Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155875 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 B


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:47:14

Alloh taolo Qur’oni karimdagi ko’pgina oyati karimalarida bizga:
«Ey imon keltirganlar, Allohdan qo’rqinglar!» deb buyuradi. Va yoxud:

«Odamlar va toshlar o’tin bo’ladigan do’zaxdan qo’rqing!».

Osiyoda Tomas Irvin ismli kanadalik bir diplomat olim musulmon bo’lgan, Islom yuzasidan kitob yozadi. Musulmon bo’lganligini anglatar ekan, bir narsa mening diqqatimni tortadi. Tabiiyki, biz musulmonlikni ota-onadan ko’rdik; namozimizni o’qiymiz, o’rganamiz, ro’zamizni tutamiz... Ammo tashqaridan bir inson Islomga qanday qaramoqda, Islomning qaysi tomonini ma’qullamoqda? Bu — muhim.

Musulmon bo’lgan Tomas Irvin deydiki: «Men xristian bir o’lkada tug’ildim, xristianlikni bilaman. 346 ta Osiyo dinlarini ham bilaman». Kimlar bor o’zi Osiyoda? Hindlar bor, xitoyliklar bor, laosliklar, taylandliklar, vetnamliklar... Bularning buddizm, braxmanizm, shintoizm kabi dinlari bor... «Bularning dinlarini o’rganib chiqdim, xristianlikni ham bilaman. Bu odamlarning dinlarini ko’rdim, ibodatlarini ham. Musulmonlikni ham ko’rdim».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:47:52

Musulmonlikda ibodatlar nimalardir?.. Namoz o’qishlik bor, ro’za tutmoqlik, zakot berishlik, hajga bormoqlik, zikr qilishlik... Xayr-hasanot qilishlik bor... «Islomning butun amrlarini juda go’zal, juda mantiqli, ko’p foydali, nihoyatda hikmatli ekanligiga ishonch hosil qilganim, boshqa dinlarning esa ibodatlarini bo’m-bo’sh, maqsadsiz, foydasiz, g’oyasiz, zaruratsizligini ko’rganim uchun musulmon bo’ldim», — deydi...

Bizning fakultetimizda Abdulxoliq Bek degan bir professor bo’lardi. Avvaldan xalq ta’lim vazirligi vazifasida ishlagan. Olmoniyaga borganida diplomatik bir ziyofatda uning oldiga ichkilik qo’ymoqchi bo’ladilar.

U deydiki:
«Ichkilik qo’ymang!..»
«Nechun taqsirim?»

U faylasuf bo’lganligi uchun, shunday javob berdim, deb tushuntiradi:
«Allohning ichkilik sanalmish turlaridan juda ko’plab halollari borki, u halollarni tashlab, haromga qo’l uzatishga hojat yo’q!»

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:48:41

Bir latifada aytadilar: Oldingi davrda shaharlarda ichkilik ta’qiqlangan ekan. Kechki yo’lovchilar karvon bilan ketayotgan ekanlar. Dasturxon yozibdilar, ichkilik bilan yeyish uchun gazak qo’yibdilar. Tuyakash dasturxonga qarab, ishtahasi ochilib, nafsini jilovlay olmay: «Boylar, ulug’ kishilar dasturxon yozganlar. Kim biladi, qaymoq bordir, asal bordir, shirinliklar bordir, shaharliklarning ovqatlari bordir..», — deya xayolidan o’tkazayotsa, «Kel!» deb, uni ham taklif qilishibdi.

U ovqatlardan totib ko’ribdi. Bir qadah aroq ichibdi. Og’zidan ichaklarigacha olovdek lov-lov yonibdi. Ko’zlaridan-da o’t chiqib ketibdi. O’qchibdi, aksiribdi. Ko’zdan yoshlar oqibdi. Keyin odamlarga achingan ko’yi boqib: «Og’aynilar, siz buni hukumat kuchi bilan ichasizmi?» — debdi. Ya’ni hukumat zo’rlayaptimi, bu chirkin, iflos, achchiq, sog’liqqa zararli, jigarni xarob qiluvchi, oshqozonni shiluvchi narsani ichayaptilar?.. Qonuniy majburiyat bormi, tepangizda askar qarab turibdimi?..

Sigaret ham shunday. Orangizda qanchalab sigaret chekkanlar bordir. Sigaretaning ham foydasi yo’q! Tutunini yel olur, pulini el olur, sizga esa dard qolur... Zahar tarqatadi, kasallik va rohatsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun halollar bor ekan, halollardan foydalanish kerak, azizlar...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:49:36

Buni qarangki, Ramazon oyida ehtiyojimiz bo’lgani holda Allohning halol qilgan narsalaridan ham tiyilamiz. Ehtiyojimiz bo’lmagan, nomini tilga olib bo’lmaydigan haromlarga esa aslo qo’l uzatmaymiz. O’zimizni tutishni o’rganamiz. Bir oy taqvo darsini olgan bo’lamiz. Ro’zaning hikmatlaridan biri: Alloh insonlarga jahannamdan ehtiyot bo’lishni, saqlanishni amr etdi, jahannamdan saqlanish uchun inson o’z orzu-havaslarini jilovlashi lozim! Buning uchun esa irodani tarbiyalash kerak.

