Halol va harom  ( 30671 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  30 Sentyabr 2006, 06:32:14

SAVOL: Men tadbirkorman. Xususiy do‘konim bor. Do‘konda turli maxsulotlar bilan birga tamaki xam sotiladi. Yakinda «Tamaki xarom kilindi" degan fatvo chikdi deb eshitdim. Shu to‘grimi. Agar shunday bo‘lsa topayotgan pulim xalolmi?

JAVOB:
Eshitgan narsangiz tugri. Bir necha yillardan beri musulmon yurtlarda ulamolar, katta e’tiborli muassasalar tamakini va tamaki chekishni xaromligi tugrisida fatvo chikarishdi va bunga amal xam kilib borilmokda. Bu masalani tarixini urganganda xam, kadimda musulmonlarda bunday narsa bo‘lmagan ekan. Keyin boshka omillardan musulmonlarga zarar yetkazish maksadida sun’iy ravishda joriy kilingan narsalardan bulgan. Va dastlabki paytlarda buni kay xukmda xalolmi yoki xaromligi, muboxmi bilmasdan turli muomalada bulishgan. Lekin keyinchalik xama tushinib buni durust emasligini ta’kidlashgan. Xaromligida kadimda xam fatvolar bor. Lekin bu narsalar oxirgi yilda yangilandi. Chunki bu narsa butun dunyoni tashvishlantirayotgan narsaga aylandi. Rasmiy hisobga karaganda Ovrupa kit’asining uzida bir yilda tamakining zararidan bir million inson ulayotgani tugrisida ma’lumotlar tarkalgan. Shuningdek buni orkasidan turli kasallar paydo bulayotgani, iktisodiy zarar yetayotganligi va yana kup narsalar e’tiborga olingan. Musulmon ulamolarini tamaki xakida chikargan fatvolarida mana ma’lumotlar xam hisobga olingan va tamakining xaromligi tugrisida 5-6 zararlarini ruyxatga keltirib, Paygambarimiz S.A V.ning hadislaridan va shariatning konun koidalaridan xujjat dalillar keltirgan. Shuning uchun savol soxibi e’tikodlariga maxkam turib dukonlarida tamaki sotmasalar yaxshi buladi. Inshalloh bashka narsalardan keladigan foydani barakasi bulib bu shubxali xarom narsani mablagi boshka mablaglariga aralashmagani durust. Alloh taolo aytgan gaplarimizni tugriligini ta’minlangan bulsin va xammamizni amal kilguvchilvrdan kilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Sentyabr 2006, 06:32:46

SAVOL: Hozirda do‘konlarda turli go‘sht va kalbasa maxsulotlari sotilmoqda, bunday mollarning ba’zilarida "œshar’iy halol" degan yozuv bor. Xususan bu yozuv chetdan kelgan maxsulotlarda ham bor. Shu haqida fikringizni bilmoqchi edim.

JAVOB:
Bu savol ham musulmonlar ichida ko‘p takrorlanmoqda, ayniqsa chet ellardan musulmon bo‘lmagan o‘lkalardan kelayotgan "œhalol" deb yozilgan maxsulotlar sabab bo‘lmoqda. Bunday maxsulotlar musulmon davlatlar uchun sotishga tayyorlanadi va uni musulmonlarga qoida qilingan uslublar asosida suyib tayyorlashga e’tibor beriladi. Ba’zi musulmon davlatlar o‘zlarining mutaxassislarini yuborib halol hayvonlar u qo‘ymi, molmi yoki tovuqmi ularning islomiy asosda suyilishiga harakat qilishadi. Lekin har bir narsa har bir go‘sht yoki ustida «halol» deb yozilgan kolbasalarni bu haqiqatdan halol yoki harom deb aytishga so‘rab surishtirmasdan birovning haqqi yo‘q. Shuning uchun bunday maxsulotlarni sotish uchun olib kelayotgan kishilar surab surishtirishlari va xaridorlarga bu haqida ma’lumot berishlari kerak. Hozirgi kunda aloqalar juda osonlashtirilgan shu savdo muassasalarini Internetdagi adreslarini olib, ularni o‘zidan ham surab olsa bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Oktyabr 2006, 04:34:54

SAVOL: Qur’oni Karimning «Baqara» surasida shunday oyat bor: «Sizdan aroq haqida so‘raydilar. Ayting: «Bularda katta gunoh va odamlar uchun foydalar bor. Bularning gunoh foydasidan kattaroqdir». Ana shu «foydalar bor» deyilganda nima nazarda tutilgan?

