Ilohiy mo'jizalar  ( 48107 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:45:01



Asalari uyasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:47:18



Qur'oni karimdagi so`zlar mo`jizasi:
Kalomullohda:
Dunyo so`zi 115 marta, Oxirat so`zi ham 115 marta;
Farishta so`zi 88 marta, shayton so`zi ham 88 marta;
Hayot so`zi 145 marta, o`lim so`zi ham 145 marta;
Erkak so`zi 24 marta, ayol so`zi ham 24 marta;

Oy so`zi 12 marta;
Kun so`zi 365 marta;

Dengiz so`zi 32 marta, yer so`zi 13 marta ishlatilgan.
Agar biz dengiz va yerning qoshilmasini hisoblasak 45 chiqadi. Hozir biz kichkina hisob chiqaramiz:
32/45 x 100% = 71,11111111%
13/45 x 100% = 28,88888888%
Ushbu hisob bilan biz dunyoda quruqlik va dengizning nisbatini bilib olamiz. (Ya'ni dunyoning 71,1 qismi suvdan, 28,9 qismi quruqlikdan iborat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:48:38



Bu oyatda aytilishicha, osmonlar-u yer aslida bir narsa bo`lib, keyin bir-biridan ajralgan. Qur’ondagi mo`jizalardan biri, uni hozirgi zamon ilmi ham tasdiqladi. Olimlarning aytishicha, Butun borliq bir gazdan iborat, keyin bo`laklarga bo`lingan. Quyosh galaktikasiga kiruvchi olam ham shu bo`linishdan kelib chiqqan. Buning dalili sifatida ulamolar aytishadiki, yerda 92 xil modda bo`lib, shundan 67 tasi Quyoshda ham bor. Demak, Yerdagi moddalarning hammasi ham Quyoshda borligi ehtimoldan holi emas. Quyoshdagi ko`plab moddalar yerda ham uchrar ekan, masalan, kislorod, azot, fosfor, temir, karbon va h.

Oyda ham yerdagi moddalar mavjudligi aniqlandi. Bundan chiqdiki, olamdagi barcha narsalarning asli, Qur’onda aytilganidek, bir ekan.

Endi oyatning "œva barcha jonzotlarni suvdan yaratdik" degan qismiga kelsak, bu — ulamolar sirini ochgan ilmiy haqiqatlardan eng kattasidir. Yer yuzining 4/3 qismi suvdan iborat. Suvning xususiyatlari juda ko`p, ularning har biri har biri Alloh taolo suvni o`zining maxluqlariga zarur narsa qilib yartaganiga dalildir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:49:11



Astronom olim Ser Jeyms Jins shunday deydi:
"œBorliq yaratilishidan oldinundagi moddalar gazdan iborat bo`lgan va shu gazlarning o`zaro birikishi natijasida sayyoralar kelib chiqqan"
Qur’onda borliqning yaratilishi tutundan bo`lgan deyiladi. O`sha vaqtdagi arablarga mana shu so`z (ya’ni, tutun) tanish bo`lgan. Bizga zamondosh olimlar esa tutunni "œgaz" deb ataganlar, xolos. Mohiyati — bitta!

Demak, yana savol tug`iladi: ilmsiz, savodsiz Muhammad payg`ambar inson zoti anglab yetmagan haqiqatni qayerdan olib aytgan? Payg`ambarimizga nozil bo`lgan oyat Alloh so`zi ekanligiga bu isbot emasmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2006, 05:49:44



Munajjimlar teleskopda ko`rinayotgan osmon jismlari tartibli ravishda Quyosh sistemamizdan uzoqlashib borayotganini aniqlashgan. Demak, borliq tinch turgani yo`q, balki bamisoli sovun pufakchalari kabi kengayib bormoqda va shu bilan birga undagi jismlarning hajmi o`zgarmay turibdi.
Bundan 15 asr muqaddam Qur’on aytib o`tgan bu haqiqatni inson faqat XX asrda tushunish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 07:05:28



O`simlik urug`ida ham Allohning nomi!

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 07:07:40



Bir parcha go`shtda Uning nomi namoyon!!!

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 07:08:00



O`rtasidan bo`lingan pomidor. U ham Allohni zikr qiladi!!!

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 07:08:12



Ushbu dukkak (lo`ya) da ham Allohning nomi!

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 07:08:28



Iordaniyalik chaqaloqning qulog`iga Alloh nomi yozilgan ekan.

Qayd etilgan