Muallif Mavzu: Halol va harom  ( 26987 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Halol va harom
« Javob #15 : 04 Oktyabr 2006, 05:01:45 »
SAVOL - «Molning go‘shti illat, qo‘yning go‘shti barokat» degan hadis chindan ham bormi? Agar shunday bo‘lsa biz mol go‘shtidan taqvo qilishmiz kerakmi?

JAVOB – Bunday gap - «Molning go‘shti illat, qo‘yning go‘shti barokat» degan gap yo‘q. Buni insonlar o‘zi to‘qib olgan bo‘lishi kerak, lekin, tib ilmining mutaxasislari mol go‘shtidan ko‘ra qo‘y go‘shtini sog‘liqqa foydali ekanligini aytgan bo‘lishlari mumkin. Payg‘ambar (s.a.v) ning hadislarida «qo‘y go‘shti emas balki qo‘yning o‘zi baraka» degan ma’no bor. «Bitta qo‘y barakadir, ikkita qo‘y ikkita barakadir ko‘p qo‘y ko‘p barakadir» degan va shu ma’noda bir nechta hadisi shariflar bor. Bu shu hayvon boqish, qo‘y boqish, ularni tarbiya qilish, ulardan daromad orttirish ma’nosiga targ‘ib tarzida aytilgan. Lekin «go‘shtida illat bor yoki barokat bor» deb alohida qo‘y bilan molni ajratib aytilgan narsa yo‘q. Mol go‘shtidan taqvo qilaylikmi degan gap ham noto‘g‘ri. Mol go‘shtidan taqvo qilaylikmi deganda, mol go‘shtini yemay qo‘ymaylik degan ma’no bo‘ladi, bunday gap yo‘q. Mol go‘shti halol Alloh subhanu va taolo halol qilgan, uni man qilishga yoki «boshqa bir taqvo qil yema» deb qo‘yishga birovning haqqi yo‘q.
www.islam.uz
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Halol va harom
« Javob #16 : 05 Oktyabr 2006, 06:21:32 »
SAVOL - Tibbiy maqsadlarda kompress uchun aroq (yoki spirt) ishlatish mumkinmi?

JAVOB
– Nima uchun endi aynan tibbiy ma’noda aroq yoki spirt ishlatish kerak. Balki tibbiy o‘zi ishlatilishi lozim bo‘lgan moddalar bor. O’sha spirtning tibbiysi bor, ana shundan ishlatish kerak, aroq yoki boshqa narsani ishlatishga o‘tmaslik kerak. Mabodo zaruriyat yuzasidan boshqa narsa topa olmay ishlatsa, ya’niki badanga surtib ba’zi-bir joylarni tozalash dori qo‘yishga yoki boshqa bir maqsadlarda tayyorlash uchun qilsa bo‘ladi.
www.islam.uz
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Muslimaxon

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 84
  • Xabarlar: 926
  • Jins: Ayol
  • لا إله إلا الله محمد رسول الل
Re: Halol va harom
« Javob #17 : 06 Oktyabr 2006, 20:42:54 »
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Halol bilan harom bor narsadir. Ammo ikkalasini bir biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko’pi ularni bilmaslar (halol yo harom ekanini). Shuning ushun kimki shunhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo’y boqayotgan cho’ponga o’xshaydir. Uning qo’ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordur. Ogoh bo’lingizkim, har bir podshohning o’z chegarasi bordur. Ollohning erdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go’sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarning barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a’zolarning barchasi buzilgaydir. U qalbdir!”
Kim o'zining aybini bilsa, birovlar aybi bilan ishi bo'lmaydi.
Kim taqvo libosidan yalang'och qolsa, unga hech kim parda tutolamaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo'lsa, birovlar qo'lidagi narsaga hafa bo'lmaydi.
Kim zulm qilichini sug'ursa, shu qilich bilan o'zining qo'li kesiladi.
Kim o'z birodariga choh qazisa, u chohga o'zi tushadi.
Kim birovning parda-hijobini oyoqosti qilsa, o'zining avrati ochiladi.
Kim o'z hatosini unutsa, birovning hatosini katta biladi.
Kim katta ishlarga kirishsa va o'ziga hatarli yo'lni tanlasa, u halok bo'ladi.
Mansur ibn Ammor

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Halol va harom
« Javob #18 : 22 Oktyabr 2007, 20:45:02 »
SAVOL -Diniy adabiyotlarda o‘qishimizcha, har qanday qoziq tishli va tirnoqli hayvon harom, uning go‘shtini iste’mol qilish mumkin emas. Biroq o‘sha go‘shtni ko‘pchilik shifo maqsadida iste’mol qiladi. Masalan: tipratikan va ilon. Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?

