Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Horijdagi vatandoshlar

(1/46) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Ushbu bo`lim orqali horijda hozirda yashayotgan, o`z mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz haqida ma'lumot beriladi. Ayni paytda O`zbekistonda bo`lmagan vatandoshlarimiz! O`zingiz haqingizda, sizni qiynayotgan muammolar, horij hayoti, Vatan sog`inchi haqida ko`nglizgizga tugib qo`ygan sara fikrlaringizni biz bilan baham ko`ring.

Mavzu arxivi

Ozoda:
Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D

AbdulAziz:

--- Iqtibos: Ozoda  23 Iyun 2006, 02:15:44 ---Assalomu alaykum, va nihoyat men ham keldim!!
Vatanga Qaytishimga ham 4 kun qoldi!!! :) ;D

--- End quote ---

Va alaykum assalom!
Sizga oq yo'l tilaymiz! Ota-onangiz bag'riga eson-omon qaytib olishingizga tilakdoshmiz.
Vatanga qaytib ham forumda faol bo'lishingizni tilayman.

Muhlis:
O'zbekiston diyoriga etadigan joy yo'q. Buni men samimiy aytayapman. Balkim vatanim bo'lib o'rganib qolganim uchundir. Misol uchun, Amerika "sehrli" diyorda (boy davlat bo'lishiga qaramay) ovqat masalasida juda qiynaladi kishi (mazali taom iste'mol qilishga o'rganagan kishi). Tabiiy narsa juda kam, bori ham qimmat va mazasi yo'q.

Feruzabegim:
Assalomu alaykum.
Xorijdagi o'zbeklarim, sog' omonmisiz?
Mana biz Ollohga shukr, keldik. BAribir, VAtanning tafti, mehri, hamma hammasi boshqacha bo'larkan. Unga dunyoning hech qaysi ne'mati teng bo'la olmaydi.
BArchalaringizga omad tilayman.
Barchalaringizga ona Yurtlaringizga eson omon yetib kelish baxti nasib etsin!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version