Muallif Mavzu: Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 102162 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #270 : 09 Oktyabr 2006, 06:40:26 »
U kechalarning hashamati, u kechalarning chiroyliligi... Bu betonli uylar orasidagi yangi nasllar uni bilmaydilar. U kechalarning dabdabasi naqadar go’zal! Naqadar ruhoniyatlidir u kechalar!

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytmoqdalarki: «Kechasi osmonning eshiklari ochiladi». Osmonning eshiklari bormi? Bor. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam me’rojga chiqqanlarida Quddusi Sharifga bordilar. Quddusi Sharifdan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam va Jabroil alayhissalom me’rojga chiqdilar. Birinchi osmonga kelgan vaqtlarida farishta to’xtatdi.

Birinchi osmon nima ekan?
«Darhaqiqat, Biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik», – deb aytmoqda. Yulduzlar bilan liq to’la bo’lgan osmonning ustida nimalar bor – unisini Alloh biladi.

Birinchi osmonning qorovuli to’xtatmoqda, Jabroildan so’ramoqda. Jabroil kim? Allohning to’rt buyuk farishtasidan biri. Payg’ambarimizga vahiy keltirgan muazzam maloika. Unga savol bermoqda farishta... Qaysi farishta? Birinchi osmonning qorovuli bo’lgan farishta...
– Kimsan?
– Men Jabroilman.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #271 : 09 Oktyabr 2006, 06:40:49 »
O’zini tanishtirmoqda... Islomiy odobda o’zini tanitish bor, muhtaram birodarlar! Eshik taqilladi. «Kim u?» – deyiladi ichkaridan... Eshikni taqillatgan «Men» deydi. Ey voh, subhonalloh!.. Har kishi men deydi, men deb javob ham berishadimi, nomingni aytasan!.. Qaragin, nima demoqda «Men Jabroilman!» – bundan inson odob o’rganmoqda.

Men deganidan keyin, ikkinchi marotaba – so’ramoqda. Bu safar: «Kimsan?»
«Menman, och eshikni!» – demoqda.

Taniysan, ammo hammaga eshik ochilmaydi-ku! «Hammaga eshikni ochmang, bilak-uzuklaringizni qo’lingizdan oladilar», – deydilar. Uyiga bostirib kirib, pichog’ini tiraydi. Insonning yaxshisi bor, yomoni bor, axir... Odobga rioya qilib kim ekanligingni aytasan!..

Keyin:
– Xo’p, yoningdagi kim?
– Muhammad Mustafo – Allohning elchisi!..
– Xo’p, unga bu yerlardan o’tish uchun ruxsat berildimi?..
– Ha, berildi.
– U holda, o’ting!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #272 : 09 Oktyabr 2006, 06:41:13 »
Osmonlarning shunday xususiyatlari bor, hurmatli birodarlarim! Jabroilni savolga tutgan, to’xta, turib tur, degan qorovul bor... Eshigi bor – osmonning eshigi bor... Bilmaymiz; ko’rgan ko’radi, bilgan biladi. Bilganlar, ko’rganlar tushuntirmoqda: bu kecha – osmon eshiklarining ochilish vaqti. Osmonning eshiklari ochilmoqda... «O’t, bolam!» – deganga o’xshab.

Ikkinchisi: Alloh taolo dunyo osmoniga tushib, qullariga nido qiladi, ya’ni Alloh taolo qullariga yaqinlashib: «Yo’qmi mendan afvini, mag’firatini istagan? Qani xohlasin – mag’firat qilaman! Yo’qmi mendan biror narsa talab qiladigan! Qani xohlasin – talabini beraman. Yo’qmi kasal bo’lib shifosini istagan? Shifo beraman! Yo’qmi shunday bo’lgan, yo’qmi bunday bo’lgan?» – deb nido qiladi deb aytganlar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o’zlarining bir hadisi shariflarida.

Qaysi vaqtgacha?
«To tong otgunicha...»

Kechaning oxiri qaeridir? Tong vaqti. Tong yorishdimi, kecha ham tugaydi.

«U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyorida (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik-omonlikdir».
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #273 : 09 Oktyabr 2006, 06:41:49 »
Maloikalarning tushishi u futuhot ya’ni, ochilish qaysi vaqtgacha ekan? Tong otguncha.

Shunga ko’ra ko’zimiz bilan ko’ra olmasak: osmon bilan oshnoligimiz bo’lmasa, taqvimdan tong vaqtini ko’ramiz. Tongdan oldinroq biror vaqtni belgilab turamiz, tahorat olamiz, namoz o’qiymiz: «Men borman, ey Allohim, sening afvingni xohlagan! Men borman, ey Rabbim, muhtoj bo’lgan! Men borman, ey Allohim, tilagi bo’lgan!» – deb biz ham xohlaymiz.