JAVOB – Men bu savolga javob berishdan oldin savolning oxiridagi jumla «Bu xususida shayx janoblari qanday fikrdalar?» jumlaga izoh berib o‘tmoqchiman. Chunki bunga o‘xshash, xuddi shu ma’nodagi savollar ko‘proq kelmoqda. Albatta siz muhtaramlarning yuborayotgan savollaringiz dinimizning hukmlari, shariatimiz ahkomlari to‘g‘risida bo‘ladi. Albatta bu ma’nodagi Allohning hukmini, Payg‘ambar (s.a.v)ning aytgan hukmlarini, shariat buyruqlari, halol-harom va boshqa g‘a’rifdagi gaplarning hammasi bir kishining fikri bo‘lmaydi, balki bu Allohning hukmi bo‘ladi. Qur’onda kelgan, Payg‘ambar (s.a.v)ning sunnatlarida kelgan yoki mujtahid ulamolarimiz ijtihod qilgan, jamlangan, ijmo’ bo‘lgan narsa yoki qiyosdan topgan javoblar bo‘ladi. Bunda bir kishini fikri ma’nosini tushunmaslik kerak, balki dinning hukmi, islomning ko‘rsatmasi ma’nosini tushunmoq lozim. Bizning sizlarga berayotgan javobimiz ana o‘sha narsalarni savolga to‘g‘irlab, mana shuni o‘zimizning tilimizda ifoda qilishdan boshqa narsa bo‘lmaydi xolos. Bu bir kishining fikri emas, buni yaxshi tushunishimiz kerak. Endi «harom, ya’ni Alloh subhanu va taolo go‘shtini, yog‘ini, boshqa taraflarini iste’mol qilishni, yemoqni harom qilib qo‘ygan hayvonlardan dardga shifo bo‘lishi uchun davo tarzida iste’mol qilish mumkinmi?» degan savol bo‘lyapti. Bu ma’noni biladigan bo‘lsak albatta yaxshi anglab olishimiz kerakki Payg‘ambar (s.a.v)dan bir nechta hadislar vorid bo‘lgan, 6-7ta hadis vorid bo‘lganki undagi ma’no Payg‘ambar (s.a.v) ning mening ummatimga Alloh subhanu va taolo harom narsani shifo qilmagan, dngan ma’nor bilan chambar-chas bog‘ltqdir. Harom narsani oddiy holtda iste’mol qilib bo‘lmaganidek, bemorlik holatida ham iste’mol qilishga ruhsat yo‘q, umumiy qoida shundan iborat. Endi ba’zi-bir kasallarga, bemorlarga da’vo izlanadi tabiblardan, hoziq kishilardan tavsiya qilinadi, halol narsalar da’vo bo‘la olmaydigan bir holatga yetadi, hamma tarafdan urinib ko‘rdi, Halol narsalardan qilingan da’volarni iste’mol qilindi, lekin kasal tuzalmayapti. Ana shunday holda davom etaversa, kasalning tuzalmaslik xavfi bor, ziyoda bo‘lib ketishlik xavfi bor va bemor kishining ba’zi-bir a’zolarini mayib bo‘lib qolishi xavfi bor. Ana shunday paytda istisno tariqasida, jonni halokatdan saqlab qolish, biror a’zoni halokatdan saqlab qolish, mo‘min-musulmon insonning ana shunday qiyin bir holatdan chiqarish maqsadida, istisno tariqasida zaruriyat yuzasidan, harom narsalarni da’vo sifatida, dori sifatida ishlatishga ruhsat beriladi. Buning uchun esa mazkur harom narsadan boshqa narsa, o‘sha zikr qilinayotgan bemor uchun dard uchun da’vo bo‘la olmasligi, faqat shu narsagina da’vo bo‘lishini Hoziq ya’ni juda mohir imon e’tiqodli Allohga taqvo qiladigan shaxslar guvohlik berishi kerak. Hozirgi kunda bunday guvohlarni soni uchta bo‘limi kerak deyiladi. Ya’ni uchta hoziq, mo‘min-musulmon, taqvodor tabib kishi, falonchi bemorning falon dardiga mana bu narsadan boshqa narsa da’vo bo‘la olmaydi hozirgi kunda degan guvohlikni bersa, o‘sha narsa harom bo‘lsa ham. Ana shu dardni da’vosi uchun bo‘lgan hajmda iste’mol qilishga ruhsat bor. Kim ko‘ringanni gapiga kirib yoki o‘zicha tajriba qilib yoki falonchi menga o‘hshagan kasal bo‘lganida, falon harom narsani yeganida tuzalib ketgan ekan, degan hulosalar bilan harakat qilishga ruhsat yo‘q. Faqat «Hoziq» tabiblarning tavsiyasi bilan, halol narsadan da’vo izlab da’voni topa olmagan holda zaruriyatga tushib qolgan paytda, istisno tariqasidagina «harom» narsani da’vo uchun ishlatsa bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Ulugbek-Uz

