Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155704 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 B


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:11:37

Demak, ro’zador ro’zaning shartlariga, ahkomlariga rioya etadi. U ahkom nimalar ekan? Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

«Besh narsa ro’zadorning ro’zasini xuddi ovqat yeb, ro’zasini buzgan kabi buzadi va savobini ketkazadi:
1. Yolg’on. Yolg’on gapirdimi, savobi ketdi.
2. G’iybat. Haqiqatan haqli bir qusuri bo’lsa-da, birovning orqasidan gapirsa.
3. So’z tashimoq. uning so’zini bunga, bunikini unga borib aytishlik, buzg’unchiga o’xshab o’rtalarini buzmoq.
4. Shahvat ila nomahramga boqmoq.
5. Yolg’onga qasam ichmoq».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:12:34

Odamlar, odatlanib qolgan, eng kichik narsalar uchun ham «Xudo haqqi, Xudo ko’rib turibdi...» — deya qasam ichaveradilar. Holbuki, bu ro’zaning savobini ketkazadi.

Ro’za tutgan kimsa nafsiga hokim bo’lishi, axloqini chiroyli qilishi, tilini behuda so’zlardan tiyishi kerak. Bu shartlarga rioya qilgan taqdirda, ro’za tufayli uning eski gunohlari avf etiladi, rahmati ilohiyyaga, mag’firati Rahmonga erishtiradi.

Ramazon oyining oxirgi o’n kunida ming oydan ko’ra xayrli bir kechaning — Qadr kechasining borligi hadislarda bildiriladi. Aniq vaqti sir tutiladi, ammo «So’nggi o’n kundan izlang!» — deganlar Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam hazratlari. O’zlari ham bizga namuna bo’lsin deb ramazonning so’nggi o’n kunini masjidda o’tkazadilar. Toat-ibodat qiladilar. Chunki hadisi sharifda keladiki «Bir banda masjidda namoz vaqtini kutarkan, kutgan vaqti ibodat qilgandek qabul etiladi. Demak, e’tikofga kirgan inson namoz o’qimasa ham, uxlasa yoki tasbeh o’girsa, Qur’on o’qisa, ibodat bilan mashg’ul bo’lsa, masjidda bo’lgani uchun ulug’ ajrlarga erishadi. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

«Ramazonning so’nggi o’n kunida e’tikofga kirganlarga ikki haj va ikki umra savobi beriladi», — deya marhamat etadilar Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisi sharifda. Alloh qodir, xohlasa beradi. Bunga shubha yo’q!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:14:05

Qanday baxt Allohning yo’lida yurganlarga, ana shunday ibodatlarni o’rniga qo’yib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnatiga tobe’ bo’lganlarga!..

Shunday qilib, ramazon tugadi, iyd bayramining birinchi kunidamiz. Bir oz o’tgach, bayram namozini o’qiymiz. Bu yog’i endi shavvol oyi. Bu xususda hadisi shariflar rivoyat etiladi. Yuqoridagi hadisda aytilmoqdaki: «Shavvol oyida kim olti kun ro’za tutsa, yil bo’yi iftor qilmasdan ro’za tutgan kabi bo’lur». Ketma-ket ham, ayri-ayri ham bo’laveradi; ya’ni ketma-ket tutish majburiyati yo’q. Bugun mustasno, Chunki hayitning ilk kuni ro’za tutish ta’qiqlangan. Bayram qilamiz, quvonchli kunlar bugun. Keyin tutiladi.

Ramazon o’ttiz kun. Ro’za tutilgan bir kunga o’nta savob beriladi. Shunga ko’ra savobi 300 kun... Oltitasi esa bu oydan, u ham oltmish kun... Demakki, 360 kun, butun yilni ro’zador holda o’tkazgandek ajr qozonadi inson... Inshoalloh, bu shavvol oyining ham ro’zasini tutamiz!..

Bu xususda Ahmad Ibni Hanbal hazratlarining kitoblarida, Muslimning mashhur sahih kitoblarida, Abu Dovudda, Nasoiyda, Termiziyda, Ibni Mojada, Ibni Hibbonda hadislar naql etiladi... Bu hadisning roviysi boshimizning toji Abu Ayyub al-Ansoriy hazratlaridir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:14:59

Bu qadar sog’lom hadis manbalarida zikr etilgan bu ro’zani tuting!..
«Bas, (Ey Muhammad), qachon siz (kishilarni haq yo’liga da’vat qilishdan) forig’ bo’lsangiz (o’rningizdan) turing. Va yolg’iz Parvardigoringizga yuzingizni buring!».