JAVOB:
Avvalo aytib o‘tishimiz kerakki, oyati karimaning ma’nolarini tarjimasini noto‘g‘ri yozilgan. Oyatda "œSizdan aroq haqida so‘raydilar" deyilmagan, balki "œQimor va aroq haqida so‘raydilar" deyilgan. Shuning uchun orqada bularda deb jam bilan kelayapti. Haqiqatdan mana shu ma’nodagi oyati karima bor. Bu Qur’oni karimda aroq haqida tushgan bir necha oyatlardan ikkinchisi hisoblanadi. Bu yerda Alloh taolo aroq va qimor haqida so‘rov va uni javobiga "œBularda ham foyda, ham zarar bor. zararlari foydalaridan kattaroqdir" degan ma’noni anglatishni uqtirgan. Endi savol o‘sha qimor bilan aroqni foydasi nima degan yerga borib taqalmoqda. Ulamolarimiz mazkur oyati karimani tafsirida bu savolga javob berganlar. Bu yerdagi foyda o‘sha vaqtning tushunchasiga binoan bo‘lgan foydadir. Islomda buni foyda deb ta’kidlash ma’nosi yo‘q, balki o‘sha vaqtni tushunchasida bular foyda bo‘lib ko‘ringan. Qimorning qushtirnoq ichidagi o‘sha vaqtda tushunilgan foydalaridan biri-qimorda yutgan qimorboz cho‘tal deb ba’zi bir kishilarga kambag‘allarga o‘sha yutgan pulidan ba’zi bir qismini taqsimlab berar ekan, shuni foyda deb tushunishgan. Aroqni foydasi esa uni sotib pul topish, buni foyda deb bilishgan va shunga o‘xshash aroqni ichgan paytda, o‘sha vaqtda biroz botir bo‘lib, jasorati quzib, urushga qurqmay kiradigan paytlari bo‘lgan ekan. Mana shuni ham foyda deb tushunganlar. Bu aroqni va qimorni asta-sekin yo‘q qilish uchun Qur’oni karimda ko‘rilgan tadbirlar orasida kelgan oyatlardan bittasidir. Mana shunday qilib bu aroqsiz umr o‘tib bo‘lmaydi, busiz hayot hayot emas, degan tushunchadagi odamlarga asta-sekin tushuntiriladiki: "œHa to‘g‘ri, sizlar har narsa deyishinglar mumkin, lekin buni zarari ko‘p, foydasidan." Keyin hamma yoq zarar ekani va oxiri harom qilishgacha borib yetilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Oktyabr 2006, 05:56:32

SAVOL - Biz aslida Rossiyada yashaymiz. Ba’zan—ba’zan yurtimizga kelib turamiz. Bog‘cha yoshidagi farzandlarimiz bor. Lekin Rossiyada ularni bog‘chaga berishga qo‘rqamiz. Chunki u yerda deyarli hamma taomlarga cho‘chqa go‘shti qo‘shiladi. Yaqin o‘tgan kunlarda bir kishinikiga mehmonga bordik. Bolalar ovqatlanib bo‘lishgach, biz dasturxonga o‘tirdik. Ma’lum bo‘lishicha u taomga ham cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan ekan. Biz yemadik. Mana shunday qiyin vaziyatda bolalar halqumini halolda saqlash va o‘zimizni ehtiyot qilish uchun qanday maslahat berasiz?

