Muallif Mavzu: Horijdagi vatandoshlar  ( 94933 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #45 : 15 Sentyabr 2006, 03:03:57 »
Bonu:

Kumushbibi, iloji bolsa tel. nomerizni bering man qilaman, Ukdan USA ga qilish juda ham arzon. Bemalol gaplashardik, yoki skype.com ga kiring telefondan ham a'lo aloqa bolardi! skype.com nidownload qilgan bolsez unda ID ingiz nima? Yozib yuborsangiz. Ozi maildan ham bolardiku, lekin manga shu hecham yoqmidide, baribir tel. da gaplashib qoya qolganim yahshi....Agar qarshi bolmasangiz...?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #46 : 15 Sentyabr 2006, 03:04:07 »
mamut:

Ha, koreyslarning aroq ichishini rad etmayman. "Soju" degan koreyscha aroq bor. Shuni ko'p ichishadi. Lekin "koreyslar hayotni kayf-safoda deb bilishadi", degan gapingizga qo'shilolmayman. Men o'qiyotgan Universitetda o'ta ketgan alkash talabalarni bilaman. Ular rosa ko'p ichishadi. Shu bilan birga ota-onasiga hurmatni joyiga qo'yishadi. O'qishni ham qotirishadi. Qaysi alkash grand yutib chiqib, Avstraliya, AQSH va Angliyada o'qib kelganligini eshitgansiz? Baho berishda oynaning boshqa tomoniga ham e'tibor qaratish lozim. (uzr) XA endi (oynaning boshqa tomoniga qariydigan bo'lsak)1 ta yarimata topladi siz aytgandaqa lar ,lekin xaaaaa aytgancha keganizga qancha bo'ldi ?. ishlashga kegan bollardan liboyi dan so'rab ko'ring kareslar xaqida :D nima der ekan . ;D :DKaresning eng yahshisi xaqida so'rab ko'ring ..bularning odatlari xali bilmaysizmi ukam

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #47 : 15 Sentyabr 2006, 03:04:20 »
Otabek:

Muhtaram, Mamut aka! So'zlaringizdan yoshingiz mendan kattaga o'xshaydi.
Aka, biror bir xalq haqida gapirganda, neytral yondashuv degan narsa bor. Ya'ni, betaraf holda fikr bildirish. Masalan, Gitler Ikkinchi Jahon Urushini boshlagan, deya butun nemis xalqini yomon ko'rish kerak emas.
Yana shuni aytishim mumkin: O'zbekistondan kelib bu yerda o'qiyotganlardan ham, ishlayotganlardan ham koreyslar haqida faqat iliq so'zlarni eshitdim.
Koreyslar aroq ichar ekan, deya ularni butunlay pastga urib yuborish ham yaramaydi. Men koreyslarning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan va qo'shayotgan xissalari haqida soatlab gapirib berishim mumkin sizga.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #48 : 15 Sentyabr 2006, 03:04:31 »
mamut:

xa tog'ri gaplarizda jon bor ,lekin man o'zim ga qarab aytgan dim ichgan odamni u'lib yamon ko;raman .bar bir yamon ko'raman kareslani ularning odatini chochqaning kallasini u'rtaga qoyib og'ziga pul tiqib sajda qilagini ko'rib ayniqsa .yana boshqa odatlari ham bor uni bu erda aytib bo'ladigan emas......i sizlarday dono bilimdon e,masman .chiroyli gaplarni kelishtirib yozolmayman ...uzur xayr :-X

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #49 : 15 Sentyabr 2006, 03:04:42 »
Otabek;

Uzr so'rashning xojati yo'q. Qolaversa, uzr so'raydigan ish qilganingiz yo'q. Buning ustiga biz ham siz aytganchalik dono emasmiz. Bu yerda har kim o'z fikri bilan o'rtoqlashishi mumkin. Men ham sizning fikrlaringizni hurmat qilaman. Keling, yaxshi narsalar haqida suhbatlashaylik. Mayli, koreyslar siz o'ylaganchalik yomon bo'laqolsin. Lekin yomondan ham yaxshi narsalarni o'rganish mumkin.
Mana, siz xorijdasiz. Xorijda yurgan vatandoshlarimizdan birisiz. Aytingchi, koreyslarning yaxshi tomonlarini ham ko'rdingizmi?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #50 : 15 Sentyabr 2006, 03:04:55 »
AbdulAziz:

