Turkiyaga sayohat:)  ( 27115 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:42:53

 :asl3:

Mendan Turkiya haqida ko'p so'rashadi, asosan qayerlarga borsak bo'ladi, shu yer haqida ma'lumot bera olasizmi, deb. Nasib bo'lsa bugundan boshlab Turkiyaning farqli joylari haqida ma'lumotlar berib boraman. Sizlar uchun foydasi tegsa xursandman:)

Istambulning nomini eshitmagan yo'qdir oramizda. Zero Istambul avvaldan bugungacha insonlarni diqqati-e'tiborini o'ziga tortib kelgan, o'zi haqida she'rlar, qo'shiqlar yozdirgan shahardir. Xattoki Payg'ambarimiz (s.a.v)ning Hadislaridan ham joy olgan bu muborak shahar...

Istambulda 7 yilga yaqin yashadim. Talabaligimning eng qiyin, eng jozibali kunlarini yashadim bu shahar bilan birga...Bu shaharning qandaydir mehrigiyosi bor, ko'chalarda faqir-fuqaro bilan birga milliyarder odamlarnini yonma-yon ko'rishingiz mumkin...

Istambulning yuqoridan ko'rinishi:


Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:43:26

Istambul- eng ko'p aholiga ega bo'lgan shahari sifatida Dunyoda 34-o'rinda, Yevropada esa 1chi, deb tan olingan ekan.
Bu shahar Marmara dengizi sohilida joylashgan, ikki qit'ani birlashtirgani uchun o'rtasidan Bo'g'oz oqib o'tadi. Yevropada joylashgan qismiga- Avrupa yakası (Yevropa yoqasi), Osiyoda joylashgan qismiga esa Anadolu yakası, deyiladi.


Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:43:46

Dunyoning eng eski shaharlaridan bo'lgan Istambul Miloddan keyingi 330-395-yillarda Rim Imperatorligi, 395-1204 va 1261-1453-yillarda Sharqiy Rim Imperatorligi, 1204-1261-yillarda esa Lotin Imperatorligi va eng ohiri 1453-1922 -yillarda Usmonli Davlatiga poytahtlik vazifasini o'tadi...

Bundan tashqari, Usmonli Davlatining halifalik davrida: 1517-yildan, 1924 yilgacha Istambul Islom dinining sunniy din markazi, sifatida xizmat qilgan.

Vizantiya davlatidan qolgan eng muhim me'moriy obida: Ayasofya muzeyi.


Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:44:49



Istambul deyilganda ilk aqilga keladigan, uning timsollaridan biri bo'lgan "Qiz kulesi" (Kız kulesi) İstanbulning Uskudar (Üsküdar) massivida Vizantiya Davlatidan qolgan yagona namunadir. Miloddan avvalgi 24. yillargacha borib taqalgan uzoq tarihi bilan mashhur bo'lgan bu obida Qoradengiz bilan Marmara dengizining birlashgan joyida, bo'g'ozda qurilgan. Kız kulesi haqida xalqda juda ko'p tarixiy hikoyalar to'qilgan. "Kule"-Qal'alarning ustidagi ingichka, tsilindr shaklidagi yuksak qismi. Hozirda u yer tarixiy obida sifatida turistlarga ochiq.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:45:33



Buyuk Majidiya Jome'si, (Büyük Mecidiye Camisi), xalq orasida esa, O'rtako'y Jamisi (Ortaköy Camisi) İstanbuldagi Bo'g'ozning O'rtako'y massivining sohilida joylashgan. Jome', Sulton Abdulmajit tomonidan, me'mor Nigog'as Balyan'ga 1853 sanasida qurdirilgan. Jome'ning marmarlari zarif ishlangan. Keyingi safar ishlamalardan olgan suratlarimdan ham yo'llayman. Hozir topa olmadim. (İnson zoti san'at uchun toshni ham tilga kiritgan, bu yana İslom dinining tamsillaridan biri bo'lgani uchun, muhaqqaq Olloh Taoloning insonlarga bergan ilhomi bilan bo'lganligi shubhasiz.) Juda keng va katta derazalari dengizning o'zgaruvchan nurlarini jome'ning ichiga olib kiradigan tarzda maxsus planlangan.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:45:54




Oh Ayasofya, İstanbulga kelganlarning nafasini kesadigan obidalardan biri. Tarixi juda qiziq.

