Islom Ensiklopediyasi  ( 567083 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 ... 103 B


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:18:37

FOL (fors. - oldindan aytish, topish, arab. - kelajakning yaxshilik belgisi), r o m -kishilar takdirini, kelajakni yoki noma’lum voqea va hodisalarni "aytib berish"ning soxta har xil usullari.
F. dastlab ibtidoiy jamoa davridayoq paydo bo‘lgan. Ovchilik, so‘ngra choravachilikning vujudga kelishi b-n qushlarning sayrashi, uchishi, harakatlariga qarab F. ko‘rish rasm bo‘la boshladi. Ibtidoiy dehqonchshshk paydo bo‘lgan davrda yulduzlarga qarab F. ko‘rish tarqaldi; keyinchalik bunday F. ko‘rish negazida soxta fan - astrologiya yuzaga keldi. F. bobilliklar, etrusklar, yunonlar va b. qad. xalkdarda keng tarqalgan edi. F. ko‘rish b-n maxsus kishilar - folbinlar shug‘ullanganlar. Ko‘pgana xalqlarda folbinlar suyaklar, don-dukkakli o‘simliklarning mevalari, yong‘oq, qo‘y qumalog‘i va sh.k. yordamida F. ochganlar. O’rta Osiyo xalkdarida F. ochishda F. ochtiruvchining tomirini ushlab, nomini takrorlash yoki boshqa so‘zlar aytish, mayda toshlardan foydalanish yoxud piyoladagi suvga paxta tashlash kabi usullar qo‘llanilgan. Keyingi davrlarda kartaga va qo‘l kaftining chizikdariga qarab F. ochish keng tarqaldi. F.ning hoz. kunga qadar saqlanib qolgan eng qad. ko‘rinishi tushga qarab F. ochishdir. F. ochish negizida tabiat va odamlarni boshqaruvchi g‘ayritabiiy kuchlar b-n aloqa bog‘lab, noma’lum voqea va hodisani anglash mumkin, degan diniy tasavvurlar yotadi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:19:04

FOROBIY Abu Nasr (873-950) - o‘rta osiyolik qomusiy olim, faylasuf. Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob sh.da tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda o‘qidi. Eron shaharlarida bo‘ddi. O’rta asr fani hamda tillarni o‘rgandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Aristotel va Platon asarlarini sharhlab bergan. Sharq mamlakatlarida ulug‘lanib "Ikkinchi muallim", Shark Aristoteli deb nom olgan. U tibbiyot matematika, filologiya, musiqashunoslik, mantiq, axloqshunoslik, davlatshunoslik, falsafa va b. sohalar bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan. F. fikricha, olam - yagona mavjudot, Alloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar uning emanatsiyasi (nurlanishi) asosida kelib chiqadi. "Fozil shahar aholisi" asarida qayd etishicha, faqat xudo o‘z zotiga ko‘ra tafakkur qiladi va tanho Ugana eng yaxshi ilmlarni biladi. Nazariy hikmat xudo zotini bilish ilmi bo‘lmay, balki U yaratgan narsalar haqidagi ilmdir va shu yaratilgan narsalarga qarab Uning jamolini, qudratini, hikmat va adolatini bilish mumkin. F. fikricha, aqd shariatning tayanchi va madadkori bo‘lib, mohiyatan u b-n birdir. Shariatni tushunish uchun akd ishlatish zarur. Inson tasavvuriy quvvat orqali erishishi mumkin bo‘lgan "eng mukammal bosqich" payg‘ambarlik bo‘lib, payg‘ambarlikning "eng mukammal bosqichi" tasavvuriy quvvat vositasida hosil qilinadigan vahiydir. "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxt-saodatga erishuv haqida" va shu kabi asarlarvda barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi, ularni komil inson qilib tarbiyalovchi ideal jamoa haqidagi fikrni olg‘a surdi. F.ning diniy, falsafiy qarashlari keyingi davr olimlariga muhim ta’sir ko‘rsatdi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:19:21

FOSIQ (arab. - yo‘ldan adashgan, axloqsiz) - 1) islom an’anasida diniy majburiyatlarni ado etmagan gunohkor; 2) axloqiy ma’noda -fahsh, buzuq odam.
"Fosiq" kalimasi johiliyat davrida qo‘llanilmagan. Qur’oni karimda o‘zak holida yetti, tuslangan fe’l sifatida o‘n va "fosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari ko‘plikda) o‘ttiz yetti joyda keladi. Ba’zi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida so‘z borarkan, ko‘plarining F. ekanlari bildiriladi (mas., Baqara, 99; Oli Imron, 110; Movda, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq mo‘minlarga nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda ma’lum qilishiga ko‘ra, Alloh F.lardan rozi bo‘lmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va o‘zlarini hidoyatga erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:19:35

FOTIMA (taxm. 605/606—632/633) -Muhammad (sav)ning kenja qizlari. F.ga e’tiqod qilish shialar o‘rtasida keng tarqalgan. Shia imomlari va musulmon mamlakatlaridagi ko‘pchilik sulolalar (Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar va b.) shuningdek, barcha sayyidlar F. va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi. F. go‘zal bo‘lgani uchun Zahro (Guldek) deb laqablanadi. F.ni Alidan 5 farzandi (uch o‘g‘il (bittasi yoshligida vafot etgan) 2 qiz) bo‘lgan. Hasan, Husayn, Ummu Kulsum va Zaynab. Muhammad (sav) vafotlaridan olti oydan so‘ng olamdan o‘tgan F. Madinada dafn etilgan. Makka va Madinaga borgan shia ayollari F. qabrini ziyorat qiladi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:19:48

