Baxtli Oila saroyini qurayotganlarga to'rt maktub  ( 10664 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Хадича  28 Oktyabr 2012, 19:34:41

 :bsm3:
:asl3:

( Bir kitobda judayam foydali maslahatlar yozilgan ekan. Shuning uchun bir mavzu ochib shu kitobdan siz azizlargayam ilinish umidida barcha yozilganlarni yozib borishga ahd qildim. Zora,foydasi tegsa... )


SAODATLI OILA SAROYI.

Har bir oila uchun qo'llanma bo'lishga arzirli bir go'zal kitobcha nashrga tayyorlanibdi,qutlug' bo'lsin ! Saodatli oila saroyini qurish haqida necha ming yillardan beri juda ko'p donishmandlar nasihatlar qilganlar. Hozir ham davrimiz olimlari bu mavzuda zarur maslahatlar beryaptilarkim,bu o'gitlarga amal qilganlar baxt topyaptilar. Mustafo Qoratoshning bu kitobchasi ham zimmasiga ana shunday sharafli vazifani olgan.
To'ylarni tomosha qilgan har bir qizaloqning kelin bo'lish orzusida o'rtoqlari bilan " Kelin-kelin" o'ynaganlarini kuzatamiz. Dastlabki " Kelinsalom"ini o'zlari eslay olmasalar kerak. Lekin Ota yoki Ona eslar. Kuzatganmisiz : qizcha bir,ehtimol ikki yoshida onasining harir ro'molini olib " Kelinsalom" qilib,kattalarning olqishini eshitadi,bundan quvonib qayta -qayta salom qilaveradi. O'shanda kattalar " Baxtli kelin bo'lgin ",deb duo qilishadi. Qizchalar bolalik o'yini tufayli minglarcha duo oladilar. Ota Ona duolarini esa sanab adog'iga yetish mushkul.

Farzand tug'ilgan onda doya " Qiz muborak !deyishi bilan Ona quvonchdan Xudoga shukr aytadi. Qiz farzand dunyoga kelishi bilan ona qalbida shirin bir orzu ham tug'ilgan. Bu orzu farzandga egizak kabi edi,u qiz bilan ulg'aydi. Qizni qanday avaylasalar,bu orzuni ham avayladilar. Qizga birinchi sovchi kelgandagi Onaning quvonchini his qilish mumkinmi ? Mumkin emasdir... Qalbiga o'g'rincha mo'ralagan xavotir-chi..? Bo'lajak kuyov bola maqtaladi,qiz boradigan xonadon olqishlanadi...
Lekin "gaplari rostmikan,yigit solihmikin,yomonlarga aralashmaganmikin,onasi qizimni o'z qizidek bag'riga olarmikan? ...degan o'nlab xavotirli savollar onani iskanjaga olaveradi. Qiz kelinlik sarposini kiyib,jonajon uyi ostonasidan hatlab o'tganida Ota ko'zda yosh bilan duo qiladi. Bu ayriliq yoshlari emas,bu baxt ilinjidagi munojotning pokiza aksi. Duodagi yig'i Alloh bilan qalban bog'lanish isbotidir. Qalban bog'lanish bilan ushalgan orzu quvonchi ham zohir bo'ladi. Ayni nafasda Ota Ona yuragida ikkinchi orzu ham tug'iladi.
Birinchi orzuni avaylash-asrash ota-onaning vazifasi edi. Ikkinchi orzuning ushalishi endi kelin va kuyovga bog'liq. Qiz kelin bo'lib tushgan xonadonida o'zining chiroyli xulqi,g'ayratli xizmati,sadoqati va muhabbati tufayli qadr piyolasidan baxt sharbatini ichsa,bu onda dadasi va onasi baxt ummonida rohatlanib suzayotgan bo'lishadi.
Alloh ko'rsatmasin,agar qadr topmasa,baxt o'rniga xorlik jari yoqasiga kelib qolsa,dadasi va onasi ko'zlariga dunyo qorong'u bo'lib ko'rinadi. Do'zax azobi bu dunyoning o'zida boshlanib ketadi.
Qiz  kelinlik libosida, "yor-yor" sadolari ostida ostona hatlab ichkariga bir qadam bosib,egilib salom berdi. O'zi bekacha bo'ladigan xonadonga bu salomi bilan ofiyat tilaydi,omonlik tilaydi. Bu bahtiyor kunlarga yetib kelolmagan o'tganlar ruhini yodladi,ularga Allohdan mag'firat tiladi. Bu salom bilan u o'ziga ham baxt tiladi. Salomiga alik oldilar-kelinga baxt tiladilar.
Ertaga "yomon qaynona " nomini oladigan xotin ham bu onda keliniga yomonlik istamaydi. U ham baxt tilaydi. Qayin egachi, qayin singil...xullas,barcha-barcha baxt tilaydi. Kelinning qalbi ham egnidagi libosi kabi oq-birovga yomonlik tilashdan juda-juda uzoq. Xatto,kunlar,oylar o'tib,qaynonasi adolatsizlik qilgan damda ham unga yomonlik istamaydi...

