Horijdagi vatandoshlar  ( 161018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:14:05

Maknuna:

Va alaykum assalom!
O'zbekistondan, Markaziy Osiyodan necha kishisizlar?
Ular ham forumga kirishadimi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:14:18

Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
MAKNUNA, BU YERDA MEN FAQAT 3 TA OSIYOLIKNI BILAMAN, LEKIN ULAR MARKAZIYDAN EMAS. BILMAGANLARIM HALI KO'P.
BEHZOD, YUQORIDAGI SAVOLNI BERGANIMNING SABABI ISLOM HAQIDA KO'P YOZASIZ, SHU SOHADA O'QIYOTGANLIGINGIZ UCHUN YAXSHI BILSANGIZ KERAK DEB O'YLAGANDIM. SSOHANGIZ POLITOLOGIYA BO'LSA JUDAYAM QIZIQ. UZR, AGAR NOO'RIN BERGAN BO'LSAM. DINNI YAXSHI BILISHINGIZNI QADRLAYMAN!
YOZIB TURINGLAR!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:14:29

Behzod:

Assalomu alaykum,
nega politologiyada o'qishim qiziq. Unda siyosatdan gapiraymi?
Din bu hayot. Din bu alohida soha emas, faqat masjiddagi imomlar shug'ullanadigan. Din dunyodagi har bir insonga tushgan, alohida soha vakillariga emas. Shuning uchun har birimiz uni o'rganishimiz va o'rgatishimiz shart!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:14:38

Feruza:

assalomu alaykum!
Behzod, sohangiz haqida yozganimda rosa qiziqarli degan ma'noda yozgandim! meni noto'g'ri tushunibsiz. keyin din haqidagi fikrlaringizga e'tirozim yo'q. yuqoridagi postingizda xuddi men boshqacha fikrda bo'lganday qilib yozibsiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:14:50

Shamshir:

Assalomu alaykum,
nega politologiyada o'qishim qiziq. Unda siyosatdan gapiraymi?
Din bu hayot. Din bu alohida soha emas, faqat masjiddagi imomlar shug'ullanadigan. Din dunyodagi har bir insonga tushgan, alohida soha vakillariga emas. Shuning uchun har birimiz uni o'rganishimiz va o'rgatishimiz shart!
Behzodbek
OFARIN BEHZOD.....yaxshi fikr, lekin bir narsa hammasi asta sekinlik bilan yugurib ketsak koplar bizni tushunmay qolishadi yuqoriga ham qadamba -qadam chiqiladi yugurib emas, qizlar bilan siz dinimizdan xabardorsiz yaxshi munosabatda bo`laylik qandaydir akslikni sezdim sizda( shunday tuyulgan bolsin menga ilohim).Birovni tanqid qilishadan oldin oynaga qaraylik qaysimizni OLLOH bekamu ko`st yaratib qo`ygan?Qaysimiz adashmaymiz....
Behzod Feruzani ishi sizga maqulmas...ha man sizga bitta narsa aytmoqchi edim bir kun Tanbehul g`ofilin,, va ,, Bo`ston ul orifin,,ni sotib oldim o`qib qarasam shunday joyi bor ekan,,Jannat ahlining tili arab tilidir, mushriklar dO`ZAXDA XINDCHADA SOZLASHUR,, (aynan shakli emas)siz Hindistondasiz baribir shu tilda qaysidir so`zni bolsada aytasiz bu bilan sizni tanqid qilmoqchi emasman, sizni ayblay ham olmayman sharoit shunaqada....Feruzada ham shunday bolgandur biz bilmaymizku..
men o`zim ochig`i INJILni varaqlab kordim o`qidim ...bunda meni ham ayblasangiz boladi, yuzadan qaraganda shundayda, lekin asl sababdan kelsak, shunday qilishga majbur bo`ldim.Ular (xristianlar) islomda qaysidir hukmni topib olib tanqid qilgani qilgan edi.Men endi ularni INJILdan savol berib toxtataman...shunday shuning uchun biz bu yerda tortishib o`tirsak boshqalar bizga qanday ergashadi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:15:01

Behzod:

Assalomu alaykum, avvalo, Feruzadan uzr so'rayman. Agar gaplarim biroz qo'pol chiqqan bo'lsa. Lekin men hech ham sizni ayblash yoki dinni tor olish maqsadida gapirganim yo'q.
Agar shunday tushungan bo'lsangiz, ayb menda. Din haqida gapirganimda shunaqa biroz shiddatlanib ketaman.

Birodarim Shamshir, siz ham qaysidir ma'noda haqsiz. Hamma narsaga birdaniga erishib bo'lmaydi.
Siz keltirgan hadisni men ham o'qiganman. Lekin bu hadis hind tilini o'rganmaslik kerak degan xulosani bermaydi. Til - bu ilm. Hindistonda millionlab musulmonlar shu tilda Qur'on o'qishadi, Allohga duo qilishadi, ibodat qilishadi. Ularning hind ekanligi yoki shu tilda gapirishlari ularning iymonlariga zarracha ta'sir etmaydi va savoblari uchun Alloh taolo ajrlarni komil qilib beraveradi.
Injilni o'qish ham maqsadga qarab bo'ladi. Lekin, avvalo, Qur'oni Karimni o'qish, uni yetarli darajada tushunish va mustahkam e'tiqod ilmini olish kerak bo'ladi. Ma'lumki, Injil Qur'oni Karim kelishi bilan hukmdan qolgan. Bugun biz uni biror yo'l-yo'riq olish uchun o'qimaymiz. Zero, uning hukmlari amaldan qolgan. O'rniga yangi Kitob tushgan. Faqat uning Alloh huzuridan bo'lgan kitob ekanligiga iymon keltiramiz, xolos. Shuning uchun, o'qishdan maqsadimiz u haqda bir ilm hosil qilish, tadqiqotlar olib borish kabilardan iborat bo'lsa durust bo'ladi. Odatda, Injilni olimlar o'qishadi. Biz oddiy musulmonlarga Qur'oni Karim xazinalaridan bahramand bo'lib turish yetib ortadi, deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:15:12

Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
KO'P NARSA YOZMOQCHI EDIM-U, LEKIN UZR SO'RAB QO'YA QOLISHNI AFZAL KO'RDIM. UZR SAL QO'POLLASHGAN BO'LSAM, LEKIN MEN UMUMAN BOSHQA MA'NODA SO'RAGANDIM.
MANA SIZLAR MUSULMONLAR BILAN BIRGA YASHAYAPSIZ, BIR HAVODAN NAFAS OLAYAPSIZLAR, BIRGA MUAMMOLARNI HAL QILASIZLAR! MEN ESA UNDAY QILA OLAMAYMAN, CHUNKI BITTA O'ZIMMAN.
DINNI MENDAN KO'RA YAXSHIROQ BILASIZ DEB SOHANGIZNI SO'RAGANDIM.
BU YERDA GAPLASHADIGAN ODAM YO'Q BO'LGANDAN KEYIN ROSA QIYNALIB KETDIM.
SIZLARDAN BITTA NARSANI SO'RAMOQCHI EDIM, O'ZIM BILMAYMAN. BILISHIMCHA, MUSULMON KISHI BILAN CHAP QO'LDA KO'RISHIB BO'LMAYDI. NIMA UCHUN? ILTIMOS, BU SAVOLGA JAVOB BERINGIZLAR, MEN UCHUN JUDAYAM MUHIM.
KATTA RAHMAT!
« Last Edit: Nov 23, 2005, 2:57am by Feruzabegim »   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:15:27

AbdulAziz:

va alaykum assalom!
Ha, albatta sizni holatingizga tushunamiz. Boshqa din vakillari orasida yasahb, o'z iymoni, e'tiqodi uchun qayg'uryotganingizdan judayam xursandmiz. Biron tushunmagan joylaringiz, so'rovlaringiz bo'lsa bemalol yo'llayvering. Bilsak o'zimiz javob beramiz, bilmasak boshqa biluvchilardan so'rab sizga javobni aytamiz.
Savolingizga keladigan bo'lsak, Islom dinida o'ng tomon ulug'roq sanaladi. Har bir hayrli ishni boshlashda o'ng tomondan boshlash kerakligi tavsiya etiladi.hatto Qur'oni karim ham o'ng tomondan (bizning yozuvga teskari) bitilgan. Uyga kirayotganizda ham o'ng oyoq bilan kirasiz. Ovqatni ham o'ng qo'l bilan yeysiz. Birov bilan so'rashganda ham o'ng qo'l bilan so'rashasiz.
Chap qo'lning ham o'z vazifalari bo'lib, ular intinjo qilishda, nopok joylarni tozalashda ishlatiladi. Shuning uchun ham chap qo'l bilan so'rashilmaydi.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:15:37

Shamshir:

ASSALOMU ALAYKUM!
Feruza yana bir narsa ayollarning nomahram erkaklar bilan qol berib salomlashishi bizning dinimizga togri kelmaydi, keyin agar ayol kishi qol uzatmasa erkak kishining qol tutushi ham maqul emas....menga shunday deyishgan edi

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:15:49

Behzodbek:

Assalomu alaykum,
Hindistonda ham chap qo'lni cho'zib so'rashishaverarkan. Men kursdoshlarimga aytaman, "O'ng qo'lingni uzat ," deb. Chunki, siz o'ng qo'lingizni uzatsangizu, u chap qo'lni tutsa, bizga ko'ra, hurmatsizlikni ham anglatadi.
Feruza, nomahram erkaklar bilan qo'l berib so'rashish mutlaqo mumkin emas. Biz odamgarchilik, hurmat, birovni hafa qilmaslik kabi mezonlarni bir chetga surib qo'yib, faqat shariatga ko;ra yashashimiz kerak. Hamma yaxshi xislatlar shariatga amal qilsangiz o'z-o'zidan kelaveradi.
Shariat bizga nimani ta'qiqlagan bo'lsa, bizga shu narsada yomonlik bordir. Biz uni ko'rmasligimiz mumkin.
O'zingizni yigitlardan uzoqroq tuting. Ming yaxshi odam bo'lsa ham, chet eldasiz, ota-onangizdan, sizni himoya qiluvchy aka-ukalaringizdan yiroqdasiz.
Bugungi dunyo ayollar uchun xavfsiz emas. Judayam ehtiyot bo'ling.
Men Hindistonga kelib ko'rdim o'zbek qizlarini...
Judayam havotirdaman. Ishqilib sizlar tinch bo'linglar.
   

Qayd etilgan