Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155361 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 B


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:24:28

Alloh barchamizni g’aflat uyqusidan uyg’otsin. Doimo chegarada -dushmanning qarshisida turadigan askar kabi hushyor, basirati ochiq, quroli qo’lida bo’lgan, uyg’oq kimsalardan aylasin. Chunki atrofimizda har xil dushmanlar bor. Payg’ambar Hazratimiz sallallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

«Musulmonning atrofida beshta musibat, balo bor. U shu balolar ichida...

1. O’z jinsidan musulmonlardirki, hasad qiladi, janjallashadi, urishadi. Hasad qilgani uchun, unga bir yomonlik qilishga intiladi. Undan bir zarar ko’radi. Alloh hasadchining sharridan asrasin...
Hasadchini rozi qilish mumkin emas, chunki qo’liga bergan bir narsa bilan qanoatlanmaydi, sening qo’lingdagi ham chiqsin, deydi.

2. Ikkinchi dushman munofiqlardirki, yuziga kulib, orqasidan qizishgani uchun unga zarar keltirishga harakat qiladi. Orqasidan xanjar urishga harakat qiladi.
Yuziga qarab hech nima qilolmaydi. Chunki tushunadiki, musulmon quvvatli, munofiq zaif; to’g’ridan-to’g’ri xusumat qilolmaydi. Shuning uchun orqasidan yurib, uni ovlashga intiladi. U ham bir dushman...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:26:18

3. Kofir ham u bilan jang qiladi. Bunga hatto ba’zi davlatlarni ham misol qilib ko’rsatish mumkin. Har joyda musulmonlarga qurol ko’targan dushmanlar to’la... Xullas, Alloh ularga yordam bersin... Shu go’zal dinimizga kirishlari uchun ularga ham duo qilamiz!. Chunki biz ro’za tutdik, Alloh taolo hazratlari «Tilang tilagingizni, ijobat qilaman!» — deb marhamat qiladi.

4. Botinimizdagi nafs tarbiyaga muhtoj, u tarbiyani qabul qiladi, to’g’ri boshqarilsa go’zal bir shakl oladi, ammo tarbiya etilmagan vaqt:

«Nafs — agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa - albatta barcha yomonliklarga buyurguvchidir». Insonga yomonliklarni amr etadi: «Ich shu ichkilikni, shu gunohni qil, shu yaxshilikdan voz kech!.. Kel, yot, namoz o’qima!.. Zakotingni, sadaqangni berma, puling kamayadi...» U ham bir dushmandir.

5. Yana bir ko’rinmas boshqa bir dushman bor: ham tashqarida, ham inson tomirlari ichida qon kabi aylanib yuradigan shaytondir. U insonga vasvasa beradi. Yomon ishlarni talqin etib, haq yo’ldan chiqarishga, jahannamiy qilishga intiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:27:28

Ana shuncha dushmanlarning ichida musulmonlar kimdan panoh izlaydi? Alloh taolodan!

«Albatta, imon keltirgan va yolg’iz Parvardigoriga tavakkul qiladigan zotlar ustida (shayton) uchun hech qanday saltanat — hukmronlik yo’qdir». Toat-ibodatlar, tutilgan ro’zalar ila Alloh taolo musulmon insonga nafsini tarbiyalashni nasib etadi. Qarang, birgina ramazon oyida ko’p narsalarni o’rgandik, jumladan, nafsimizni nazorat etishni o’rgandik. Chunki nafs ham doimiy tarbiyaga muhtoj. Kofir, munofiq, hasadchi va hokazo — hammasiga qarshi «Hasbunallohu va ni’mal vakil» deymiz. Qanchalik dushman ko’p bo’lishiga qaramay inson Allohga qul bo’lgach va Unga suyangach, Alloh taolo hazratlari unga dunyo va oxiratning xayrlarini ehson etadi.

Alloh bizni O’ziga jonu ko’ngildan ishonuvchi haqiqiy mo’’minlardan aylasin! Qalbimizni imoni komil ila, Hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga muhabbat ila, Alloh taolo hazratlariga sevgi ila to’ldirsin! Haq yo’lidan adashtirmasin! O’ziga tavakkul etgan baxtiyorlardan aylasinki:

«Albatta, Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi», — deb buyuradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:28:50

Bir mashhur hadisi sharifni eslatay sizga:

«Quyidagi uch narsa kimning ichida joylashsa, u imonning lazzatini tuyadi, dimog’i imon lazzati ila to’ladi, mo’’mini komil bo’ladi, hech kim uni yo’lidan qaytarolmaydi. Alloh taolo hazratlarining yo’lida shod-xurram ibodat qilar:

1. «Alloh va Rasulini boshqa hamma narsadan ortiqroq sevish».

Bu esa mol-mulk va dunyo sevgisi, farzand sevgisi, mavqe, maqom, shon-shuhrat sevgisi kabilarga yuqori baho bermaslik bilan, ularni ko’ngildan chiqarib tashlash bilan bo’ladi. Bularning hammasini inson o’zidan yiroqlashtiradi va Allohga va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga bog’lanadi.

