Rasmli hikmatnomalar  ( 14047 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  03 Noyabr 2012, 09:28:29

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda o'zimiz yasagan rasmli hikmatnomalardan bir-birimizga ulashamiz.

Mavzu shartlari:
1. Avvalo, mazmuni go'zal bo'lgan bir aforizm, hikmatni topamiz.
2. Shu hikmatga mos fon, rasm topamiz.
3. Rasm ham, matn ham go'zal ko'rinadigan tarzda joylashtiramiz.
4. Albatta hikmat muallifini yozib qo'yamiz.
5. Ushbu rasmli hikmatnoma muallifini rasm chetiga qoldirishimiz mumkin. Agar bu ziyouz.com da chop etilsa, sayt nomi yozilgani muvofiqroq.
6. Hikmatnomalar o'zbek tilida bo'lgani ma'qul. Agar xohlsangiz, hikmatning rus va ingliz tillaridagi matnini ham qoldirishingiz mumkin.

Qani, boshladik:



…Sahroda ketayotgan chumolidan so’rashibdi:
- Qayerga ketayapsan?
- Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman!
- Iye, sen hali bu yurishing bilan qachon yetib borasan?
- Hech bo’lmasa, shu yo’lda o’laman-ku…

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Noyabr 2012, 12:15:02

:asl3:

Chiroyli mavzu bo'libdi, rahmat.



P.S. G'oya internetdan olindi, man tarjima qildim xolos, shunga ismimni yozmadim.

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Noyabr 2012, 11:54:55


Qayd etilgan


Shuhrat_  05 Noyabr 2012, 08:27:44

Fikr qilamiz" mavzusiga uxshabdi, undayam yaxshi rasmlar boridi,
uzoqqa bormadi afsus. . .

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Noyabr 2012, 10:38:23


Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Noyabr 2012, 09:58:08


Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Noyabr 2012, 13:29:17



UZ: Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.
Abu Ali ibn Sino

RU: От праха черного и до небесных тел
Я тайны разгадал мудрейших слов и дел.
Коварства я избег, распутал все узлы,
Лишь узел смерти я распутать не сумел.
Абу Али ибн Сино (Авиценна)

EN: From the ashes of black and up to the heavenly bodies
I figured out the secrets of the wisest words and deeds.
Perilous I escaped, undid all the nodes
Only node death, I could not unravel.
Abu Ali Ibn Sina (Avicenna)

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Noyabr 2012, 10:03:44



Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek qahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: "Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan  narsa keltiring", deyishlari kerak edi.
Bir kuni Aslam: "Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur qilaman", deb, o‘shanga yarasha ish qildi: qul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: "Buni o‘zingga ilinsam yermiding?" degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar... Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: "Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!"

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Noyabr 2012, 11:27:06



UZ: O’tgan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» — degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin. Pifagor

RU: Ае закрс‹вай глаз, когда хочешь спать, не разобравши всех своих поступков за прошедший день. Лифагор

EN: Do not close your eyes when you want to sleep, not to dismantle all of its actions in the past day. Pythagoras

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Noyabr 2012, 08:14:42

Sabrga berilgan ta'riflar ichida eng chiroyli ta'riflardan biri


Qayd etilgan