FOTIMIYLAR (909 - 1171) - ismoiliy xalifalar sulolasi; o‘zlarini Ja’far as-Sodiq (765 y.v.e.) o‘g‘li Ismoil orqali Ali va Fotima avlodi deb hisoblaganlar (q. Ja’fariylik). Sunniy muarrixlar F.ning Ali avlodi ekanliklarini rad etib, ularni ubaydiylar ya’ni ismoiliylar imomi Ubaydulloh al-Maxdiy (F. sulolasi asoschisi) avlodlari deb hisoblaydilar. F. Sitsiliya, Marokash, Misr, Falastin va Suriyaning bir qismini egallashga muvaffaq bo‘lishgan.971 y. ular Misrning yangi poytaxti - Qohiraga asos solganlar. Makka va Madinani o‘zlariga tobe etgan F. Bag‘dodni bosib olib, abbosiylarni taxtdan ag‘darish va o‘zlari hukmronligidagi yangi xalifalik barpo etishni rejalashtirganlar. Qohirada ular markaz tashkil etib, u orqali F. o‘zlarining tashviqot ishlarini olib borganlar. 11-a. o‘rtalarida Yamanda ismoiliylarning Sulayhiylar sulolasi qaror topgan. F.ning ta’siri asta-sekin susaya boshlagan, bu faqat saljuqiylarning kuchayishi b-n bog‘liq bo‘libgina qolmay, ismoiliylar mafkurasining tanazzulga uchrashi b-n bog‘liq edi. Vizantiya, ayniqsa, salbchilar b-n bo‘lgan urushlarda toliqqan F. davlatida yollanma gvardiya (mamluklar) tasiri kuchaygan. Kurd amiri Salohiddin hokimiyat tepasiga kelgach, abbosiy xalifalar hukmronligani tan olgan va ismoiliylar davlati asta-sekin sunniylar davlatiga aylangan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:20:13

FOTIHA (arab. - ochmoq, boshlamoq) - 1) Qur’onning birinchi (boshlang‘ich) surasi nomi. F. 7 oyatdan iborat bo‘lib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yo‘ldan yurganlarning oqibati nima bo‘lishi zikr qilingan. 2) Biron voqea munosabati b-n o‘qiladigan duo, Qur’onning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom an’anasvda F. marhumning vafoti munosabati b-n oila a’zolariga bildirilgan ta’ziyaning diniy shakli hisoblanadi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:20:33

FURU’ al-FIQH - fiqhning "tarmoklari", islom pozitiv huquqini tashkil qiluvchi fikhning bir qismi. Dastlab "furu’" istilohi Muhammad ash-Shayboniyning "Kitob al-asl fi-l-furu’" (al-Mabsut nomi b-n ko‘proq mashhur) asarida qayd etilgan. Muhammad ash-Shofi’iy aniq ta’riflagan fiqhning asos -"ildizlari" (usul al-fiqh)dan farqli o‘laroq pozitiv hukuq qismlari o‘zaro chegaralanmagan va ayni bir masalaning o‘zi turli bo‘limlarga mansub deb qaralishi mumkin bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:38:43

- X -

XABAR (ko‘pligi axbor; "darak", "yangilik", "hikoya") - Muhammad (sav)ning so‘zlari va xatti-harakatlari haqida rivoyat (bu ma’noda sinonimi hadis, asar) - Qur’on va hadislarda bu so‘z o‘zining odatdagi - "darak", "bildirish" ma’nosida qo‘llanilgan; al-Buxoriy davridayoq (9-a.) ayrim hadislar axbor deb ko‘rsatilgan. Shialikdagi hadislar to‘plamlari ham Axbor deb ataladi.
X. istilohi, shuningdek, ayrim tarixiy voqea yoki fakt, tarjimai holga doir ma’lumot, odob-axloq yoki dunyoviy xarakterdagi ko‘ngal ochdi hikoyalar ma’nosida ham ishlatiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:39:01

XADICHA bint Xuvaylid (taxm. 555/556-620/ 621) - Muhammad (sav)ning birinchi xotinlari. X. beva qolgan boy xotin bo‘lgan. Muhammad (sav) avval X.ning savdo ishlarini boshqarganlar, keyinchalik unga uylanib, uning mablag‘lari b-n savdogarlik qilganlar. X. Muhammad (sav)ga ko‘p g‘amxo‘rlik va mehribonliklar ko‘rsatgan, u zotga vahiy kela boshlaganda payg‘ambarliklariga darhol ishongan, birinchilardan bo‘lib islomni qabul qilgan. U Muhammad (sav)dan 4 qiz va uch o‘gal ko‘rgan, faqat kenja qizi Fotimadan avlod qolgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 06:39:30

XAYR - yaxshilik, ezgulik; musulmon diniy, ilohiyot va falsafiy tafakkurida axloqiy va metafizik kategoriya, yovuzlik - sharrning ziddi. Axloqiy jihatdan ularning sinonimi sifatida jamil yoki hasan (go‘zal) va qabih (xunuk). Fiqxda yaxshilik - shariatga ko‘ra, kishi intilishi kerak bo‘lgan narsa, yovuzlik esa - undan qochish lozim bo‘lgan holatdir. Falsafiy va ilohiyot tafakkurida dunyoda yovuzlikdan ko‘ra yaxshilik ko‘pchilikni tashkil qiladi va Alloh faqat yaxshilikning sababchisidir, degan qarash ustundir.

Qayd etilgan