Muallif Mavzu: Alloh yo'lida do'stlashish  ( 3942 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Alloh yo'lida do'stlashish
« : 09 Noyabr 2012, 22:26:11 »
:asl3:

Alloh yo'lida do'stlasish qanday bo'ladi?

Kecha bir ma'ruzada shu mavzuga ta'luqli bo'lib o'tgan bir voqea mani juda ta'sirlantirdi.
Ko'z yosh ila eshitdim...

Misrda bo'lib o'tgan voqea.
Bir kishi nimadur sabab 10 yilga ozodlikdan mahrum bo'ladi.
Uyida ayoli va 4 ta juda kichik bolalari qoladi.
Buni bilgan do'sti o'ziga o'zi so'z beradi: "Bugundan boshlab oyligimning yarmi shu do'stimning oilasinikidir" deb.
Dos'ti pulni olib borarkan do'stining oilasiga: "Bu pulni dadalaringiz o'sha yerda ishlab topib, sizlarga yuborayabdi.
Mandan har oyda ishlagan pulini yetkazib turishimni iltimos qildi omonat deb, shunga har oy endi man ma'sulman sizlarga bu pullarni olib kelishga" debdi.
Shu zaylda 10 yil... o'tibdi
Ayol bollarni o'qitibdi, uy joylarini saranjom qilib o'tiribdi.
10 yilda dadalari ozodlikka qaytibdi, qaytayotib 10 yil ichida axli oilasi nima qilgan, qanday kun ko'rgan shularni o'ylabdi...
Uyiga kelsa hamma yo'q joyida, bolalar Universitetlarda taxsil olishgan, kimduri o'qishni bitirgan... kimduri ishga joylashgan...
Er ayolidan so'rabdi nimani evaziga bular deb?
Ayol hayron "Iya nega ta'jublanayabsiz, ahir qamoqxonada ishga joylashib bizga oyligingizni yuboryotgan ekansizku, do'stingiz baraka topsin har oyda yetkazib turdilar..."
Buni eshitgan xaligi odam do'stining oldiga shoshilibdi, borib "Nimaga sen bu haqida menga 1 og'iz aytmading" desa
Do'sti "Qiyomat kuni 7 toifa odam Allohning soyasida bo'ladi, shoyadki men ham shu amalim bn Allohning soyasida bo'lsam" deya shu ishni qildim debdi.

Agar Alloh yo'lida do'stlashgan haqiqiy 1 do'stiz bo'lsa hayotda yashadim disez bo'ladi

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Alloh yo'lida do'stlashish
« Javob #1 : 10 Noyabr 2012, 10:34:19 »
:asl3:
Shu ma'ruzaning davomida yana bir Alloh yo'lida do'stlashgan ikki do'st haqida gap boradi.

Bu voqea Falastinda bo'lib o'tgan ekan.
Madrasada taxsil olayotgan ikki do'st madrasa xovlisida kurash tushishadi.
Biri ikkinchisini qattiqroq yiqitib yuboradimi shu yerning o'zida ikkinchi do'st qimirlay olmaydi.
Shunda do'stiga qarab "agar xozir ota-onam klishsa daraxtdan yiqildim deyman, san tasdiqlisan" didi do'tsiga.
Do'sti nima deyishni bilmay hayron turadi.
Mayib bo'lgan bola ota-onasi kelganda daraxtdan yiqilganini aytadi.
U bir umrga shol bo'lib qoladi.
Ilm taxsilini davom ettirib shayx darajasiga yetadi.
50 yildan keyin do'sti qazo qilganida shu shayx bo'lib yetishgan shol bo'lib qolgan insonni shogirdi ustozidan yolvorib so'ridi: "Ustoz har doim sizdan shol bo'lganingizni so'ralganida aytmas edingiz, endi necha yilar o'tdi ayting, hech bo'lmasa tarix uchun yozib qoldiraylik" deydi.
Shunda ustozi: "Mayli endu do'stim bu dunyoda yo'q. Man hamisha shu voqeani shu do'stim o'zini aybdor deb bilmasligi uchun hech qachon hech kimga etmasdim, endi etaman" deb bo'lgan voqeani etib bergan ekan.