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 206
  • -oldi: 261
  • Xabarlar: 533
  • Jins: Erkak
  • Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil...
Re: Halol va harom
« Javob #19 : 23 May 2008, 11:54:48 »
Маниям ушбу мавзу борасида саволим бор! Хозир Узбекистонда гушт-колбаса махсулотларини ишлаб чикарадиган купгина корхоналар уз махсулотларини тавсия этишяпти. Купчилик махсулотлар ёрлига "Халол" деган ёзувлар бор, лекин бу канчалик тугри? Айни вактда кайси фирма белгиси остида чикаётган гушт-колбаса махсулотларини истеъмол килсак халол булади? Товук оёклари ("акарачка") ларничи?

яна бир савол: Пиво таркибида оз микдорда алкогол бор. Бу борада кандай курсатма, фатволар бор?
« So'nggi tahrir: 23 May 2008, 13:12:20 muallifi Ulugbek-Uz »
Har kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay, oncha borkim Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay....

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Halol va harom
« Javob #20 : 23 May 2008, 14:23:27 »
Пивонинг ҳаромлигига уламолар иттифоқ қилишган. Фақат алкоголсиз пивонинг ҳукмида ихтилофлар бор. Шайх МСМЮ алкоголсиз пивони ичишдан ҳам қайтарганлар.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Halol va harom
« Javob #21 : 24 May 2008, 07:51:34 »
Маниям ушбу мавзу борасида саволим бор! Хозир Узбекистонда гушт-колбаса махсулотларини ишлаб чикарадиган купгина корхоналар уз махсулотларини тавсия этишяпти. Купчилик махсулотлар ёрлига "Халол" деган ёзувлар бор, лекин бу канчалик тугри? Айни вактда кайси фирма белгиси остида чикаётган гушт-колбаса махсулотларини истеъмол килсак халол булади? Товук оёклари ("акарачка") ларничи?

Бизда колбаса сўзи харом таом маъносида тушуниб колинган. Чунки авваллари колбаса факат харом нарса аралаштириш тайёрланар эди. Хозир худди ўша шаклда халол гўштдан харом аралаштирмасдан таом тайёрланаяпти. Ўша шаклдаги нарса бошка мусулмон ўлкаларида бор ва улар уни бошка ном билан атайдилар ва халоллигида шубха килмайдилар. Халол нарсани колбаса деб номлаш билан у харом бўлиб колмайди. Аслида биз хам чиройли ва холлликка далолат килувчи ном кўйсак яхши бўлар эди. Буни хам ўрганишимиз керак.
Шу билан бирга таъкидлашимиз лозимки, харом нарсанинг учтига «халол» деб ёзиб кўйса, халол бўлиб колмайди. Аввал айтанимиздек, гап шакл, исм ёки ёзувда эмас. Динимиз таълимотларига мувофик бўлишида.
Мазкур нарсаларнинг халоллигини аниклаш учун адолатли кишилардан сўраш ва иложини топиб суриштириш билан бўлади.
Оилангиз шубхали нарсалардан ўзини узокда тутиши бахтингиздир. Факат динимиз таълимоти асоссида, васваса даражасига бормай эхтиёт бўлишда давом этишингиз нур устига нурдир.
Яна бир бор таъкидлаймизки, Бисмиллохни айтилмай, шариат хукмига амал килмай сўйилган барча хайвонларнинг хамма аъзолари харомдир. Гап нима деб аталишига ёки каердан келганига ёхуд каерда ва ким тарафидан сотилаётганида эмас.
Диний илм бор одамлар хар бир бўлак гўштнинг фатвосини айтиб бериш имконлари йўк. Улар умумий шаръий хукмни айтиб беради. Кишилар ўшандан ўзлари билиб олаверадилар.
Хозирги мисолимизда «четдан келган барча гўт харом» дея олмаймиз. Баъзилари халол бўлса, халолни харом деган бўламиз. Аксинча, махаллий гўштларнинг хаммаси халол дея олмаймиз. Чунки уларнинг ичида бу саволда зикр килинганидек, ўзи ўлган хайвоннинг харом гўшти хам бўлиши мумкин. Колбаса хакида айтиладиган гап хам шунга ўхшаш.
Аммо харомга кўл урмасликни таъкидлашимиз лозим. Ўзи ўлган хайвоннинг гўштини сотувчи хам, уни олувчи колбасачи ёки кассоб хам, бошкалар хам харомга кўл урмасинлар. Харомдан топилган даромднинг баракаси бўлмайди. Харом нарса бу дунёда хам, охиратда хам бахтсизлик келтиради. Аллох барчамизни харомдан хазар киладиган бандаларидан бўлишимизни насиб этсин!