2. «Musulmon birodarlarini faqat Alloh uchun sevadi».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:29:46

Mana, bu sevgini ham o’rganishimiz lozim! Bayram hurmati uchun kibru hasaddan, ujub va jaholatdan, gina-kudurat, kek saqlashdan qalbimizni pok tutamiz. Alloh rizosi uchun bir-birimizni sevamiz!.. Bu sevishni bardavom etmagunicha insonning kamolatga yetishishi mumkin emas. Masalan, masjidda birgalashib bir qatorda namoz o’qiymiz, qalblarimiz esa biz istaganchalik bir-biriga iliq emas.

3. Alloh imon nasib etib, najot topganidan keyin takror kufrga botishdan xuddi olovdan qo’rqqandek qo’rqishi lozim insonning!..

Bu hadisi sharifni hayotga qanday tadbiq etamiz? Ramazondan oldin biz boshqa bir holda edik. Ramazonda ahvolimizni tuzatdik, go’zal bir holatga erishdik. Endi takror eski holimizga tushib qolishdan, otashda yonishdan qo’rqqan kabi qo’rqamiz. Vabodan qochgandek qochamiz. Bu go’zal holni muhofaza qilishga intilamiz.

Alloh taolo hazratlari barchamizni rahmatu mag’firatiga noil aylasin! Necha-necha ramazonlarga sog’-salomat qovushmoqni nasib etsin!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  08 Oktyabr 2006, 06:30:57

Dunyo va oxiratning biz bilgan-bilmagan har turli xayrlariga— ramazon oyining hurmati uchun, qadr kechasi hurmati uchun, muborak iyd bayrami hurmati uchun erishtirsin! Dunyoviy va uxroviy biz bilgan-bilmagan har turli yomonliklardan bizlarni doim hifzu himoyasida asrasin!

Imoni komil ila oxiratga ko’chib, huzuri izzatiga O’zi sevgan va rozi bo’lgan bir banda o’laroq borishni barchamizga nasib aylasin!

Bihurmati asma’ihil husna’ va habi’bihil mujtaba’ Muhammadanil mustafo sallallohu alayhi vasallam...

20 iyun 1985 / 1 Shavvol 1405

Qayd etilgan


Naqshbandiy  09 Oktyabr 2006, 06:23:26

MUBORAK UCH OYLAR
VA MUBORAK KECHALAR

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin! Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin! Va Sayyidimiz — Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin!

Amma ba’d.
Aziz va muhtaram birodarlarim!

Alloh taolo barchamizdan rozi bo’lsin. Barchangizni ikki dunyo saodatiga erishtirib, ikki jahonda aziz qilsin... Ulug’ iltifotlar ko’rsatib, jannatiyu jamoliga yetkazsin...

Yilning bahor, yoz, kuz, qish kabi to’rt fasli bo’lganidek, ma’naviy tomondan ham diqqatni jalb etadigan ikki muhim mavsum bor. Bu mavsumlardan biri — zulqa’da, zulhijja va muharram oylari. Bu — insonlar haj qilish uchun harakatga kirgan mavsum. Allohning amrini ado etish, tengsiz moddiy va ma’naviy manfaatlar hosil qilish, ko’plab ibratli, hikmatli tajribalarga erishish, ma’naviy hollarni mushohada etish uchun uzog’u yaqindan insonlar, oshiqlar, fidokorlar yo’lga chiqadilar, «Labbayka Allohumma labbayk», — deb, Alloh amr etgan haj vazifalarini ado etish uchun ko’z yoshlari bilan tog’lardan oshib, vodiylarni kezib, dengizlardan, havodan, quruqlikdan u yerga yetadilar va buyuk savoblarga erishadilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  09 Oktyabr 2006, 06:24:02

Alloh taolo hazratlari:
«Tongga qasam. (Zul-hijja oyidagi avvalgi) o’n kechaga qasam», — deb, o’n muborak kechaga qasam ichmoqdaki, bu kunlarda haj ibodatlari bajariladi.

Qur’oni karimdagi shunga o’xshash oyatlardan bu davr ko’p savobli va ko’p muborak ekanligi anglashilmoqda. Bu mavsumda qilingan ibodatlarning ahamiyati ulug’, tutilgan ro’zalarning savobi cheksiz. Haj qilmaganlar uchun hatto «Qurbon hayiti arafasida tutilgan ro’za uchun ikki yillik — o’tgan va kelgusi yillarning gunohlari mag’firat qilinadi» — degan rivoyatlar bor... Hajda bo’lganlar haj vazifalarini bajaradilar, ammo, haj qilmay, o’z mamlakatida bo’lgan kishilar uchun qurbon hayiti arafasida tutiladigan ro’zaning g’oyatda savobli ekanligi bildirilmoqda. Zulhijja oyining ilk to’qqiz kunini, o’n kechasini ihyo qilish: bedor holda toat-ibodat bilan o’tkazishning juda ham ulug’ savob ekanligi kitoblarimizda bitilgan.

