Do'stdan Do'stgacha!!!  ( 23283 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 06:32:42

Инсон учун машасœсœатли ишлардан бири дсст танлашдир. Чунки сœадди-басти чиройли ва хулсœи гсзал бслиб ксринган с›ар бир киши табиатан схши ва гсзал хулсœли бславермайди. Зеро, ранги тинисœ ва тоза ксринган сув шср с›ам бслиши мумкин.
Кишига, айнисœса, у ёш бслса, дсст ва йслдошининг таъсири тез стади. Хулсœи ва сътисœоди бузусœ кишилар билан дсстлашиш осœибати пушаймонликдир.
Фарзандларини ёмон хулсœли кимсалар таъсиридан с›имос сœилиш ота-онанинг бурчидир. Ота-она фарзандларига схши ибратли дсст танлашда срнак бслишлари ва ёрдам беришлари керак.
А асулуллос› (соллаллос›у алайс›и ва саллам) марс›амат сœиладилар: "œА остгсйлар билан дсстлашинг! Улар тинчликда зийнат, хавфда сœалсœондир".(1)
А‹акимлардан бири айтади: "œДиёнатли, асœлли ва одобли киши билан дсстлашгин. У мус›тожлигингда ёрдамчинг, сœийин кунларингда сœслловчинг, маъюслигингда сœувончинг, хотиржамлигингда зийнатинг бслади".
"œКишининг кимлигини ссзидан смас, ишидан бил, мус›аббатини тилидан смас, ксзидан бил!"
"œДсстинг сœандай сканини унинг сендан олдин дсстлашган одами ким сканлигидан билиб оласан".
Инсон саломатлиги тановул сœилган таомига бос“лисœ бслганидек, унинг саодати с›ам танлаган дсстларига бос“лисœдир. Шунинг учун дсст танлашда адашманг.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Sentyabr 2009, 21:29:12

Do'stimga aytganlarim         
 
Do`stim, men endi ketaman! Koshki meni ketishim Seni tashlab ketgan barcha ayollarning ketishidek oddiygina voqea bo`lsa edi. Afsus unday emas. Mening ketishim yomon ko`rgulukdir, baxtsizlikdir. Endi mening izlarimdan yovuzlik unib chiqadi, jaholat gullab-yashnaydi. Zulm, zo`ravonlik qilichi boshingda o`ynaydi. Mening ketishim bilan bu yurtda zog`lar, quzg`unlar, qarg`alar yayrayrdi, ilon-u chayonlar davru davron suradi, bulbullarning, qumrilarning tillari qirqiladi, gulzorlar, chamanzorlar, bog`-u rog`lar xazon bo`ladi. Mening ketishim bilan xalq xonavayron bo`ladi, millat badnom bo`ladi, yurt xarom bo`ladi. Mening ketishim fojeadir, tanazzuldir, senu-mening, millatning, xalqning, vatanning inqirozidir.
Alvido, aziz do`stim! Badbaxtlik senga muborak bo`lsin!

 
* * *



Do`stimning degani: "Siz ham meni tashlap ketyapsiz. O`zi udumu shunaqa, odamning omadi ketsa uning do`stlari tashlab ketishadi!" Shundaymikin?! Aziz do`stim, sen yana bir karra yaxshilab o`ylab ko`r. Omading nega ketdi? Chunki omadingdan avvalroq seni do`stlaring tashlab ketdi. Uning ketidan omading ketdi, saltanating ketdi, baxti-iqboling ketdi. Sen o`z omading bilan sarxush bo`lib do`stingning tashlab ketganini sezmading ham. Sen taqdirning inoyati bo`lgan bu zig`irdakkina omadni ko`tara olmading. U sening ko`zlaringni ko`r qildi, fahm-farosatingni, aql-zakovatingni quvvatini oldi. Sen do`st bilan dushmanning, shayton bilan farishtaning, yahshi bilan yomonning farqiga yetmay qolding. Jur'atsiz, ojiz kimsaga aylanding. Do`sting seni bu ko`rgulikdan qutqara olmadi. Chunki sen uni mensimading, qadrlamading, avaylamading. U ketishga majbur bo`ldi va... u bilan omad ketdi, baxt ketdi, zafar ketdi...

