Besh narsa insonning haqiqiy hamrohi bo'lar ekan. Ular bizdan hech qachon ajralmaydigan bizning ikkinchi bo'lagimiz, bizni najotga olib chiqadigan yoki botqoqlikka botiradigan hamrohlarimiz ekan. Kimki shularni bilsa, tanisa najot topibdi. Agar bilmasa va tanimasa halokatga yuz tutibdi.
1.Alloh.
2.Nafs.
3.Shayton.
4.Dunyo.
5.Xaloyiq.
Alloh senga neni taqdir qilibdi, shunga rozi bo'l. Unga haqiqiy DO'st bo'la olishingni bu dunyoda isbotla. Shunda ikkinchi hayotingda U seni qo'llaydi. U senga hech qachon bevafolik qilmaydigan Chin DO"STdir.
Nafsga muxolif bo'l. U neni buyursa sen aksini qil. SHunda uni jilovini qo'lingda ushlaysan.
Shaytonga adovat va dushmanlik birla bo'l. Hech qachon uni o'zingga do'st deb bilma. U sendagi barcha yaxshi va hayrli fazilatlaring va amallaringni ketkazmaguncha tinchimaydigan, seni muslimligingga hasad qilguvchi, seni Ulug' DO'stingdan qizg'anuvchi, Seni Jannatga noloyiq deb bilguvchi Jahannam o'tlarida o'ziga hamroh qilishni istagan dushmaningdir. Shuni hech qachon yodingdan chiqarma.
Dunyo bilan halol muomalada bo'l. Bu dunyo va undagi mol mulk hech qachon seniki bo'lmagan, bo'lmaydi ham. Uning ozginagina senga berilgan qismidan sarmast bo'lib kibrga berilma. U sendan tez orada tortib olinadi va hisobi so'raladi.
Xalq bilan shafqat ve mahribonlik ila muomala qil. Go'zal axloq sohibi bo'lishliging sen uchun ikki dunyoda ulug'likni keltiradi. Badxulq kishini Alloh ham sevmaydi. Agar Allohga qilayotgan ibodatlaring go'zal bo'lsa-yu, lekin xulqing xunuk bo'lsa,sen faqat o'zingni, bunga qo'shib sen qatori amali go'zal musulmonlarga ham dushmanlik qilgan bo'lasan. Insonlarni ko'nglini dindan olimlardan, musulmonlardan sovitgan bo'lasan. Unutmaginki, Iymon suv bo'lsa, axloq unga idish bo'ladi...
Agar bu aytilgan narsalarga amal qilib yashay olsang, baxting muborak bo'lsin.
Aks holda....