Islom Ensiklopediyasi  ( 566651 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 ... 103 B


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:30:44

SO’FIY - sufiylik tariqatiga mansub shaxs, murid; "Tasavvuf" va "sufiy" so‘zlarining o‘zagi va mazmuni to‘g‘risida olimlar fikri turlicha. Bu so‘zlar arabcha "suvf" (jun, po‘stin) so‘zidan kelib chiqqan, degan fikr ko‘pchilik ulamolar tomonidan ma’qullangan. Chunki, tasavvuf yo‘liga kirganlarning ko‘pchiligi o‘zlarini xilvatda tutish b-n birga egailariga po‘stin kiyib yurishar edi. Lekin sufiylar orasida po‘stin kiymaydiganlari, quroq, hirqa yoki boshqa xildagi kiyim kiyib yuradiganlari ham bo‘lgan. Ammo, po‘stin kiyishga odat qilgan sufiylar ko‘pchilikni tashkil qilgan.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:30:59

SUFIYLIK - q. Tasavvuf.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:31:17

SUFRIYLAR, as-Sufriya - xorijiylarning uch asosiy jamoalaridan biri. 7-a. 2-yarmida Basra (Iroq)da vujudga kelgan. Asoschisi -Ziyod ibn al-Asfar, jamoa uning otasi ismidan "sufriylar" (sufr - asfarning ko‘pligi) deb atalgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya davri (680-683)da S. Basra atrofida Abu Bilol Mirdas rahbarligida qo‘zg‘olon ko‘targanlar. 681 y. Mirdas o‘ldirilib, uning tarafdorlari qirg‘in qilingach, Solih ibn Musarrih Basrada S.ning g‘oyaviy rahbari va boshlig‘i bo‘lgan, u umaviylarni ag‘darib tashlashga va hukmron doiralardan qasos olishga da’vat etgan. 695 y. Dajla (Tigr) daryosi yuqori havzasida S. qo‘zg‘olon ko‘tarishgan. Solihning o‘limidan so‘ng (696 y.) qo‘zg‘olonga rahbarlikni Shabib ibn Yazid qo‘lga olgan. S. O’rta Iroqqa tarqalib, Madoinni egallashgan va unda mustahkam o‘rnashib olishgan. Biroq ikki jangda ko‘p talafot ko‘rgach, Shabib azrakiylar b-n qo‘shilish maqsadida Kermonga chekinishiga qaror qilgan. Daryodan kechib o‘tish chog‘ida Shabib cho‘kib ketgan, shundan keyin S. ko‘zg‘oloni tezda bostirilgan (697 y.). S. jamoasining vujudga kelishi xorijiylar o‘rtasidagi diniy-siyosiy ixtiloflar b-n bog‘liq. Xorijiylar kimni "kofir" deb hisoblash lozim va ularga qanday munosabatda bo‘lish kerak degan masalada ixtilofga borishgan. Azraqiylardan farkli ravishda S. qo‘zg‘olonda qatnashmagan dindoshlarini kofir sanamaganlar: ular azraqiylar tomonidan o‘z dushmanlarining ayol va bolalarini o‘ldirishlarini qoralaganlar, lozim bo‘lganda o‘z e’tiqodlarini yashirish (at-taqiya) mumkin deb hisoblashgan.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:31:29

SUXRAVARDIY (Shahob ad-din Yahyo as-Suxravardiy; 1155-1191) - Eron tasavvuf faylasufi, "porlash" (ishroq) haqidagi ta’limot asoschisi, shu tufayli uni Shayx ul ishroq deb ham atashadi. E’tiqodsizlikda va ismoiliylikni targ‘ib qilishda ayblanib Saloh ad-din amri b-n Halab sh.da qatl qilingan. S. falsafiy qarashlariga zardushtiylik kuchli ta’sir etgan. U borliqqa xilma-xil tezlikdagi ranglar majmui sifatida qaradi, ularni esa, Avesto qahramonlarining nomi b-n atadi. S. o‘ziga xos qorishiq ta’limot yaratdi, bu ta’limotda zardushtiylik belgilari b-n birga tasavvufga oid qarashlar qo‘shilib ketgan edi. S. juda ko‘p g‘oyalarni sufiylik merosidan olgan, biroq u amalda sufiy bo‘lmagan, balki musulmon falsafasiga yaqinroq turgan. Uning g‘oyalari Eron mutafakkirlari orasida keng tarqalgan.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:31:47

