Do'stdan Do'stgacha!!!  ( 23605 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Munira xonim  26 Sentyabr 2006, 10:01:02

Assalamu alaykum.
Biz bu mavzuda sizlar bilan insonning eng oliy tuyg'ularidan bir bo'lgan Do'stlik haqida fikr almashmoqchimiz.
Sizningcha Do'stlik nima o'zi?Nima uchun Do'stingiz bilan Do'st bo'lgansiz? Do'st sizga faqat yahshi va yomon kunlarda yoningizda turishi uchun, dardingizni tinglashi va tasalli uchun zarurmi yoki boshqa niyatlar ham bormi?
Inson uchun zarur bo'lgan Do'stlik nima uchun ko'pda sizga vafo qilmaydi? Nima uchun chin do'stim deganingiz bir kun kelib sizga dushmanlik qilib qoladi? Buni hech o'ylab ko'rganmisiz?
Biz o'zimizga yoqqan kishini, dunyoqarashimiz bir-biriga o'hshash,chiroyli, yahshi oilada tarbiya topgan kishilar do'st bo'lib asosiy Do'stni unutib qo'ymayapmizmi? Shuni bir o'ylab ko'rganmisiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Sentyabr 2006, 10:15:41

Do'stim kelib:
- Sengacha shuncha yo'l va shuncha mashaqqat. Juda olisda turasan. Kelib ketishga ikkimiz ham juda qiynalamiz,-dedi.
Men aytdim:
- Mendan sengacha va sendan mengacha bo'lgan manzil Haq taologacha bo'lgan manzilning bir qismi holos.Alhamdulillah, sen va men bu yo'lni qisqartirmoqdamiz. Va asl Do'st Vasliga musharraflik aziyatini shu dubnyoning o'zida totmoqdamiz. Manziling behatar bo'lsan, Rafiq!
So'ngra boshqa oshiq ko'ngillar uchun hitob qildim:
- Siz ham do'stnigiz bilan do'st bo'lishdan maqsad haqiqiy DO'STning vasliga erishishmi? Siz ham o'z do'stingiznikiga haqiqiy DO'ST uchun bormoqdamisiz?Chunki U - DO'STingiz ont ichib:"Asr vaqtiga qasamki, (barcha) insonlar ziyon-bahtsizlikdadirlar.Faqat iymon keltirgan va yahshi amallar qilgan,bir-birlariga Haq(yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga shu yo'lda sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir)".(Val-asr surasi),demoqdadir.

Qayd etilgan


Muslima_subh  26 Sentyabr 2006, 19:11:47

Do'st bu uning yordamini kutish emas, balki unga yordam berishlikka yoshilish demakdir! Hamisha uning to'g'risida o'ylash, mushkulini oson qilishga intilish, u qachon yordam berar ekan deb kutish emas aslo! Alloh yo'lidagi do'stlik bebaho, hatto bu uchun Alloh ularga Arshing soyasidan joy va'da qilgan!

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2006, 06:08:33

DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...

Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma, boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim, qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.
Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq, undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?» deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman, shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz», dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik: «Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?» dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak, qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda — qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.
Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan bo‘ladi...

Mahmud As'ad Jo'shon

Qayd etilgan


Naqshbandiy  28 Sentyabr 2006, 07:04:37

Assalomu alaykum!
Bayotda do'st bitta bo'ladi.
U sening og'ir kunda qanoting, mamnun kuningda yo'ldoshing bo'ladi.
Har qanday do'st kuni kelib sendan nimanidir ta'na qilishi yoxud minnat qilishi mumkin.
Chunki biz insonlarmiz, xato qilaveramiz.
Lekin bir do'st bor. U sen xato qilsang ham, uni unutsang ham, hatto xiyonat qilsang ham sendan mehrini, yordamini ayamaydi. Ko'pincha biz o'sha haqiqiy do'stimizni unutib qo'yamiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Sentyabr 2006, 08:13:31