Duo hisobi minglardan,millionlardan oshsa ham kelin va kuyovda bu baxtga intilish bo'lmasa,yetolmaydilar. Ular bir saroy qurmoqchilar. Bu saroyning nomi- Baxt ! Poydevori-iffat,hayo, g'ishtlari- sabr va shukr, devori - Iymon, tomi-aql va iroda. Bezaklari- farosat,saxovat,mehr... Odamlar duo qilib yoshlarga omad tilashadi,xolos. Birov ularga bitta g'isht olib uzatmaydi. Aksincha,baxt saroyini qurishiga xalaqit beradiganlar topiladi. Agar yosh oila umrini ular bilan olishishga sarflasa,saroy qurilishi chala qoladi.
Mazkur kitobcha baxt saroyini qurayotganlarga qarata yozilgan. Bunday kitoblar shunchaki o'qib qo'yilmaydi. O'qib ,amal qilishgina yoshlarni chiroyli muddaoga yetkazadi. Yana bir gap: kitobchani o'qib barcha nasihatlarni aynan qabul qilaverish ham maqsadga muvofiq emas. Har bir maslahat ma'lum bir sharoitga ,holatga mos kelishi kerak. Ayrim fikrlarni mulohaza qilib,tahlil etib,oilaga mos xulosa chiqarishga uringan ma'qul.
Masalan,kamina boshqa kitoblarda ham qizning onasi zimmasidagi vazifalarni o'qiganman. Hayotda ham turli suhbatlarda eshitib turaman va ajablanaman: ona qizi kelin bo'lib tushgan uyga kamroq kelgani ma'qul,degan fikrni ko'pchilik ilgari suradi. Ayrim kuyovlar qaynonaning tashrifidan g'ashlanadilar ham. Mazkur kitobchada ham " Qizingizni uyiga ko'p bormang,hurmatingiz oshadi" ,deyilgan.
Nima uchun ko'p bormaslik kerak ?
" ko'p bormaslik" deyilganda har kuni borish nazarda tutilyaptimi yo haftada yo oyda bir borishmi? Muallif izohda " har kuni "deydi. Shubhasiz,har kun,har hafta kelish noo'rin va noqulay. Bu masalada oila sharoitiga qarash kerak.
" Baxtli oila saroyini qurayotganlarga to'rt maktub"ni o'qigach,bir oz muddat fikrlang,kitobni diqqat bilan qayta va qayta o'qib chiqsangiz yanada yaxshi. Ana shunda kitobdan olinadigan ma'naviy quvvat kuchayadi va qurayotgan saodatli oila saroyingizga bir g'isht qo'ygan bo'lasiz.