Best friend

  • Mehmon
Абу ал-Жаҳм ибн Ҳузайфа ал-Адавий шундай ҳикоя қилади:

“Ярмук куни амакимнинг Ñžғлини қидириб жанг майдонига кирдим. Қўлимда бир сув идиш бор эди. Агар у яраланган бўлса сув бераман ва юзларини юваман, – деб ўйладим. Уни излаб топганимда хириллаб турган эди.

Мен унга, сув берайми?, – дедим.

Ҳа дегандек ишора қилди. Энди сув бермоқчи бўлиб турган эдим. Бошқа бир одамнинг инграгани эшитилиб қолди.

Амакимнинг Ñžғли: “Унга олиб бор – деган ишорани қилди. Борсам у Амр ибн Ос розияллоҳу анҳунинг укаси Хишом ибн Ос розияллоҳу анҳу экан. Унга сув ичасанми?, – деб турган пайтимда бир оз наридан бир одам:  Оҳ! Оҳ! – деб инграб қолди.

Ҳишом унга олиб бор – дея ишора қилди. Сув идишни кўтариб овоз келган томонга бордим. Борсам, у ҳам жон таслим қилибди. Қайтиб Ҳишомнинг олдига келдим, у ҳам жон бериб бўлибди. Югуриб амакимнинг Ñžғли олдига келдим. Қарасам, унинг ҳам жони узилиб бўлган экан. Уларнинг барчасига Аллоҳнинг раҳмати бўлсин!”

Манба: Содиқлар

Best friend

  • Mehmon
Javob: Alloh yo'lida do'stlashish
« Javob #3 : 05 Yanvar 2013, 17:28:09 »
Abdulloh domla ma'ruzalaridan birida bir zotning gaplarini mazmunan aytib bergan edilar:

"...Birodaringni kechirish uchun kerak bo'lsa 100 sabab izla, agar baribir topa olmasang 101chisini qidir..."

Fikr qilishga undovchi rasmlarning birida esa rus tilida juda ham ajoyib bir aforizm o'qib qolgandim. Musulmon birodarlar bu aforizmni o'zlariga shior qilib olishlari kerak. Mazmunan shunday edi:

"Birodaring balki har doim haqmasdir, lekin u har doim birodaring!"

Bir ilmli akamiz bir voqeani aytib bergan edilar, juda qattiq ta'sirlangandim.

Bir joyda farz bo'lmagan (sunnat, mustahab yoki umuman boshqa amal bo'lgan) amal tufayli tortishib qolishibdi va shu sabab namoz vaqti kirgach ikki jamoat alohida namoz o'qishga tayyorlana boshlabdi. Shunda ularning orasidan biri debdi:

"Sizlar Alloh farz qilmagan narsa tufayli Allohning farzini tark qilasizmi? Xolbuki Alloh bu (yerda bahsga sabab bo'lgan ish)ni farz qilmadi, balki musulmonlar birdamligini farz qildi!"

