Horijdagi vatandoshlar  ( 160868 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:02

Feruza:

Assalomu alaykum!
savolimga javobingiz uchun sizlardan minnatdorman. so'raganimning sababi ko'pchilik chap qo'lda so'rashadi. o'ng qo'lni tutgandan keyin chap bilan javob bo'lsa, g'alati bo'larkan.
keyin, yana bir bor ta'kidlamoqchiman, sizlar bilmadim qanaqa qizlarni ko'rgansizlar-u, lekin men ko'rganlar hammasini o'zining o'zbek va musulmon ekanligini biladi va unutishganicha yo'q. hammani bir xil deb o'ylamaslikni so'rardim.
maslahatlarga amal qilishga harakat qilaman.
katta rahmat!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:14

Maknuna:

Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!
Albatta horijda o'qishning o'zi bo'lmaydi. har xil holatlar bo'lib turadi. Lekin shunday holatlarda ham o'zligini unutmayotgan qizlarimizga, yigitlarimizga tasannolar ataman.
Feruza, u yerdagi oilangiz haqida gapirib bering. Bilishimcha, USAda oilada istiqomat qilasiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:24

Feruza:

barchaga assalomu alaykum!
Maknuna, nima ham yozardim, shu bitta oila bilan turaman. (yolg'iz ona. boshida rozi bo'lmagandik, keyin xo'p dedik. boshqa oila tanlamaganimdan xursandman, chunki mening amerikalik oilam meni tushunadi, hurmat qiladi, muhimi din borasida!)
maktabim ham yaxshi. birinchi kelganimda umuman g'alati ko'ringandi, hozir ancha o'rgandim. kunda ertalab xudodan sabr-toqat so'rardim. bilmadim-u, lekin yashab yuribman asta sekin begona bir yurtda!

nimaga hech kim yozmay qo'ydiiiii?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:35

Brhzod:

Assalomu alaykum,
Feruza, Xudodan yordam so'rashda davom eting. Har qanday kunda, yaxshiyu yomon damlarda Allohni mudom yodda tuting. Allohdan o'zga panohgoh yo'qdir.
O'qish va ishlaringizda omad. Yaxshi o'qing, musulmonlar har sohada top bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:46

Feruza:

Barchaga Assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
Ollohdan boshqa kim bizga panoh bo'lardi, begona yurtda?! fikringizga qo'shilaman, menimcha barcha musulmonlar har bir sohada eng yuqori cho'qqilarni eggalashi uchun harakat qilayapti!
o'zingiz ham HIndiston va o'qishingiz, umuman u yerdagi hayot haqida yozing! TOJ MAHAL ga bordingizmi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:16:57

Behzod:

Assalomu alaykum, yaxshimisiz, Feruza.
Hali Toj Mahalga borish nasib qilmadi. Bir-ikki imkoniyat bo'lgandi, o'qishlarim sabab bo'lib borolmadim. Xudo xohlasa, ta'tilda, albatta, boraman.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:17:07

Shamshir:

 Assalomu alaykum! Feruza nomoz o`qiysizmi?
Behzod ilojini qilib albatta Toj Mahalga boring axir uni bizning ota-bobolarimizning farzandlari bunyod etishgan....keyin taassurotlarni aytasiz...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:17:17

Feruza:

Assalomu alaykum!
Toj Mahal ga borish imkonini albatta toping.
Bu yerga kelganimdan buyon hammadan Amir Temurni, Alisher Navoiyni so'radim, birotasi
bilaman demaydi. qanaqadir to'g'ri kelib, Akbarshoh(Boburning nevarasi) haqida darsda o'qib qoldim. o'qituvchimdan ruxsat so'rab, ular haqida, ayniqsa Toj Mahal haqida gapirdim. Barcha Toj-Mahalni biladi. agar shu haqida gapirsam, O'zbekiston tarixi haqida qanaqadir tasavvurga ega bo'ladi deb o'yladim.
eshitishganian keyin, Mustaqillikka 14 yilgani bo'lgan bo'lsada, boy taixga ega ekanligimizga tan berishdi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:17:27

maknuna:

Assalomu alaykum barchaga!
Lerkin bilasizmi, Feruza, shu eldagilar, nimagadir, bizning BVoburiylarimizni mo'g'ullar deb atashadi, Buyuk mo'g'ullar imperiayasi deb jar solishadi, aslida esa ular bizning vatandoshlarimizdir. Bilmayman, tarxdagi bui qarashlarning qayerdan kelganini.
Bir amerikadan kelgan domlamizga maktabda TojMahal haqida gapirganimda, yo'q, Bobur o'zbek bo'lmagan, mo'g'ul bo'lgan deb yengadi...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:17:37

Behzod:

Assalamu alaykum,
Boburning onasi mo'g'ul bo'lgan, shuningdek, u Hindistonga bostirib borganda qo'shinining ko'p qismini mo'g'ul millatidagilar tashkil qilgan. Shuning uchun g'arb tarixchilari Hindistonda bir necha asr hukm surgan boburiylar sulolasini mo'g'ullar imperiyasi deb atashadi.
Yana bir narsani tan olishimiz kerak. Agar temuriylar sulolasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, amirlar, hatto Temurning o'zi ham naslini mo'g'ullarga yaqinlashtirish, iloji bo'lsa, mo'g'ulllardan qilib ko'rsatishga intilganlar. Chunki o'sha davrdagi an'anaga ko'ra, faqat mo'g'ul naslidan bo'lganlargina taxtga munosib ko'rilgan. Temur mo'g'ul xonlarini kuch bilan surib chiqargan bo'lsada, taxtga rasman mo'g'ul xonini ko'targan. O'zi esa mo'g'ullardan bo'lgan beva Saroymulkxonimga uylangan. Bundan maqsad amirlik maqomini qonunan mustahkamlash bo'lgan.
Bobolarimizning shu ishlari meni ajablantiradi.
Toj Mahal haqida yaqinda bir yangilik eshitib qoldim. Uning nomini Sita mahal deb o'zgartirishmoqch ekan. Bu qanaqa bema'nilik. Uni musulmonlar qurgan. Sita esa qandaydir hindu dinidagi bir ayol, Ramning ayolimi, bilmayman. Musulmonlar davrida Toh Mahalga kirish juma kuni bepul bo'lgan. Hindlar egallab, shu yaxshi an'anani ham bekor qilishdi.

Qayd etilgan