Islom Ensiklopediyasi  ( 567067 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:18:21

YASSAVIY Ahmad (taxalluslari: Hazrati Xoja Ahmad Yassaviy, Kul Xoja Ahmad, Qul Ahmad va b.) (1105-1166/67) - donishmand, shoir, yassaviylik tariqatining asoschisi. Sayramda tugilgan. Otasi Shayx Ibrohim uzoq yillar Yassi va Sayramda shayxlik qilgan. Ya. piri Arslonbob maslahati b-n Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniydan tasavvuf bo‘yicha mukammal ma’lumot olgan. So‘ngra, Turkistonga qaytib sufiylikni targ‘ib etgan. El orasida katta obro‘ orttirib, avliyo deb ulug‘langan. "Madinada - Muhammad, Turkistonda - Ahmad" degan ovozalar tarqalgan. Muridlari ko‘payib, yassaviylik tariqati tarkib topgan. Yassida qazo qilgan. Mozori muqaddas qadamjoga aylangan. 1395-97 ylarda Amir Temur Ya.ning qabri uzra mahobatli maqbara kurdirgan. Ya. tuzgan tariqatning barcha aqidalari "Devoni hikmat" she’riy asarida bayon etilgan. Unda poklik, to‘g‘rilik, kamsuqumlik, mehr-shafqat, halol kun kechirish, nafsni tiyishga intilish, imonli bo‘lish kabi asl insoniy fazilatlar maqtalgan. Zolimlar, poraxo‘rlar, mutaassib shayxlar, johil va nodon kimsalar esa qoralangan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda Ya. hayoti, faoliyati va ijodi keng o‘rganilib, i.tlar yaratildi. "Devoni hikmat" 2 marta (Toshkent, 1991, 1992) ko‘p nusxada chop etildi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:18:33

YASSAVIY MAQBARASI - Turkiston (Qozog‘iston)dagi me’moriy yodgorlik (1389-95). Dastlab Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara kurilgan (12-a.). Maqbarani ziyorat kdpgan Amir Temur uni qayta kurishga farmoyish bergan. Yozma manbalarga ko‘ra bino loyihasini ishlab chiqishda shaxsan o‘zi qatnashgan. Qurilishni Mavlono Ubaydulla Sadr boshqargan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:18:51

YASSAVIYLIK (jahriylik) - tasavvuf tariqatlaridan biri. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan. Asoschisi Yassaviy Axmad. Ya. Yusuf Hamadoniy va Abdulxoliq G’ijduvoniy ta’limotlari negizida shakllangan. Ya.da islom qonun-qoidalari (shariat), tasavvuf maslaga (tariqat), ishqi ilohiy (ma’rifat), Alloh visoliga erishish (haqiqat) keng targ‘ib etilgan. Unga ko‘ra, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat yo‘q. Bularning har biri alohida bosqich bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Murid o‘z piri rahnamoligida mazkur bosqichlardan o‘tib, ilohiy ishq sari intilishi, kamolotga erishishi zarurligi alohida ta’kidlanadi. Ya. da murid rioya etishi shart hisoblangan odob qoidalari bo‘lgan. Ularga binoan, murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, uning hamma topshiriklarini sidqidildan, bekamu ko‘st ado etishi, pand-nasihatlariga so‘zsiz amal qilishi zarur. Ya.da zikru samo’ga ham katta e’tibor berilgan, jahriya (lisoniya) usuli qo‘llanilgan. Pir va muridlar kundalik o‘qib yuradigan maxsus kalima va duolarni baland ovoz chiqarib aytishgan. Shu bois Ya. jahriylik deb ham ataladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:19:13

"YASHIRINGAN IMOM" - shialik ta’limotida zamon oxir bo‘lganda yerga qaytib kelib adolat o‘rnatadi, deb talqin qilinadigan imom (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon). Shialik tarqalgan mamlakatlarda "Ya. i." haqidaga tasavvur hozir ham saqlanib qolgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:19:47