Tohir Malik,
O'zbekiston xalq yozuvchisi

Qayd etilgan


Хадича  28 Oktyabr 2012, 20:16:59

Muqaddima

Bismillahir rohmanir rohiym !
Alloh taologa hamdu sanolar,uning Payg'ambari Muhammad alayhissalomga hamda sahobalariga salot va salomlar bo'lsin !
Oilali bo'lish,turmush qurish hayotning voz kechib bo'lmas parchasi sanaladi. Har bir inson ma'lum bir yoshga kelib imkoniyati bo'lgan paytda turmush qurishi lozim. Bu holat Alloh taolo juft qilib yaratgan barcha jonzotlar uchun qonundir. Insoniyat Odam Ato va Momn Havodan boshlab to bugungi kunga qadar mana shu ilohiy qonunga bo'ysunib yashaydi. Shubhasiz,muqaddas va ma'lum ma'noda hayotning davomi sanaladigan turmush insonga to'kis huzur-halovat hamda saodat baxsh etadi.
Turmush jamiyatning bosh bo'g'ini bo'lmish oilaning boshlang'ich nuqtasi sanaladi. Turmush qurgan kishi oilali bo'lish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi burchlarini ham bajaradi. Shu bois yangi oilaning baxt-saodati turmush qurgan yoshlar,ularning ota-onalari hamda jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oiladagi Baxt-saodat ta'minoti uchun turmushni buzadigan janjal va ajrashish kabi salbiy holatlardan uzoq turish lozim.
Turmush insonga bir qator go'zalliklar ato etadi,ayni chog'da ba'zi qiyinchiliklarni ham tug'diradi. Bunda asosiy jihat baxtli onlardagi singari og'ir paytlarda ham oilaning mustahkamligini saqlab qolishdan iborat. Buning uchun esa turmush qurgan kelin-kuyovlar turmushni jiddiy qabul qilib,uning mohiyatini anglab yetishlari shart.
Kishilarning murojaatlari sabab oiladagi turli noxush holat hamda muammolarga duch kelamiz. Bularning katta qismini qaynona-kelin,er-xotin muammolari tashkil etadi. Buni mening nomimga yo'llangan va javob kutayotgan maktublarda ham ko'rish mumkin.
Bugunga qadar oila va turmush to'g'risida juda ko'plab asarlar yaratilgan. Shubhasiz,ularning har biri biror bo'shliqni to'ldiradi. Biroq og'zaki tilga olinishiga qaramay qog'ozga bitilmagan mayda va oddiy muammolar mavjud. Ana shu muammolarning yechimi oilalarning o'z baxtlarini mustahkamlashiga ko'mak berishi mumkin deb o'yladim. Shu bois,kelin,kuyov hamda ikki qaynonaga ham alohida maktub hozirladim. Qaynotalarga bunday maktub yo'llashga ehtiyoj sezmadim. Chunki ular ko'pincha oiladagi kelishmovchiliklardan tashqarida bo'ladi. Ularga yagona tavsiyam farzandlarga bir xilda muomala qilishga e'tibor qaratishsin. Qolaversa,qolgan umrlarini nabiralariga muhabbat ulashish bilan o'tkazishsin.
Oddiy,ammo ba'zan katta noxushliklarni keltirib chiqaradigan bir qator muammolarga to'xtalib,kelin,kuyov hamda qaynonalarga tavsiyalar berishni lozim ko'rdim. Qo'lingizdagi asar kirish hamda ikki bobdan iborat. Birinchi bob " Turmush hamda er -xotin munosabati" deb nomlanib,turmush,o'ziga juft tanlash,erkak va ayol vazifalari oyat va hadislar asosida yoritib berildi.
Ikkinchi bob esa tavsiya maktublaridan tashkil topgan. To'rtta maktubda qirqta tavsiya mavjud. Bu tavsiyalar yanada tushunarli bo'lishi uchun ularga izoh ham berilgan.
Ojizona bu ishim muqaddas sanalgan turmushda oila a'zolarining baxt-saodati uchun kichkina bo'lsa-da hissa qo'sha olsa,o'zimni bahtiyor his etaman.
Turmush qurgan barcha birodarlarimga cheksiz baxt va saodat,endi turmush quradigan yoshlarga esa xayrli juftlar ato etishini tilayman.

Mustafo Qoratosh.

Qayd etilgan


Хадича  28 Oktyabr 2012, 23:43:39

Birinchi Bob.
Baxtli turmush saroyini qurmoq istaganlarga to'rt maktub.

Kelinga maktub...!