Do'st faqat yahshi va yomon kuningda yoningda yo'losh bo'lishi emas, balki, aybingni yuzingga aytuvchi, hato qilganingda ogohlantiruvchi, adashganingda seni to'g'ri yo'lga soluvchi ham bo'lishi lozim.
Umar r.a:"Ayblarimni menga hadya qilgan kishiga Allohning rahmati yog'ilsin",-derdilar.
Salmon r.a. huzurlariga kelgan kishidan so'radilar:
-Men haqimda qanday yomon gap eshitding?
U kishi qancha uzrhohlik aytganiga qaramasdan, Salmon r.a. uni gapirishga majbur qildilar.
- Eshitdimki, dasturhoningizga ikkita idom(nonga surib yeyiladigan ziravor)qo'yar ekansiz. Yana kechasi va kunduzi kiyadigan ikkita kiyimingiz ham bor ekan.
-Bundan boshqa ayblarim ham bormikan?
- Yo'q.
- Shunisi ham kifoya qiladi,-degan ekanlar Salmon r.a.
Salmon r.a. Huzayfaga der ekanlar:
- Sen Rasulullohning s.a.v. sirdoshi eding. Rasululloh s.a.v. senga munofiqlarni tanitgan. Ayt-chi, menda ham nifoq alomati bormi?

Iymonu ihlosda tanilgan shunday ulug' zotlar o'zlaridan shubhalanishsa, nafsidan ayb qidirsa, aybini aytgan kishini o'ziga do'st tutsa,bizning ahvolimiz, do'stligimiz qanday?
Bu hususiyatlar hozir ham fazilat sanaladimi? Bugungi do'stlar qanday? Hiyla - nayrang bilan aybingni yashiradimi yoki g'araz bilan ayb sanalmaydigan narsani ayb qilib ko'rsatadimi?
Shu sababli Dovud Toiy odamlardan uzlat qilgan ekanlar. Unga:"Nega odamlarga aralashmaysiz?"deyilganida,aytgan ekan:"Ayblarimni mendan yashiradigan qavm bilan nima ham qilardim".
Demak,o'tgan ulug'larimiz o'zgalarga tanbeh bergan-u, aslida o'zlarining ayblariga e'tibor berishgan ekan. Bizda esa nasihat qilgan, ayblarimizniyuzimizga aytgan kishi dushmanimizga aylanadi,unga nisbatan kek saqlaymiz. Bu esa - Iymonimizning zaifligidandir.
Yomon ahloq ilon va chayon kabidir. Tasavvur eting,ko'ylagingizga yopishgan chayonni ko'rib kimdir:"Ana, ichingga chayon kirib ketyapti",-desauning ogohlantirishidan minnatdor bo'lib, darhol zaharlihashoratdan uzoqlasharsiz .Balki uni o'ldirarsiz. Chayon zaharining ta'siri inson badaniga bir kun yoki undan ko'proq bo'lar. Nari borsa o'lib qutularsiz,lekin yomon ahloqning qalbga ta'siri bundan-da havfliroq.Uning ta'siridan o'lib ham qutulomaysiz. BAlki uning oqibatlaridan mangu azob chekasiz. Alloh saqlasin.
Hammamizga haqiqiy Do'st topishligimizga,bizning haqiqiy, vafodor, hech qachon tashlab ketmaydigan, bergan narsasini hech qachon minnat qilmaydigan Do'stimizning O'zi madadkor bo'lsin.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Sentyabr 2006, 20:41:19

Topmadim...

Ey,do'st, tafakkur ahllari go'zal tushunchalar soyasidagina tin ola biladilar. Bir dugonam,nega Ko'ngilning nomi ko'ngil ekan, ko'nmagil bo'lsa bo'lmasmidi,derdi. Ko'nmoq asli Rizo!
Ey, Do'st, Undan-da ulug'roq maqom topmadim.
Ulug'lar ko'nglingni hech narsaga bermagil deya yonganlar. Chunki,ularning ta'kid etishlaricha,"Odam a.s. Jannatga ko'ngil bergan va undan ayrilgan,Yoqub a.s. Yusufga ko'ngil bergan va undan ayrilgan. Muhammad s.a.v. Oishaga ko'ngil berganlar va oqibatda unga tuhmat yog'ilgan".
Odatda qalbni ne'matlar o'g'irlab qo'yadi. Lekin hech kim musibatga ko'ngil bermas. Ey, Do'st, aslida jon to g'amga ko'ngil bermas ekan,suyunchlik habarlarni topmas.
Musavvirlar ko'proq eski zamonning suratini chizadilar. Hozirgi zamonni esa chizmoqqa ojizdirlar. Chunki u nihoyatda yarqiroq jilva. Anglash ham, ilg'ash mumkin emas. Anglanmagan narsani esa chizishni iloji yo'q. Ey, Do'st, tez-tez o'zgaruvchi,yangi-yangi liboslar kiyuvchi ne bor?Ey, Do'st bunga zamondan munosibroq hech nimarsa topmadim.
Ey,Do'st, Bemorlikda achchiq - achchiq dorilarni ko'p yutdim,lek Sabrdan achchiqrog'ini topmadim. Muhabbatga qaraganda undan shirin ma'jun topmadim.
Ey, Do'st, noshukrning tomirida la'in oqsa, oshiqning tomirida og'riq oqadi.
Sevgilisiga mushtoqlikdan tug'ilgan og'riq, qytlug' dard, maqsadli og'riq, yoqimli sanchiq topgandekman.
Ey, do'st, men o'zimga o'zimdek qattol dushman topmadim.
Ey,mening sodiq Do'stim, men SENkabi DO'ST topmadim...