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Sentyabr 2009, 21:33:55

* * *
Do`stim! Sening fojeang shundaki, meni tushunmading. Atrofingda o`zini ko`z-ko`z qilib g`imirlab yurgan oddiygina ayollardan biri deb o`ylading. Afsus unday emas edi. Men yo`llringda sen qayg`urgan xalq bo`lib turuvdim, sen mansub bo`lgan millat bo`lib turuvdim, oyog`ing ostida vatan bo`lib turuvdim. Men baxt edim, omad edim, zafar edim. Sen esa mening kelajagim eding, umidim eding, ishonchim eding. Sendan ajralish baxtsizlikdir, iztirobdir. Mendan ajralish esa fojeadir, ko`rgulikdir, juda yomon ko`rgulikdir. Buni sen bir kun tushinasan. Lekin harchand chiransang ham meni topa olmaysan, vatanni, millatni, xalqni topa olmaysan... zor bo`lasan... hor bo`lasan... abgor bo`lasan...



* * *



Do`stim!- tamom, sen batamom yengilding! Bilaman, mag`lubiyat yuki seni ezmoqda. Ko`nglingni ko`taradigan, ruhingga taskin beradigan bir do`stga zorsan hozir. Shunday og`ir kunlaringda yonigda bo`lishim, bisotimdagi eng go`zal so`zlar bilan senga taskin berishim, qo`laringdan tutishim, o`rnigdan turg`azishim lozim edi mendan. Lekin...
...Jamiyatning har 70-100 yilda bir marotaba takrorlanadigan qiziq damlari bor. Vatanning taqdiri, unda yashayotgan millionlab odamlarning qismati hal etiladigan bu damlarga buyuk o`zgarishlar davri deyiladi. Bu davrda jamiyatning katta kurash maydonida yangilik bilan eskilik, ezgulik bilan yovuzlk, hurlik, erk bilan zulm, zo`ravonlik o`zaro olishadi. Mardlarning mardi shu kurash maydoniga bel bog`lab tushadi. Sening omading chopdi, zamonning zayli, taqdirning taqozosi bilan ezgulik, hurlik, erk tarafdori bo`lib maydonga tushding. Adolat, haqiqat, kuch-quvvat sen tomonda edi.. Men raqibingni kekirdagidan olishingga, uni yer bilan yakson qilishingga ishondim, g`alabaga, zafarga umid bog`ladim. Tarix sahnida adolat, shon, shavkat ramzi bo`lib qolishingni istadim. Halqning obro`siga, millatning iftixoriga, vatanning ko`rkiga aylanishingni orzu qildim. Faqat shuning uchun senga xayrixohlik qildim, rag`batlantirdim, jonimni, boru yo`g`imni tikdim. Bu hayot-mamot jangida zafar qozonishing uchun imkoning, kuching, quvvating yetarli edi. Sendan faqat va faqat jur'at va jasorat lozim edi xolos.

Lekin sen maydonga tushishga tushdingu, raqibingni vajohatidan qo`rqding, unga yon berding, murosaga moyillik bildirding. U bilan chinakamiga kurashishga jur'ating yetmadi, ojizlik, qo`rqoqlik qilding. Senga ko`z tikib turgan millionlarning ko`ziga cho`p suqding. Senga ishonganlarning ishonchini paymol etding, umidlarini chil-parchin qilding. Seni sevganlarning muhabbatidan rag`bat, ruh ola bilmading, ularni yuziga oyoq qo`yding. Shuning uchun ham ayyor raqibing seni osongina yiqitdi. Sen mag`lub bo`lding! Sen emas ezgulik, adolat, erkinlik mag`lub bo`ldi. Xalqning sha'ni, millatning obro`si yer bilan yakson bo`ldi. Sen 100 yilda bir keladigan buyuk imkonni qo`ldan chiqarding va raqibing in'om etgan hayhotdek binoda, huvillagan kabinetda yumshoq kursilarlarda o`tirib, pinjingda yurgan bir tasqara shaytonning qo`lida ojizlarcha jon berding.

Men esa senga aza ochmadim, motam tutmadim, ko`z yoshi to`kmadim. Meni aldagan yuragimni qarg`adim, o`jar his-tuyg`ularimga la'natlar aytdim. O`zimdan uyaldim, xolimga, axvolimga kuldim. Majruh muhabbatimni, ojiz va notavon sevgimni, puchga chiqqan umidlarim-u ishonchlarimni senga qo`shib dafn etdim... Alvido!!!


Qayd etilgan


Muhammad Amin  06 Sentyabr 2009, 21:34:44

* * *



Aziz do`stim! Seni ko`mganimga ko`p emas, oz emas o`n yil bo`libdi. O`n yil!!! Bu yillar ichida qancha suvlar oqib ketdi, qancha gullar so`lidi, daraxtlar kesildi, buloqlar quridi... Sen butunlay yo`qolib, tuproqqa qorishib ketgan bo`lsang kerak deb o`ylardim. Bugun negadir o`tmishni qumsadim, xazon bo`lgan orzu-umidlarimni sog`indim... va o`sha xotiralar hurmati sening qabringni ziyorat qilgani keldim...