Inson dam olganidan keyin qaytadan jonlanadi, kuchga to’ladi. Chunki ichida muhabbat bor, sevgi bor; uni bo’sh qo’ymaydi turgan joyida...

Demak, ramazon tugadi, endi shavvol ro’zasini tutamiz. Keyingi ramazonni shavq bilan kutamiz. Inshoalloh, Alloh u ramazonga muhabbatimizdan, shavqimizdan, orzumizdan, bu ro’zaga bo’lgan muhabbatimizdan butun yilimizni ham ro’zador kabi maqbul sanasin. Modomiki, jome’da namozni kutayotgan insonga, namozdagi kabi savob berilarkan, ramazonni sevganga ham butun yil bo’yi ro’zador bo’lganlik kabi Alloh ajr beradi.

Muhtaram birodarlarim!.. Biz mana shunday bir muborak, qadru qiymatli bir oyni kechirdik. Tabiiyki, inson Ramazon tugashi bilan nima qilishini bilmay shoshib qoladi. Men shaxsan shu ko’yga tushdim: ramazonning ketgani uchun yig’lasammi, iyd bayramining kelganiga sevinsammi? Chunki, Alloh taolo hazratlari iyd bayramini tayin etgan. Ramazon ketadi, ammo Alloh yana necha-necha ramazonlarga sog’-salomat yetkazsin... Ramazonda erishganimiz go’zal sifatlarni bundan keyingi kunlarda asrash biz uchun eng muhim ishdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:16:06

Xo’sh, ramazonda qanday edik? Birinchidan, shirin uyqudan voz kechib sahar likka turardik. Endi bundan keyin ham aynan o’sha sahar vaqtida yana turamiz, ikki rak’at namoz o’qiymiz, undan keyin yana yotamiz!.. Sahar vaqti — duolar qabul bo’ladigan paytdir. Alloh taolo dunyoga nuzul aylab, qullariga o’zini da’vat qilib, xitob etib: «Ey qullarim! Mendan biron narsa tilasangiz, so’raganingizni beraman!» — deydigan vaqtidir. «Duo qilgan yo’qmi, duosini ijobat qilaman!» — deydigan paytdir. «Mag’firat istagan yo’qmi, mag’firat etaman!» — deydigan palladir.

Ramazonda bir oy saharlikka turib ko’nikdingiz. Qani endi bu bir oylik odatingizni ko’raylikchi, bundan keyin ham sahar vaqtida chiroqlaringiz yoniq turarmikan!

Ikkinchisi: Ro’za tutdik. Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning tavsiyalari bor edi ro’zada; yaqinda ozgina o’qidik: g’iybat qilmaymiz, haromga boqmaymiz, yolg’on qasam ichmaymiz... Hatto bittasi kelib bizga baqirsa, turtsa, janjal ko’tarib baqirsa ham o’zimizni bosamiz. Siz mashinadasiz, siz haydayotgan mashinaga baqiryapti... Axir, Allohning odobli va odobsiz har xil qullari bor, katta shahar ... Dunyoda har turli insonlar bor... Ro’zador nima deyishi kerak: «Men ro’zadorman!.. Men ro’zadorman!..» deydi, ya’ni unga bas kelmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:17:09

«Hali senmisan menga tegishayotgan? Mening sendan kam joyim yo’q; sen menga yopishasan, men ham sendan ustun kelaman!» — deya oladi, ammo Payg’ambar hazratimiz sallallohu alayhi vasallam unday deyishni to’g’ri hisoblamaganlar. Hatto birortasi kelib, unga kufr so’z aytsa, haqoratlasa, borib turib, turtsa, «Tavba, yo Rabbiy!.. Men senga teng kelmayman, men ro’zadorman, men ro’zadorman!..» — deydi. Bu qiyin bir narsadir. «Alloh taologa ibodat holida bo’lganim uchun senga teng kelmayman, sening so’zingga qarshi turmayman, sen bilan janjallashmayman!» — deydi, o’zini tutadi... Ramazondan keyin ham bu go’zal holni davom ettiramiz.

