опажонлар манда бир савол бор эди ??
нега эронлик муслима опажонлар ... ва нафакат улар ..куп муслималарни курдиим хижобидан сочлари куринади ..
мисол пешонаси очик
бу нега ?
As-Salamu Alaykum va Rahmatulloh!
Alhamdulillah, mana shunday savollar chiqishi uchun, orada tushunmovchiliklarni hal qilish uchun va albatta keyin muslimalar ahvolidan habar berish niyatida qilingan edi. Mana savol: Nima uchun ulkarning ayrimlarining sochlari ko'rinadi, agar e'tibor bergan bo'lsangiz ayrim ayollarning qoshlari ham terilgan, bu haqda man yozmoqchi edim, lekin kimdir yozsa, balki savol-javob bo'lar degan edim. Hijob bu ayollarga to'siq, ya'ni ko'rsatilishi mumkin bo'lgandan tashqari barcha azolarni yopish, bunda soch ham kiradi, faqat yuz, kaft va tovon ochiq bo'lishi mumkin, ayrim hollarda ayollar namozdagi holatni noto'g'ri tushunib, qo'lning(bilak)ning 4dan bir qismi ochiq tursa bo'ladi deb o'ylashadi, yoq aslo unday emas, balki namozda agar ayollarning shu qo'llari yoki sochlarining 4danbir qismidan ko'pi ochilib ketsa namozlari buzuladi, agar undan kam bo'lsa namoz buzilmaydi deb fatvo berishgan imomlarimiz, shuni bir hil vaqt noto'g'ri tusunib, ayrim ayollarimiz bilaklarini ochib yurishadi, bu esa gunohdir, yoki soch, sochning hatto bir tolasi ham ko'rinmasligi kerak, chunki soch ham avrat! Hozirgi kunda ayrim ayollarimiz qulqolarining oz qismini chiqarib, ziroak taqib yurishibdi, axir quloq ham avratku, Qur'oni Karimda ko'rinib turgan zeb-ziynatlaringizdan boshqasini nomahramlardan berkitinglar deyilgan, bunday zirak taqib yurish umuman mumkin emas! Va yana, ayrim hijobdagi qizlarimizga e'tibor beradigan bo'lsak, ularning hijoblari tor, ayrimlari judayam harir, axir hijob ayol kishini begona ko'zdan asrash uhcunku, tananing shakli bilinamsligi lozim! Muslima opa-singillar, Alloh belgilab bergan chegaralarga hiyonat qilmaylik, amallarimizni Alloh rozi bo'ladigan amallar qilishga shohsilaylik! Alloh hammamizdan rozi bo'lsin!