Ne ko`z bilan ko`rayki, sen tirik ekansan, yashaypsan, borsan... O`zingga munosib vatan quribsan, bog`-rog` yaratibsan... Muborak bo`lsin!!!
Tashrifim seni quvontirganini sezdim. Yana shon-shavkat, kuch-quvvat, omad, baxt, muhabbat bo`lib sen tomon boqishimni istayotgandirsan?...

Lekin bugun shuni tushundimki, men o`shanda seni emas, o`zimni ko`mgan ekanman. Sen bilgan o`sha ojiz va notavon ayol allaqachon yo`q bo`lib, tuproqqa qorishib ketibdi. Bu yerga tashrif buyurgan ayol butunlay boshqa. U sen tashvishini chekayotgan vatan, millat, xalq degan tor va biqiq matolardan juda yuksakda turadi. U bunday sariq chaqalar uchun qayg`urmaydi, ko`z yosh to`kmaydi, najot, panoh izlab ojiz kimsalarga yolbormaydi. U daxlsizdir, buyukdir, qudratilidir. Bu ayolning nomi osmondir, oftobdir, oydir, yulduzdir... Uni hech kim talashmaydi, xor qilmaydi, g`ururini, orini, nomusini paymol qilolmaydi. U endi sening yordamingga muhtoj emas. Uning o`z dunyosi bor, o`z saltanati bor, barcha narsaga qodir, buyuklardan ham buyuk yori bor, farishtalar, huru-maloikalardan iborat har ishda hoziru-nozir do`stu yoronlari bor... U endi sen tomonga qayrilib qaramaydi...


Hafiza Nasrulloh


Qayd etilgan


Hadija  17 Sentyabr 2009, 19:04:04

DO’STLIKLAR, DO’STLIKLAR...

Odam topmoqqa juda e’tibor qiling!.. Do‘stliklar!.. Do‘stliklar, do‘stliklar... Ko‘ngilni olmoq, qalbni topmoq, birodar tutinmoq, har kuni birodarlarini orttirib bormoq... Fihrist daftariga yangi ismlarni qo‘shmoq... Alloh rizosi uchun bo‘lishi sharti bilan ziyoratlar va yana ziyoratlar qilmoq... Endi menga og‘alarim aytishadiki: «Istanbuldan chiqma, boshqa tashqi, chekka viloyatlarga ketma!.. Qara, Istanbul falon million, ustozim, qancha Onado‘li shahridan afzal! Ellik minglik bir shaharga borasan, uch kuning yo‘lda ketadi. Bu yerda seni izlaganlar topa olmaydi...» Yaxshi, ammo men borgan joyimda birodaralarim anjumani bo‘ladi, dars bo‘ladi!.. Bir kishi bo‘lsa ham, borgayman!.. Hatto bir kishi bo‘lsa ham, Fizonga qadar borgayman!.. Bir zal to‘lgulik odam to‘planadi.

Antaliyalik birodarlarim eslaydilar: «Meni faqat markazlarda gapirtirasiz, bir oz uzoq viloyatlarga ham eltsalaringiz-chi!» dedim. «Ketdik!» deyishdi. «Lekin, afsuski, shundoq, undoq, bundoq... Qaerga boramiz?..» «Olmaliga boramiz!» dedik. «Olmalida hech tanishlarimiz yo‘q-da», deyishdi. Men aytdimki, «Mening bir tanishim bor». «Kim?» deyishdi. «Olmalik Sinoni Ummiy hazratlari!» dedim. «Tasavvuf adabiyotidan bilaman, shundoq bir muborak zoti muhtaram bor, uni taniyman men. O’shanga boramiz», dedim.
Turdik, Antaliyadan u yoqqa ketdik. Peshin namozida u yerda bir kishi bilan qo‘rishdik: «Ooo, marhabo!» Birodarlar salomlashdilar... Undan bir imom-xatib birodarimiz bilan qo‘rishdik... Bittasi yonimizga yondoshib: «Bir qahvamizni, choyimizni ichmaysizmi?» dedi. «Ichamiz!» dedik. Jon deymiz!.. Bordik, choyini ichdik. «Xojam, bu kecha biznikida qolmaysizmi?» dedi. Valloh, xuddi shundoq gaplashdik. Biror tanish kishi topa olsak, qolamiz, topa olmasak, mashinamiz tagimizda — qaytib kelaveramiz, Antaliya bu yerdan ko‘p uzoq emas, deb o‘yladik. «Mamnuniyat bilan qolamiz!» dedik. Va qoldik. Uylarining zali katta ekan, yonida yana bir zal bor edi. Ikkovini ochishdi, odamga liq to‘ldi.