Koreyslarning yaxshi tomonlari haqida man eshitganlarimni aytib beray:
- koreyslar aldashni hush ko`rishmaydi;
- kofirning iymoni yo`qu, insofi bor degan maqola shularga ham atalgan;
- ba'zilarga o`xshab "ekib suv quymay" ketishmaydi, ular;
va hokazo

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #51 : 15 Sentyabr 2006, 03:05:16 »
Shahzoda:

Barcha chet elda yashaguvchi yurtdoshlarga alangali SaLoMlaR!!! Mani uzim Kanadada istiqomat qilaman. Bu yer O'zbekistonga nisbatan ancha sovuq bo'lsada, sharoitlari juda ham yahshi. Kanada bu immigrantlar yurti deb aytsam yanglishmagan bo'laman. Negaki, bu yerda haqiqiy Kanadaliklarni uchratish juda ham qiyin...Odamlarning asosiy qismini immigrantlar tashkil etadi. Shu sababdanmi, bu yerga kelgan ko'pchilik odamlar o'z yurtini unutib ham yuborishadi. Bundan tashqari, bu yerlarda turli xil davlatlarning o'z restoranlari, va uyushmalari ham bor. Afsuski bu yerda o'zbeklar unchalik ko'p emas...Borlari ham hech birlasha olmay yuradilar. Lekin shunday bo'lsa ham bu yerlarda o'zbekcha restoranlarni uchratish mumkun. Biz 5-6ta tanish o'zbeklar o'z milliy bayramlarimizda birlashib, qo'limizdan kelganicha yahshi o'tkazishga harakat qilamiz. Bilasizmi, Kanadaning yahshi taraflari juda ham ko'p. Ularni sanab sanog'iga yetmaysan kishi. Lekin baribir yahshimi, yomonmi, vatan-vatanda. Ba'zida O'zbekistonni shunaqangi sog'inib ketamanki...tasavvur ham qila olmaysizlar. Shunday paytlarda man darrov telefonni olib o'zbek do'stlarim b-n qo'ng'iroqlashaman. Mani hayotimga kelsak, u juda ham qiziqarli. O'zim maktabda o'qiyman, shuning uchun o'qishlar b-n bo'lib, uncha-buncha narsaga ulgurmay qolaman. Pulli maktabga qatnaganim uchunmi, manga negadir bu yerning o'qish sistemasi bizlarnikidan ancha qiyin tuyilaveradi...O'qituvchilarim juda ham qattiq turishadi, bir kun uy vazifangizni qilib bormanchi, o'zingizni o'sha zahotiyoq direktorning offisida topasiz. Yoki ustozingiz bitta mavzu beradida, shu mavzuga bir haftagacha 500 so'zdan iborat bo'lgan insho yozasiz(ehee) :-/. Agar maktabni, yoki biron bir darsni qoldiradigan bo'lsangiz, o'sha kuniyoq uyingizga qo'ng'iroq qilib maktabga bormaganligingizni aytishadi. Ota-onangiz tushuntirish xati yozib berib, yoki qo'ng'iroq qilib, yoki o'zlari direktorning offisiga kirib nega maktabni qoldirganligingizni tushuntirmagunicha qutulib bo'psiz. Imtihon/test paytlarida bizlarnikidagiga o'shab hamma bir-biridan ko'chirib yurish ham yo'q. Odamlar bitta-bittadan o'tirib yozishadi. Agar o'qituvchi sizning biron bir g'alati qattiq-harakat qilayotganingizni sezib qolgudek bo'lsa, yoningizga borib test-pestingizni shartta yirtib tashlaydi. Mana sanga sovg'a deb jurnalga katta nolni joylab qo'yishni ham unutishmaydi. Mayli maktabni ortda qoldirib, bo'sh vatlarimda nimalar qilishim haqida oz bo'lsada ma'lumot berib o'tay(uhlab qolmasangiz bo'lgani 8-)). Shanba, yakshanba kunlari bizlarga dam olish bo'lganligi uchunmi,bu kunlarni juda ham yahshi ko'ramande. Bu kunlari biz ko'pincha mehmon, sayohat, kino ko'rish, suzish, yoki restolaranlarga borib tanavvul qilish bilan shug'ullanamiz. Bularning ichida mani eng yahshi ko'radigan mashg'ulotim bu sayohat qilishdir. Ahir mehmonga boshqa paytlarda ham borishingiz, kinoni uyda ham ko'rishingiz, uyda basenda suzishingiz, va restoran ovqatlarini o'z uyingizda ham yeyishingiz mumkunku, shundoq emasmi? Biz turli xil joylarga sayohatga boramiz. Ba'zida disney landga o'hshagan parklarga boramiz, ba'zida tog'laru-daryolarga sayohat qilgani boramiz. Man tabiatni juda ham yahshi ko'raman, va har qanday holatda ham baribir tabiat manzarasi sari sayohat qilishni yoqtiraman. O'zingiz bilganingizdek, Dunyodagi eng katta