1. ERINGIZ YOQTIRADIGAN ISM VA SIFATLAR BILAN MUROJAAT QILING.

Izoh:

Insonlarning biz haqimizdagi fikrlari ularning so'zlaridan ma'lum bo'ladi. Shu sababdan ko'pincha boshqalar biz haqimizda nimalar o'ylashiga qiziqamiz. Biz haqimizda yaxshi fikrda bo'lgan kishilarning murojaat shakli,ohangi bizga yoqimli eshitiladi. Yoqadigan ohangda murojaat qilgan kishiga nisbatan bizda ham yaxshi tuyg'ular uyg'onadi. Ustiga -ustak o'zgalar oldida ismimiz tilga olinsa,buni juda yaqin kishimiz yoki turmush o'rtog'imiz aytsa,biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois er-xotin o'zaro murojaatlarda,g'ururlantiradigan va xush yoqadigan so'zlardan foydalanishga e'tibor qaratishi lozim. Aytaylik,dadasi,dadajonisi,begim kabi so'zlar erkaklar uchun xos sifatlardir. Uyda bo'lmasa ham  biror boshqa joyda,odamlar orasida,biror yig'inda ayolning o'z turmush o'rtog'ini yoqimli sifatlar bilan tilga olishi uni baxtli qiladi va g'ururlantiradi. Aksincha,unga yoqmaydigan ism va sifatlar bilan murojaat qilish uni ranjitadi,keyinchalik uning bu harakatidan qattiq uyatga qolishi mumkin (misol,umr yo'ldoshiga " Ey qarab yuboring", " Hey " kabi so'z bilan murojaat qilish xunuk hol ).
Albatta,faqat ayol kishi eriga chiroyli muomalada bo'lishga majbur emas. Erkak ham o'z ayoliga xuddi shu tarzda muloyimlik bilan,unga yoqadigan sifatlar orqali murojaat qilishi lozim. Hech bo'lmasa boshqalar oldida onasi,xonim ( muhitga va yoshga ko'ra bu o'zgartirilishi mumkin )kabi sifatlardan foydalanish zarur. Yolg'iz qolganlarida bundan ham samimiy va yaqin murojaat qilishlari mumkin.

2. U YOQTIRGAN TAOMLARNI LAZZATLI QILIB PISHIRINGKI,UYINI SOG'INSIN.

Izoh :

Ma'lumki, uyda xizmatkor-oshpaz yollash yoki doimo ko'chadan ovqatlanish imkoniyatlarimizga to'g'ri kelmaydi. Uyda ko'pincha ayol kishilar ovqat tayyorlaydi. Qolaversa,taomlarimiz dunyoda o'zining mustahkam o'rniga ega. Boy oshxonamiz ta'siri sabab bo'lsa kerak erkaklar tartibli ravishda nonushta,tushlik va kechki ovqat yeyishga odatlanishgan. Keyingi yillarda " Fast food " (tayyor ovqatlar ) keng tarqalgan bo'lsada,xalqimiz hozirgi kunda ham vaqtida ovqatlanishni kanda qilmaydi. Ko'pchilik erkaklar sho'rvasiz ovqatni xush ko'rishmaydi,boz ustiga sho'rvasiz ovqatni ovqat sifatida tan olishmaydi ( gamburger, chezburger,hot dog kabi quruq taomlarni doim ham sevib iste'mol qilishmaydi )
" Erkak kishining qalbiga boradigan yo'l oshqozonidan o'tadi",degan gap erkaklarning taom va ovqatlanish ma'daniyatiga qanchalik ahamiyat berishini ko'rsatadi. Ahvol shunday ekan,turmushga chiqqan qiz mazali taomlar pishirishni bilishi lozim. Turmush qurgan qizning ovqat pishirishni bilishi yoki hech bo'lmasa ba'zi ovqatlarni pishira olishi uning uydagi o'rni,turmush o'rtog'i va farzandlari bilan munosabatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ertalab ishga ketayotganda tayyorlab qo'yilgan nonushtani yeb uydan chiqqan erkakning o'sha kungi kayfiyati yaxshi bo'ladi. Kechqurun uyiga horg'in va och qaytganida ovqat hali tayyor bo'lmasa,erkakning kayfiyati tushib ketadi. Mazali taomlar pishirilib, Alloh bergan ne'matlar bilan dasturxon tuzalgan bo'lsa,kayfiyati ko'tariladi,ham butun charchog'i chiqib ketadi. Shuningdek,uyiga borganida ovqat tayyor bo'lmasligini yoki xotini baribir ovqat qilishni uddalay olmasligini bilgan erkak imkon qadar uyiga kech borishga harakat qiladi. O'rtoqlari bilan vaqt o'tqazib so'ng uyiga ketadi. Horg'in ahvolda qornini yo to'yg'izadi yo umuman ovqatlanmay yotog'iga shoshiladi. Xotini va farzandlari bilan bir-ikki og'iz gaplashishga ham holi bo'lmaydi. Ertalab yana kayfiyati buzuq holatda ishga otlanadi. Ahvolni bunday tus olishida ayol kishining hissasi katta. Shu sabab umr yo'ldoshining uyni sog'inishi va ertaroq uyga qaytishini istagan ayollar ularga chiroyli dasturxon tayyorlab qo'yishni yodidan chiqarmasin.