SUXRAVARDIYLIK, suhravardiya -sufiylik tariqati. 12-a. oxiri - 13-a. boshida Irokda, Ikki daryo oralig‘i hududida zohidlik maktabi doirasida tarkib topgan Aslida S.ni yaratgan kishilarning aksariyati arablardan emasdi. An’anaga binoan S musulmon zohidlik tarixida tuzilgan dastlabki birodarlik tashkilotidir. U shofi’iylik mazhabiga mansub o‘ta sunniylik yo‘lini tutgan. O’z silsilasini Ziyovuddin Abu Najib Suxravardiy (1097-1168)dan boshlab Ahmad al-Razoliy (1126 y. v.e.) va Junayd al-Bag‘dodiy (910 y. v.e.) orqali Ali ibn Abu Tolibga (661 y. v.e.) bog‘lagan. S. shaharliklar tariqati bo‘lib, a’zolari soni savdo-hunarmand ahli va jamiyatning o‘qimishli qatlamlari hisobiga ko‘payib borgan Zohidlik falsafasi va diniy amaliyoti (tariqati)ning mustaqil yo‘li bo‘lgan S asoschisi Shihobiddin Abu Hafs Umar Suxravardiy (1145-1234/35) hisoblanadi. U sufiylikka oid bir necha kitoblar va maktublar, jumladan, "Avorif al-maorif asarini yozgan. Bu kitob keyingi davrlarda yashagan barcha sufiylarning avlodlari uchun axloq va amaliyot bo‘yicha qo‘llanma sanalgan Keyinchalik S. Hindiston (Sind, Panjob Mo‘lton, Gujarot)da tarqalgan va chishtiylk b-n bir qatorda eng ta’sirli tariqat sanalgan, dastlabki davrda bu mamlakatga kelib qolgan kamsonli musulmonlarni birlashtirishda muhim rol o‘ynagan.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:32:09

SUHUF (arab "sahifa" so‘zining ko‘pligi) -Kur’onning dastlab to‘plangan ilk qo‘lyozmasi Manbalardagi ma’lumotlar bo‘yicha, Muhammad (sav) vafotlaridan bir yil keyin - 633 Y.DA xalifa Abu Bakr Qur’onni xilma-xil yozuvlardan va uni yodda saqlagan kishilardan olgan va to‘plashni oxirgi davrlarda Rasulullohga kotib bo‘lib xizmat qilgan Zayd ibn Sobitga topshirgan. Tayyorlangan qo‘lyozma S. degan nom olgan. S. yozuvlari va qorilar og‘zidan tinglab yozilgan mushaflar soni 4 yoki 5 ta ekani to‘g‘risida turli rivoyatlar bor. Bu ish uchinchi xalifa Usmon (ra) xalifaligi davrida amalga oshirilgan.

Qayd etilgan


Shahina  10 Oktyabr 2006, 19:32:54

SUYUTIY (to‘liq ismi Jaloliddin Abulfazl Abdurrahmon Suyutiy, (? - 1505) -islom ulamosining eng buyuklaridan biri. Zamonasidagi mavjud fanlarning har biriga oid asarlar yozganligi b-n mashhur bo‘lgan mujtahidlardan. Ajdodi Misrga ko‘chib borib, Suyut qasabasida o‘rnashib qolgan.  Otasi Qohira qozisi edi. S. ham Qohirada tug‘ilgan. Besh yoshida otasi vafot etgan. Otasining do‘stlaridan biri uni o‘z himoyasiga olib, ta’lim-tarbiya bergan. U sakkiz yoshidayoq, Qur’onni yod bilgan. Tahsilni tugatgach, Shom, Hijoz, Yaman, Hind kabi ilm markazlariga borib, mumtoz olimlarning suhbatidan bahramand bo‘lgan. Qohiraga qaytib kelgach, Shayxuniya madrasasida saboq bera boshlagan va shuhrati har tarafga yoyilgan. Shayxuniya mudarrisligidan ketgach, uzlatga chekinib, hayotini ta’limga bag‘ishlagan.
Tafsir, hadis, fiqh, tarix, tarjimai hol, adabiyot va b. ilmlarga oid "Xusnul-muhodara" nomli asarida ta’kidlashicha, uch yuzdan oshiq asar yozgan. "Mu’jamul-matbuotil-arabiyya"ning muallifi S.ning 92 matbu (chop etilgan) asari haqida bahs yuritadi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:22:12