Milliy ta’lim-tarbiya tizimimizning eng katta nuqsonlaridan biri — ilm o’rgatadilar, lekin axloq-odob o’rgatmaydilar. Vijdon darsi yo’q, axloq darsi yo’q; faqat ilm o’rgatadilar, xolos. Holbuki, axloq darsi hammasidan ko’ra muhimroq... Inson ilmsiz bo’lishi mumkin, ammo go’zal axloqli bo’lsa, ko’p foydali bo’ladi.

Islomning ilk davrlarida, Hazrati Umar xalifa ekan, Makkayi mukarramaga yo’l oladi. Yoniga birodarlaridan (do’stlaridan) birini olgan; askar yo’q, tantana yo’q, oddiy bir yo’lovchi kabi Makkaga qarab ketayaptilar. Charchab, bir yerga o’tiradilar. U yerda bir cho’pon qo’ylarini o’tlatib yurgan bo’ladi. Hazrati Umar cho’ponni chaqirib:
«Shu qo’ylaringdan bittasini bizga sot!» — deydilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:50:30

Bola qarshisidagi kishining kimligini bilmaydi, aytadiki:
«Qo’ylar meniki emas... Men oddiy bir cho’ponman, egasi emasman, sotolmayman!».
«Sotaver, bo’ri yedi deysan, nima bo’lardi?..»

Shunda cho’pon bola:
«Xo’p, qo’ylarning egasini ham alday oldik, deylik, Allohni ham alday olamizmi?..», — deydi.

Bu nimani ko’rsatadi? Hazrati Umar zamonida tog’dagi oddiy bir cho’pon ham soppa-sog’lom axloq egasi bo’lgan... Shuning uchun haqiqiy mo’’min soxtakorlik qilolmaydi, muttahamlik, yolg’onchilik qilolmaydi.

Hazrati Umar kechalarning birida Madinaning ko’chalarida kezib yurarkan, bir uydan ovoz keladi. Bir ayol qiziga:
«Qizim, soqqan sutingning ichiga bir oz suv qo’shib yubor!» — deydi.
Hazrati Umar devor ortidan ketayotgan edi, ammo ovoz eshitilib turardi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:51:51

Qizi e’tiroz bildiradi:
«Onajon! Hazrati Umar: «Sutlaringizga suv aralashtirmang, xolis soting!» — deb aytmadimi?»
«Hazrati Umar qaerdan ham bilardi? Qo’shaver!» deydi.
«Hazrati Umar bilmaydi, ammo Alloh ham bilmaydimi, onajon?..»

Qarang, yosh qiz nimalar deyapti, tog’dagi cho’pon ham nimalar dedi!.. Bu axloq darsidir. Nima bo’libdi o’zi? Islomning xamirturishi pishib, undan xalq musulmon bo’lib yetilibdi; Alloh qo’rquviga, taqvoga ega bo’libdi. Zo’rlasa ham gunohni qilmayapti: sutga suv qo’shmayapti, qo’yini sotmayapti...

Hozir-chi? Hozir ham shunday bilim bor, ammo davlat rahbarlari shikoyat qiladilar: «Porani yo’qota olmayapmiz!» deb. Chunki olgan ham rozi, bergan ham rozi...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:52:40

Bu yerda milliy ta’limning eng katta xatosi yuzaga chiqdi. Ha, albatta, muhandis yetishtirdik, doktor yetishtirdik, ziyolilarni yetishtirib chiqardik, ko’ring, hammasini yetishtirdik, ammo ilm o’rgatdigu, axloq-odob o’rgatmadik. Shuning uchun porani yo’qotib bo’lmayapti, mafiyalar hukmron, suiste’molchiliklar bo’lmoqda... Har kun ro’znomalarda ming xil razolatni o’qiymiz.

Shuning uchun axloq ta’limiga, taqvo tarbiyasiga, ruh darsiga ahamiyat bermoq lozim!
Bilasizki, inson vujudida nafs bor. Bu nafs asos-e’tibori bilan insonga fikr-tuyg’ular bag’ishlaydi, turli xil orzu-istaklarni vasvasa qiladi. Nafsning istaklari bu — quvvatli orzular degani. Ya’ni inson bolasini nafs istaklari sudraydi. Inson bularga berildimi, haromlarga botadi:

«Nafs — agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa — albatta barcha yomonliklarga buyurguvchidir». Ko’p kimsalar nafsning orzulariga ergashib, gunoh qiladilar, gunohlarga botadilar. Bu gunohlarga botishi bilan, mo’’min bo’lsa-da, jahannamga boradi, millionlarcha yil azob chekadi. Shunday ekan shahvati nafsoniyaga ergashmaslik lozim! Havoyi nafsga qarshi turmoq kerak. Insonning vujudi bir o’lka bo’lsa, bu o’lkani aql boshqarishi kerak!.. Imonli aql, Qur’onga tayangan, dinga tayangan bir aql boshqarishi lozim!..

