Behzod:
Assalomu alaykum,
Payg'ambar sallollohu alayhi wa sallam darlarida ayollar ham erkaklarning orqa safida jamoatga qo'shilib namoz o'qishgan, lekin zamon o'tib, fitna ko'paygach, ulamolarimiz bu narsani taqiqilab qo'yishgan. Ayollar uchun namozni uyda o'qish avloroq. Lekin ayollar uchun maxsus masjidlar bo'lsa chiqish mumkin.
Hindistonda, ta'kidlaganimdek, faqat yosh qizchalarni ko'rdim, ular balog'at yoshiga yetmagan bo'lsa ham kerak. Men ularni masjid ichida ko'rmadim, men tashqarida edim.
O'zga dindagilarning bayramida ishtirok etish, ularni qutlash mumkin, degan gapni qayerdan oldiz? Mutlaqo bunaqa gap yo'q. Hatoo, bugun juda ommaviy bo'lib ketgan yangi yilni kutish masalasiga ham ulamolar qattiq turishadi. Bilasizmi, Payg'ambarimiz (saw) bunday kunlarda nima qilishni tavsiya qilganlar? Ul zot o'zga e'tiqoddagilarga o'xshab qolishdan qattiq qaytarganlar va ular xursandchilik qiladigan, yeb-ichadigan bunday kunlarda biz ummatlarga ro'za tutishni tavsiya etganlar.
Bular e'tiqod masalalari, buni jiddiy o'rganishimiz va bilib qo'yishimiz kerak. Ularning har bir bayrami ostida botil diniy e'tiqodlar yotadi. Ularni qutlash, tabriklash ularni maqullash bilan barobardir. Shirkka, botil e'tiqodga rozi bo'lish esa kufrga olib boradi. Alloh barchamizni bundan o'z panohida asrasin.