JAVOB - Bu din uchun, diyonat uchun xalol poklik uchun, kuyunish, uni istash albatta maqtovga sazovor bir ishdir, buning uchun tashakkur. O’zini saqlash uchun inson doim parhezgor bo‘lishi halol narsalarni orqasidan yurishi va xalol narsani surushtirib turmog‘i lozim bo‘ladi. Ana shunday vaqtlarda mehmonga borgandami, boshqa yerdami avvaldan o‘zini kimligini aytib, shunaqa cho‘chqa yemasligini, aroq ichmasligini, boshqa narsalar joiz emasligini ma’lumot tariqasida odob bilan aytib qo‘ysa, mezbonlar albatta buni e’tiborga olishadi. Ana shu ma’nolarni so‘rab surishtirib bemalol aytib borishi yaxshi bo‘ladi. Misol uchun hozirgi kunlarda xatto samalyotlarga uchog‘larga chipta olayotganida, buyurtma berayotganida biz musulmoncha ovqat yeymiz degan axborotni berib qo‘yish ham jo’riy qilingan. Ana shu narsa chipta sotuvchilar tomonidan belgilab qo‘yiladi va o‘sha kundagi o‘sha raqamdaga uchoqda uchayotgan odamni nomi ma’lum, hamma yeri ma’lum u kishiga alohida taom tayyorlab taqdim qilinadi. Bu hozirgi vaqtda ko‘payib boryapti, hamma tushunadi, biladi, ko‘p uchog‘larda birov so‘ramasa ham, birovni talabi bo‘lmasa ham alohida xatlar yoki beliglar qilib qo‘yilgan. Ovqat ulashayotgan vaqtida, biz tayyorlagan taomlarga cho‘chqa aralashmagan degan ma’lumotni berishadi. Ba’zi-bir yurtlarda musulmonlar uchun alohida oshxonalar yoki oshxonada bo‘limlar qilib o‘sha yerga belgi qo‘yib qo‘ygan. U yerga shunday musulmonlarga xarom bo‘lgan taomlarni bermaslik va’dasi bor va shuni ishontirish uchun alohida belgi bilan alohida joylar qilib qo‘ygan joylar ham bor. Boshqa xolatlarda ham mo‘min-musulmonlar o‘zini ham farzandlarini ham xalqumi bulg‘anmasligi uchun, bilib-bilmasdan xarom narsalarni yeb qo‘ymasligi uchun barcha choralarni ko‘rishlari kerak. Uning uchun avval aytganimizdek madaniy tarzida odob bilan so‘rab surishtirish, axborot berish va barcha qo‘lidan kelgan ishlarni, choralarni ko‘rishlari lozim.
www.islam.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Oktyabr 2006, 05:57:32

SAVOL - Mening dadam yoshligimdan aroq ichib o‘rganib qolgan inson. Bugungi kunda 70 yoshga yaqinlashib qolganlariga qaramasdan har kuni aroq ichdalar. Men va ayolim namoz o‘qiymiz, farzandlarimiz asta — sekinlik bilan ibodat qilishni o‘rganib borishyapti. Lekin achinarlisi men o‘z qo‘llarim bilan dadamga aroq quyib beraman. Bermagan kunim uyda urush janjal bo‘ladi. Dinni qoralash, kamsitishlar bo‘ladi. Ibodat qilish biz uchun qiyin bo‘lib qolyapti. Aroq bersam, otamning oxirati kuyib ketishiga sababchi bo‘lib qolyapman degan vijdon azobidan, bermasam to‘palon, urush. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutish ma’qul?

