Horijdagi vatandoshlar  ( 161104 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:09:46

Behzod:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, gaplaringizni eshitib xursand bo'ldim, rostdan ham agar qizlarimiz siz aytgandek mas'uliyatni unutmagan holda yurishgan bo'lsa, bu juda ham yaxshi.
Albatta, mening yuqoridagi postda aytgan gaplarim bunday qizlarga tegishli emas. Lekin ayrim, ehtimol, aksariyatdir, qizlarning chet elga o'qish uchun emas, balki o'yin-kulgu uchun borishlari ham achinarli faktdir. Shuning uchun ham bunday holatlar uchun juda afsusdaman va kuyinib gapirishlarimning boisi ham shunda.
Chet elda har bir millatdoshingiz siz uchun o'z oila a'zoingizdek qadrli bo'ladi. Ularning nomaqbul xatti-harakatlari xuddi bu narsa o'z akangiz yoki singlingizdan sodir bo'layotgandek sizni qattiq iztirobga soladi. Lekin, aksariyat holatlarda, ular buni tushunishmaydi. Mening hayotimga aralashma, qabilida ish tutishadi.
Xullas, olamda shunaqa gaplar. Kirib kelayotgan Ramazon hayiti hammaga muborak bo'lsin,

Behzod.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:10:17

maknuna:

Assalomu alaykum Feruzaxon va Behzod!
yaxshimisizlar? Sizlarga ham hayit ayyomlari muborak bo'lsin! ushbu bayramni yaxshi o'tkazdinglarmi?
mana, sizlar horijdasizlar, sizga savollarim bor edi?
Horijda biz uchun ibratli nimalarni ko'rdingiz?
Ulardan nimani o'rgansak bo'ladi-yu, qaysi borada biz ularga ham ibrat bo'lishimiz mumkin?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:10:30

Feruza:

Assalomu alaykum! o'zlaringizni ham hayitingiz bilan muborakbod etaman!
Boshqalarni bilmadi-u, lekin bu yerda birorta musulmon bo'lmagani men uchun xuddi oddiy kunday o'tdi. kecha maktabga borib, hamma sinfdoshlarimga shirinlik ulashdim. bugun hayit, bizning bayram deb u bu narsalarni aytib berdim. (o'zimcha nishonlamoqchi bo'ldim, nima qilay qo'limdan faqat shu kelardi.)
O'zbekistonda bo'lmaganim uchun biroz xafa ham bo'ldim, lekin na iloj, "musofir bo'lmay turib musulmon bo'lmaydi" deyishadi, biz ham shulardan birimiz.
O'zingiz qanday nishonladingiz?
Xorijda nimani ko'rdim, ularning hayotini ko'rdim. Bu yerda menga yoqqan narsa har bitta o'sib kelayotgan yosh avlodga Vatanni sevish, ota-onani hurmat qilishni kichkinaligidan o'rgatishadi. har bir kishi qonunni mukammal biladi vauni hurmat qiladi. mana shu menga eng yoqqan narsa! O'z navbatida ular ham ko'p narsani bizdan o'rganishsa bo'ladi. masalan, insonlar o'rtasidagi munosabatlar.(bu yerda juda g'alati!) ko'pni ko'rib, fikrlab, shu qarorga keldim:bu dunyoda o'zbekka yetib, birovga mehr ko'rsata oladigan, yoman kunda dalda bo'la oladigan, har doim seni hurmat qilib, yaxshi ko'radigan xalq yo'q!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:10:42

maknuna:

Assalomu alaykum, Feruzaxon, Maknunaxon, forum ishtirokchilari.

Feruzaxon yaxshi gaplarni yozibdi. Bayramni zo'r o'tkazibsiz, tabriklayman. Ularga, bayramimiz haqida, dinimiz haqida gapirib bergan bo'lsangiz qanday yaxshi.

