Horijdagi vatandoshlar  ( 162129 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:17:48

Feruza:

Assalomu alaykum!
Boburiylarni mo'g'ullar avlodidan deb aytishganini ko'p ko'rganman. G'arb Boburni mo'g'ullarning avlodi deb biladi. shuning uchun shunaqa desa kerak.
Toj-Mahalni nimaga unaqa deb atashmoqchi? qanaqa be'manilik!!!!!!!! Toj-Mahal Mumtoz Mahalga atab qurilganmi, nima keragi bor qayta nomlashning??????????? rostini aytsam, rosa jahlim chiqayapti. Axir uni bizning ajdodlarimiz qurishgan-ku!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:18:01

AbdulAziz:

Assalomu alaykum barchaga!
Behzodbek, sizga yaxshi maslahat bor. Qachonki Tojmahalga borganinglarda hindlarga o'xshab kiyinib olinglar. Chunki agar sizlarning boshqa yerlik ekanliklaringni sezib qolishsa ko'proq haq olishadi. Jamshid degan do'stimiz Toj Mahalga borganlarida shunday qilgan ekanlar. Keyin Tojmahalda rasmga tushinglar, xudo hohlasa uni ham forumga joylaymiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:18:13

Begzod:

Assalamu alaykum,

:)Xabarim bor, chet elliklardan ancha ko'p haq olishadi. Lekin hindcha biladigan bir sherik bilan borsangiz va o'zingizni Kashmirlikman (biz kashmirliklarga o'xshaymiz) desangiz, o'tkazib yuborishadi. Lekin, menimcha, studentskiy bilet bilan ham kirsa bo'ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:18:23

Maknuna:

Nima qip bo'lsayam boringla. Juda chiroyli deyishadi.
Amerikani yana qaysi joylarini maqtashadi?
Turistla eng ko'p qatga keladi USAda?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:18:37

Mohinur:

Assalomu alaykum!
Sizlar yashayotgan mamlakatda tub-joy o'zbeklari bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:18:50

Behzod:

Assalomu alaykum, Hindistonda o'zbek tilini o'rganadigan talabalar bor. Jamia Millia Islamia universitetida.
Bir kuni kimdir telefonimga qo'ng'iroq qilib o'zbek tilida gapira boshladi. Keyinroq bilsam, o'zbek tilini o'rganayotgan hind talabasi ekan. O'zi musulmon, yaxshi bola ekan, ancha gaplashdik. O'zbek tilini o'rganayotganini eshitib xursand boi'lib ketdim.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:19:03

Margilanets:

Assalomu alaykum!
Iye zo'rakanu hindlar o'zbecha gapirip tursa.
Bizdayam ba'zi o'ris va karislar o'zbechani tindirvorishadi.
Amerikadayam o'zbecha gapiradigonlar bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:19:17

maknuna:

Amerikada tub joy o'zbeklari ham ko'p deb eshitkanman. Quloqlar davrida ketib qolib, shu yerga o'rnashib qolishgan ekan. "oskar" sohibi - "Igri razuma" degan kinoni senariysini yozgan ayol ham, o'zbekistonlik bir odamning qizi ekan. Shu haqda ma'lumotinglar bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:19:27

Behzod:

Assalomu alaykum,
"Igor razuma" filmi asarining muallifi Zulfiya Nazar O'zbekistonlik Ro'zi Nazar degan odamning qizi. Otasi 2-jahon urushida nemislarga asir tushib, chet elda qolib ketgan. Vataniga kelishiga yo'l qo'yishmagan. \Chunki u xoin deb hisoblangan. Mustaqillikdan so'ng ham u O'zbekistonga kelmoqchi bvo'libdi, deb eshitdim, lekin yana ruxsat berishmapti

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:19:40

AbdulAziz:

"The Beautiful Mind" ("tafakkur o'yinlari") filmining ssenariy muallifi haqiqatdan ham o'zbekning farzandi. Gap shundaki Silvia Nasar (Zulfiya Nazar) asli marg'ilonlik ziyoli, II-jahon urushida Turkiston ligasining a'zolaridan Ro'zi Nazarning qizidir.
Ro'zi Nazar Marg'ilonda tug'ilgan. 30-yillar oxiridagi qatag'onlardan qochib, Rossiyada yashagan. Urush boshlangach, ko'ngilli sifatida yozilgan. Yevropa davlatlaridan birida asirga olingan... Avval Turkiyada, keyin Amerikada yashagan. Hozirda ham Amerika qo'shma shtatlarida istiqomat qiladi.

Qayd etilgan