Islom Ensiklopediyasi  ( 566195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 103 B


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:09:16

USHR (arab. - o‘ndan bir) - musulmon mamlakatlarida natura shaklida (ba’zan pul b-n) davlat foydasiga, ba’zan kambag‘al, yetim-esirlar hisobiga undirilgan soliq. Har yili dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. U. olingan yer-suv "mulki ushriya" deb atalgan. Turli davrlarda U. shakli mahalliy shart-sharoitga ko‘ra o‘zgargan. Mas., Usmonli turk imperiyasida - o‘nta, o‘ntalik, salariy’a; Eron, Buxoro amirligi va b. joylarda - dahyak deb yuritilgan. Keyinchalik yangicha daromad solig‘i joriy etila boshlagach, U. ba’zi joyda (1918 y. Jazoirda, 1925 y. Turkiyada, 1935 y. Tunisda) bekor qilindi. Ammo ayrim musulmon davlatlarida hozir ham mavjud. Urta Osiyoda 20-a. boshigacha U. saklangan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:09:37

UHUD JANGI (Uhud - Madina sh. yaqinidagi tepalik nomi) - 625 y. 23 martda Uhud tepapigida musulmonlarning makkaliklar b-n bo‘lgan jangi. Badr jangida makkalik mushriklar mag‘lubiyatga uchragach, musulmonlardan o‘ch olmoqchi bo‘lishgan. Makkaliklar 3000 ga yaqin jangchidan iborat bo‘lib, jumladan 200 ta otlik askar, 800 ta sovut kiygan jangchi, Muhammad (sav)ning esa, 700 ta piyoda askarlari bo‘lib, shulardan 100 tasida sovut bo‘lgan. Makkaliklar jang maydonida yaxshi mavqeni egallagan edi. Muhammad (sav) ham askarlarini kerakli joyga joylashtirib tepalik tomonini qo‘riklash uchun 50 ta kamonchini qo‘yib, ularga bu yerdan hech yerga siljimaslikni tayinlaganlar. Jang dastlabki paytda musulmonlar foydasiga hal bo‘la boshladi. Ular ayni dushmanni ta’qib etadigan paytda g‘animat (o‘lja) to‘plashga tushdilar. Kamonchilar ham o‘ljasiz qolib ketmaslik niyatida o‘z turgan joylarini tashlab ketdi. Bundan foydalangan makkaliklarning Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo‘shini musulmonlar qo‘shini orqa tomoniga o‘tib hujum qildi. Bu jangda musulmonlar ko‘p talafot ko‘rdi: Muhammad (sav) qurshovda qolib, yaralanganlar, 70 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Makkaliklar esa, 19 kishisini boy berdi. Musulmonlar bu jangda raqib ustidan yengilgina g‘alaba qozonamiz deb o‘ylashgan edi. Musulmonlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganligining sababi Qur’on oyatlarida bayon etilgan (3:145/152 - 169/175).

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:10:30

- F -

FADAK - Shim. Hijozdagi dehqonchilik vohasi; Madinadan 2-3 kunlik yo‘lda, Xaybar yaqinida joylashgan. Hozirda mavjud emas. F. aholisini yahudiylar tashkil etib, ular g‘alla va xurmo yetishtirish b-n shug‘ullanganlar. Islomning ilk davrida voha taslim bo‘lish haqida musulmonlar b-n tuzilgan bitimga ko‘ra shuhrat qozongan. Bitimda Muhammad (sav) F. yerlaridan olinadigan daromad haqidagi masalani yechib berganlar. 627 y. Muhammad (sav) F. aholisi Xaybarga harbiy yordam berishini taklif etganidan xabar topib, u yerga Ali (kv) boshchiligida kichik qo‘shin yuborganlar. Bu yurish oddiy chopqun tusida bo‘lgan. Kelasi yili, musulmonlar Xaybarni egallagach, F. yahudiylari Muhammad (sav) elchilari Muxayyisha ibn Mas’ud al-Ansoriy b-n muzokara olib borishgan, butun mol-mulklari evaziga vohani tashlab ketishga ruxsat so‘rashgan. Lekin Muhammad (sav) b-n tuzilgan sulh bitimiga ko‘ra, ular F.da qolishgan, vohadaga yerlarining yarmi ularning xususiy mulki ekanligi e’tirof etilgan, qolgan yarmidan keladigan daromad Muhammad (sav) va u zotning xonadoniga topshiriladigan bo‘lgan. Rasululloh (sav) bu daromadlarni jamoat ehtiyojlari uchun (etim-esirlar, sayyohlar, kambag‘allar, jumladan hoshimiylar urug‘ining eng kambag‘al qatlamini ta’minlashga) sarflashga buyruq berdilar, shu b-n birga zaruriyat tug‘ilsa ularni o‘zlariga, oilalariga va qarindosh-urug‘lariga sarflayajaklarini bildirdilar.
Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima F.dan (shu b-n birga Xaybar vohasidan) olinadigan daromadga ega merosxo‘r sifatida chiqqan. Xalifa Abu Bakr (ra) unga Rasululloh (sav)ning "Mening merosxo‘rlarim yo‘q va mendan keyin qoladigan barcha narsalar zakot kabi xayrli maqsadlarga mo‘ljallangan jamoa mulki (sadaqa) bo‘lib qoladi" degan hadislarini aytib e’tiroz bildirgan.
Garchi Fotima da’vosi rad etilgan bo‘lsa-da, F. maqomi haqidagi janjal ikki yuz yildan oshiq davom etgan. Shialar fikricha, F. yerlari Rasululloh (sav) xonadonining merosiy xususiy mulkidir. Siyosiy vaziyatdan kelib chiqib Alaviylarning da’vosi goh e’tirof qilingan, goh oliy hokimiyat tomonidan rad etilgan.
F. uchun uzoq davom etgan kurash shundan dalolat beradiki, ilk islom davrida mulkning ikki xil shakli - xususiy va jamoa mulklari o‘rtasida aniq farq bo‘lgan, mulkdorlar tegashli huquq va majburiyatlarga ega edilar.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:11:05

