Islom Ensiklopediyasi  ( 438427 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:22:23

O’N IKKI IMOM - shialikdaga asosiy oqim - imomiylar (ba’zan "o‘n ikkichilar" -"isnoashariya" deb ataladi) o‘rtasida e’tiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali b-n Fotima (Muhammad (sav) qizi)dan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular payg‘ambar avlodi deb taniladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar hokimiyatini g‘ayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular - Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Xusayn, Zayn al-Obidin Ali (vafoti 713 yil), Muhammad al-Bokir (732 y.v.e.), Ja’far as-Sodiq (700-765), Muso al-Kozim (799 y.v.e.), Ali ar-Rizo (818 y.v.e.), Muhammad at-Taqiy (835 y.v.e.), Ali an-Naqiy (868 y.v.e.), Hasan al-Askariy (846-873), Muhammad al-Mahdiy (rivoyatlarga ko‘ra, 874-878 y.lar orasida yo‘qolgan). Imomlarning ba’zilarigina o‘ldirilgan yoki zaharlangan, lekin shunga qaramay, imomiylar ularning barchasini xalifalar tomonidan o‘ldirilgan deb hisoblaydi, ularni jabrdiyda va din yo‘lida shahid bo‘lganlar deb motam tutadi. 12-imom - Muhammad al-Maxdiyni yashiringan deb hisoblab, uning qaytib kelishini kutish asrlar davomida shialar orasida an’ana sifatida saqlangan. Sunniylar orasida ham "imom Maxdiy"ning kelishiga ishonish ma’lum o‘rin egallab, u zamona oxir bo‘lganda keladi, deb tasavvur qilingan (q. Mahdiylik). Imomlar va imomzodalar dafn etilgan maqbaralar hozir ham shialar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, hatto ular uchun haj o‘rnini bosadi. Bunday "muqaddas joylar" Najaf, Karbalo, Kozimayn (Iroq), Madina (Saudiya, Arabistoni), Mashhad, Qum, Shoh Abdul Azim (Eron) shlarida joylashgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:22:59

- Q -

QABALA (ko‘pligi qabalot) - odatda, davlatga nisbatan moliyaviy majburiyat. 8-a.da Misrda ayrim shaxs tomonidan bugun jamoa uchun oldindan  davlatga  soliq to‘lab  qo‘yish majburiyati (ma’zun), shuningdek, badaviylarga belgilangan ma’lum yerlardan tirikchilik qilish. So‘nggi o‘rta asrlarda Q. — soliklar to‘plash  (odatda shahar,  savdo)  huquqini davlatdan ijaraga olish. Q. so‘zi musulmon xalqlari tiliga "qarz majburiyati" ma’nosida kirgan, ruscha "kabala" so‘zi shundan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:24:06

QABBONIY Muhammad Hishom (1945, Livan) islom  nazariyotchisi,  naqshbandiylik namoyandalaridan biri, shayx. Tibbiyot va islom    huquqi    fanlari   doktori.    Q. Amerikadagi "Musulmonlar hamkorligi" harakati rahbari, "as-Sunna" jamg‘armasi hamda "Kamilat" nomli musulmon ayollari tashkilotining raisi,  Amerika  inson huquklari bo‘yicha kengashining, shuningdek, AQSh Davlat departamentining diniy erkinlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi. Q. "Islom   arkonlari   va   imon"   qomusi, "Naqshbandning sufiylik tariqati" kabi asarlarida islom dinining bugungi kundagi dolzarb masalalarini taxlil qiladi. U o‘z asarlari va chiqishlarida diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg‘unchilik xatti-harakatlarini qoralaydi. Q. 2000 y. 15-18 sent.da Toshkentda YUNESKO rahnamoligida o‘tgan "Jahon dinlari - tinchlik madaniyati yo‘lida" mavzuidagi xalqaro anjumanda ishtirok etdi. Q. xalklar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, mo‘‘tadil, zamon talablariga javob beradigan islomni targ‘ib etish tarafdori.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:24:26