Ramazonda sigaretni tashladik, ramazondan keyin ham chekmaymiz. Ramazonda birortasi bizga g’azablansa «Fasubhonalloh... La ilaha illalloh... La havla vala quvvata illa billah...», — dedik va unga teng kelmadik, sabr qildik, o’zimizni tutdik; bu go’zal holni ramazondan keyin ham saqlab qolish eng muhim ishimiz bo’ladi bizning... Shu kundan e’tiboran eng muhim ishimiz!..

Ramazon o’tdi, ibodat tugadi, degani emas. «Ramazonda ibodat qildik; ramazon ketdi, endi tamom... To’ppa-to’g’ri dala hovliga, plyajga, kayfu safoga, ko’ngil ochishga... Ramazonda qilolmaganimiz ta’qiqlangan butun ishlar yig’ilib qoldi, endi ularni qilishga chopamiz!» — deb o’ylagan odamning ramazonini Alloh qabul etmagandir. Bu Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari ila sobitdir. Chunki ramazon ibodatlari qabul bo’lishi, insonning ramazondagi go’zal holatining ramazondan keyin ham davom etishida ko’rinadi. Demak, Ramazondagi holimizni davom ettirishlik — e’tibor bermog’imiz lozim bo’lgan eng muhim ish bo’ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:18:40

Oldimizda ta’til bor. Endi ramazondan keyin har kim qishloqqa ketadi yoki qarindoshinikiga, kattalarini ziyorat qilgani ketadi; maktab ham ta’til bo’lgani uchun bir-ikki oyga qoladi. Shunday ekan, bu go’zal ta’tilda fursatdan foydalanib, bu ramazonda o’rgangan narsalarimizni va ramazonda olganimizni yosh bolalarimizga ham o’rgatamiz. Chunki ramazonda dinimizga bog’liqligigimiz ortdi, ko’nglimiz yorishdi, tozalandi.

Shunday qilib bolalarning, nevaralarning orasida bo’lamiz; bolalarimizning tarbiyaga ko’p ehtiyoji bor, kamchiliklari bisyor. Men bandman, siz bandsiz, unday qilmaysiz; bolalarimizni atrofimizga to’playmiz. Bir oz birga bo’lganimizdan so’ng, «Bolalar, keling, bir nechta hadis o’qiymiz!.. Bu hadislarni bir-birimizga tushuntiramiz!.. Sen bolajonim, nima tushunding mening aytganlarimdan, menga takror aytib ber-chi!.. Qani, xotin sen gapir-chi!..» — deymiz.

«Oshxonada ishim bor!..»

Bir oz ana shunday bir narsa bilan band bo’ldingmi, shunday javob qiladilar. Ya’ni:

«Har narsaning to’sig’i bor, ammo, ilm o’rganishga turishing bilan ko’kdan to’siqlar do’l kabi yog’iladi». Turli to’siqlar...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:20:09

«Xotin, kel, o’tir shu yerga, ozgina ibodat, duo, tasbeh, bilmadim, yana nima... Dinimizdan bir ma’lumotlar o’rgataman senga, aytib beraman!» — deysan;

«Dazmol qilish kerak, oshxonada ishim bor...»

«Sen ularning hammasini qo’y!.. Hozir shu soat bizning diniy bilimlarni o’rganish soatimiz...», — deymiz.

Shunday dasturni yo’lga qo’yamiz, intizomli inson bo’lamiz!.. Bolalarimizni yaxshi voyaga yetkazganimizda, Alloh taolo hazratlari daftarimizni qoraytirmaydi.

Hammamiz ham bir kun kelib bu dunyodan o’tamiz. O’tgan yil oramizda bo’lganlar bu yil yo’q. Kelgusi ramazonga yo yetamiz, yo yetmaymiz. Alloh imon ila o’tishni nasib aylasin... Orqamizdan daftarimizni naslimiz davom ettiradi. Bolalarimiz bo’lmasa, bizning holimiz nima kechadi?.. Ular bizning orqamizdan duoi xayr qiladilar, Qur’on o’qitadilar, xatm tushiradilar, sadaqa beradilar... O’zlari ham namoz o’qib, Qur’on tilovat qilib, tasbeh o’girib, hajga boradilar!.. Ularni chiroyli tarbiyalab ulg’aytirsak, Alloh bizning daftarimizga doimiy savob yozaveradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:21:50

