Horijdagi vatandoshlar  ( 160907 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:12:01

maknuna:
Hindistonda ham ayollar masjidga chiqadimi?
Fikri ojizimcha o'zga dindagilarning bayramida (ibodatida emas) ishtirok etish, qutlash mumkin. Chunki bunda sizning iymon-e'tiqodingizga zarar yetmaydi.
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:12:13

Behzod:

Assalomu alaykum,

Payg'ambar sallollohu alayhi wa sallam darlarida ayollar ham erkaklarning orqa safida jamoatga qo'shilib namoz o'qishgan, lekin zamon o'tib, fitna ko'paygach, ulamolarimiz bu narsani taqiqilab qo'yishgan. Ayollar uchun namozni uyda o'qish avloroq. Lekin ayollar uchun maxsus masjidlar bo'lsa chiqish mumkin.
Hindistonda, ta'kidlaganimdek, faqat yosh qizchalarni ko'rdim, ular balog'at yoshiga yetmagan bo'lsa ham kerak. Men ularni masjid ichida ko'rmadim, men tashqarida edim.

O'zga dindagilarning bayramida ishtirok etish, ularni qutlash mumkin, degan gapni qayerdan oldiz? Mutlaqo bunaqa gap yo'q. Hatoo, bugun juda ommaviy bo'lib ketgan yangi yilni kutish masalasiga ham ulamolar qattiq turishadi. Bilasizmi, Payg'ambarimiz (saw) bunday kunlarda nima qilishni tavsiya qilganlar? Ul zot o'zga e'tiqoddagilarga o'xshab qolishdan qattiq qaytarganlar va ular xursandchilik qiladigan, yeb-ichadigan bunday kunlarda biz ummatlarga ro'za tutishni tavsiya etganlar.

Bular e'tiqod masalalari, buni jiddiy o'rganishimiz va bilib qo'yishimiz kerak. Ularning har bir bayrami ostida botil diniy e'tiqodlar yotadi. Ularni qutlash, tabriklash ularni maqullash bilan barobardir. Shirkka, botil e'tiqodga rozi bo'lish esa kufrga olib boradi. Alloh barchamizni bundan o'z panohida asrasin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:12:25

maknuna:

Sal dinni kengroq tushuning birodarim,
Siz birovni bayram bilan tabriklaganingiz bilan siz ham shu bayramni nishonlagan bo'lib qolmaysiz. Yoki musulmonlarning (mashhur ulamolarning ham) boshqa din vakillarini bayramlari bilan tabriklaganlarini va aksincha eshitmaganmisiz? Bu umuminsoniy qadriyat!
Payg'ambarimiz sav esa ularga o'xshab qolishdangina qaytarganlar. Aksincha boshqa din vakillari bilan ham aloqalarni yaxshi qilish kerakligini uqtirganlar.
Ramazon oyida hatto xristian davlatlari ham musulmonlarni hurmat qilib, ularni tabrikladilar, iftorliklar uyushtirdilar. Shu hurmatga biz ham javob berishimiz sizningcha, nahotki "bema'nilik" bo'lsa?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:12:37

Feruza:

assalomu alaykum! yaxshi yuribsizlarmi?
yuqoridagi postlarni o'qib, rosa hayron qoldim. nahotki boshqa dindagilarni bayrami bilan tabriklash mumkin emas! oldin hech eshitmagan ekanman. agar bu gunoh bo'lsa, bilmadim nima bo'ladi.... chunki boshqa davlatda yashaganizdan keyin ularning bayram va qadriyatlarni hurmat qilishga majbursiz. lol qoldim!
Maknuna, bu yerdagilar hamma narsani so'rashadi. birinchi kelganimda bir qoloq davlat o'ylashdi shekilli, kim qayerdagi savollarni berishdi.(yozib o'tirmayman.),lekin hozir hammasi O'zbekistonni biladi va hurmat qiladi. O'tgan dushanba kuni Vatanimizni prezentatsiya qildim. (hayotimiz haqida gapirib berdim, umuman olganda Ona yurtni qo'ldan kelgancha tanishtirdim.) hammasi hayron qoldi, ayniqsa o'zimizning milliy kiyimlarni ko'rganidagi paytni tasvirlashga til ojiz. shu hafta maktabda bir ikkita shunaqa tadbir o'tkazishim kerak. Ollohdan O'zbekistonning yaxshi tomondan ko'rsatishga yordam berishini so'rayapman.
sayohatimiz Texasning poytaxti va San-Antonioda bo'ldi. menga juda ham yoqdi. ko'p tarixiy va davlat hayotida muhim bo'lgan joylarni ko'rdik. bilasizmi men u yerda kimni uchratdim?
hamma o'quvchilar o'z yurtdoshlari bilan rasmga tushayotganida bir ayol bizning O'zbekistondan ekanligimzni eshitib, yonimizga keldi. men O'zbekistonda 4 yil elchixonada ishlaganman, men sizlarning yurtingizni yaxshi ko'raman. i miss uzbekistan desa bo'ladimi?! shunaqangi xursand bo'ldim, bizning ham yurtni sevadigan, hurmat qiladigan va u haqida yaxshi gapiradigan odamlar borligidan baxtiyorman! o'sha paytdagi holatimni tushuntirib berolmayman. axir shuncha davlatning orasida o'z Vatanigizning nomini eshitish naqadar yaxshi!