Men Dehli Universitetida o'qiyman. Xo'p, bu yerdan nimani o'rganish mumkin. Bu yerda, menimcha, hindlardan yoshlarning o'qishga bo'lgan tirishqoqoligi, o'z ustida qattiq ishlashidan boshqa hech narsani o'rganib bo'lmaydi, o'rganishni maslahat ham bermasdim. Lekin ularning o'qish va o'qitishlariga gap yo'q. Toshkentda 4 yil yurgan ekanmiz o'qiyapmiz deb. Bu yerda imtihonlar juda qattiq olinadi, yiqilishingiz hech gap emas, shuning uchun qattiq o'qishga majbursiz.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:10:53

Feruza:

Assalomu alaykum! barchangiz sog'-omonmisiz?
Bilasizmi, bu yerda nima ajablantirdi. bu yerdagi yoshlar o'qishdan ko'ra boshqa mavzularda suhbatlashishni yaxshi ko'rishadi, lekin shunaqalari ham borki, o'qishiga havasinigz keladi. Bular uchun birorta boshqa tilni bilish judayam qiyinday tuyuladi, agar boshqa tillarni bilaman desangiz, hayron qolishadi, havas qilishadi, lekin o'rganishga harakat qilishmaydi.
bir qiziq odamlar borda dunyoda!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:11:04

Maknuna:

Va alaykum assalom Feruza!
Yaxshimisiz? Bayramni yaxshi o'tkazganligingiz, shundoq yozganlaringizdan bilinib turibdi. Men ham juda zo'r o'tkazdim. Birqancha joylarga kelin ko'rgani bordik.
Albatta, hayit bo'lgandan keyin turli pishiqriqlar qilinadi. Ulardan bahramand bo'ldik...

Albatta, har bir xalqning o'ziga xos an'nal;ari bo'ladi, ularni boshqa millatlarda kuzata olmaysiz...

PS. Feruzaxon, Halloween bayramini qanday o'tkazdilar?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:11:17

Maknuna:
Sizga ham salom Behzod!
Biz Hindiston madaniyati haqida uning kinolaridan ozmuncha xabardormiz. Hindistonda hayit ayyomi qanday nishonlandi?

PS. Boshqa bayramlarda ham ishtirok etdinglarmi?
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:11:28

Feruza:

BARCHAGA ASSALOMU ALAYKUM! SOG'OMONMISIZ?
MAKNUNA, BU YERDA HALLOWEEN NI O'TKAZISHDI, LEKIN MEN EMAS. HAMMA O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR SHUNAQANGI KIYINISHDIKI, KIMLIGINI BILOLMAY, LOL QOLDIM.
O'ZBEKISTON TO'G'RISIDAGI BARCHA NARSALARNI SO'RASHADI, KEYINROQ BATAFSIL YOZAMAN, CHUNKI HOZIR BOSHQA SHAHARDAMAN. KO'RISHGUNCHA!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:11:39

Behzod:

Assalomu alaykum,
Hindistonda ham hayit bayramini yaxshi o'tkazisharkan, musulmonlar shu kuni ozoda kiyinishib, chiroyli bo'lib, avvalo, hayit namozi o'qigani kelishadi. O'zlari bilan yosh bolalarini ham olib olishadi, meni biroz ajablantirgani, ayrimlar yosh qizchalarini ham masjidga olib kelibdi.

Hindlarda, shunaqangi bayram ko'p ekan-ki... Har oydabir necha kun bayram. Hayit arafasida Divali degan bir be'mani bayramlari bo'ldi, Ramning tug'ilgan kuni ekan. O'ziyam, uch-kunmi, to'rt kun davom etdi, shunaqayam shu kunlari Dehli ko'chalarida odam ko'p. Bir haftacha kechasiyu kunduzi mushaklarning ovozidan qulog'imiz qomatga keldi. Albatta, bizning e'tiqodga ko'ra, botil e'tiqodlarning bayramlarini nishonlash qattiq ta'qiqlanadi. Shu bois ham biz odatdagiday jim yuraverdik. Hind tanishlarimizni ham bu bayram bilan tabriklashdan o'zimizni tiydik.
Alloh to'g'ri e'tiqodidan adashtirmasin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:11:50

Maknuna:

Sizga ham salomlar Feruza!
Siz ham sog'-omonsmisiz? Boshqa shaharlarga sayohatlar yaxshi o'tvottimi?
Halloween haqida,
O'zbekistonmimiz haqida nimalarni so'arashadi?
Shula haqda batafsil yozing.

Qayd etilgan