QADARIYLAR (arab. - takdir) - islomdagi ilk ilohiyot oqimlaridan biri (qadariya) tarafdorlari. Islom ilohiyotining shakllanish davrida bir qancha aqidaviy masalalar qatori taqdir va iroda erkinligi masalasi ham jiddiy tortishuvlarga saba( bo‘lgan. Dastlabki davrlarda islomda takdirning oldindan ilohiy belgilanganligi to‘fisidagi tasavvur asosiy o‘rin egallagan edi, chunki, taqtsirga ishonish o‘sha davrdagi jihod urushlari uchun qo‘l kelar, shuningdek Muhammad (sav)ning Allohning elchisi (rasuli) ekanliklarini tan olish orqali xalifalar hokimiyatining qonuniyligini asoslash uchun xizmat qilar edi. Keyinchalik (7-a. oxirlarida) taqdirga ishonuvchilar orasida ichki ziddiyat sezila boshlagach, K paydo bo‘ldi (ulardan faqat Ma’bad va Ato ibn Jassor nomlarigana ma’lum). Q. inson iroda erkinligini yokdab chikdi, taqdiri azal tarafdori bo‘lgan jabariylarga. qarshi kurash olib bordi. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas, xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati b-n bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keldi. Ularning ta’limotini 8-a. oxirlaridan mutazshshylar davom ettirdi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:25:07