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:53:48

Agar aql emas, insonning ichidagi nafsi ammorasi insonni boshqarsa;
«Darhaqiqat uni (ya’ni o’z nafsini-jonini imon va taqvo bilan) poklagan kishi najot topdi. Va u (jonni fisq-fujur bilan) ko’mib xorlagan kimsa nomurod bo’ldi». Nafsini tarbiya qilishlik lozim!.. Mana shu nafsning tarbiyasi va nafsga taqvoni o’rgatishlik ro’za oyida amalga oshadi. Islomning besh buyuk farzidan uchtasi qilinadi: Chunonchi, kalimayi shahodat ramazonda bor... Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam buyuradilar:

«Ramazonda 4 narsani ko’p-ko’p ado qiling:
1. Kalimai shahodat — ashhadu an la’ ila’ha illallohni ko’p ayting!
2. Astag’firullohni ko’p ayting! Bu — «Yo Rabbiy, meni mag’firat ayla, ayblarimni, gunohlarimni o’chirgin» degani.
3. Allohdan jannatni istang!..
4. Jahannamdan saqlashini so’rab Allohga sig’ining!..»

Demak, ramazon — bu kalimai shahodat, namoz, ro’za, zakot va hokazo ibodatlarni o’zida mujassamlantirgan muborak bir ta’lim oyidir. Bu oyda irodamizni kuchaytirib, vujud mamlakatimizga Allohga ishonib, tayangan, Qur’onga bog’langan, imonli aqlni sulton qilamiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:54:54

Xo’sh, nafsi ammorasiga qul bo’lganlar nima qiladilar? Namoz o’qimaydilar, sigaret tutatadilar, ko’chalarda taom yeb, ichkiliklarini ham ichib yuraveradilar. Aslo uyalmaydilar, siqilmaydilar ham.

Qadimda g’ayrimuslimlar ramazonni bilganlari uchun: «Bu oyda musulmonlarning ro’za oyi, tashqarida non yemanglar!» — deb bolalarini chaqirib olar ekanlar.

Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida buyuradilarki: «Ramazon oyining ajridan, barakotidan foydalana olmagan inson shaqiydir», — deydilar. Shaqiy do’zaxiy degani... Shaqiy u kimsadirki, ramazon keladi, o’tadi, lekin ramazonning xayriga noil bo’lmaydi, mahrum qoldiriladi Alloh tarafidan.

Bilasizki baroat kechasida maxsus duo o’qiladi. Alloh bu vaqtda taqdirni belgilaydi, deya duo qilamiz: «Yo Rabbiy, agar mening ismimni shaqiylar (badbaxtlar) daftariga yozgan bo’lsang, shu muborak baroat kechasida mening otimni u badbaxtlar daftaridan o’chir; ismimni saidlar (xushbaxt, jannatiylar) daftariga yoz, yo Rabbiy!.. Agar mening otimni saidlar daftariga qayd etgan bo’lsang, ey, bor Xudoyo, ismimni u yerda sobit qil, joylashtir, menga yordam qil!..», — deb duo qilamiz, said bo’lishni orzu qilamiz, oxiratda jannatga kirib, abadiy saodatga erishmoqni istaymiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  07 Oktyabr 2006, 06:55:53

Bu eng ulug’ bir baxtki, hammaga ham nasib qilmaydi. Bu ne’matning qiymatini, qadrini biling!.. Atrofingizdagi qo’shnilaringizdan, do’stu birodarlaringizdan, tanishlaringizdan, harbiy xizmatdagi do’stlaringizdan tortib yo’ldagi, mahalla-ko’y, maktabdagi o’rtoqlaringiz, do’kondagi do’stlaringiz kim bo’lmasin, barchasini o’z vaqtida ogohlantiring, to’g’ri yo’lga boshlang. Bu oyning xayru barakotidan mahrum qolmasinlar!..

Talabalik davrimda fakultetimizda bir domla bo’lardi. Ilohiyot fakultetida ham bir guruh domlalar bor edi. Ular Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamga «Muhammad» deyishardi. «Muhammad keldi, Muhammad ketdi...» Bu qanday odobsizlik?! Nima, Muhammad sening askarlikdagi do’stingmi?.. Axir u zot Allohning eng suyukli quli!.. Habibi, Allohning sevgilisi, rasuli...

Sen: «Falonchi keldi, Falonchi ketdi», deya olasanmi jumhuriyat raisiga?.. «Muhtaram jumhuriyat raisi!» deyiladi; «Muhtaram bosh vazir, muhtaram vazirim, hurmatli mudir...» — deyiladi, hurmat ko’rsatiladi. «Muhammad» deyishga nima haqqing bor? G’ayrimuslimlar buni tushunib, Ya Abul Qosim, «Ey Qosimning otasi!» der edilar. Aslzodalarga kunyasi bilan murojat qilinardi, ismi bilan chaqirilmas edi.

Otangning ismi Ahmad bo’lsa, sen otangga «Ahmad kel!» deya olasanmi? Bir shapaloq tushirar otang senga. Otasiga «Muhtaram otajonim!» deydi inson, ismi bilan xitob qilmaydi.

Qayd etilgan