JAVOB — Albatta bu savol egasining musibati nihoyatda katta. Biz bu musibatlariga sherikmiz. Alloh taolo dadalariga hidoyat berib, bolalarini musibatdan chiqarib, u kishini baxt-saodatga yo‘llashini so‘rab duo qilamiz. Albatta bundoq holat o‘zini bilgan, mo‘min-musulmon, ibodat qilib turgan inson uchun juda katta bir badbaxtlik, baxtsizlik, musibat hisoblanadi, chunki bir tarafdan otaning hurmatini qilish kerak, ikkinchi tarafdan diniy ko‘rsatmalar albatta amalga oshishi lozim narsa. Mana shundoq paytlarda umumiy qoida Payg‘ambar (sav)ning hadislari: «Holiq taologa ma’siyat bo‘ladigan narsada mahluq-bandaga itoat qilinmaydi». Ana shu ma’noda endi bu yerda yaxshi hamki ota: «Sen ham ichasan» demas ekan, agar buni ham aytib qolsa yana ham og‘ir bo‘lar edi. Shuning uchun ustalik bilan ish ko‘rishlik bo‘ladi. Bu odam shu yoshga yetib tashlamasdan, har kuni shu ishni qilayotgan bo‘lsa ehtimol davolatish kerakdir, hozir bu dardga qarshi davolar ham chiqqan, shuni yo‘lga qo‘yish kerakdir. O’g‘li yoki kelinlarining so‘zini olmayotgan bo‘lsa, qarindosh-urug‘lardan shunaqa yoshi katta yoki mana shu otaning o‘zining tengdoshlaridan namozxon, taqvodor odamlar bo‘lishi mumkin, mahalla-ko‘yda nasihat qilib: «O’g‘lingni ham qiynama, o‘zingni ham qiynama, o‘zini yig‘ishtirib ol, oxiratingni o‘yla, mana shu yoshga yetib qolibsan» deydigan odamlarni topish kerak. Iloji bo‘lsa ko‘ndirib, davolash yo‘liga o‘tish kerak, nasihat qilishdan mutlaqo qolmaslik kerak. Mana shu ishlarni amalga oshirib borilsa Alloh taoloning O’ziga oson, ajab emas hidoyat bersa, ko‘ngliga solsa, to‘g‘ri yo‘lga boshlasa, Parvardigori olamning O’ziga oson. Shuning uchun bu savol egasi — birodarimizga, u kishining ayollariga, farzandlariga sabr-matonat tilaymiz, otalariga insof-tavfiq tilaymiz, Parvardigori olam bu mushkullarini oson qilsin, birodarimiz yanayam sabrli bo‘lib otalarini yo‘lga solish uchun odob bilan turli yo‘llarni qo‘llashlari va yuqorida aytib o‘tilganidek boshqa so‘zi ta’sir qiladigan shaxslardan foydalanishlari, imkoni boricha shu harom narsani otalariga yaqinlashtirmasdan, uning o‘rniga bundan qaytaradigan dori-darmonlarni berib borsalar ajab emaski Alloh taoloning O’zi yordam bersa.
www.islam.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2006, 05:01:45

SAVOL - «Molning go‘shti illat, qo‘yning go‘shti barokat» degan hadis chindan ham bormi? Agar shunday bo‘lsa biz mol go‘shtidan taqvo qilishmiz kerakmi?

JAVOB — Bunday gap - «Molning go‘shti illat, qo‘yning go‘shti barokat» degan gap yo‘q. Buni insonlar o‘zi to‘qib olgan bo‘lishi kerak, lekin, tib ilmining mutaxasislari mol go‘shtidan ko‘ra qo‘y go‘shtini sog‘liqqa foydali ekanligini aytgan bo‘lishlari mumkin. Payg‘ambar (s.a.v) ning hadislarida «qo‘y go‘shti emas balki qo‘yning o‘zi baraka» degan ma’no bor. «Bitta qo‘y barakadir, ikkita qo‘y ikkita barakadir ko‘p qo‘y ko‘p barakadir» degan va shu ma’noda bir nechta hadisi shariflar bor. Bu shu hayvon boqish, qo‘y boqish, ularni tarbiya qilish, ulardan daromad orttirish ma’nosiga targ‘ib tarzida aytilgan. Lekin «go‘shtida illat bor yoki barokat bor» deb alohida qo‘y bilan molni ajratib aytilgan narsa yo‘q. Mol go‘shtidan taqvo qilaylikmi degan gap ham noto‘g‘ri. Mol go‘shtidan taqvo qilaylikmi deganda, mol go‘shtini yemay qo‘ymaylik degan ma’no bo‘ladi, bunday gap yo‘q. Mol go‘shti halol Alloh subhanu va taolo halol qilgan, uni man qilishga yoki «boshqa bir taqvo qil yema» deb qo‘yishga birovning haqqi yo‘q.
www.islam.uz

