. obro‘si shunchalik baland bo‘lganki, uni axdi sunna namoyandalari ham, mu’taziliylar ham sufiylar ham o‘z ustozi hisoblagan. H.B qarashlari haqida ma’lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ularga ko‘ra, H.B. iroda erkinligi (ixtiyoriylik) masalasida qadariylar nuqtai nazarida turgan va inson bu dunyodagi qilmishlari uchun o‘zi mas’ul ekanligini ta’kidlagan. Ayni vaqtda murji’iylar ta’limoti ruhida: "Jon taslim qilish paytida kalima keltirgan musulmon najot topib, jannatga kiradi", deb aytgan ekan. H.B. mo‘‘tadil siyosiy qarashlarga mos mavqeda turgan: umma birligini saqlab qolishga harakat qilib, musulmonlar o‘rtasidagi harbiy mojarolarni qoralagan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:59:11

HAFTIYAK (fors. - yettidan bir) - Qur’oni karimning yettidan bir qismi bitilgan kitob. Yosh qorilarga qulay bo‘lsin uchun Qur’on suralaridan bir nechtasi (13-14 ta) tanlanib, qiroat kitobi shakliga keltirilgan, uni talabalar oldingi davrda boshlang‘ich maktablarda darslik sifatida o‘qigan. O’tmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini o‘tagan birinchi qo‘llanma. Bolalar arab alifbosini o‘zlashtirganlaridan so‘ng o‘rgatilgan. Odatda H. 1-2 y. o‘qitilgan. H.dan so‘ng Qur’oni karimni o‘qishga o‘tilgan. Yosh talaba kichik suralardan ma’lum mikdorda yod olgandan keyin H.ni o‘qishga kirishish marosimini o‘tkazish odatga aylangan. Keyinga paytda H. o‘rniga bir yo‘la Kur’oni karimning to‘liq nusxasidan o‘qish va o‘qitish rasm bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:59:41

HASHVIYLAR, al-Hashaviya (yoki ahl al-hashv) - antropomorfik (xudoni inson qiyofasida tasavvur etuvchi) qarashlarni targ‘ib etgan   musulmon   an’anachilari (traditsionalistlar)ning laqabi. 8-a.da antropomorfik iboralar qo‘llagan, Qur’on va ilohiy takdiri azalni abadiy ekanligini e’tirof etgan "hadis tarafdorlari" (ashob al-hadis)ga nisbatan ahl al-hashv nomi ishlatilgan. Ular qatoriga Kahmas ibn al-Hasan al-Basriy (766 y. Basrada v.e.), Ahmad al-Hujaymiy, Mudar ibn Xolid al-Kufiy va b.ni qo‘shish mumkin.
Munozara adabiyotida axd al-hashv ko‘pincha o‘ylamasdan so‘zlaydigan kishilar, payg‘ambarimiz Muhammad (sav)ning so‘zlari va ishlari haqida o‘z bilganicha safsata to‘qiydiganlarga nisbatan haqoratomuz laqab sifatida qo‘llanilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:01:11

HASHSHOSHIYLAR (arab. - hashish chekuvchilar, giyohvandlar) - ismoiliylar ichidagi yashirin terrorchilik b-n shug‘ullangan firqa tarafdorlari. 11-a. oxirida Eronda ismoiliylar harakatining bo‘linib ketishi natijasida paydo bo‘lgan. Asoschisi - Hasan ibn Sabboh (1124 y. v. e.). Eronning shim.-g‘arbidagi tog‘lar orasida joylashgan Alamut qal’asi H. jamoasining markazi bo‘lgan. H. harakati Suriya va Livanda, keyinchalik Hindistonda ham tarqalgan. U O’rta Osiyo, Yaqin  va O’rta Sharq mamlakatlaridagi qarmatlar harakati b-n uzviy bog‘liq. H. xalifalik va saljuqiylarga qarshi kurashgan. H.ning rahbarlari o‘z dushmanlarini o‘ldirishni siyosiy kurashning asosiy vositasi deb bilgan. H. goyat yashirin holda ish ko‘radigan va tarmoklangan terrorchilik tashkilotini vujudga keltirgan. Uz maqsadlarini amalga oshirish (hukmdorlar, podsholar, qirollar va yirik namoyandalarni o‘ldirish)da fidoyilar(qashshoq dehqon va shaharlik yoshlar)dan foydalangan. Terrorchi (fidoyi)larga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan. Birmuncha davr H. ko‘p hukmronlarga dahshat solib turgan, ulardan ko‘plari (jumladan ayrim Yevropa mamlakatlari imperatorlari va qirollari ham) o‘z jonini saqlash uchun H.ga to‘lov to‘lab turgan. 1256 y. mo‘g‘ul istilochilari Alamutni bosib olib, Eronda H. jamoasiga barham bergan. 1273 y.da mamluklar qo‘shini Suriya va Livandagi H.ning oxirgi tashkilotlarini tugatgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:01:45