QAZO VA QADAR - islomda mo‘min-musulmonlar e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri. Ulamolar "qazo" va "qadar"ni quyidagacha ta’riflaydilar: "Qazo - Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishidur". "Qadar - o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir". Axli sunna val jamoa mazhabiga binoan balog‘atga yetgan musulmonga Alloh taolo bandalarning hamma ishini, maxluqotlarga bog‘liq narsalarni avvaldan bilishiga imon keltirishi vojib bo‘ladi. Q. va Q. Allohga imon keltirish asosidagi islom aqidalaridan biri hisoblanadi. Ana o‘sha sifatlarning biri - Alloh ilmi, u ilmning chegarasizligi, Alloh irodasining shomilligi va qudratining komilligidir. Alloh taolo hamma narsani biladi. Uyasi ichida g‘imirlayotgan chumolining harakatini-yu, o‘z falakida harakat qilayotgan sayyoralarni ham biladi. U zotning ilmidan hech narsa goyib bo‘lmaydi. Dunyodagi har bir zarrani ham va uning harakatini ham bilib turadi. Shuningdek, Alloh taolo qiyomatgacha nima bo‘lishini biladi. Agar ularni bilmasa, U zotning sifati kamoliyasiga nuqson yetgan bo‘ladi. Ana o‘sha ilohiy ilm, "qazoi-qadar" deb ataladi. Bunda johil kishilar o‘ylaganidek, Alloh tomonidan bandani majbur qilish yo‘q, balki, Alloh taolo tomonidan banda nima qilishini oldindan bilish bor. Chunki, Allohning ilmi chegara bilmasdir.
O’tgan ulamolardan al-Xatgobiy kuyidagilarni aytadi: "Ko‘pchilik odamlar Q. va Q.ni Alloh taolo tomonidan O’zi takdir qilib qo‘ygan ishlarga bandani qahr ila majbur qilish, deb hisoblaydilar. Q. va Q.ning ma’nosi, bandalarning kelajakda bo‘ladigan ishlarini Alloh tomonidan muqaddam bilib turilishidir". Shu yerda "Ilmga bog‘liq bo‘lsa - tushunarli, ammo hamma narsa Allohning irodasi b-n, Uning xal qilishi b-n bo‘ladi-ku? U holda bandaga nima qoladi? - degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolning javobi 2 qismga bo‘linadi:
1-qism - dunyodagi insonning daxli yo‘q narsalar. Dunyoda bir xil ishlar borki, ular faqat Alloh taoloning irodasi va kudrati b-n bo‘ladi. Bu ishlarga insonning hech qanday daxli yo‘q. Misol uchun, inson aklining o‘tkir yoki o‘tmas, gavdasining turlicha, mijozining har xil bo‘lishi, chiroyli yoki xunukligi, tug‘ilish vaqti va joyi, ota-onaning kim bo‘lishi, o‘zining erkak yoki ayolligi, nasldan-naslga o‘tadigan ba’zi sifatlari hamda shunga o‘xshash bir qancha ishlari borki, ularga insonning hech qanday daxli yo‘q. Inson bu narsalardan mas’ul ham emas. Misol uchun, uni hech kim, nima uchun qomating uzun yoki qisqa bo‘lib qolgan, deb so‘roq-savol qilmaydi. Shuningdek, nima uchun falon kuni tug‘ilding, falon kuni o‘lding, ham demaydi. Bularning hammasi Allohdan. Bu turdagi qadarga imon keltirish har bir musulmonga vojib.
2-qism - inson tomonidan sodir etilgan ish va amallarga bog‘liqtsir. Bularda insonning daxli bor, u bu ishlarda o‘z mayli, akdi, xohishi, ixtiyori va harakati b-n ishtirok etadi. Masalaning nozik joyi shu yerda. Xuddi shu turdagi ishlarni qandoq baholash kerak? Qadimdan bu savolga turli javoblar berilgan. Yunon faylasuflari orasida ham bu haqda ko‘p ixtiloflar bo‘lgan.
Keyinchalik musulmonlar ichida ham bu hakda turli fikrlarni aytganlar bo‘lgan. Mu’taziliylar, "inson o‘z amalini o‘zi hal qiladi, bunga Alloh aralashmaydi", deganlar. Bu esa, Allohning barkamollik sifatlariga nuqson bo‘lib tushadi. Agar mu’taziliylar aytgan gap to‘g‘ri deyilsa, dunyoda Allohning irodasidan, qudratidan, Uning xoliqpigidan tashqari narsalar ham bor bo‘lib qoladi. U holda Alloh taoloning irodasi shomil, qudrati cheksiz, xoliqligi yagona bo‘lmaydi. Jabariylar esa aksincha, inson bu dunyoda dengizga tashlangan cho‘pdek gap, deydilar. Ularning fikricha, inson hech bir narsani o‘z ixtiyori b-n qilmaydi, balki, hamma narsani Allohning majburlashi ila amalga oshiradi. Agar jabariylar gaplari to‘g‘ri, deyilsa, Alloh taoloning adolat sifatiga putur yetadi.U zot taolo odil emas, jabr qiluvchi bo‘lib qoladi. Chunki, bandani Allohning O’zi har narsaga majbur qilib, keyin so‘roq-savol qilib, "nima uchun bu ishni qilding", deya jazolashi jabrdir.
Ushbu 2 mazhab ham bir yoqlamalikka o‘ta berilgan, keyin o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi. Musulmonchilikning sof aqidasi esa, Axli sunna val jamoa mazhabqda o‘z aksini topgan. Bu aqidaga binoan, insonning ixtiyoriy amallari, Alloh xalq qilgan narsalar jumlasidandir. Chunki, dunyoda Alloh xalq qilgan - yaratgan narsadan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas. Lekin bu inson o‘z ishini majbur bo‘lib qiladi degani emas. Chunki, inson bir ishni amalga oshiradigan bo‘lsa, o‘sha ish 2 narsaga bog‘liq bo‘ladi: 1) uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan omillar; 2) insonning o‘sha ishni amalga oshirish uchun yo‘nalishi. Inson ayni ushbu ikkinchi narsa, ya’ni ishni amalga oshirish uchun yo‘nalishi tufayli iroda va ixtiyor egasi hisoblanadi va ana shu irodasi, ixtiyori uchungina javobgar bo‘ladi. Tashqi omillarni yaratish va vujudga keltirishda uning daxli yo‘q.
"Qadar" so‘zi o‘lchov ma’nosini anglatadi. Islom aqidasida esa, Alloh taolo azalda o‘z ilmi va irodasi ila har bir narsani o‘lchovli qilib qo‘yganiga e’tiqod qilishni bildiradi. Ammo, ushbu oddiy tushunchaning buzib ko‘rsatilishi oqibatida, Q. va Q. aqidasiga turli noto‘g‘ri tushunchalar aralashib ketgan. Zamon o‘tishi b-n, turli omillar sababli islomiy tushunchalarga har xil buzuq fikrlar, bid’at-xurofotlar aralashib ketgan. O’sha islomiy tushunchalar ichida eng ko‘p buzilgani, hatto teskari ma’noga aylanib ketay degani, Q. va Q. tushunchasidir. Aslida esa, bu aqida juda sof va oson tushuniladi. Har bir narsa Alloh taoloning xohishi, ilmi, qazoi qadari ila joriy bo‘ladi. Allohning xohishi hamma xohishlardan g‘olib. Allohning irodasi hamma irodalarda aks etgandir. Allohning qazosi hamma hiylalardan g‘olib kelgandir. U zot xoxlagan narsasini qiladi. U zot zinhor zolim emasdir. Har bir yomonlik va zulmdan muqaddasdir. U zot qilgan ishidan so‘ralmas, ular so‘ralurlar. U zot har bir aybu nuqsondan pokdir.
Qazodan murod shar’iy qazosi emas, borliq qazosidir. Qazo, iroda, amr, izn, kitob, hukm, harom qilish va kalimotlarning har biri 2 qismdan iboratdir:
1) Kavniy; 2) Shar’iy. Bu 2 qism ham Qur’oni karimda zikr etilgandir. Allohning qazosini hech bir zot rad qila olmas. Allohning hukmini hech kim ortga sura olmas. Allohning amriga hech kim g‘olib kela olmas. Balki, U zotning O’zi g‘olibdir. U zot yakka-yu yagonadir, qahhordir. Xoxlaganicha xukm qiladir. Hamma o‘zi xalq qilingan narsaga muyassardir. Amallar - nihoyasiga qarab e’tiborlidir. Baxtiyor - Allohning qazosi ila baxtli bo‘lgandir. Baxtsiz - Allohning qazosi ila baxtsiz bo‘lgandir. Alloh har bir odamga O’zi azaldan o‘sha odam yaratilganidan keyin qilishini bilgan ish va amallarni oson qilib qo‘yadi. Amallarnin e’tibori oxiriga qarab bo‘ladi. Ya’ni hayotining oxirida ahli jannatlarnin amalini qilgan bo‘lsa, axli jannatlardan bo‘ladi. Agar axdi do‘zaxning amalini qilgin bo‘lsa, ahli do‘zaxdan bo‘ladi. Nekbaxtlik ham badbaxtlik ham Allohning inson bu dunyoga kelganidan so‘ng qiladigan amallarini bilishi asosida, "Allohning qazosi" b-n bo‘ladi. Qadar - yaxshilik va yomonlikni, musibat va rahmatni, xursandchilik va xafalikni, o‘lim  va hayotni, kufr va imonni, boylik va kambag‘allikni, hidoyat va zalolatni hamda boshqa hamma narsalarni Alloh tomonidan tayin qilishdir. Bu taqdirning hikmatini Alloxdan boshqa hech kim bilmaydi. Qadarga imon keltirish - insonga keladigan borliqdagi mavjud yoki oxiratda bo‘ladigan har bir narsa Allohning takdiri, ilmi irodasi va belgilashi b-n bo‘lishiga imon keltirishdan iboratdir. Ahli sunna val jamoaning aqidasi, har bir narsa Allohning Q. va Q.i b-n bo‘lishidir. Alloh bandalar amallarini xalq qilishidir.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:25:19