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 10:35:12

Ey,Do'st,men sizni biroz Mushohadaga chorlamoqchiman.
Do'stim, ajablanarlisi,Allohni tanib, Unga muhabbat qo'masligimiz! Bundan-da ajablanarlisi, shafoatgihimiz, Rasulullohning s.a.v. chaqirig'ini eshitib turib javobini kechiktirishimiz!
Ajablanarlisi,bizni yaratuvchi Zot bilan muomalada ulkan foydalar borligini bilaturib, begonalar bilan mutloq zararimizga ahd boylashimiz! Undan-da ajablanrlisi, qahru g'azabi nechog'lik hceksiz ekanini bila turibQahhoru Jabbor Zotga qarshi borishimiz!
Ajablanarlisi, Robbimizda isyon qilish dahshatini totib, yana tinimsiz toatdan qochishimiz! Bundan-da ajablanarlisi, behuda va be'mani so'zlar ila eng so'nggi imkoniyatimizni - umrimizni zoye bo'layotganini qalbdan sezib, Allohning zikri va munojotiga emas,dunyoga mushtoqligimiz.
Juda ajablanarli!Allohdan o'zgasiga qalb bog'langanidan azobdamiz,ammo nega, bu azobdan bizni halos etuvchi Diydor ne'matiga shoshilmaymiz?!

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 10:42:18

Ey, Do'st, hech o'ylab ko'rganmisiz,masjidga yoki biror muhtoj kishiga yuz so'm berayotganimzda shu pulimiz ko'pga o'hshaydi,lekin shu pul bilan hech qachon bozorga tushmaymiz?!

Hech o'ylab ko'rganmizsiz,soatlab TV yonida o'tiramiz-u,lekin birovning hojatini chiqarish,yordam berish va zikr qilishga erinchoqligimiz tutadi va boshqa zarur "ish"larimiz yodimizga tushadi.

Hech o'ylab ko'rganmizsiz, Duoda tutiluib qoladigan tilimiz, g'iybatda negadir biyron bo'lib ketadi.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, har hil o'yinlarni qo'shimcha vaqtigacha tomosha qilamiz,lekin qo'shimcha savob bo'ladigan nafl namozidan nafsimiz og'rinadi.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, ko'p sahifalik gazet jurnallarni o'qiymiz,lekin eng katta savob bo'lmish Qur'ondan bir bet o'qish hayolimizdan ko'tariladi...

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Oktyabr 2006, 10:48:28

Hech o'ylab ko'rganmizsiz, jahonning qay burchida nimalar bo'layotganini bilamiz,lekAllohning kalomida nimalar bitilhanidan behabarmiz.

Hech o'ylab ko'rganmisiz,fikr qilmay, tiyilmay,amal qilmay ham jannatni orzu etadigan odam borligini, vaholanki, ular orasida biz ham bo'lishimiz mumkin.

Hech o'ylab ko'rganmisiz,namoz yodidan ko'tarilgan kishi,ammo ishdan kechikmayin deb shoshilayotgani haqda.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, bugungi insoniyatnig ahvoli hususida. O'ylab ko'rgansiz,biroq chuqurroq kirishga yuragingizdov bermaydi,sababi ana shu insoniyatning bir bo'lagini siz ham tahskil qilasiz.
Vaholanki, endi chuqurroq o'ylash vaqti yetdi,chunki vaqtimiz juda ham oz qoldi....

Qayd etilgan