YA’JUJ VA MA’JUJ - Qur’onda zikr etilgan buzg‘unchi qavmning nomi. Ya. va M. haqida Kahf surasida quyidagilar aytiladi: "Ular: "Ey Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj yer yuzida buzg‘unchilik qiluvchilar-tsir. Biz senga xaroj bersak, biz b-n ularning orasida to‘siq qilib berurmisan?" dedilar. 2 tog‘ orasvdaga biron gapni anglamaydigan qavm Zulqarnaynga Ya. va M.dan shikoyat etdilar. Ularning yer yuzasidagi buzg‘unchiliklaridan arz qildilar. Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj to‘plab bersak, o‘sha Ya. va M.lar b-n bizning oramizga to‘siq qurib berasanmi, deb so‘radilar. Shu b-n ularning hujumlaridan, buzg‘unchiliklardan qutulmoqchi bo‘ldilar. Zulqarnayn ularning bu savoliga odob bilan javob berdi: "U: "Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz b-n ularning orasida bir devor qilajakman. Menga temir parchalarini keltiring", dedi. Nihoyat, 2 tog‘ tomonlari ila barobarlashganda: "Dam uringlar", dedi. Nihoyat, u (to‘p temir)ni o‘tga aylantirgach: "Olib kelinglar, ustidan mis quyaman", dedi. Zulqarnayn mazkur qavm b-n Ya. va M. orasida ulkan va mustahkam to‘siq - radm qura boshladi U odamlarni temir topib kelishga buyurdi Ular olib kelgan temir parchalarini o‘sha 2 tog‘ orasiga to‘plata boshladi. Nihoyat, temir parchalarini to‘plab-to‘plab, 2 tog‘ orasini to‘ldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar b-n dam urib, temirlarni qizitib eritishga kirishdi. U 2 tog‘ orasiga to‘plangan temirni bosqonlar b-n dam urib alangalatib eritib olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov bo‘lib turgan temir ustidan quyaman, dedi.
Ya. va M.lar Zulqarnayn qurgan radm-devor to‘siq ustiga chiqa olmadilar va ular uni teshib ham o‘ta olmadilar. Zulqarnaynga Ya.va M.dan shikoyat qilib yordam so‘ragan qavmlar omonlikka erishdilar.
Ya. va M. haqida Anbiyo surasida quyidagilar aytiladi:
"Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepapikpardan oqib kelganlarida. Va haq va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang, kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib "Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik Yo‘q!Bizlar zulm qilguvchilar edik", derlar" Kahf surasida aytib o‘tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri - Zulqarnayn kurgan sadd-to‘gon ochilib, Ya. va Mlar chiqib ketishidir Demak, ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar.
Saddi Zulqarnayn b-n yo‘li to‘silgan Ya.  vaM.lar haqida turli gaplar juda ham ko‘p Ba’zilar ular mo‘g‘ul-tatarlar, deganlar. Shuningdek, Ya.  va M.  haqida bir qancha hadislar ham kelgan.
Imom Ahmad ibn Hanbal Sufyoni Savriydan qilgan rivoyatda Payg‘ambar (sav)ning zavjai mutahharalari ummul mo‘minin Zaynab bint Jahsh onamiz quyidagilarni aytadilar "Rasululloh (sav) uyqularidan yuzlari qizargan hollarida: "Arablarning holiga yaqinlashgan yomonlikdan voy bo‘lsin, bugun Ya’juj Va Ma’juj radmi-saddidan mana shuncha ochildi" deb turdilar, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini xalqa qilib ko‘rsatdilar. Men: "Ey Allohning Rasuli, ichimizda axdi solihlar bo‘la turib halok bo‘lamizmi? Dedim. U kishi "Ha, agar yomonlik ko‘paysa", dedilar".
Shuningdek, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad, Imom Abu Dovudlarning rivoyatlarida ham Ya. va M. haqida xabarlar kelgan.
Aqoid ilmi ulamolari Ya. va M. haqidaga oyati karima va hadisi shariflarni mukammal o‘rganib, quyidagi xulosani aytadilar: "Ya. va M. juda ham ko‘p sonli bir qavm bo‘lib, ularning chiqishlari qiyomatning alomatlaridan bir alomatdir. Ular yer yuzini fasodga va xarobaga to‘lg‘azadilar. Ularning qachon chiqishini esa, Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi".