Salsabil

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 280
  • Xabarlar: 99
  • Allohim, o'zingdan o'zgaga MUHTOJ aylama!...
Javob: Alloh yo'lida do'stlashish
« Javob #4 : 10 Mart 2013, 01:54:46 »
Мадинада Абдуллоҳ ибн Зубайр розиёллоҳу анҳунинг бир чорбоғи бўлиб у чорбоғ Шом диёрида Амирилмуъминин бўлган Муовия ибн абу Суфён розиёллоҳу анҳу боғчаси ёнида эди.
Кунлардан бир кун Муовиянинг боғчасидаги ишчилар Абдуллоҳ ибн Зубайр боғчасига киришди. Уларнинг бундай киришлари олдин ҳам такарорланиб турарди. Ибн Зубайр розиёллоҳу анҳу ғазабланиб Муовияга Димашққа хат ёздилар. Ўшанда Абдуллоҳ ибн Зубайр билан Муовия ораларига адоват тушиб қолганди.
Мактубда шундай дедилар:
Абдуллоҳ ибн Зубайрдан Жигархўр (қонхўр демоқчи) Ҳинднинг боласи Муовияга
Аммо Баъд:
Ишчиларинг менинг боғчамга киришаяпти, уларга айт кирмасинлар акс ҳолда Оллоҳга қасамки сенга қиладиганимни қиламан!
Мактуб Муовия розиёллоҳу анҳуга етиб борди. Муовия жуда ҳалимлик инсонлардан эдилар. Мактубни ўқидилар..
Сўнг ўғиллари Язидга айтдилар: Ибн Зубайр менга пўписа қилиб мактуб йўллабди нима дейсан?
Ўғли Язид: Боши унинг олдида охири ўзингизни ёнингизда бўлган бир аскар жўнатинг калласини олиб келсин –деди.
Муовия ундан яхшисини қиламан дедию
(...покизароқ, ундан кўра меҳрибонроқ бадал-эваз..) Каҳф сураси 81-оятдан
Абуллоҳ ибн Зубайрга шундай мактуб ёзди.
Муовия ибн абу Суфёндан Асмо, Зотуннитақайн ўғли Абдуллоҳ ибн Зубайрга!
Оллоҳга қасамки агар орамизга дунё тушган бўлганида уни сизга бериб юборган бўлардим. Агар боғчам Мадинадан Димашққа қадар бўлса ҳам уни сизга бердим. Агар ушбу мактубим етиб борса боғчамни олинг, ундаги ишчиларни ишчиларингизга қўшиб олинг. Оллоҳнинг жаннати еру-осмонни бўйлайди!
Ибн Зубайр мактубни ўқиганларидан кейин йиғладилар, ҳатто сақоллари кўзёшларидан ҳўл бўлиб кетти.
Шуна у киши Димашққа Муовия ёнига алоҳида сафар қилиб унинг пешонасидан ўпдилар ва шундай дедилар. Ҳалимлигингизни Оллоҳ зиёда қилсин, сизни Қурайшда мана шу ўринга етказди дедилар.
Ҳа бу инсонларнинг хулқларига назар солинг бир биридан гўзал. Ҳар бир биродар бир биродарига хато қилиб қўйиши мумкин. Лекин гина кудурат ва кек сақлашдан қутилиш олий хулқли инсонларга насиб қилади.
Оллоҳ барчамизга мана шундай хулқ берсин ва барча мўминларнинг қалбларидан бир-бирларига бўлган ғашликларни кетказсин.
Барчангизга Муовия розиёллоҳу анҳунинг ҳалимлига ва ибн Зубайрнинг кечиримлилига ва олий ҳиммати каби хулқ берсин.
Амин!!!
اللهُمَّ إِنِّي  أَسْأَلُكَ  أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجَلاءَ حُزْنِي وَذَهَابَ هَمِّي
Allohim!Qur'onni qalbimning bahori, ko'nglimning nuri, mahzunligimni ketgazuvchi va tashvishimni aritguvchi qilgin!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Alloh yo'lida do'stlashish
« Javob #5 : 12 Mart 2013, 13:52:24 »
Нега бу хикояларнинг бари узок утмишдан олинган нахотки бугунги кунимизда дустликнинг кадри Саодат асриникидан кура пасайяётган булса

 

ASMAUL HUSNA. Alloh taoloning muborak ismlari

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 70779
So'nggi javob 23 Sentyabr 2006, 07:13:05
muallifi Doniyor
Alloh-Haq,haq hamisha g'olib

Muallif Muslima_subhBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8650
So'nggi javob 15 Sentyabr 2006, 12:12:06
muallifi Laylo
Alloh ichun ozbeklernı yaxshı korıyapman ozım turkıyadan ıltımos manga yazın

Muallif muzaffarhonBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 13292
So'nggi javob 23 Dekabr 2010, 02:00:40
muallifi Nurdinboy
Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...

Muallif nasafiyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 49417
So'nggi javob 13 Iyun 2013, 11:26:17
muallifi IRFON-2012
Alloh va Rasuliga muhabbat

Muallif siddiqaBo'lim Islom

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 13012
So'nggi javob 28 Avgust 2017, 17:59:03
muallifi MirzoMuhammad