Ayasofya (Yunoncha: Αγιά Σοφιά, tam adı: Ναός τῆς Ἁγίας τοῦ Θεοῦ Σοφίας, Latince: Sancta Sophia ya da Sancta Sapientia), Vizantiya İmperatori I. Justinyen tarafidan M.So'ngra 532 - 537 yillari orasida İstambulning tarihiy yarimorolidagi shahar markaziga insho ettirgan bir kadedrali bo'lib, 1453 sanasida İstanbulni Fotih Sulton Muhammad fath etgandan keyin, ilk Juma namozini o'qitgan joydir. Fotih Sulton, Ortodoks monastırini buzdirmasdan bino ichidagi rasmlarni, hullas Musulmon diniga mos kelmagan ashyolarni ustini bo'yatgan. Me'mor Sinan tarafidan keyinchalik 4 minora qo'shilgan. Vizantiya davrida bino eski bo'lganligi uchun, necha marta yiqilgan, lekin minoralar qo'shilgandan keyin bino kuchlanib haligacha oyoqda qolgan. Musulmonlarning qanchalik madaniyatga hurmat bilan qaraganlarini bu misoldan ham ko'rsak bo'ladi. Fotih hohlasa edi, Ruslarni bizni Jome'larimizni othona sifatida foydalanganiday hor qilishi yoki nurab bo'lgan obidani yer bilan yakson qilishi mumkin edi. Farg'ona vodiysida hech qanday tarihiy, diniy obidaning kunimizga qadar qolmaganligi meni juda qattiq yaralaydi. (Barmoq bilan sanarli qolgan bo'lsa kerak) Bu ham bo'lsa, oldin Chor keyinchalik Sovet tuzimiga qarshi kurashgan Vatanparvar insonlarimizdan yetaricha o'ch olaolmaganlari uchun, bizga ma'naviy shaklda azob berish maqsadida obidalarimizni to'plar bilan yakson qilishganidir:(

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:46:27



Ayyub al Ansoriyni İstanbuldagi qabrlari. Payg'ambarimiz (SAV)Madinaga hijrat qilganlaridan keyin hamma u kishini uyida mehmon qilmoqchi bo'ladi. Payg'ambarimiz hech kimni ko'nglini og'ritmaslik uchun tuyam qayerda cho'ksa, o'sha yerda mehmon bo'laman, deydilar. Hullas, tuya Eyyub al Ansoriyni uylarini yonida cho'kadi. Ammaviylar davrida, 621 sanasida İstambulni fatf etish uchun Eyyub Sulton ham qatnashadi. Aytishlariga qaraganda o'sha payt u kishini yoshlari 77 dan oshgan, otda tik o'tirolmaganlari uchun, meni otga bog'lab qo'yinglar, deydilar va shu tahlit fathga qatnashadilar.
Payg'ambarimizni mashhur hadisiga noil bo'lgan Fotih Sulton Muhammad ("İstambulni fath etuvchi hukmdor ne go'zal hukmdordir", İstanbul'u fethedecek hükümdar, ne güzel hükümdardır) ning piri Akshemsettin Hazratlari tushlarida Ayyub Sultonning qabrlarini ko'rgadan keyin Fotih Sulton bu qabrni insho ettiradi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:47:52



Eyyub Sulton ziyoratgohida joylashgan muqaddas omonatlardan Payg'mbarimizni oyoq izlari.





Usmonli podshohlaridan 1. chi Selim yoki Yavuz Sultan Selim 1470-1520) 9 chi Usmonlı padishohi va 74 chi İslom halifasidir.
(bu orada Yavuz Turkiyada ko'p uchraydigan ismlardan, Eski Turkcha paytida bizdagi ma'nosida ishlatilar ekan, Usmonli paytlariga kelib "abjir, uddaburon" ma'nolarida ishlatiladigan bo'lgan)
halifa bo'lib hisoblangani uchun Makka va Madinadan muqaddas omonatlar olib keltirgan ekan, muborak oyoq izi ham o'sha paytlar olib kelingan.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:48:24



Eyyub Sulton maqbarasining tashqi tarafi.



Qushlar ham ziyoratga kelishibdi, bu rasmni olayotgan paytimda azon o'qilayotgan edi. Huddi qushlar ham tinglayotganday simga, darahtga tizilib olishibdi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Noyabr 2012, 12:48:52

Istambulda Ramazon ham zor otadi. Sultonahmad maydonida butun Ramazon magazinlar, rastalar ochi boladi...


Sulton Ahmad maydonida butun Ramazon bo'yicha rastalar ochilib, Turk madaniyatiga oid nima bor bo'lsa hammasi ko'rgazmaga chiqadi. Arpadan tayyorlangan ichimlik "Bo'za".


Erzurum viloyatiga oid "kadayıf" shirinligi.


Ramazonga hos "Tulumba" shirinligi.

Qayd etilgan