Horijdagi vatandoshlar  ( 162888 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:27:12

ozoda:

Ha Maknunahon, Feruzani ko'rib juda xusrsand bo'ldim, ikkalamiz ham juda xursand edik...
vatanni esa ostdan ham juda juda sog'indim...Feruza ham albatta...Feruza ikkimiz biznikiga kelganida uydan Host Oilamga sovg'a sifatida olib kelgan o'zimizni choynak piyolada choy ichdik...Oldin ham host oilam bilan ichgandim, lekin feruza bilan ichganimiz baribir boshqacha edi...
AQShda ekanligimga ham mana sal kam 7 oy bo'lib qoldi, lekin shu paytgacha faqat uyga telefon qilganimda, yoki Feruza bil;an tel. gaplashganimda bunaqa xursand bo'lgandim. Feruza biznikida mehmon bo'lib ketgani eng quvonarli damlar edi!!
Olloh barchamizga sabr-toqat bersin, Iloho omon eson vatanimizga qaytib boraylik!!!
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:27:35

AbdulAziz:

Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmas emish, deydi xalqimiz.
Musofir yurtda o'z vatandoshingizni, qora qoshu-ko'z o'zbegimni uchratganingda hayratdan o'zingni bosolmaysan.
Nima bo'lganda ham vatandoshingning o'ziga tortib turadigan ohanrabosi bo'ladi.
Odatda musofirchilikda topilgan do'stlar bir umrga aziz bo'lib qoladi.

Sizlarning ham mana shu do'stligingiz umrbod bo'lishiga tilakdoshman.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:27:54

Feruza:

SAvolingizga javob berishga harakat qilaman.
Menimcha VAtanni har bir kishi o'zicha tushunadi va uni o'zgacha sevadi.
Men uchun VAtan tug'ilgan joyim, o'sha kichkina oilam, o'sha ona shahrim. Barcha barchasi, buni tushuntirib berish qiyin.
Boshqalar qanday fikrda?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:28:05

Ozoda:

Assalomu alaykum...
BIlasizmi menimcha bu savolingizga javoblar juda ko;p...Kimdir tug'ilib o'sgan ona uy, kimdir, ona allasini eshitgan dargoh, ya kimdir boshqacha javob berishi mumkin...Men uchun esa Vatan-bu mana shu hammasini o'z ichiga birlashtirgan, iliq, mehrga to'la Dargohdir...
Vatan... Uni qanchalik katta kuchga egaligini AQSHga kelmasimdan oldin bilmagandim, to'g'riro'gi eshitgan bo'lsam ham o'zim his qilib ko'rmagandim...Mana endi Vatandan uzojda bo'lganimda, Vatanni rostdan ham Qutratli kuchga egaligini sezdim...U bizga quvvat bag'ishlaydi...Ming zo'r joylarda bo'lsangiz ham Ona Vataningizning bir kaft tuprog'iga yetmaydi hech narsa, yeta olmaydi ham...
Vatan...Kindik qonim tukilgan yurt...Ota-bobolarim yashab o'tgan dargon...Qayerda bo'lmayin, nima qilmayin iliqligi o'ziga tortuvchi joy...Mana shu Vatan!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:28:18

AbdulAziz:

Vatanni hamma o'zicha kashf qiladi.
Hamma Vatanni o'zicha tushunadi. Kimgadir, onasining issiq taftidan boshlanadi, vatan. Kimgadir, birinchi hatlab dunyoni ko'rgani ostonadan, yana kimgadir, otasining issiq mehridan...
Vatan bu sog'inib kutganing, talpinganing.
Onaga nega talpinadi inson? Uning ohanrabosi nima? Mehr bu - Vatan. Muhabbat - Vatan.
Sen nimani yaxshi ko'rib o'shanda intilgan, yetgan, erishgan narsang - Vatan!
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:29:13

ozoda:

Assalomu alaykum!!
Texasdan alangalik O"ZBEKONA salom sizlarga!!!
Vatan...vatan sog'inchi.....
Bugun uydan xat oldim.....Onajonim yozgan xat...Dadamlar yozgan xat....qog'ozdan ota-oanmni nafis hidi kelib turardi...Xatni uzoq o'qidim.....ayajonimni har bir yozgan so'zi men uchun olam -olam quvoch baxsh etdi...Ularni bugun rosa ko'rgim keldi...Mehrga to'la bag'riga boshimni qo'yib "Onajon!!!!" degim keldi...
Ayamlar har bir xatida meni duo qiladilar...Hamma ichida aytayotgan duolarini yozma ravishda yuboradilar....Har bir so'zini birida "Bolajonim ,qizalog'im, seni Parvardigarim o'z panohida asrasin!!!"deb yozadilar....
Ularni qanchalar sog'indim a!!!!!!!!!!!!! ???

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:29:59

ozoda:

Sizning ham qirlarda o’sarmi maysa,
Bir-birin suyagan daraxtlar bormi?
Yeru ko’k qish bo’yi sog’ingansa kuysa
Sog’inarmi, sizu mendek bahorni?

Sizda ham bulbullar chekarmi afg’on?
O’riklar novdasi gullashadimi?
Bir-birin ko’rmasa yurak bag’ri qon
Bo’lib sirli maktub yo’llashadimi?

Sizda ham suvlarning ko’pirib qoni
O’zlarini tog’dan tashlaydilarmi?
Kurtaklarning gulag aylangan oni
Bir shirin azobni boshlaydilarmi?

Sizda ham quyoshning aylanib boshi
Bulutlarning ko’zi tinib ketarmi?
Qaytar turnalarning to’kilib yoshi
Qadrdon maskanga qo’nib o’tarmi?

Sizda ham oh ursa tuproqlar
Hovuri hammaga seziladimi?
Tinmay shivirlasa ko’m-ko’k yaproqlar
Ildizlarning tinchi buziladimi??

Sizda ham"¦

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:30:15

Kumushbibi:

Ko’zlaringni o’zi qora, yig’lama,
Yuragimni etdi pora, yig’lama.
Ko’zlaringda jamdir oftob otashin,
Darkor emas o’zga aro yig’lama.

Qaroqlaring shulasin bir ko’rarga,
Ne shydolar zoru-zora, yig’lama.
Kecha-kunduz kamolatingni kuylab,
Shoir qalbi tortar na’ra yig’lama.

So’zi otash, ko’zi otash, parivash,
Qatoringda noring bora, yig’lama.
Yig’lasa ko’z qaro bo’lur demagil,
Go’zallikka chora bo’lur demagil..

Ko’zlaringni o’zi qora, yig’lama,
Yuragimni etdi pora, yig’lama"¦ :)

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:30:42

Shoir:

Sizlarga savol bilan murojaat qilmoqchiman:

Horijliklar nigohida musulmon, Sharq deganda qanday xislatdagi odamlar tushuniladi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:30:53

Ozoda:

Assalomu alaykum Shoir!!
Horijliklarni ko’pchiligi musulmon halqi IROQ halqiga o’hshash deb tushunishadi, Lekin aytganimdek bu hammasi emas. Tog’rida ular Uzbekiston haqida, haqiqiy musulmonlar qanaqa bo’lishligi haqida ham hech qanday malumotga ega emas, Butun tasurotini Afg’oniston musulmonlariyu, Al Qoida lashkarlaridan olishadi. Men AQSHga kelib hammasiga bo’lmasa ham, bir qancha odamlarga haqiqiy muslimalaramiz qanaqa bo’lishini, musulmon halqi, urf-odatlarimiz, Vatanimiz, va aslida ISLOM terrorni qoralashini tushuntirishga harakat qildim.

Qayd etilgan