Donishmand akanikiga to'yga!!!  ( 9787 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  14 Noyabr 2012, 16:13:07

:asl3:


Donishmand aka xalq va Vatan xizmati bilan bvo'lib, uyiga ham zo'rg'a boryapti ekan. Shul sabab, to'yga aytish menga topshirildi.
Yuqoridagi manzil bo'ylab kelaverasizlar. Lekin "Donishmand qayerda to'y qilyapti" deb yurmanglar. Ular Donishmandni emas, Abdullo akani bilishadi.
Xullas, to'yga, bir cho'qim (e yo'g'ey, bir tovoq) oshga marhamat!

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Noyabr 2012, 14:25:00

 Toshloq tumani qayerda?

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Noyabr 2012, 16:25:22


Qayd etilgan


Shuhrat_  15 Noyabr 2012, 17:36:21

Shul kunga bizda ham bir kichik to'y bor edi, shul sabab borolmasak kerak.
To'yni yaxshi o'tkazinglar.
azizbek Mxga oshni 2 hissa tortinglar

Qayd etilgan


azizbek_mx  15 Noyabr 2012, 17:41:23

Shul kunga bizda ham bir kichik to'y bor edi, shul sabab borolmasak kerak.
To'yni yaxshi o'tkazinglar.
azizbek Mxga oshni 2 hissa tortinglar

menimcha bu bolagaym "garantiya" yo`q... yana Xudo biladi. Baholiqudrat harakat qilamiz Inshaalloh. To`ylar ko`payaversin :)

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Noyabr 2012, 20:08:31

Донишманд тсйлар муборак, Аллоҳ насиб қилган бслса борамиз.

Qayd etilgan


Музаффар  16 Noyabr 2012, 10:02:56

 Toshloq yoki Marg'ilonda to'planib keyin borsak  yaxshi bo'lardi

Qayd etilgan


Donishmand  17 Noyabr 2012, 11:56:39

Assalomu alaykum ahli forum!!!
O'zimning imkonim biroz bo'lmagani sababli AbduAziz (baraka topsin) orqali ayttirgan edim (o'zimniyam kecha to'yga aytishdi :) ). Endi hozir yozishga fursat topilganida aytib qolay:

Forumdoshlar, Seshanba kuni biznikiga to'yga!!!

Shu kuni o'g'limiz Muhammad Ayyub, jiyanimiz Muhammad Asillarga hatna to'yi qilayapmiz. Hamda kenjamiz, qadrli singlimizni ham turmushga uzatayapmiz. Forumdoshlar, sizlardan avvalo hammalariga duo, undan keyin kelib bir cho'..., yo'g'e, bir-ikki tovoq oshimizni yeb ketsalaringiz boshimiz osmonga yetardi!
Barchangizni kutamiz!
"Sho'rvachi, sho'rva?! Sho'rvayam bo'lishi kerak!" - deydiganlarga sho'rva ham bor.  ;)



Qayd etilgan


Ansora  17 Noyabr 2012, 12:56:16

 :asl3:

Donishmand, to'ylar muborak:)

Muhammad Ayyub va Muhammad Asillar mazza qilishar ekanda:) to'ybolalar yaqinlari orzu qilganday yigitlar bolib yetishishsin iloyim.

Singlingizniyam tabriklayman, borgan joylarida palak yozib, yangi xonadonlariga o'rnashsinlar, baxtli, saodatli bo'lishsin kuyovlari bilan...
To'ylar ko'payaversin...



Qayd etilgan


Музаффар  21 Noyabr 2012, 08:37:48

Donishmand akanikida nahorgi nonushtada mehmon bo'ldik. Amir Muzaffarhon, AbdulAziz akamiz admin, Muhammad Sanjar va Muhammad Saidxon to'rtalamiz avval sho'rva keyin oshni tanovul qilib, qolaversa qand qurs, pista bodom deganlaridek, suhbatni "tashkilotlarning hizmat avtobuslari: muammolar, yechmlar, sharxlar" mavzusida obdon qizdirib o'tirdik. Keyin yuqoridagi forumdoshlarning rassomlik qobiliyati ham namoyon bo'lib qoldi. Ayniqsa quyonni rasmini zo'r chizisharkaney....
Hamma o'z fantaziyasi doirasida bahonalar keltirib, o'z manzillari tomon survorishdi.
Sal keyinroq Aqoid akamiz ham kirib keldilar KamaZ bortida. Asal, sho'rva va yana sho'rva keyin osh ustida Aqoid akamiizni suhbatj miboraklaridan bahramand bo'ldik...
Judayam fayzli, to'kin, chiroylik to'y bo'ldi. Qadrdon forumdoshlar bilan diydorlashib ham oldik.
Qaytishda Aqoid akamiz "O'zbekistonning jahon chempionatiga chiqish
 yo'lida Qatar va Eronning roli" mavzusida ma'ruza o'qib berdilar.
Barcha forumdoshlarga ham shunday fayzli to'ylar qilishingizgatilamdlshman.

hurmat bilan Muzaffar Qosimov, Andrey Slobodkin,  Ziyouz forumi uchun maxsus.
Marg'ilon-Toshloq. 20.11.2012

Qayd etilgan