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2006, 06:21:32

SAVOL - Tibbiy maqsadlarda kompress uchun aroq (yoki spirt) ishlatish mumkinmi?

JAVOB
— Nima uchun endi aynan tibbiy ma’noda aroq yoki spirt ishlatish kerak. Balki tibbiy o‘zi ishlatilishi lozim bo‘lgan moddalar bor. O’sha spirtning tibbiysi bor, ana shundan ishlatish kerak, aroq yoki boshqa narsani ishlatishga o‘tmaslik kerak. Mabodo zaruriyat yuzasidan boshqa narsa topa olmay ishlatsa, ya’niki badanga surtib ba’zi-bir joylarni tozalash dori qo‘yishga yoki boshqa bir maqsadlarda tayyorlash uchun qilsa bo‘ladi.
www.islam.uz

Qayd etilgan


Muslimaxon  06 Oktyabr 2006, 20:42:54

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: "œHalol bilan harom bor narsadir. Ammo ikkalasini bir biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko’pi ularni bilmaslar (halol yo harom ekanini). Shuning ushun kimki shunhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo’y boqayotgan cho’ponga o’xshaydir. Uning qo’ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordur. Ogoh bo’lingizkim, har bir podshohning o’z chegarasi bordur. Ollohning erdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go’sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarning barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a’zolarning barchasi buzilgaydir. U qalbdir!"

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Oktyabr 2007, 20:45:02

SAVOL -Diniy adabiyotlarda o‘qishimizcha, har qanday qoziq tishli va tirnoqli hayvon harom, uning go‘shtini iste’mol qilish mumkin emas. Biroq o‘sha go‘shtni ko‘pchilik shifo maqsadida iste’mol qiladi. Masalan: tipratikan va ilon. Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?

