Behzod:
Assalomu alaykum, Feruzaxon, o'qishlaringizga omad tilayman.
Horijlik vatandoshlarimizga yana bir gap aytmoqchi edim. Biz O'zbekistonga, o'zbek nomiga, musulmonlar sha'niga hech qachon dog' tushirmaylik. Horijliklar o'zbeklarni ko'rganda, zo'r xalq ekan, malades, desin. Har sohada o'rnak bo'lishimiz kerak. Men balandparvoz so'zlarni gapirayotganim yo'q. Chunki biz chet elga chiqqanimizdan keyin bizning yelkamizda nafaqat o'zimizning, balki 25 million xalqning mas'uliyati turadi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Chunki , afsuski, bizning hatti-harakatlarimizni ko'rib butun o'zbek xalqiga baho berishadi, shuni unutmasligimiz kerak.
Afsuski, bu borada ahvolimiz yaxshi emas. Qizlarimizga alohida aytgan bo'lardim. O'zlaringizni ehtiyot qiling. Atrofda yaxshi-yomon ko'p. Yot ta'sirlarga berilib ketmang. O'zbekligingizni, muslima ekanligingizni unutmang! Afsuski, biz tomonlardagi qizlarimizdan xafaman. Ehtimol, bu biz yigitlarning aybimizdir. Ehtimol, biz ularni himoya qilib, asrab yurishimiz kerakdir.
Xullas, qayerda bo'lsangiz ham Alloh o'z panohida asrasin.
Behzod Mamadiev.