HAQQ ("asl", "haqiqiy", "haqiqat") - voqelik haqida bildirilgan fikr voqelikka to‘g‘ri : kelishini    anglatuvchi   termin;    fikr ! mulohazalarning voqelikka mos kelishi sidq | termini b-n ifodalangan. Bu ikki termin  ; ko‘pincha sinonim sifatida ishlatilgan, biroq qo‘llaniladigan   joyiga  qarab  ularni farqlashgan: H. termini din yoki mazhabga ; ishontirish (akdtsa) uchun ishlatiladi. Bunda uning ziddi - botil  istilohidir.  Sidq | termini fikr (hukm), mulohaza (qavl)ni ta’riflashda qo‘llanilib, uning ziddi - kizb. 

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:02:30

HIDOYA (arab. - qo‘llanma; to‘la nomi "al-  : Hidoya   fi   sharh   al-Bidoya"   -   "Bidoya  \ (kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma") - ; sunniylikning hanafiylik mazhabida keng I tarqalgan shariat qo‘llanmasi (kodeksi). Qo‘llanmani Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil davomida yozgan. Uni yaratishda Burhoniddin Marg‘inoniy   Qur’oni   karim   oyatlari, dastlabki    4    xalifa,    sahobalar    va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar, sunniylik oqimidagi 4 mazhab asoschilarining asarlariga tayangan. H. 4 jilddan iborat, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan tarkib topgan. H.ning 1-jildi 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. 2-jildga nikoh, emizish, taloq, qul ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. 3-jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohdik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara, voliylik (patronat), homiylik kabi masalalar o‘rin olgan. 4-jildda shafoat, merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash kabi masalalar yoritilgan. Kitob yaratilgan davrdan boshlab faqixdar, tarixchilar, shohu hokimlar diqqatini tortib keladi. H. bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlari, jumladan, Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblangan. O’zbekistonda 20-a.ning 30-y.larigacha - shariat qozilari bekor qilinib, sho‘rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda bo‘lib keldi. U musulmon mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining o‘kuv dasturlariga kiritilgan. Kitob jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. H.ni o‘zbek tilida mukammal tarjima etishga kiritilgan (kitobning 1-jildi 2000 y. bosmadan chiqdi).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:02:48

HIDOYAT (arab. - to‘g‘ri yo‘l) - haqiqiy e’tiqod yo‘lidan yurish. Zalolatning qarama-qarshisi. H. Alloh o‘z bandalari uchun ko‘rsatgan eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Qur’oni karimning yuzlab oyatlarida H. to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ularda ta’kidlanishicha, alloh taolo H. yo‘liga hammani ham boshlamaydi, balki o‘zi xoxlagan, tanlagan kishilarnigina bu ne’matga musharraf etadi. Hatto Payg‘ambarimizga xitob qilib: "Sen xoxdagan kishingai H.ga erishtira olmaysan, lekin Alloh o‘zi xoxlaganiga H. ato qilur" -degan mazmunda oyat nozil qilgan. Demak, H. sari da’vat qilish yaxshi, lekin unga erishish Allohning izni b-n amalga oshar ekan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:03:32

HIJOB (arab. - parda, yoping‘ich) - musulmon ayollarning ko‘chaga chiqqanda tanasining avrat qismini berkitib turadigan yoping‘ichi. H.ni dastlab Muhammad (sav)ning xotinlari keyinchalik barcha ozod musulmon ayollar yopinishi haqida Qur’on oyati (33, 54) ila ko‘rsatma berilgan. H.ning bir necha turlari bor. O’zbek ayollarining milliy kiyimi shaklan H. kiyimi b-n uyg‘unlashib ketgan. H.ni muslima ayollar, o‘zlariga mahram bo‘lmagan, ya’ni, oralarida nikoh qilinishi mumkin bo‘lgan er kishilar oldida kiygan hodda bo‘lishlari lozim bo‘ladi. H.ni oddiy bir xil rangdagi, ajnabiy kishilarning nazarlarini jalb qilmaydigan matodan bo‘lishi matlubdir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:03:47

HIJRA, h i j r a t (arab. - ko‘chib o‘tish) -Muhammad (sav) va tarafdorlarining Makkadan Madinaga ko‘chishi. O’z diniy targabotlarini Makkada boshlagan Muhammad (sav) Quraysh mushriklarining unga nisbatan dushmanligi kuchayishi, vaziyatning ogarlashishi natijasida 622 y. safdoshlari b-n Madinaga ko‘chganlar. Ko‘chish bir necha oy davom etgan, 638 y.da xalifa Umar buyrug‘i b-n musulmonlar o‘rtasida H. taqvimi amalga kiritilgan, ya’ni 622 yil musulmon yil hisobining boshi deb e’lon qilingan (q Hijriy yil hisobi).

Qayd etilgan