sharshara "Niagra Falls" Kanadaning Niagra Falls shahrida joylashgan. Biz u yerlarga juda ham ko'p borib turamiz. Birinchi bor Niagra sharsharasini ko'rganimda hayratdan yoqamni ushlab qolgandim. Sharsharaning bahaybatligi, va uning atrofidagi go'zal tabiat har qanday kishini lol qoldiradi. Lekin Niagra Falls Kanadadagi yagona sharshara emas, bu yerda sharsharalar juda ham ko'p. Hammasi bir-birdan ajoyib va go'zaldir. Bularni ko'rib ko'nglingiz orom oladi. Barcha muammolaringizni unutib, o'zingizning sirli bir dunyoingizga kirib qolasiz. Go'yoki atrofda siz va go'zal tabiatdan o'zga narsa yo'qdek...Hullas, Kanadaning tabiati juda ham go'zaldir. Uni tariflashga har qanday til ojizlik qilgay. Kanada maning nazarimda juda ham osoyishta, tinch, va ishonarsiz tarzda go'zal davlatdir. Shuning bilan birgalikda, Kanadada texnika juda ham rivojlangan. Bu yerga kelganimda o'zimni huddi o'zga dunyoga tushib qolganday his qilgandim. O'zbekiston hozir manga juda ham qoloq davlat bo'lib ko'rinadi...Chunki Toshkentni markazini hisobga olmaganda, hammayoqda bir suv o'chsa, bir svet o'chadi. Gazni gapirmasa ham bo'laveradi(kechirasizlar tanqid qilish niyatim yo'qku lekin...) Bu yerlarda bunaqa narsalar hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Kelganimga uch yil bo'libdiki, hali bunaqa muammolarga duch kelganim yo'q(1 kunni hisobga olmasa agar) Bir kuni Kanadaning butun shaharlariga svet tarqatadigan stantsiya portlab ketgan ekan, hammayoqda svetlar o'chib qoldida. Hammayoq qop-qorong'u...Ayraportlarda samalyotlar ham uchmiy qo'ygan...yo'llarda svetaforlarning birontasi ham ishlamagandi. O'shanda Kanadada istiqomat qiladigan aholining asosiy qismi ko'chaga chiqib ketgandi. Ular bugun qiyomat qoyin bo'ladi deb ham o'ylashgandi(voy tavba) Yer portlab ketganidan keyin uyimiz ostida qolib ketmaylik deb, barcha odamlar iloji boricha turli xil binolardan uzoq-uzoqlar(parklar)ga borib yotib olishgandi. A biz o'zbeklar nima ham qilardik, uyda o'tirvoliiib shamni yoqvoganmiz bo'ldida. Shu kuni bitta qo'shnimiz uyimizga yugurib dod-voy solib kelgani hech ham yodimdan ketmidide. U ayol bechora bizlarga kuyib, pishib "Oh darling, I can feel that something really bad is going to happen today. Everybody is running away from their home as far as possible. It might be the last time we see each other...I'm afraid that God has send a tribulation upon us. So please hurry up, we have to go away", ya'ni " Oh jonim, Bugun qanaqadir yomon narsa yuz berishini sezib turibman. Hamma iloji boricha uyidan uzoqqa qochib ketishyapti. Bu bizning bir-birimizni ohirgi marotaba ko'rayotgan vaqtimiz bo'lishi mumkun...Olloh bizlarga qiyomat qoyinni(desak ham bo'laveradi. tribulation bu juda ham yomon narsada u faqat yong'in, suv toshqini , va tornado emas hammasi birgalikda) jo'natganga o'hshaydi. Shunday ekan, iltimos shoshiling, ketishimiz kerak" degan edi. Man bechora turgan joyimda ichaklarim uzilgunicha kulgan edimde.Lekin bunday holatlarni ko'rmagan Kanadaliklarni ham tushunsa bo'ladi...Bechora ayolni oyim zo'rg'attan tinchlantirgan edilar. Bu narsa bizning davlatimizda oddiy bir holat, qo'rqmang hammasi joyida, biznikida qoling deyishiga qaramay u shoshilganicha biron narsa yuz bersa mandan hafa bo'misizlar, sizlarni ogohlatirdim deya ketib qolgandi. Ertasi kuni svet yonganidan so'ng telivizorda ko'chalarga chiqib olib uhlagan aholini ko'rib maning hali uzilmagan ichaklarim uzilib ham tushgandi ;D. E bir biridan ajoyibu g'aroyib odamlar borda bu dunyoda...Mayli aziz do'stlar e'tiboringiz uchun rahmat. Sizlarni zeriktirib qo'ymadim degan umiddaman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #52 : 15 Sentyabr 2006, 03:05:43 »
Noza:

Shahzoda gap yoq. Manga o'ziz haqizda yozganlariz juda yoqdi. Shunaqa "maqolalar" dan ko'p bo'lsa zo'r bo'lardi.............. ;D ;D

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #53 : 15 Sentyabr 2006, 03:05:54 »
Kamol;

Salom Shahzoda!
Hayotiy hikoyangiz judayam ta'sirli ekan. Menga bayon etish uslubingiz juda yoqdi.
Bu yerda boshqa horijlik ishtirokchilar ham bor ekan.
Ulardan ham shunaqa hikoyalar kutamiz.
Salom bilan, Kamol

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #54 : 15 Sentyabr 2006, 03:06:05 »
Kumushbibi:

Assalomu alaykum!
Bonu agar iloji bo'lsa tel.nomeringizni pmga tashlab qo'ysangiz.Va sizga qaysi vaqtda qulayligini yozib qoldirsangiz,iltimos.
Oldindan rahmat!
Hurmat ila Kumushbibi

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #55 : 15 Sentyabr 2006, 03:06:26 »
Zamira:

Men hozir Francyada o'qiyman.Albatta Evropa bechora O'zbekistonga qaraganda ancha rivojlanib ketgan.Bu erga kelganimga pushaymon qilmayman.Chunki ko'p narsani ko'rib eshitib ,o'rganib turaman.Ammo o'z ona yurtingizga o'zingizga tinch,ko'hglingiz to'q,hotirjam yashashga nima yetsin.Iloji bo'lsa hozirni o'zidayoq O'zbekistonga qaytar edim.Lekin ilojim jo'q............. O'zbekistondagi yurtdoshlarimga maslahatim bilim oling,bilim hamma erda qadirlanadi.Bilim bahtga yorug'lik va g'alaba etaklaydi.Qiyin bo'lsa ham o'z yurtingizda katta ishlar qilishga harakat qiling!Chet elga kelishni hohlaangiz aniq bir kasb va bilim bilan keling.Bo'lmasa holingizga itlar yirlaydi.BU DUNYODA AMIR TEMIRDEK IZ QOLDIRISH KERAK

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #56 : 15 Sentyabr 2006, 03:06:49 »
Alisher Bek:

Ayni Haqiqat...
Bizning 500 dan ortiq o'g'lonlarimiz do'stimiz kun ora Changvon, Masan, Pusan oshxonalarini gullatishadi... Albatta agar ARBAT yaxshi o'tsa...
Horijdagi o'zbeklar uchun Omon Matjonning bir she'ri bor, o'qing... http://nafosat.freenet.uz/nazm/o_matjon/om0001.shtml

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #57 : 15 Sentyabr 2006, 03:07:01 »
expert:

Assalomu alaykum
horijda yashash yaxshi deyishadi, lekin u yerda faqat uz moliyaviy tomonini yaxshilash mumkin deb uylayman. Men hozir yevropa davlatlaridan birida o'qiyman. Bu yerda musulmonligini bildiruvchi kiyim kiyib yurgan ayollarni Toshkentdan kura ko'p kuraman, lekin yoshlar orasida islom jiddiy qaralmaydi, balki bu mahalliy ta'sirdir. Ammo musulmon bulganimga hech qarshi fikr eshitmadim. Bu yerda boshqalarning ishiga aralashishmaydi, lekin bu ba'zan ayanchli.
...Musofir bulmaguncha...

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #58 : 15 Sentyabr 2006, 03:07:13 »
Assalom:

Va alaykum assalom!
Aslida yashash uchun tayin joying bo'lsa, tayinli ishing, sanga yo'ldosh yaqin odamlaring bo'lsa, qayerda yashashingni farqi yo'q. Qayerda yashasang ham qadr topaverasan. Pul deganini o'z yurtingdayam topsang bo'ladi.
Nima demoqchiman? Inson baribir Vatani bilan tirik. Juda ko'pchilik horijning yaltir-yultirlariga aldanib bu yerdagi tirikchiligidan ham ayrilib qolmoqda. Rossiya, Qozog'istonga ishga borganlarning ba'zi hikoyalarini tinglab achinib ketasan, kishi. Albatta hammaning o'z qarichi bor. Shu bilan o'lchash kerak, avvalo.
   

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijdagi vatandoshlar
« Javob #59 : 15 Sentyabr 2006, 03:07:21 »
Xorijdagi o'zbeklarim,
O'lmay qolgan o'zliklarim,
Qani endi yurtga keling,
O'z xonlarim, o'z beklarim,

Yurtga keling, yurtga keling,
Ichga keling, sirtga keling,
Mayli, chilvir sochga keling,
Yo burama murtga keling.

Xorijdagi o'zbeklarim,
Sizga yo'qdir hech keklarim,
Kelib uyimni to'ldiring,
Quvg'inda yurgan erklarim!

Ko'chalarni guv to'ldiring,
Gullarni hidlab so'ldiring,
Xorijdagi o'zbeklarim,
Xuddi o'zimizdeklarim.

G'amlarimni bayoz tortdi,
Demang kim ko'p, kim oz tortdi?!
Dengizlarning og'ir yukin
Dur izlagan g'avvos tortdi.

Oy chiqqani rostdir bu kun,
Kun tuqqani rostdir bu kun,
Qora ko'zlar yoshi tinib
G'animlar yer osti bu kun.

Keling, tanda bu jon birdir,
Umid birdir, imon birdir,
O'zbekiston bilinmaydir,
Ona O'zbekiston birdir!

Xorijdagi o'zbeklarim,
Xuddi o'zimizdeklarim,
Qani endi yurtga keling,
O'z xonlarim, O'z Beklarim.

Omon Matjon

 

Horijdagi o'zbeklar uchun o'zbek bozorlaridan xarid

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7335
So'nggi javob 07 Aprel 2009, 00:25:50
muallifi shmuslima
Horijdagi hamyurtlarim,yordamingiz kerak

Muallif duvlaevBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 3907
So'nggi javob 26 Mart 2013, 16:43:34
muallifi duvlaev
Horijdagi ta'lim

Muallif Dilshod.13Bo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1196
So'nggi javob 04 Oktyabr 2015, 22:45:15
muallifi Dilshod.13