FAY ("qaytarish") - musulmonlar g‘ayridinlardan tinch yo‘l b-n oladigan barcha narsalar: soliqlarning barcha turi va baytulmol. Qur’onda aytilishicha, "ma afa’a Allohu ala rasulihi minhum" (Alloh ulardan O’zining rasuliga qaytargan narsa", 59:6), ya’ni, jangsiz qo‘lga tushirilgan o‘lja ("uning uchun jangga na otlarni, na tuyalarni solganlar") Muhammad (sav)ga in’om etiladi (nomunosib egalaridan qaytarilgan) va u zot undan o‘z xohishlaricha egalik qilishlari mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:11:22

FAYZ - otilib chiqish, nur chiqarish. Musulmon ilohiyoti va falsafiy adabiyotda ilohiy manbadan (q. Sudur) olamni yaralish jarayonini (odatda uch bosqichda) anglatish uchun qabul qilingan istiloh.
Ixvon as-safoga ko‘ra, Alloh olamni uch bosqichli emanatsiya (nur chiqarish): Avvalgi aql (al-akl al-avval) - Umumiy ruh (an-nafs al-kulliya) - Materiya (al-xayula) vositasida yaratgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:11:37

FALSAFA - yunoncha "sevaman" ma’nosida keluvchi "filo" b-n "hikmat" ma’nosidagi "sofia" so‘zlaridan paydo bo‘lgan va "hikmatni sevaman" ma’nosini ifodalovchi "filosofiya" so‘zi arabchaga "falsafa" shaklida ko‘chgan. Mil. av. 7-a.ga qadar borliqning boshlang‘ich unsurlari ustida bosh qotirgan va borliq haqida umumiy bir nazariyani o‘rtaga tashlaganlar "hakim" ma’nosidagi "sofos" ifodasi ila atalishgan. Ammo ilk daf’a Pifagor, insonni sofos deb bo‘lmaydi, chunki aslida sofos Allohdir, degan g‘oyani ilgari surgan, binobarin, inson faqat "filosofos" bo‘la olishi mumkinligini aytgan. Usha davrdan keyin borliqni yanada teran anglab, uyg‘un bir shaklda tushuntirib berganlar "filo-sofos" (hikmatni sevuvchi) nomini olishgan va bu kalima arabchaga "faylasuf" (ko‘pligi "falosifa") tarzida o‘tgandir. Tarixda bu unvon ila atalgan ilk mutafakkir Fales (Thales) bo‘lgani ma’lum. 8-a.dan e’tyboran Yslom olami yunoncha va suryoniychadan qilingan tarjimalar orqali Falsafa b-n tanishdi va ilk islom faylasufi bo‘lgan al-Kindiy (252/866 y. v.e.) "falsafa" atamasiga olti xil boshqa-boshqa ta’rif bergan: 1) hikmatni sevish; 2) insonning kuchi yetganicha buyuk Allohning fe’llariga o‘xshashi; 3) o‘limni istash; 4) hunarlarning hunari va xikmatlarning hikmati; 5) inson o‘zini bilishi; 6) insonning kurbi yetgancha abadiy va kulliy bo‘lgan borliklarning haqiqatini, mohiyati va sabablarini bilishi...

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:11:55

FANO - q. Baqo va fano.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:12:09

FARZ (arab. - qat’iyat, majburiyat) - shariatda hamma musulmonlar bajarishi qat’iy buyurilgan amallar. F. ikki tur - "farzi ayn" va "farzi kifoya"ga bo‘linadi. Birinchi turi barcha musulmonlarga bab-barobar buyurilgan bo‘lib, ularning adadi 40 atrofida, mas., namozda 12 ta, shundan oltitasi namozdan tashqarida, oltitasi namozning ichida, tahoratda 4, tayammumda 4, g‘uslda 3, ro‘zada 3, taom yeyishda 4 "farzi ayn" bor (1) Halol bo‘lish; 2) Zaruriy mikdorda yeyish; 3) Taom quvvatini yaxshi ishlarga sarflash; 4) Taom beruvchiga (Allohga) shukr aytish). Amri ma’ruf, nahiy munkar, ilm olish ham "farzi ayn"ga kiradi. "Farzi kifoya" esa, bir qism musulmonlar bajarsa qolganlar zimmasidan soqit bo‘ladigan ishlar. Mas., janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish, dafn etish kabilar. F.ning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa, hamma musulmonlar gunohkor bo‘ladilar.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:12:25

FARISHTA (forscha, arab. malak - maloika) - islom e’tiqodiga ko‘ra, xudoning amrini bajaruvchi mavjudotlar. Flar son-sanoqsiz bo‘lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi. Mas., islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi F.lar, jannat va do‘zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq qiluvchi (Munkar va Nakir), Alloh taxtini osmonda ko‘tarib turuvchi va b. xizmatlarni bajaruvchi F.lar mavjud deb qaraladi. Bu F.lardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh F. hisoblanadi. F.larga e’tiqod qilish sunniylik akdtsalaridan biridir.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:12:44

FATVO (arab. - tushuntirish, izoh, hukm, qaror) - islomda mufti yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki to‘rt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izohlari, shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari F. deb aytilgan. F. barcha diniy-huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qo‘shimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan F. diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. F. Qur’on, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan F.larga asoslanib chiqariladi.

Qayd etilgan