Qayd etilgan


Хадича  29 Oktyabr 2012, 00:02:01

3. ERINGIZ UYDAN CHIQAYOTGANDA UNI KUZATIB QO'YING,KECHQURUN QAYTGANIDA ESA OCHIQ YUZ BILAN KUTIB OLING.

Izoh :

Inson qanchalik kuchli bo'lmasin atrofdagi kishilarning xatti-harakatlaridan ta'sirlanadi. Shirin so'z bilan kayfiyati ko'tariladi,salbiy harakatdan kayfiyati buziladi. Erkak kishi uydan chiqib ketayotganda " yaxshi boring " , " ishingiz o'ngidan kelsin" singari so'zlar bilan kuzatib qo'yilsa,uning kayfiyati ko'tariladi. Har doim unga yordam qo'lini cho'zadigan,uni qo'llab-quvvatlaydigan turmush o'rtog'i borligini o'ylab xotirjam bo'ladi.
Kunduz bir qancha qiyinchiliklar,ishdagi ba'zi muammolar bilan kurashib uyga qaytgan erkakni ostonada xotinining ochiq yuz bilan qarshi olishi, shirin so'zlar aytishi uning og'ir va horg'in holatdan chiqishiga yordam beradi. Xotini yoki farzandlari ostonada uni kutib olganini ko'rgan erkak kun bo'yi boshidan kechirgan qiyinchiliklarni unutadi,xursandchilik va huzur-halovat bilan to'la uyiga qaytganidan sevinch tuyadi.
Aksincha,uyga qaytganida uni hech kim kutib olmasa,uyga kirganidan keyin ham unga e'tibor bermasa,xotini boshqa ish bilan mashg'ul,farzandlari esa televizor ko'rish bilan ovora bo'lsa,erkak kishining kayfiyatsizligi ikki hissa ortadi,g'azabini xotini yoki bolalariga sochadi.
Shu boisdan bu borada uy bekasiga katta mas'uliyat yuklanadi. Aslida u qilishi kerak bo'lgan ish u qadar qiyin emas. Ostonada muloyimlik bilan " Xush kelibsiz ! " "Yaxshi keldingizmi? "desa olam guliston.

Qayd etilgan


Хадича  29 Oktyabr 2012, 00:43:33

4. ERINGIZGA GO'ZAL KO'RINISHGA HARAKAT QILING.

Izoh:

Har bir inson ozmi-ko'pmi boshqalarga yoqishni istaydi. Bu tuyg'u ayollarda yanada kuchli bo'ladi. Ayollar boshqalarga yoqishni,e'tibor markazida turishni istaydi. Shu bois tashqi ko'rinishlari bilan o'zgalarning diqqatini jalb qilishga intiladi. Biroq uning go'zalligi ba'zi yomon niyatli va axloqsiz erkaklarning nafsini qo'zg'atishi mumkin. Atrofimizda,ommaviy-axborot vositalari orqali yoki boshqa joylarda tuban va jirkanch holat - nomusga tegish hodisalarining guvohi bo'lamiz. Har qanday jamiyatda yaxshi insonlar bilan bir qatorda qabih niyatli,or-nomus dushmanlari bo'ladi. Mashinamiz o'g'irlanmasligi uchun garaj eshigiga qulf osib,avtosignallar o'rnatganimizdek,nomus va iffatimizga ham zarar tegmasligi uchun kerakli tadbirlarni ko'rish zarur. Xotinning niyati to'g'ri bo'lishi,haqiqiy libos esa taqvo libosi va Alloh qo'rquvi ekanini bilishi juda muhim.
Shu bilan birga ayol Alloh taolo buyurganidek begona erkaklarga ko'rsatilishi kerak bo'lmagan ziynat va vujudini muhofaza etishga majbur.
Ayol kishi go'zalligini eridan yashirmasligi,uning uchun yasanishi,unga go'zal ko'rinishga intilishi lozim. Zero,xotini chiroyli bo'lgan,xotinidan mamnun va rozi erkak boshqalarga qaramaydi. Xotin kishi uyida,erining oldida istagan shaklda kiyinishi,bezanishi,o'ziga oro berishi mumkin. Uy ichida,erining oldida o'ziga e'tibor bermay,tashqariga chiqganida o'ziga oro beradigan ayol erini mamnun eta olmaydi,uni ranjitadi. Xotinini uyda doimo ko'rimsiz kiyimlarda,e'tiborsiz holatda ko'rgan erkak tashqarida boshqa ayollarga moyillik bildiradi. Shu tariqa er -xotin o'rtasida sovuqchilik boshlanadi. Shu bois bu borada ham ayol kishiga katta mas'uliyat yuklanadi.


5. IFFAT VA HAYONGIZNI SAQLANG. ENG GO'ZAL LIBOS TAQVO LIBOSI EKANINI UNUTMANG. HAR BIR ISHIMIZNI KUZATIB TURADIGAN ALLOHNI O'YLANG.

Izoh:

Qiz turmushga chiqib,oilali bo'lsa ham unga yomon niyat bilan qaraydigan kishilar bo'lishi mumkin. Ba'zi nafsini tuta olmaydigan,nomussiz kishilar bilan yuzlashishi mumkin. Bunday holatlarda nomusini himoya qilish,shaytonga hay berish lozim. Yomon  niyatli kishini rad etish bilan birga o'z ichidagi nafsoniy istak hamda insonning asosiy dushmani bo'lgan shaytonga ergashmaslik lozim. Boshqalarni,hatto turmush o'rtog'ini aldashi mumkinligini,ammo Allohni aslo alday olmasligini unutmaslik kerak. Qilingan har bir gunoh yoki yomonlik bir kun kelib albatta oshkor bo'ladi. Yolg'onchining  shami xuftongacha yonadi,degan gap bejiz aytilmagan. Oshkor bo'lganida yuzimizni qizartiradigan va bizni uyatga qo'yadigan ishlarni qilmasligimiz lozim. Boshqalarga noxush eshitiladigan istamagan va ichimizni kemiradigan ishlar gunoh sifatida ta'riflanadi. Allohga javobini bera olmaydigan har bir harakatdan uzoq bo'lish lozim.
Ayol turmush qurgach,ko'ngli ham eri bilan birga bo'lishi lozim. Bu borada turmush qurishdan oldin yaxshilab o'ylab qaror qilishi kerak. Nomus va hayo tuyg'usi shubhasiz erkaklarda ham bo'lishi darkor. Ammo hayo ko'proq ayollarga yarashadi. Odobli va hayoli bir xotin ham o'zi ishonch qozonadi,ham turmush o'rtog'iga ishonch berib,uyda huzur- halovatni ta'minlaydi.
Hamma narsa mo'l-ko'l paytlarda ham,og'ir damlarda ham ayol kishi iffati va hayosini muhofaza etishi lozim. Nomussiz kishilarning nishoniga ro'para bo'lmaslik uchun kiyim-boshiga e'tibor qilish bilan birga ko'ngli va o'ylariga ham diqqat qilishi lozim. Agar ko'ngli buzuq bo'lsa, o'n qavat kiyim kiyib olsa ham,baribir shaytonga aldanib gunohga botadi. Ammo taqvo libosini kiygan bo'lsa, Allohdan,haromdan,jahannamga tushishdan qo'rqsa,unga hech kim yaqinlasha olmaydi. Allohning o'zi unga yordam beradi. Bu borada turli choralarga murojaat etish bilan birga Allohdan yordam so'rash, Unga duo qilish lozim.