QAZO NAMOZI - o‘z vaqtida o‘qiy olmay keyin o‘qilgan namoz. Q. n.ni o‘qiydigan kimsa azon aytmaydi, ammo takbir - iqomat aytadi Lekin, qazo namozlarida faqat farz o‘qiladi Xufton namozidagi vitr namozi ham qazo sifatida o‘qiladi.
1 kunning 5 vaqt namozi qazo bo‘lgan bo‘lsa ularni bomdod namozidan boshlab xufton namozigacha o‘z tartibi b-n qazosi o‘qiladi

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:28:32

QALANDAR - tasavvuf  yo‘liga kirib darbadarlik va xayr-ehson b-n kun kechiruvchi kishi. Q. istilohi sufiylarning asarlarida zikru samo’ orqali Allohga ruhan yaqinlashib, faqru fanoga va haqiqatga erishish maqsadida o‘z jismini va qalbini poklashga intilgan darvishlarga nisbatan qo‘llanilgan. Q. muayyan jamoa (suluk)ga birlashib, uning ta’limotini targ‘ib etgan, o‘z murshidi (shayx, eshon yoki piri)ning ko‘rsatmalarini bajarishi shart hisoblangan. Urta Osiyoda Qlarning faoliyati b-n boshiq qalandarxona va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:28:45