Men shunday bir so‘radim: «Sening kasbing nima?.. Sen nima ish qilasan?..» «Qur’on kursi domlasiman, muhandisman, davlat ishlarida ishlagan falonchi, nafaqador falonchi...» bir jamoa birodarlarimizning hammasi zikr darsini oldi, oltmish-sakson kishi hammasi zikr vazifasini olishdi. Endi Olmaliga borib bo‘lmaydi?.. Ya’ni, o‘n ming aholisi bor, deb sakkiz ming, besh ming aholisi bor deb, u yoqlarga borilmaydimi?.. Birodar topgan bo‘ladi inson... Birodar topgan bo‘ladi, qarindosh topgan bo‘ladi, do‘st topgan bo‘ladi...

Va bir-birlarini Alloh uchun sevganlarning mukofoti juda ortiqdir. Shuning uchun muhabbat bizning sarmoyamiz, sevgi bizning muvaffaqiyat eshigimizdir!.. Bir-birimizni sevgaymiz va birodarlikni rivojlantirmoqqa, kengaytirmoqqa uringaymiz, muhtaram birodarlar!

Endi, layoqatli, munosib xodimlar yetishtirishga majburmiz. Islomga xizmat qilmoq uchun yetishgan, kamolga yetganlarni payqamay o‘tib ketish yo bir quvlik, yo laqmalikdir. Irshod etgaysan, tinglagay. Munosib bir odamni qo‘lga kiritgaysan: bir yuksak muhandis, bir professor... Sizning jomadoningizga kakliklar kirgay, juda go‘zal bir narsa!.. Ammo Alloh uchun ham go‘zal! U kishi uchun ham go‘zal, siz uchun ham go‘zal!.. Ya’ni, har kim bu ishdan naf topgay, kelgan kishi ham foyda topgay. Faqat Islomga xizmat qilmoq uchun biz yanada kuchliroq tayyorlanmoqqa majburmiz. Xarajat eshiklarini ochmoq kerak. Inglizchani biladigan din kishilariga ehtiyoj zo‘r.

Tanilgan, juda mashhur boylardan bo‘lgan bir qancha kishilar qoshiga ko‘pdan beri bora olmayotirmiz... Otam: «Boraylik» dedilar. «Xo‘p, otajon!» dedim. Bir kun bordik, u yerda gaplashildi. Janubiy Afrika mamlakatlaridan kelgan, ustlarida yozuv yozig‘liq: «Inglizchani biladigan ikki nafar din odamini izlaymiz» degan. Bular qidirib, Turkiyada o‘zlariga foydali bo‘lgan din odamini topa olishmabdi!.. 55 millionlik Turkiya mamlakatida, Dorul Xilofoti Oliyaning vorisi bo‘mish Turkiyada, 99 foiz aholisi musulmon bo‘lgan Turkiyada inglizchani biladigan bitta domla topilmabdi!..

Domlalar ham oz emas edi, Turkiyada inglizcha so‘zlashadigan faqat men emasman, ya’ni... Men go‘yo professorman, imtihonldardan o‘tdik. Bir emas, ikkita g‘arb tilini, peshonamiz sho‘ri bilan o‘tdik. Terlab, haq bergaymiz. Buning uchun ayrim birodarlarim tabassum bilan qarshilagan bir nazariyam va taklifim bor mening: «Yoshlardan bo‘ydoqlari bo‘lsa, borsinlar, u yoqlardan qiz olsinlar, u yoqlardan qarindoshlik tuzsinlar!» degan edim. Muhimi — Islom o‘lkalari bilan bo‘lgan aloqalar quvvatlanmog‘idir. Masalan, bir yurtdoshingiz Sudanlik bir qizga uylanib, o‘sha yerda yashayotgan bo‘lsa, sizning ham u yurtlarga borishingiz qulay bo‘ladi... Qiyin bir ish bo‘lmaydi. Misrga bemalol borgaysan. Pokistonga va hokazo joylarga bemalol borgaysan. Bularning tashqi do‘stliklari va ichki do‘stliklarini — ish birligini butkul ta’minlagaymiz.