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:12:51

Behzod:

Assalomu alaykum, Maknuna,

Masalani to'g'ri tushuning, bu yerda gap botil e'tiqodlarning botil bayramlari haqida ketyapti. Aqoid kitoblarida yoziladiki, agar ular shu bayram taomlaridan sizga ham olib chiqishsa, siz yemasligingiz kerak. Tabrik nima degani o'zi? Ma'qullash, xursandchiligiga sherik bo'lishmi? Siz o'zi Aqoid o'qiganmisiz? Aqoid ilmlarning boshi, aqidamiz xato bo'lsa, ming yil ibodat qilmaylik bir pul. Shuning uchun o'z aqlimiz bilan emas, shariat bergan yo'l bilan hukm chiqaraylik. Zero, biz uchun bugun ko'p narsa g'alati bo'lib tuyuladi, hikmatiga yetmasligimiz mumkin.

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:13:01

maknuna:

Sizga ham salomlar Feruzaxon!
Albatta O'zbekistonimizni tanitish yo'lida ezgu ishlarni qilayotgan ekansiz, omad tilab qolaman.
Albatta o'zimimzning Vatanimizga yetadigani yo'q. Donini yegan chumchuq yetib kelar Makkadan degan soz'lar ham bejiz emas.
Siz ilan birgan yana qaysi millat vakillari tahsil olishadi?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:13:14

Feruza:

assalomu alaykum!
Maknuna, men bilan birga o'qiyotgan o'quvchilarning millatini sanasam vaqt yetmaydi. butun dunyo vakillari o'qiydi desam ham bo'ladi. tilaklaringiz uchun katta rahmat!
bugun Behzod kirmabdilarmi deyman, bahs yarim yo'lda qolib ketibdi. bu mavzu men uchun judayam qiziqarli. chunki bu yerda boshqa dindagilar bilan birga yashaganimdan keyin ularning bayramini nishonlayman, ular menikini. xullas, postlarni o'qib nima qilishimni bilmay o'tiribman. men ham sizdek boshqalarni tabriklasa hech nima qilmaydi deb o'ylardim. endi esa.... rosti, qaysisi to'grisini bilolmay hayronman. aniqlik kiritasizlar degan umiddaman.
omad!
   

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:13:27

Behzod:

Assalomu alaykum, men fikrimni berdim, Feruza. Sizlardan javob bo'lmadi, demak hammasi joyida deb o'yladim.
Men fikrimda qat'iyman. Bu mening o'z mulohazam emas, bu shariat hukmlari. O'zga dindagilarning diniy bayramlari bilan tabriklash joiz emas. Men sizlarga Ziyovuddin Kumushxonaviy hazratlarining "Jome'ul mutun" (Matnlar to'plami) kitobini o'qishni tavsiya etardim. Bu kitob hozirgacha aqoid bobida o'zbek tilida chop etilgan eng yaxshi asar sanaladi. Unda o'zga dindagilar bayramlariga qanday munosabatda bo'lish kerakligi haqida boblar bor.
Menimcha, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Sunniny aqida" nomli kitoblarida ham shu mavzu bo'lishi kerak. Yoki hazratning o'zlariga ayni mavzuda saytlarida savol berishlaringiz mumkin. www.uzislam.com saytida ham juda yaxshi diniy forum bor. Bu yerdan ham savollaringizga javob topasizlar, inshaalloh.
   Li

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:13:44

Feruza:

assalomu alaykum! nasib bo'lsa yuqoridagi saytlarga tashrif buyuramiz.
Behzod, siz Hindistonda qaysi soha bo'yicha o'qiyapsiz? din emasmi?
Maknuna, qayerdasiz, nega ko'rinmayapsiz?

Qayd etilgan


Ziyo  15 Sentyabr 2006, 03:13:54

Behzod:

Assalomu alaykum,

men din bo'yicha o'qimayman, soham politologoya (political science).

Qayd etilgan