Ro'zG'or uchun kerakli narsalar  ( 4169 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Mahdiyah  30 Oktyabr 2012, 11:09:13

Assalamu alaykum.
Insoniyat hamisha yashash sharoitini yaxshi bo'lishini xohlab kelgan.
Shuning uchun insonga ro'zg'orda qulaylik yaratish maqsadida turli texnikalar-buyumlar yaratilgan.



Shu mavzuda ro'zg'orda kerakli bo'lgan eng yaxshi buyum, texnika, turli oshxona anjomlari, ularning qay biri yaxshi, ishlatishda qulayligi haqida gaplashamiz.

Mavzuni ochishdan maqsad kimdur o'zi uchun biror narsa harid qilmoqchi bo'lsa, shu turdagi narsani qaysi yaxshiligini bilib oladi.

Yana bu mavzuda kim avvalroq harid qilgan, o'zi qulay deb o'ylagan biror jixoz yo buyumni "reklama" qilishi mumkin.
Iloji bo'lsa shu narsaning rasmi uning qulayliklari va bo'lsa kamchiliklari ham etib o'tilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.


Qayd etilgan


Ansora  30 Oktyabr 2012, 13:44:08

 :asl3:  :vsl3:

Mavzu uchun rahmat:)

Men "Bosh" firmasini buyumlaridan judayam xursandman. Otgan yili changutgichini olgandik, ketidan dazmol, mikserim buzilgandi ana shu firmadan mikser, yaqinda suv isitadigan tokli choynagim buzilgandi yana togridan borib shu firmani choynagini oldim.

Biroz qimmatroq, lekin 3 yil kafolati bor, pulingizga umuman achinmaysiz...

Changutgichim meni qolim oyogim, oglimni dastidan kunda necha mahal uy supuraman:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Oktyabr 2012, 20:31:40

Man ham shu kompaniyani maxsulotlarini yaxshi ko'raman.

Xozir pogrujnoy blender olmoqchidim.
Internetda 1-2 kompaniyalani shu texnikasi bn tanishdim.
Ko'proq BOSCH niki maqul kelib turibdi, faqat bu kompaniyaning ham har xil turdagi pogrujnoy blenderlari borakan.
Bittasi yoqqandi,



faqat senserli ekan, shunga o'ylanib turibman?
Senserli tez buzilmasmikin?


Qayd etilgan


Abdulhafizaka  31 Oktyabr 2012, 10:36:33

Agar gap boshqaruv haqida bo'lsa tugmacha knopkalik boshqaruvdan sensor boshqaruv puhtaroq o'ylanmay olavering.

Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:13:01

Man ham shu kompaniyani maxsulotlarini yaxshi ko'raman.

Xozir pogrujnoy blender olmoqchidim.
Internetda 1-2 kompaniyalani shu texnikasi bn tanishdim.
Ko'proq BOSCH niki maqul kelib turibdi, faqat bu kompaniyaning ham har xil turdagi pogrujnoy blenderlari borakan.
Bittasi yoqqandi,



faqat senserli ekan, shunga o'ylanib turibman?
Senserli tez buzilmasmikin?



Men Bosh bolsa kozimni yumib olaman:) ishonchimni oqladi chunki. Changyutgich olishga boshqa firmaga murojaat qilgandik, ovozi kam chiqsin, deb. Oglim qorqardi shovqindan otgan yili. Keyin avval men xohlagan firma yoqmay qoldi, nasib ekan Boshga kirdik. Sotuvchi shunda tushuntirdiki, hayron qoldim.
Masalan: ishlatadigan knopkani robot 10 ming! marotabagacha ishlatib korarkan. Chunki eng kop bosiladigan joyi knopkasi, oglim hozir dodini beradi, demak firma shularni hisobga olgan.

Yana hortumi- mustahkam, egsangiz sinmaydi. Biz necha marta egdik, bukdik magazinda. Shular ham muhim albatta, uyda har xil holat boladi.

Men olgan changyutgich mashalloh, gilamlarni silkalash ham kerakmas, tagigacha yutib oladi butun changlarni. Biz pilesos olgan kunimiz 4 dona paket olgandik changlari uchun. Mana endi ohirgisini ishlatyabman. Yani 1 paket 3, 3.5 oyga yetdi, kunda uy supirishimga qaramay, chunki changlarni maydalab, zichlab joylaydi:



Kabeli 13 metr, uyni eng boshiga taqsam, butun xonalarga bemalol yetadi.

Ham bel uchun ham qulay, egilish shart emas.

Bu buyumni tavsiya etaman.

Qayd etilgan