- T -

TABARIY, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir (839-923) - arab tarixchisi, faqih, tafsirchi. Asli Tabaristonning Amul sh.dan, badavlat xonadonda tug‘ilgan. Yetga yoshida Qur’onni yoddan bilgan, sakkiz yoshvda jamoa namozida imomlik qilgan, to‘kqiz yoshida hadislarni yozib bora boshlagan. Umrining ko‘pini Bag‘dodda o‘tkazgan. T. arab xalifaligiga tobe bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarni aylanib chiqqan. T. rasmiy lavozimlardan voz kechib, butun umrini ilmga bag‘ishlagan. U o‘rta asr fanining birmuncha sohalarini, xususan, fiqh hamda tarixni mukammal egallagan, Qur’on va hadis bo‘yicha yirik asarlar yaratgan. T. asarlarida islom va arab xalifaligi tarixi keng yoritilgan. "Tarixi Tabariy" asari muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shuningdek, u Qur’onning 30 jilddi yirik tafsiri muallifi. Bag‘dodda T. "Jaririya" (otasi nomidan) hukuq maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Hanbal qarashlarini tanqid qilganlar.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:22:38

TABARONIY, to‘liq ismi Abulqosim Sulaymon ibn Ahmad at-Tabaroniy (873, Tabariya qasabasi (Shom) - 973, Isfahon) -yirik muhadtsislardan biri. Sahih hadislarni yig‘mok, uchun Yaman, Misr va b. islom ilm markazlarini Kezib chiqqan. Hofiz Abu Nuaym kabi tanikli muhaddislar uvdan hadis rivoyat etganlar. Asmoi sahobaga doir "Mo‘‘jami kabir", "Vasiyat", "Sag‘ir" nomli mo‘‘tabar asarlar yozgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:23:58

TABAQOT (tabaqaning ko‘pligi; "qatlam", "avlod", "daraja") - ma’lum bir vaqt oralig‘ida yashagan shaxslar, "avlodlar tarjimai holi" (biografiyasi).
Arab  tarixshunosligida  T.   Biografik janrning maxsus tarmog‘ini tashkil etib, unda material xronologik tartibda, avlodlar bo‘yicha,  eng dastlabkisidan so‘nggisigacha (Muhammad (sav)ning safdoshlari - sahobalar, so‘ng    ularning    shogirdlari    va    b.) joylashtirilgan. Regaonal tamoyilga ham rioya qilingan - material  shaharlar,  alohida mavzelar va Xalifalikning viloyatlari (ba’zan butun  islom  dunyosi  tegrasida)  bo‘yicha taqsimlangan. T.  adabiyoti  hadis  ilmi  ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. U isnodning haqqoniylik    darajasini    aniqlashda ma’lumotnoma rolini o‘ynagan. Bizgacha T. turidagi yetib kelgan eng ilk asar Ibn Sa’d (784-845)ning "Kitob at-tabaqot al-kabir"dir. Asarda   hadislar    aytgan   4250    shaxs (sahobalardan boshlab)ning tarjimai holi keltirilgan. Islomning dastlabki davrida T. asosan hadis bilimdonlari va faqixdarga atalgan. Biroq, madaniy ehtiyoj va ilm-fan taraqqiyoti keyinchalik turli kasb va darajadagi shaxslarning (shoirlar, adiblar, kotiblar, vazirlar, tilshunoslar, tabiblar, donishmandlar, va’zxonlar, qorilar, faqixdar, sufiylar va b.) avlodlarini xronologik tartibdagi T.lari paydo bo‘lishiga imkon berdi.

Qayd etilgan