Шайх Муҳаммад Содиқ
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Halol va harom
« Javob #22 : 24 May 2008, 07:56:23 »
яна бир савол: Пиво таркибида оз микдорда алкогол бор. Бу борада кандай курсатма, фатволар бор?

Алкоголсиз пиво хакида бир неча бор огзаки равишда саволлар бўлган. Бунга мен, алкоголсиз пивони бошка мусулмон ўлкалардаги мусулмонлар ичса бўлади деб фатво берганлар деган жавобни айтганман. Маккаи Мукаррама, Мадинаи Мунаввара ва бошка шахарларда мехмонхоналарда ва савдо дўконларида бор, аммо кўпчилик ичаётганини кўрмадим, деганман. Хакикатда хам шундай. Шу билан бирга, русиядаги баъзи ахли илмлар бу нарсани ичмаган маъкул деб баёнот беришганлигини айтганман.
Кўриниб турибдики, пиво хакида мен фатво берганим йўк. Мусулмон умматининг кўзга кўринган жумхур уламоларининг гапларини накл килганман. Пиво алохида услуб ила тайёрланадиган ичимлик. Уни тайёрлаб бўлиб алкогол кўшса бир оз бўлсада маст киладиган харом ичимликка айланади. Шунинг учун, уламоларимиз алкоголлик пиво харом деган фатвони чикарганлар. Пивони ўша хос услуб ила тайёрлаб бўлиб алкогол кўшилмаса, маст килиши бўлмайди. Шунинг учун, уламоларимиз алкоголсиз пивони ичаса бўлади деб фатво чикарганлар.

Шайх Муҳаммад Содиқ
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

saraton07

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 175
  • Jins: Erkak
  • Ollohim,hech kimni ayirma muhabbatingdan!
Re: Halol va harom
« Javob #23 : 27 May 2008, 02:20:53 »
Manda ham  alkogolsiz pivo to'g'risida xabar bor.
Bir bilimli kishi aytdiki,bu pivoda o'z o'zidan alkogol mavjud. Qanday qilib, yani ta'sirsiz darajada,faqat ta'm uchun.
Chunki bu yerda shunday odat bor, kodirovka.
Kodirovka qilingan inson 1%li bo'lsada alkogol qabul qilmasligo kerak,yo'qsa o'lishi,qattiq kasalga chalinishi,yo'qsa   qaytadan alkash bo'lib qolishi mumkin.
 Alokogolsiz pivoning bankasini sinchiklab tekshirsangiz unda
soderjaniye alkogoly ne bolee 0,1%
degan yozuvlar bor. demak 1 % ning o'ndan biricha. To'g'ri bu juda oz,lekin bor.
Qalbingiz  Ollohga  itoat  etsin.
Ollohnig  sevgisi barchaga   yetsin.

 

Halol - Harom

Muallif Mustafo96Bo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3201
So'nggi javob 10 Iyun 2015, 13:06:29
muallifi Orifjon Hanafiy
harom luqma. harom luqma eyish oqibatlari

Muallif murodxon1Bo'lim Xorijiy bo'lim/Foreign board

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3467
So'nggi javob 25 Iyun 2009, 19:49:32
muallifi Hadija
Qaysi margarinlar halol?

Muallif NURA ISLAMBo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2998
So'nggi javob 29 Dekabr 2011, 21:16:03
muallifi Abdumuhaymin
HALOL LUQMA

Muallif okahon.8800Bo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2471
So'nggi javob 12 Mart 2016, 15:52:40
muallifi okahon.8800