Bu mavsum haj mavsumi deb atalgan oylarni o’z ichiga oladi. Bu oylarda haj qilish lozim bo’lganligi uchun ham insonlarning bir-birlari orasidagi kina, adovat, dushmanliklarni bartaraf etish oyidir. Qilichlar g’iloflarga solinadigan o’zaro hisob-kitoblar bir tomonga qo’yiladigan oylardir. Shu bois Harom oylar deb atalmoqda... Jangu jadal yo’q, hajga ketuvchilarga hech qanday mone’lik yo’q. Otasining qotilini ko’rgan bir arab yuzini o’girib, ko’rishmasdan, eshitmasdan o’tib ketibdi. Nega? Chunki bu oylar muhtaram va muborak bo’lganligidan urush-adovat harom qilingan.

Hammamiz haj Islomning eng muhim ibodatlaridan biri ekanligini bilamiz. Ham aqliy, ham ijtimoiy, ham moddiy, ham ma’naviy tomondan juda muhim bir ibodat ekanligini: musulmonu g’ayrimusulmon e’tirof etmoqda. «Juda ham muazzam bir ibodat, bunday ibodat boshqa bir dinda ko’rinmaydi!» — deb hayron qolganliklarini ifodalamoqdalar. Haj ibodatining hikmatlariyu, go’zalliklariga qoyil qolgan ba’zi g’ayrimuslimlar Islomga kirmoqdalar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  09 Oktyabr 2006, 06:24:30

Haj — muhtasham bir ibodat. Dunyoning barcha burchaklaridan kelgan mo’’minlar bir yerga to’planadilar. Bir xil qiyofada, bir xil shaklda, bir xil tavoze’da Allohga ibodat qilish uchun yugurib keladilar. Ko’plab foydalar hosil bo’ladigan bir yig’in, ibodat maqsadi bilan hamjihat bo’lib birlashish... Dunyoni hayron etgan muazzam bir hodisa...

Rajab, sha’bon, ramazon oylarini birlashtirib uch oylar nomini olgan yana bir muborak mavsum bor... Bu uch oyning muborak oylar ekanligi, behad ko’p savoblarga egaligini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida aytib o’tganlar va uni o’zlarining xulqu atvorlari, holatlari, ibodatlari bilan ham amalda ko’rsatganlar. Ramazondan keyin Rasullulloh sallallohu alayhi vasallam eng ko’p ro’za tutgan oylar — bu rajab oyi. Rajab oyida ro’za tutish nihoyatda savoblidir.

 Anas raziyallohu anhu orqali rivoyat qilingan hadis:
Ya’ni: «Rajab oyi kirgan vaqtida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday duo qilar edilar: «Yo Rabbiy, rajab va sha’bon oyining xayru barakoti, ne’matlaridan hissasini olib, barakotlariga erishganlardan qilgin! Bizni rajab va sha’bon oylarini chiroyli o’tkazgan bir qul o’laroq ramazonga yetkazgin...» Jum’a kechasi bo’lganda shunday derdilar: «Bu naqadar baxtli, nurli, dabdabali bir kechadir va naqadar baxtli va nuroniy kundir».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  09 Oktyabr 2006, 06:25:38

Bu hadisi sharifdan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rajab oyining boshidanoq ramazon oyini ko’zlamoqdalar. Ramazonni orzu qilmoqdalar va ramazonga yetishishni tilamoqdalar. «Rajab va sha’bonni bizga muborak qilib, ramazon oyiga yetishtir», — demoqdalar. Rajab, sha’bon, ramazon — biz bilmaymiz-ku — lekin bular bizlarning Uch oylarimiz. Bobolarimiz ularga bu ismlarni qo’ygan ekanlar, Alloh ulardan rozi bo’lsin. Dinimizga aloqador kitoblarni, manbalarni o’qib, har narsani yaxshilab tekshirib, ibodatlarni o’z o’rnida bajarib, Alloh roziligiga erishish uchun g’ayrat qilgan muborak ajdodlarimiz nur ichida yotsinlar, qabrlari nurga to’lsin, ruhlari shod bo’lib, maqomlari a’lo bo’lsin...

Bu Uch oylar ichida zarur fursatlar, juda ham yaxshi kechalar bor. Ularning eng birinchisi bu — rag’oib kechasi... Rajab oyi kirganidan keyin birinchi payshanbani jum’aga bog’lagan kecha bu — rag’oib kechasi. Rag’bat ko’rsatilishi va ibodat qilinishi lozim bo’lgan muborak kechalardan biri.

Rajabning 26-sini 27-siga tutashtirgan kecha bu — me’roj kechasi, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqan muborak kecha. Bulardan keyin sha’bon oyining o’n beshinchisida baroat kechasi bor. Bu - taqdirlar, hodisa-voqealar, qismatlar belgilanadigan bir kecha. Fazilatli bir kechadir. Shu sababdan ham u kechaga jiddiy tayyorgarlik ko’rish lozim. Bu kechada Alloh taolodan saidlar qatoriga qo’shishini, osiylar qatoriga qo’shmaslikni so’rab iltijo qilish uchun hozirlik ko’rish lozim!..

Qayd etilgan