Horijdagi vatandoshlar  ( 160942 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:07:34

AndulAziz:

Wa alaykum assalom!
Musulmonchilik kiyim bilan belgilanmaydi, balki amal bilan belgilanadi. Bunday shar'iy kiyingan ayollarni Vatanimizda ham ko'p uchratishingiz mumkin.
Horijda yoshlarga Islom haqida kam ma'lumot beriladi, shuning uchun ular Islomga kam e'tibor beradilar. Lekin hammasi ham emas. Yoshlar orasida ham o'zining dinini o'zgartirganlar juda ko'p.
Mana shu boshqalarning ishiga, e'tiqodiga birovning aralashmasligi yaxshi narsadir. Afsuski, shu narsa bizda kamroq. Bizda insonlar kim o'zarga musobaqa qiladilar. Ayni shu musobaqa mobaynida hamma bir-biridan kir qidiradi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:07:47

horij:

???kimga kerak uz yurtidan ketib issiq uyni bola chaqani tashab ...uyim joyim bogan da ketmagan bolardim ku .xa nafsi qoymay keganla xam kam emas mashiuna omaoqchi xammadan yahshi yashamqchi.uzb da yurganida xam yamon mas edi shu odamla yog'lik joyda edi yana yana nafsi qoymaypdi .

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:07:57

Feruza:

forumga tashrif buyurayotganlarga alangali salom!
hamma message larni o'qib, eng qiziq mavzularda bahs ketayotganini ko'rib turibman, shuning uchun biz ham o'z fikr mulohazalarimizni bildirmoqchi edik.
shahzodaning fikrini o'qib, aqsh maktablarida ham xuddi shunday talablar qo'yilganini aytishim mumkin. bu yerning o'qish sistemasi yaxshi bo'lsada, ammo o'zimiznikini ulardan hech qanday kam joyi yo'q deb hisoblayman. bu yerning menga yoqqan tomoni, imtihon vaqtida ko'chirish degan narsa yo'q. hatto sinfdosh do'stingizning daftarini ko'ra olmaysiz va hamma baholar sir tutiladi.(o'quvchining shaxsi judayam himoya qilinadi!)
shahzoda, siz hozir kanadaning qaysi shahridasiz?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:08:21

Maknuna:

Horidagi yurtdoshim!
Sizga ham salomlarim!
Horijda o'qish albatta yaxshi, lekin Vatan sog'inchi, uydagilarni sog'inchi hech qachon silani tark etmasa kerak...
Feruza, siz hozir qaysi shtatdasiz? U yerda qayerda o'qiysiz? Qanday qilib o'qishga bordingioz?
U yerdagi sharoitlar qanaqa?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:08:33

Feruzabegim:

 Assalomu alaykum, qadrdon yurtdoshlarim! sog'-omonmisiz!?
Xorijda o'qishning o'ziga yarasha yaxshi tomonlari bor-u, lekin Vatan Vatan-da! nimaiki qilmang, kim bilan gaplashmang, har doim xayolan O'zbekistonni o'ylaysiz. Shunaqa paytlar bo'ladiki, hamma narsani tashlab, uyga qaytib ketgim keladi. Vatanim, Vatan deb ko'p gapirganman-u, bu yerga kelib nima ekanligini, inson hayotida qanday o'rin tutishini tushundim. Bekorga dunyoning hech qanday boyligi Vatanning bir kaft tuprog'i teng bo'la olmaydi deb aytishmagan ekan!
Maknuna, savollaringizga javob berishga harakat qilaman. men hozir Texasdaman. bu yerga eshitgan bo'lsangiz, FLEX dasturi bo'yicha kelganman. sharoitlari haqida nima deyishim mumkin, hammasi yaxshi. faqat aynan nimani nazarda tutganignizni bilolmadim!
Hammaga omad!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:08:45

Behzodbek:

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar? Qalaysizlar? Qiynalmasdan o'qib-ishlab yuribsizlarmi? Ro'za tutyapsizlarmi? Tutmayotganlarga afsus aytib, albatta(!) tutishlarini maslahat beraman.
Bizga ham Xudo musofirlikni nasib qilgan ekan, Dehli Universitetida o'qib yuribmiz. Bu yerda ham o'zbeklar ko'p, bordi-keldilarimiz yaxshi? Baraka topishsin, biz yangi borganlarga rosa yordam berishdi. Bilasizlar, Hindiston yashash uchun qulay joy emas, lekin o'qishi zo'r, ochig'i dunyo hindiston universitetlarini tan oladi.
Ishqilib shinaqa gaplar, hammaga o'qishlarida omad tilayman, bog'lanish imkoniyati bo'lsa, horijlik birodarlarimiz bilan gaplashishni istardim.
Yahoo Messengerdagi ID im : beh_muhammad

Assalamu alaykum, Behzod, Delhi.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:08:59

Behzodbek:

Assalomu alaykum. hurmatli xorijdagi vatandoshlar.

Qiynalmasdan, vatanni sog'inib yuribsizlarmi? Vatanni sog'inishning ham o'ziga yarasha gashti bo'ladi, bu hammaga ham nasib etavermaydi. Nima gaplar olamda? O'qish, yashash qiyin emasmi? O'zbeklarga chet elliklarning munosabatlari qanday? Diskriminatsiya, kamsitish, ajratish degan narsalar yo'qmi?

Birodaringiz Behzodbek.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:09:10

Feruza:
Assalomu alaykum qadrdon yurtdoshlarim, vatandoshlarim! sog'-omonmisiz?
Biz ham boshqalarga o'xshab, o'zga bir yurtda o'qib yuribmiz. xudoga shukr, bu yerdagilarning munosabatlari yaxshi.
Behzod, to'g'ri aytasiz, har kimga ham Vatan sog'inchini his qilishdek oliy tuyg'u nasib etavermaydi. shunga erishganimdan, Vatanim men uchun nimaligini tushunganimdan judayam baxtiyorman!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:09:20

Behzod:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, o'qishlaringizga omad tilayman.
Horijlik vatandoshlarimizga yana bir gap aytmoqchi edim. Biz O'zbekistonga, o'zbek nomiga, musulmonlar sha'niga hech qachon dog' tushirmaylik. Horijliklar o'zbeklarni ko'rganda, zo'r xalq ekan, malades, desin. Har sohada o'rnak bo'lishimiz kerak. Men balandparvoz so'zlarni gapirayotganim yo'q. Chunki biz chet elga chiqqanimizdan keyin bizning yelkamizda nafaqat o'zimizning, balki 25 million xalqning mas'uliyati turadi, desam mubolag'a bo'lmasa kerak. Chunki , afsuski, bizning hatti-harakatlarimizni ko'rib butun o'zbek xalqiga baho berishadi, shuni unutmasligimiz kerak.

Afsuski, bu borada ahvolimiz yaxshi emas. Qizlarimizga alohida aytgan bo'lardim. O'zlaringizni ehtiyot qiling. Atrofda yaxshi-yomon ko'p. Yot ta'sirlarga berilib ketmang. O'zbekligingizni, muslima ekanligingizni unutmang! Afsuski, biz tomonlardagi qizlarimizdan xafaman. Ehtimol, bu biz yigitlarning aybimizdir. Ehtimol, biz ularni himoya qilib, asrab yurishimiz kerakdir.

Xullas, qayerda bo'lsangiz ham Alloh o'z panohida asrasin.

Behzod Mamadiev.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:09:33

Feruza:

ASSALOMU ALAYKUM!
BEHZOD, RAHMAT TILAKLARINGIZ UCHUN. SHUNI ESLATIB O'TMOQCHIYDIMKI, O'ZBEK QIZLARIDAN XAFA BO'LISHGA O'RIN YO'Q! CHUNKI ULAR HAR DOIM YELKALARIDAGI MAS'ULIYATLARINI YAXSHI HIS QILISHADI, O'ZLIKLARNI UNUTISHMAYDI. AYNIQSA, XORIJDA! BIZ, QIZLAR, HAR DOIM MUSULMON VA O'ZBEKISTONDAN ELCHI EKANLIGIMIZNI YODIMIZDA TUTAMIZ! TO'GRIMI, QIZLAR?

Qayd etilgan