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:20:00

YA’QUB (as) - Qur’onda tilga olingan paygambarlardan biri. Ishoq (as)ning o‘g‘li, Yusuf (as)ning otasi Ya. (as) Allohning birligiga, ibodatiga da’vat etuvchi payg‘ambarlardan bo‘lgan. Qur’onda uning taqvodorligi va payg‘ambarligi Allohning Ibrohim(as) avlodlariga ko‘rsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Ya. (as) o‘g‘illari orasida Yusuf (as)ga nihoyatda mehr qo‘ygan edi. Bundan ranjigan boshqa o‘g‘illar Yusuf (as)dan kutulish yo‘lini izlaydilar. Uning joniga jabr qilib, quduqqa tashlaydilar. Ya. (as) sevimli farzandi dardida yig‘layverib ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi. Qur’onda aytilishicha, Yusuf (as)ning ko‘ylagi Ya. (as)ning yuziga tekkach, uning ko‘zlari ochiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya. (as)ning o‘n ikki farzandlaridan tarqalgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:20:25

YA’QUB CHARXIY Usmon bin Muhammad (taxm. 1363, Razna, Afg‘oniston - 1447, Chag‘oniyon hoz. Denov) - olim va tasavvuf murshidi. Razna sh.ga tobe bo‘lgan Charx qishlog‘ida tavallud topgan. Ch. boshlang‘ich ta’limni avval Charxda, so‘ng G’aznada olgandan keyin 1380 y. Hirotdan Buxoroga keladi. Buxoroda u Bahoudtsin Naqshband (1318-1389) b-n uchrashadi. U Ch.ni muridlikka qabul qilib, zikr aytish qoidasidan ta’lim beradi. Ch. Naqshband vafotidan so‘ng Badaxshonda, so‘ng Alouddin Attor (vaf. 1400 y.) taklifi b-n Chag‘oniyonda yashadi. Attor vafotidan so‘ng to umrining oxirigacha Halg‘atu (Dushanbe yaqinida) qishlog‘ida yashab, o‘z asarlari va faoliyati b-n naqshbavdiya tariqati rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Ch. Xoja Ahror (vaf. 1490 y.)ning murshididir.
Ch. nafaqat tariqat murshidi, balki yetuk olim ham bo‘lib, undan bizga tasavvuf, fiqh, tafsir va davlatchilikka oid asarlar meros bo‘lib qolgan. U o‘z hayoti davomida 10 ga yaqin risola yozgani ma’lum, lekin bizgacha 7 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi tasavvufga, 1 tasi fiqhga, 1 tasi tafsirga, 1 tasi davlatchilikka oiddir. Ular quyidagilardan iborat: "Risolai qudsiya" ("Qudsiy kalimalar hakdtsa risola"), "Risolai abdoliya" ("Abdollar haqida risola"), "Sharhi asmoulloh" ("Alloh ismlarining sharhi"), "Risolai unsiya" ("Do‘stlik haqida risola"), "Tafsiri Charxiy" ("Charxiy tafsiri"), "Kitob ul-faroiz" ("Meros taqsimi haqida kitob"), "Risola darmanoqib va aqoyid" ("Manoqib va aqoyid haqida kitob").
Ch. hayoti va ilmiy faoliyati haqida M. Razzoqova 2001 y.da "Ya’qub Charxiyning ilmiy merosi va uning naqshbandiya tariqati rivojida tutgan o‘rni (X1U-XU)" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ch.ning qabri obod ziyoratgoxdir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:20:47

YAHYO (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. Zakariyo (as)ning o‘g‘li. Ya. (as) yoshlikdan ibodatga berilgan, Tavrotdaga hukmlarga astoydil amal qiladigan, nihoyatda halim va kamtar bo‘lgan. Iso (as) xudoning elchisi ekanligani birinchi bo‘lib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Voyaga yetgach, Shomga borib u yerdagilarni Allohning birligiga ishonishga, yolgiz Ungagina ibodat qilishga da’vat etgan.
Ya. (as)ning shahid bo‘lishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Shulardan birida aytilishicha, u nihoyatda kelishgan, chiroyli bo‘lgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi ko‘rib qolib, o‘z muhabbatini izhor etadi. Lekin Ya. (as) ayollarga shahvoniy munosabatda bo‘lmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Ya. (as)ning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol o‘zining siri oshkor bo‘lib qolishidan qo‘rqib, podshoxdan uni o‘ldirishni talab etadi. Ya. (as) mehrobda ibodat qilib turganida o‘ldiriladi. U shahid bo‘lgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun xonadoni b-n yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida joylashgan Ya. (as) sag‘anasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:21:13