JAVOB – Men bu savolga javob berishdan oldin savolning oxiridagi jumla «Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?» jumlaga izoh berib o‘tmoqchiman. Chunki bunga o‘xshash, xuddi shu ma’nodagi savollar ko‘proq kelmoqda. Albatta siz muhtaramlarning yuborayotgan savollaringiz dinimizning hukmlari, shariatimiz ahkomlari to‘g‘risida bo‘ladi. Albatta bu ma’nodagi Allohning hukmini, Payg‘ambar (s.a.v)ning aytgan hukmlarini, shariat buyruqlari, halol-harom va boshqa g‘a’rifdagi gaplarning hammasi bir kishining fikri bo‘lmaydi, balki bu Allohning hukmi bo‘ladi. Qur’onda kelgan, Payg‘ambar (s.a.v)ning sunnatlarida kelgan yoki mujtahid ulamolarimiz ijtihod qilgan, jamlangan, ijmo’ bo‘lgan narsa yoki qiyosdan topgan javoblar bo‘ladi. Bunda bir kishini fikri ma’nosini tushunmaslik kerak, balki dinning hukmi, islomning ko‘rsatmasi ma’nosini tushunmoq lozim. Bizning sizlarga berayotgan javobimiz ana o‘sha narsalarni savolga to‘g‘irlab, mana shuni o‘zimizning tilimizda ifoda qilishdan boshqa narsa bo‘lmaydi xolos. Bu bir kishining fikri emas, buni yaxshi tushunishimiz kerak. Endi «harom, ya’ni Alloh subhanu va taolo go‘shtini, yog‘ini, boshqa taraflarini iste’mol qilishni, yemoqni harom qilib qo‘ygan hayvonlardan dardga shifo bo‘lishi uchun davo tarzida iste’mol qilish mumkinmi?» degan savol bo‘lyapti. Bu ma’noni biladigan bo‘lsak albatta yaxshi anglab olishimiz kerakki Payg‘ambar (s.a.v)dan bir nechta hadislar vorid bo‘lgan, 6-7ta hadis vorid bo‘lganki undagi ma’no Payg‘ambar (s.a.v) ning mening ummatimga Alloh subhanu va taolo harom narsani shifo qilmagan, dngan ma’nor bilan chambar-chas bog‘ltqdir. Harom narsani oddiy holtda iste’mol qilib bo‘lmaganidek, bemorlik holatida ham iste’mol qilishga ruhsat yo‘q, umumiy qoida shundan iborat. Endi ba’zi-bir kasallarga, bemorlarga da’vo izlanadi tabiblardan, hoziq kishilardan tavsiya qilinadi, halol narsalar da’vo bo‘la olmaydigan bir holatga yetadi, hamma tarafdan urinib ko‘rdi, Halol narsalardan qilingan da’volarni iste’mol qilindi, lekin kasal tuzalmayapti. Ana shunday holda davom etaversa, kasalning tuzalmaslik xavfi bor, ziyoda bo‘lib ketishlik xavfi bor va bemor kishining ba’zi-bir a’zolarini mayib bo‘lib qolishi xavfi bor. Ana shunday paytda istisno tariqasida, jonni halokatdan saqlab qolish, biror a’zoni halokatdan saqlab qolish, mo‘min-musulmon insonning ana shunday qiyin bir holatdan chiqarish maqsadida, istisno tariqasida zaruriyat yuzasidan, harom narsalarni da’vo sifatida, dori sifatida ishlatishga ruhsat beriladi. Buning uchun esa mazkur harom narsadan boshqa narsa, o‘sha zikr qilinayotgan bemor uchun dard uchun da’vo bo‘la olmasligi, faqat shu narsagina da’vo bo‘lishini Hoziq ya’ni juda mohir imon e’tiqodli Allohga taqvo qiladigan shaxslar guvohlik berishi kerak. Hozirgi kunda bunday guvohlarni soni uchta bo‘limi kerak deyiladi. Ya’ni uchta hoziq, mo‘min-musulmon, taqvodor tabib kishi, falonchi bemorning falon dardiga mana bu narsadan boshqa narsa da’vo bo‘la olmaydi hozirgi kunda degan guvohlikni bersa, o‘sha narsa harom bo‘lsa ham. Ana shu dardni da’vosi uchun bo‘lgan hajmda iste’mol qilishga ruhsat bor. Kim ko‘ringanni gapiga kirib yoki o‘zicha tajriba qilib yoki falonchi menga o‘hshagan kasal bo‘lganida, falon harom narsani yeganida tuzalib ketgan ekan, degan hulosalar bilan harakat qilishga ruhsat yo‘q. Faqat «Hoziq» tabiblarning tavsiyasi bilan, halol narsadan da’vo izlab da’voni topa olmagan holda zaruriyatga tushib qolgan paytda, istisno tariqasidagina «harom» narsani da’vo uchun ishlatsa bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  23 May 2008, 11:54:48

Манисм ушбу мавзу борасида саволим бор! Хозир Узбекистонда гушт-колбаса махсулотларини ишлаб чикарадиган купгина корхоналар уз махсулотларини тавсис стишспти. Купчилик махсулотлар ёрлига "Халол" деган ёзувлар бор, лекин бу канчалик тугри? Айни вактда кайси фирма белгиси остида чикаётган гушт-колбаса махсулотларини истеъмол килсак халол булади? Товук оёклари ("акарачка") ларничи?

сна бир савол: Ливо таркибида оз микдорда алкогол бор. Бу борада кандай курсатма, фатволар бор?

Qayd etilgan