QALANDARLIK - sufiylik-zohidlik harakati. Malomatishshr zoxddlik maktabining goyalari ta’sirida yuzaga kelgan. Keyinchalik tsarbadar-gado darvishlar birodarligi (tariqati) ham Q. deb atalgan. Q. Xurosonda va O’rta Osiyoda 11 -a. boshlarida yuzaga kelib, dastlab aniq tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, tarafdorlari kam edi. Keyinchalik ommalashib, sharkda Fargonadan tortib, g‘arbda Iroq va Shom (Suriya)ga qadar keng tarqalgan. Naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik Q.ning mashhur suluklari hisoblangan. Q. suluklarining ga’siri Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim mamlakatlarida hozir qam seziladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:29:06

QALB, yurak, dil- ilohiyot va tasavvuf tushunchasi. Qur’oni karimda "Q." so‘zi 133 marta uchraydi. Q. insonning diniy qaqiqatlarni anglab oladigan, imon va taqvodorlik xislatlari jo bo‘lgan a’zosi sifatida tavsiflanadi. Qur’onga ko‘ra, Alloh gunoxkor, imonsiz, zolim kimsalarning Q.ini muhrlab qo‘yadi (10:74/75; 7:101/, ularni o‘z marhamatidan, haqiqatni bilishdan mahrum etib, do‘zax azobiga mahkum qiladi. Tustariy, Balxiy, Nuriy, Termiziy, Razoliy kabi allomalar fikricha, Q. inson ichidagi ilohiy sir bo‘lib, shu tufayli inson hatto farishtalardan ham yuqori turadi; Q. Alloh b-n inson muomala qilib turadigan joydir; Q. narsalarning tub mohiyatini ko‘ra oladi; xudojo‘ylar Q.i billur singari tiniq, gunoxkorlar Q.i esa, aksincha, zang bosgan (83:14) va u haqiqatdan yiroqdir. Q. inson xatti-xarakatlarini aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib, savob amallar uni nurga to‘ldiradi, yomon amaplar esa, aksincha, xiralashtiradi. Sufiy o‘z Q.ini "yumshatib", ilohiy bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘zini tayyorlab borishi, dunyoviy istaklardan voz kechishi zarur. Q. tushunchasi zikr b-n chambarchas bog‘likdir. Zikrda til b-n birga insonning barcha a’zolari qatnashadi, Q. esa, ular ichida eng muhimi sanaladi. Zikr tufayli Alloh sufiyning Q.idan joy olib, bajaradigan barcha amallarining birdan-bir sababi va harakatlantiruvchi kuchiga aylana boradi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:29:20

QARMATLAR - ismoiliylarning asosiy shohobchalaridan biri tarafdorlari. Q. harakati 9-a. oxirida Jan. Irokda vujudga kelgan, Suriya va Yamanga tarqalgan, dehqonlar, ko‘chmanchi badaviylar va hunarmandlardan tashkil topgan. Harakat o‘z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmat (yoxud Qarmatuya, Qirmit)dan olgan. Uning ma’nosi manbalarda turlicha ("kalta oyoq", "qizil ko‘z" va b.) izoxdangan. Biroq, Hamdongacha ham Qarmatiya nomi bor edi, bu esa, Hamdon o‘z laqabini o‘sha davrda mavjud bo‘lgan shialikning biron-bir tashkiloti nomidan olgan deb hisoblashga asos bo‘ladi. Ular abbosiylar xalifaligiga qarshi qo‘zg‘olonlarga boshchilik qilgan. Q. yerga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g‘oyalarini targ‘ib etishgan. Ular islom marosimlarini bajarmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda masjidlar bo‘lmagan. Q. musulmonlarning ziyoratgoxlari (mas., Ka’ba va u yerdagi "qora tosh" - hajar al-asvad)ni bid’at deb hisoblagan. 899 y. Q. Bahraynni bosib olib, al-Aqsoda (Sharqiy Arabiston) o‘z davlatini tuzgan, bu davlat 11-a. oxirigacha mavjud bo‘lgan. 930 y. haj vaqtida Q. Makkaga hujum qilib, uni talon-toroj etishgan, hajga borganlarni o‘ldirishgan, bir qismini qul qilishgan, u yerdagi "Qora tosh"ni parchalab, o‘lja qilib olib ketishgan (20 yildan so‘ng qaytarilgan). Bu hol keng xalq ommasini Q.dan chetlashtirgan. 11-a. oxiri -12-a. boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shidtsatli kurash boshlangan va Q. harakati bostirilgan. Keyinchalik Q. ismoiliylarning boshqa oqimlariga qo‘shilib, yo‘qolib ketgan.

Qayd etilgan