Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda o'zimiz yasagan rasmli hikmatnomalardan bir-birimizga ulashamiz.
Mavzu shartlari:1. Avvalo, mazmuni go'zal bo'lgan bir aforizm, hikmatni topamiz.
2. Shu hikmatga mos fon, rasm topamiz.
3. Rasm ham, matn ham go'zal ko'rinadigan tarzda joylashtiramiz.
4. Albatta hikmat muallifini yozib qo'yamiz.
5. Ushbu rasmli hikmatnoma muallifini rasm chetiga qoldirishimiz mumkin. Agar bu ziyouz.com da chop etilsa, sayt nomi yozilgani muvofiqroq.
6. Hikmatnomalar o'zbek tilida bo'lgani ma'qul. Agar xohlsangiz, hikmatning rus va ingliz tillaridagi matnini ham qoldirishingiz mumkin.
Qani, boshladik:
…Sahroda ketayotgan chumolidan so’rashibdi:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachon yetib borasan?
- Hech bo’lmasa, shu yo’lda o’laman-ku…