Qayd etilgan


Nur_Ziyo  29 Oktyabr 2012, 07:00:43

 :asl3:
Bu maslahatlar u.n rahmat, davomini kutib qolaman. Alloh sizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


xojar  29 Oktyabr 2012, 17:25:53

 :asl3:
 Xadicha agar o'qigan bo'lsangiz, bir muslima qiz turmushga chiqayotganda onasi o'rgatgan 10 ta (bo'lsa kerak) nasihat bor edi. Vallohu a'lam. sahobalar zamonida. o'zimni to'liq yodimda emas. Bilsangiz o'shani ham yozsangiz juda yaxshi bo'lardi.

Lekin buni o'g'il bolalar o'qimasin.
Ayniqsa uylanganlari turmush o'rtoqlari bilan o'rtalariga sovuqchilik tushib qolmasin. :)

Xadislarimizda ayol kishiga "Sen eringning dinidasan"  deyilgan.
Iymoni sust yigitga turmushga chiqishdan shuning uchun saqlanish kerak.Yo'qsa " mening ham iymonim keyinchalik shunday susayib qolsa ham mayli " deb bunga rozi bo'lgan bo'ladi.

Yigitlar esa o'zlari bilishsa kerak, dinining yarmini topgan bo'ladi.

Eng asosiysi Qur'oni Karimda Alloh subxanahu va taoloning  turmush borasida haq so'zlari . o'zgarmas qonun-qoidalari ham bor. 

Qayd etilgan


Nur_Ziyo  29 Oktyabr 2012, 18:15:55

:asl3:
 Xadicha agar o'qigan bo'lsangiz, bir muslima qiz turmushga chiqayotganda onasi o'rgatgan 10 ta (bo'lsa kerak) nasihat bor edi. Vallohu a'lam. sahobalar zamonida. o'zimni to'liq yodimda emas. Bilsangiz o'shani ham yozsangiz juda yaxshi bo'lardi.

Lekin buni o'g'il bolalar o'qimasin.
Ayniqsa uylanganlari turmush o'rtoqlari bilan o'rtalariga sovuqchilik tushib qolmasin. :)

manda bir hadis bor lekin qayerga yozaman bilmayman.

Qayd etilgan


Хадича  29 Oktyabr 2012, 20:22:59

 :vsl3: xojar opa,adashmasam Xorisning qizi Asmo kelin bo'layotganda onasi Umoma tarafidan qiziga aytilgan nasihatlar bo'lsa kerak siz etganingiz. Manda og'zaki varianti bor. Muslimalar bo'limiga erta indin yozib qo'yaman InshaAlloh. Bu mavzu hali davom etadi. Oldinda " Kuyovga maktub" bo'limi bor.
E'tiboriz uchun rahmat :)

Qayd etilgan


Хадича  29 Oktyabr 2012, 21:26:50

6. ERINGIZ VA FARZANDLARINGIZDAN MEHR-MUHABBATINGIZNI AYAMANG. UYNING SUYANCHIG'I BO'LING. ERINGIZ UYDAN XAVOTIR OLMASIN-KO'NGLI XOTIRJAM BO'LSIN.

Izoh:

Ayollar yaratilishiga ko'ra erkaklarga nisbatan ta'sirchan va his-tuyg'uga beriluvchan bo'ladi. " Uyani Ona qush quradi" degan gap ayolning oiladagi o'rnini va ahamiyatini juda chiroyli ko'rsatib beradi. Alloh baxsh etgan muhabbatni turmush o'rtog'i va farzandlari bilan baham ko'rgan,ulardan yordamini ayamagan,ko'plab muammo va qiyinchiliklarga bardosh bergan,sabr qilgan ayol oilasining mustahkam tirgagi sanaladi. Ayol uydagi sevgi bulog'i,u dard olguvchi malham,u iliq quchoqqa ega Ona. Vaqti kelsa u mijja qoqmaydi,farzandining boshida bedor tunlarini o'tqazadi. Kerak bo'lsa,o'zi yemay yediradi,o'zi ichmay ichiradi,kiymay kiyintiradi. Farzandining boshiga biror tashvish tushishidan doim tashvishlanib yuradi. To'qqiz oy qornida ko'tarib katta qilgan farzandiga bo'lgan muhabbatini umr bo'yi qalbida olib yuradi. Uyiga,vazifalariga sodiq va farzandlariga mehribon ayolning eri uydan hotirjam holda  ko'chaga chiqadi.