YAHUD - yahudiylar. Ya. istilohi Qur’onda Makka davrida paydo bo‘lgan, Muhammad (sav) zamondoshlari bo‘lgan yahudiylarni yoki umuman yahudiylarni anglatgan va odatda nasorolar (xristianlar) b-n yonma-yon uchraydi (3:67/60; 5:18/21, 82/85; 9:30 va b.). Madinagacha yahudiylarning muqadtsas tarixiga qilingan ko‘plab iqtiboslarda, asosan, Banu Isroil -"Isroil farzandlari" iborasi ishlatilgan. Kur’onda yahudiylarga nisbatan 2 xil yondashuv aks etgan. Bir tomondan ular musulmonlar kabi yakka xudolik tamoyillariga amal qilishgan, shuningdek, Ibrohim (Avraam) elchiliga b-n bog‘liqtsirlar, islom iudaizm (yahudiylik) tomonvdan yo‘qotilgan izchil yakkaxudolikni tozalagandek va tiklagandek edi, yahudiylar axdi kitobga mansub edilar. Muhammad (sav) Makkada va Madinada bo‘lganlarining dastlabki paytlarida Yasrib (Madina) va Shim. Arabistondaga ko‘plab vohalar aholisiining anchagana qismini tashkil qilgan yahudiylar orasidan o‘zlariga safdosh va izdopshar topish umidida edilar. Biroq, Yasrib yahudiylari Muhammad (sav)ning payg‘ambar ekanliklarini tan olmadilar va u zotni ishonchsiz va masxaralab kutib oldilar, so‘ngra kurayshiylar b-n ittifoq tuzib, Rasulullohning ochikdan-ochiq dushmaniga aylandilar. Natijada, hijratning dastlabki yillarida musulmonlar b-n yahudiylikka e’tiqod qilgan yasribliklar o‘rtasida bir nechta to‘qnashuvlar sodir bo‘lib, oqibatda Banu Qaynuqo, Banu Kurayza va Banu Nadir qabilalari a’zolari Madinadan kuvg‘in qilinganlar, so‘ngra yahudiylarning markazlari - Xaybar, Fadak va b.ga harbiy yurishlar qilingan.
Arabistondagi yahudiy jamoalari b-n raqobat Qur’onda ham aks etgan. Uzayr (Yezdra)ni ilohiylashtirganlari uchun yahudiylar qoralangan (9:30).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:21:54

- O' -

O’ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI - O’zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943 y. 20 okt.da Toshkentda bo‘lib o‘tgan O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Toshkentdagi Baroqxon madrasasida joylashgan. Bu tashkilot 1992 y.dan Movarounnahr musulmonlari idorasi, 1996 y.dan O’.m.i. deb ataladi. U davlatdan ajralgan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Idora o‘z hududidagi musulmonlar o‘rtasida diniy ishlarni boshqarib turadi, fatvolar beradi, masjidlarga imom-xatiblar tayinlaydi, diniy xodimlar tayyorlaydi. O’.m.i. moddiy jihatdan musulmonlardan masjidlarga tushadigan xayr-ehsonlar, yordamchi xo‘jaliklar va b. hisobiga ta’minlanadi. Idora rahbar organi - Oliy Hay’at. Uning raisi muftiy hisoblanadi. Muftiy o‘rinbosar (noib)lari bor. O’.m.ida Masjidlar, Xalqaro aloqalar, Xayriya, Fatvo, Ta’lim va Muhtasiblik bo‘limlari bor. Buxorodagi Mir Arab madrasasida (1945) va Toshkentdagi Buxoriy nomidagi Islom in-tida (1971) va bir necha diniy bilim yurtlarida kadrlar yetishtiriladi. Idora tasarrufidagi "Movarounnahr" nashriyotida "Islom nuri" gazetasi, "Hidoyat" jur., diniy adabiyotlar, diniy taqvim va b. nashr etiladi. O’.m.i. xorijiy mamlakatlardagi ko‘pgina diniy tashkilotlar b-n aloqa qiladi. Idora har yili 3,5-4 ming kishining haj safarini uyushtirishda  faol ishtirok etadi. U.m.i. o‘z faoliyatida Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga rioya qiladi.
O’.m.i.ga turli yillarda Eshon Boboxon Abdumajidxon o‘g‘li (1943-1957), Ziyovuddinxon Boboxonov (1957-1982), Shamsuddinxon Boboxonov (1982-1989), Muhammadsodik Muhammadyusuf (1989-1993), Muxtorjon Abdullaev (1993-1997), Abdurashid qori Bahromov (1997 y.dan) muftiylik qilgan.

Qayd etilgan