Horijdagi vatandoshlar  ( 105695 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 23 B


Nodi  14 Sentyabr 2006, 19:37:36

Man 2 oy USAda bo'lganman.
O'zingiz-chi, qaysi chet davlatlarda bo'lgansiz?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:56:49

Abdulaziz, nimaga Xorijdagi o'zbeklarimning barcha bo'limlari to'liq ko'chirilmagan? Qanday qilib arxivni ko'chirsa bo'ladi?

Horijdagi o'zbeklar mavzusini ko'chirishni boshladik.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:57:10

Akramxon:

Assalamu alaykum!
Forumda ushbu bolimni ochib yaxshi ish qilibsizlar. Ko`plab vatandoshlar shu yerda topishib fikr almashish imkoniyati tugilibdi. Men ham hozirda muhojirlikda AQSh tarflardaman. Bu yerda yashash va ishlash tarzi yomon emas. Lekin O`zbekistonnio, u yerdagi do`st-birodarlarni har lahza sog`inib turaman,
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:57:23

Sherali:

Salom hrijdagi vatandoshlarimiz biz sizlarni yaqinlashib kelayotgan qurbon hayiti bilan tabriklaymiz va sizlarga omad baxt sodat tilab qolamiz hamyurtlaringiz Sherali
Abubakir va g'ayratjonlar.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:57:45

Karimjon:

Assalomu alaykum! Mani ismim Karimjon! Hozirda Koreyada stajirovkadaman. Horijda ishlab pul topish yaxshi, lekin vataningni, uydagilarni soginarkansan. Ular har doim hayolingdan o`tib turisharkan.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:58:07

Otabek:

Assalomu alaykum!
Janubiy Koreya poytaxti Seulda Islom masjidi borligi e'tiborga loyiq. Man Ramazon Xayiti va Qurbon Xayitlarida masjidga bordim. Xayit munosabati bilan masjidda ko'plab yurtdoshlarim bilan diydorlashdim.
Umuman olganda, Koreyada Islom diniga munosabat ijobiy.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:58:19

Islombek:

Assalomu alaykum Otabek!
Koreyadagi barcha dindoshlarga salomimizni yetkazing. Aytinchi koreyslar orasida ham Islom dinini qabul qilayotganlar bormi? Koreyslarda Islomga qiziqish va munosabat qanday?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:58:29

Otabek:

Xayit kuni masjidda mani xayratlantirgan narsa shu bo'ldiki, bir koreys millatiga mansub kishi "Zakot qutisi"ni ko'tarib, odamlardan xayriya yig'ib yuribdi.
Albatta, koreyslar orasida ham islom dinini qabul qilganlar va bu dinga ishonuvchilar talaygina.
Koreyada dinsizlar xam talaygina. Man bir dinsiz koreys bilan suxbatlashgan chog'imda uning "Qur'on" to'g'risida yaxshigina tasavvurga ega ekanligidan xayratda qoldim. Xa, Koreyada xristianlikka da'vat etuvchi missionerlar qanchalik samarali xarakat qilmasin, baribir Islom dini o'ziga xos mavqega ega bo'lib qolaveradi...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:58:45

AbdulAziz:

Albatta Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! deyiladi Qur'oni karimda.
Shuning uchun ham Alloh qayerda bo`lmasin o`z dinini aziz qilib qo`yaveradi.
Seulda musulmonlar uchun maxsus oshxona bozorlar bor ekan deb eshitdim...

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 02:59:08

Otabek:

Ha, bu haqiqat...
Seulda "SAMARQAND" nomli o'zbek milliy oshxonasi bor. Biz o'zbekistonliklar u yerga tez-tez borib turishga xarakat qilamiz. "SAMARQAND"da o'zbek oshpazlar ishlaydi.
Koreyaning muhim port shahri hisoblanadigan go'zal Busan shahrida esa "AMIR TEMUR" nomli o'zbek restorani bor.

Qayd etilgan