7. ERINGIZGA DOIMO MINNATDORCHILIK BILDIRISHNI UNUTMANG. UNI KUCHI YETMAYDIGAN ISHLARGA UNDAMANG. BOSHQALARGA SHIKOYAT QILMANG.

Izoh:

Bandasiga rahmat aytishga odatlanmagan odam  Allohga shukr qilishni ham bilmaydi. Ayol erining uy ehtiyojlarini qondirish va oilasini boqish uchun  qancha qiyinchiliklarga chidashini,oilasini boshqalarga muhtoj qilib qo'ymaslik uchun  kecha-yu kunduz harakat qilishini unutmasligi kerak. Ming mashaqqatlar bilan topganini  oilasi uchun sarflaydigan  ota xotini va farzandlaridan ba'zida minnatdorchilik kutadi. Unga minnatdorchilik bildirilsa kayfiyati ko'tarilib ,yanada ko'proq kuch bilan ishga otlanadi.
Har bir oila o'z moddiy ahvolini bilishi,ko'rpasiga qarab oyoq uzatishi kerak. Ayol kishi erining kuchi yetmaydigan harajatlarga kirishmasligi kerak. Dunyo ishlarida o'zimizdan boyroq va hashamatliroq hayot kechirayotganlarga qaraydigan bo'lsak, xato qilamiz. Chunki ulardan ham boyroq kishilar bor. Hashamat va dabdabaning chegarasi yo'q. Bizdan boyroq oila singari yashashni istab,ular singari xarajat qilish keyinchalik qutulib bo'lmas qarzdorlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun dunyo ishlarida bizdan ko'ra pastroqda bo'lganlarga qarashimiz lozim. Uyimiz bo'lsa,uyi yo'qlarni o'ylab shukr qilishimiz kerak. Ayol kishi erini "uni olib bering,buni olib bering" , deb majburlasa,bunga imkoni yetmaydigan er bir muddat o'tib moddiy va ma'naviy jixatdan og'ir ahvolga tushadi yoki harom ishlarga qo'l uradi yoki uyida janjal boshlanadi.
Ayol kishi boshqa birovga eridan shikoyat qilmasligi kerak.
Ibrohim alayhissalomning o'g'li Ismoil alayhissalom Makkada bir xotinga uylangan edi. Ibrohim alayhissalom Makkaga kelib,o'g'lining uyiga kirdi. Hali tanimaydigan kelinidan erining,ya'ni Ismoil alayhissalom  hamda uyning ahvolini so'radi. U eridan shikoyat qildi. U istagan narsalarni bajarmayotganini aytib yomonladi. Ibrohim alayhissalom unga: " Kechqurun ering kelganda ayt,uyining eshigini almashtirsin", dedi. Kechqurun Ismoil alayhissalom uyiga qaytganida xotini bir keksa kishi kelganini,ketayotganida uyning eshigini o'zgartirishi kerakligini aytganidan xabar berdi. Ismoil alayhissalom otasi Ibrohim alayhissalom kelganini fahmladi va xotini bilan ajrashishi kerakligini darhol tushundi. U bilan ajrashib boshqa bir xotinga uylandi.
Bir muddat so'ng Ibrohim alayhissalom yana Makkaga kelib o'g'lini uyiga kirdi. Yana kelinidan o'g'lining ahvolini so'radi. Xotini uning yaxshiliklari haqda gapira ketdi. Ibrohim alayhissalom unga " Kechqurun ering kelganda ayt,uyining eshigini asrasin" , dedi. Kechqurun Ismoil alayhissalom uyiga qaytganida xotini uylariga bir keksa kishi kelganini,unga "eringga ayt uyining eshigini asrasin"deganini bildirdi. Ismoil alayhissalom yana otasi kelganini angladi va bu xotini bilan umr bo'yi birga baxtli yashadi. Keyinchalik  Ismoil va uning mana shu xotini avlodidan Muhammad alayhissalom dunyoga keldilar.

Qayd etilgan