Bir narsa esimga keldi: hozir men ro’za bilan bog’liq hadisi shariflarni o’qigunga qadar, ko’nglimda paydo bo’lgan narsa, taxmin qilamanki, sizning ham ichingizda paydo bo’ldi: «Ey voh, Allohim!.. Yana shu ramazonni yaxshi o’tkazolmadik... Yana Rabbimizga loyiq bir ibodat qilolmadik... Koshki yana bir oz g’ayrat qilsam, yana bir oz harakat qilsam edi. Ro’zador bo’lishning savobi qanchalik qiymatli emish!..» — deydi inson... Bu narsalarni o’qish-eshitish bilan shunday deydi. E’tikofga bog’liq narsani o’qishi bilan «Koshki men ham e’tikofga kirgan bo’lsaydim! Toki haj va ikki umra savobi yozilsa edi. O’n kun tishimni tishimga bosardim, o’sha savobga erishardim», — deydi. Ammo o’tib ketdi, endi ramazon tugadi, bunga imkon qolmadi.

Umrni ham shunga qiyos qilsak bo’ladi.

— Ajabo, umrimning so’nggida holim nima kechadi?..

O’tgan umriga hamma pushaymon bo’ladi. Oxirgi nafasda yaxshilar ham, yomonlar ham pushaymon bo’ladi... Namoz o’qigan, e’tikofga kirgan, ro’za tutgan, Qur’on o’qigan musulmonlar «Oh, koshki biroz yana g’ayrat etsaydim!» — deya nadomat chekadilar. «Ey, Alloh, koshki shu bo’sh, bekorchi narsalarga bog’lanmagan bo’lsaydim... Koshki edi doim har onimni Alloh taolo hazratlarining rizosi yo’lida sarf qilgan bo’lsaydim», — bular umrimiz oxirida tuyajak tuyg’umizdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:23:30

Shu uchun, vaqtimizni unumli o’tkazishga harakat qilaylik. Bir lahzamiz ham bekor o’tmasin... Yo zikr qilamiz; qalblarimizdan, ichimizdan «Alloh» deymiz, «La’ ila’ha illalloh» deymiz, «La’ havla va la’ quvvata illa’ billa’h» deymiz, «Subhonalloh» deymiz, «Alhamdulilloh» deymiz, «Allohu akbar» deymiz!.. Hadislarda ham bularga ishorat etilgan. Yo ilm o’rganamiz, o’rgatamiz; yo bir xayrli ishni bajaramiz!.. Yo xasta ziyoratiga boramiz, yo birovga yordam beramiz, xizmatiga bel bog’laymiz!.. Keksalarga hurmat ko’rsatamiz, kichiklarimizni izzat qilamiz, ularni tarbiyalab, yetishtirishga g’ayrat qilamiz!..

Xullas, vaqtimizni bekor o’tkazmaymiz, Chunki har bir o’tgan vaqt uchun bir hasrat, nadomat bo’ladi!.. U hasratning qanday bo’lishini hozir totib ko’rdingiz. Ramazon tugaganidagi kabi, umrimizning so’nggida ham u hasrat bo’ladi. Shu uchun bu omonat umrni mumkin qadar Alloh rizosi yo’lida o’tkazishga intilaylik!..

Buyuklarimiz shuning uchun: «Banda zikri mudom holida bo’lsin!» Doimo har oni ibodat bo’lsin, deya zikri mudom tavsiya etganlar. Masalan, mashhur avliyoullohdan «Ma’rifatnoma» sohibi Ibrohim Haqqiy Arzirumiy hazratlari kitobda yozgan, chizgan, tushuntira-tushuntira, qanchalab satrlarni, varaqlarni to’ldirganlar. G’oyasi nima edi? Bandani g’aflatdan uyg’otmoq, zikri mudom holiga keltirmoq. Doimo Haqni tushungan, Haqni zikr etgan inson holiga kelgan kishining har bir lahzasi ibodat bo’ladi. Insonning qalbi odatlanib, doimo Haqni zikr etuvchi bo’lsa, u holda har bir oni ibodat bo’ladi.

Masalan, mansub bo’lganimiz Naqshbandiya tariqatining asoslaridan biri — «Hush dar dam», ya’ni har lahzada hushyor, shuurli holda, uyg’oq va ogoh bo’ladi... Askar kabi soqchilik qiladi musulmon.

Qayd etilgan