Feruza:
Assalomu alaykum! o'zlaringizni ham hayitingiz bilan muborakbod etaman!
Boshqalarni bilmadi-u, lekin bu yerda birorta musulmon bo'lmagani men uchun xuddi oddiy kunday o'tdi. kecha maktabga borib, hamma sinfdoshlarimga shirinlik ulashdim. bugun hayit, bizning bayram deb u bu narsalarni aytib berdim. (o'zimcha nishonlamoqchi bo'ldim, nima qilay qo'limdan faqat shu kelardi.)
O'zbekistonda bo'lmaganim uchun biroz xafa ham bo'ldim, lekin na iloj, "musofir bo'lmay turib musulmon bo'lmaydi" deyishadi, biz ham shulardan birimiz.
O'zingiz qanday nishonladingiz?
Xorijda nimani ko'rdim, ularning hayotini ko'rdim. Bu yerda menga yoqqan narsa har bitta o'sib kelayotgan yosh avlodga Vatanni sevish, ota-onani hurmat qilishni kichkinaligidan o'rgatishadi. har bir kishi qonunni mukammal biladi vauni hurmat qiladi. mana shu menga eng yoqqan narsa! O'z navbatida ular ham ko'p narsani bizdan o'rganishsa bo'ladi. masalan, insonlar o'rtasidagi munosabatlar.(bu yerda juda g'alati!) ko'pni ko'rib, fikrlab, shu qarorga keldim:bu dunyoda o'zbekka yetib, birovga mehr ko'rsata oladigan, yoman kunda dalda bo'la oladigan, har doim seni hurmat qilib, yaxshi ko'radigan xalq yo'q!