Bunday munosabatlar, rivojlanishlar Bolqonlarga nisbatan, Yugoslaviyaga, Bulg‘oristonga, Yunonistonga, Ruminiyaga, Markaziy Osiyoga nisbatan, Kavkaziyaga nisbatan, O’rta Sharq o‘lkalariga nisbatan, Janubiy Osiyoga nisbatan bo‘ladigan bir qancha vazifalarga bizni tortgaylar. Chegaralar kengayadi, kelib-ketish imkoniyatlari ortadi; biz bu qardosh birodarlarimizga xizmat qilishga mas’ul bir holatga yetgaymiz. Ma’naviy mas’uliyatimizning saxosi ochilgay: xizmat sohamiz ochilgay. Bir zamonlar kelib, Yugoslaviyaga bormog‘imiz lozim bo‘lur... Bir zamon o‘tib, Kavkaziyaga bormog‘i lozim bo‘lgay domla birodarlarimizning...

Hozirdan esa, faqat ziyoratlar bo‘lgay. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarini kezmoq lozim bo‘lgay...

Tujjor birodarlarimiz borib kelmoqlari kerak... O’shal istiqbolli munosabatlar uchun hozirdan hozirlanmog‘imiz lozim. Domla birodarlarimizdan bir qismi, masalan, qozoqchani o‘rganmog‘i lozim!.. Bir qismi: masalan, turkmanchani o‘rganmog‘i lozim. O’zbekchani o‘rganmog‘i lozim!.. Jindak farqlari bor, u kitoblarni olmog‘i lozim, o‘qimog‘i lozim!.. Qaerda xizmat ko‘rsatsa, qaerda ish qiladigan bo‘lsa, u yerning tilini, madaniyatini o‘rganish ishlarini qilmog‘i lozim, mening ojizona fikrimga ko‘ra...

«Musulmonlarning tashvishiga sherik bo‘lmagan, dardlari bilan og‘rimagan (kishi) bizdan emas!» deydilar Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.).Bir kishini hazrati Rasululloh (s.a.v.): «Sen bizdan emassan», desalar, ul kishi ne ish qilsin?! Ado bo‘ladi, xarob bo‘ladi... Rasululloh (s.a.v.) bizga: «Kelma yonimga, ushlama qo‘limni! Sen bizdan emassan!..» desalar, ne qilgaymiz?!

Mahmud As’ad Jo’shon, "œHaqiqiy sevgi"

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Oktyabr 2009, 10:17:53

Assalamu alaykum.
Har bir inson o'ziga haqiqiy do'st tanlashda yanglishmasligi lozim.
Bizni do'stlarimiz nafaqat yaxshi kunimizda, qolaversa yomon kunimizda, bundan ham zaruri biz xato yo'lga kirganimizni, biz ayb ish qilganimizni ko'rib bizni to'g'rilashga, ogohlantirishga harakat qiladigan, biz kibrga berilganimizda, ozgina olgan ilmimizga mag'rurlanganimizda,biz asl kim ekanligimizni va borar joyimiz qayer ekanligini eslatadigan bo'lishini juda juda xohlaymiz.
Va har bir inson shunday do'stga muhtoj...

Ja'fari Sodiq (r.a.) do'st tanlash borasidan shunday tavsiya berganlar:
"Besh toifa inson bilan do'st bo'lishdan saqlaning:
1.Yolg'onchi bilan do'stlashmang.CHunki u xuddi sarob singari uzoqni yaqin, yaqinni esa uzoq ko'rsatib, doimo sizni yanglishtiradi.
2.Axmoq bilan do'st bo'lsangiz,sizga foyda keltirishni istagani holda, hamisha zarar keltiradi.
3.Baxil bilan do'st bo'lmang.CHunki do'stingizman desada, hatto juda muhtoj bo'lib turgan paytingizda boshqalarga nisbatan xasisligini sizga ham qiladi.
4.Qo'rqoq bilan do'stlashsangiz, tahlikali onlarda sizni yolg'iz tashlab, o'z jonini qutqarish payida bo'ladi.
5.Fosiq bilan do'st bo'lmangki, u sizni istagan paytida bir luqma yemak yoki bundan ham oziga almashtirishdan toymaydi".

Alloh har birimizga,bizni chin DO'ST visoliga yetishishimizda ko'makchi bo'la oladigan do'st nasib qilsin!!!
Amiyn.

Qayd etilgan


siddiqa  12 Oktyabr 2009, 15:18:32

do'st izlasang Alloh yetar ,

Ulfat izlasang Qur'on yetar ,

Mol istasang qanoat yetar,

dushman istasang nafs yetar ,

nasihat istasang o'lim yetar .....

                bir turk olimi
   



Qayd etilgan