Xohlash zamonidir. Chunki qullarining xohlaydigan, Allohning esa beradigan zamonidir. Bu vaqtda ibodat qilish solihlarning, anbiyo va avliyoullohning odati. Inson Alloh bilan tanho qolishlik zavqini o’rganishi lozim! Yolg’izlikdan uzoq-uzoqlarga qochmaslik kerak!

Odam kiyinib ko’chaga chiqsa, ketishda:
– Xotin, men ketdim!
– Qaerga ketyapsiz?
– Choyxonaga!
– Nega?
– Yolg’izlikdan zerikib ketdim!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #274 : 09 Oktyabr 2006, 06:42:12 »
Yanglish. Inson yolg’izlikni sevishi kerak. Yolg’izlikning mazasini tota bilish kerak: «Oh! Ko’p shukurki, hech kimsa yo’q. Rabbim bilan tanho bir o’zim qoldim», – deb tafakkur qilishi kerak. Yolg’izlikdan zavqlana bilish kerak. Yolg’izlik – ulug’ ruhlarning ozig’i. Yolg’izlik – muhim narsa. Yolg’izlikda Parvardigori bilan aloqa bog’lash juda ham muhim. Ayniqsa, yarim tunda...

Shuning uchun ham tunni ihyo qilish, yarim kechasi turib tahorat olib, Alloh buyurgancha ikki rakat, to’rt rakat, olti rakat, sakkiz rakat, o’n rakat namoz o’qish kerak. Chunki namoz – ibodatning eng go’zal shakllaridan biri. Ibodatning ko’p xillari bor. Eng to’liq shakli bu – namoz. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyurmoqdalar:
«Ko’zim namoz tufayli orom topadi. Ko’zimning zavqlanishi, nuri namozdan». Bu – dilim rohatlanyapti, degani.

Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning dillarini rohatlantirgan, ko’zlarini quvontirib, huzur baxsh etgan namozdan zavq ololmagan kimsa o’zini nazorat qilsin. Ya’ni: «Men nega bu namozdan zavq ololmayapman?» – deb so’rasin. Demakki, jihozlari zanglayapti, tuyg’ulari xusronga uchrabdi, demakki, ko’p johil, demakki, bu xususida ancha orqada, hali g’o’r, pishmaganligini tushunadi. Shu bois inson yolg’izlik mazasini totishi kerak, muhtaram birodarlarim.

Qur’onni o’qish juda savobli. Hozirgi kunga kelib bizning Qur’oni karim bilan bo’lgan oshnoligimiz ancha qusurli holga kelib qoldi. Inglizcha, nemischa, frantsuzcha va boshqa ko’p tillarni o’rganyaptilar-ku, ammo arabchani o’rganib, Qur’oni karimni yodlash xususida shavq va g’ayrat sarf etilmayapti. O’rganganlarning esa hali xurmati joyiga qo’yilmayapti.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #275 : 09 Oktyabr 2006, 06:42:55 »
– Qori, keling, o’tiring, o’qing! Bo’ldi, oling shu tugunchaning ichidagi pulni. Ammo «Qori bu yerga keling!» – deganining o’zidayoq u odam achchiqlanadi, o’zini noqulay tutadi... Nojo’ya harakat qilib qo’ygandek bo’ladi. Hofizlikni, ya’ni Qur’oni karimni yod olishni maqbul bo’lmagan bir ish sifatida ko’radilar, o’ylaydilar. Hofizlik shonu shuhrati, qadr-qimmati bilinmaydigan holatga kelindi.

Holbuki, Qur’oni karim – Allohning kalomi, unga nazar solishning o’zi ham savob. Ma’nosini tushunib, hayoti davomida unga amal qilsa, ta’riflab bo’lmas darajada savoblarga noil bo’ladi. Qur’oni karimni o’qishning o’zi ulug’ savob. Albatta, arab tilini bilmaydiganlar ma’nosini tushunmaganidan ko’ngildagidek lazzat ololmaydi.

Kechani bedor o’tkazishning yana bir shakli bu – zikr. Zikr nima o’zi? Ba’zi muborak kalimalarni takrorlash. Masalan, «La ilaha illalloh». Bu kalima insonning jannatga kirishiga sabab bo’ladi. Yoki: «Allohumma solli ala’ sayyidina’ Muhammadin va ala’ a’li sayyidina’ Muhammad» ham juda savobli kalima. Agar siz Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga salotu salom keltirsangiz, uni farishtalar darhol u zotga yetkazadilar. Shuningdek, «Astag’firulloh» ham bir zikr. Allohdan avf-mag’firat so’rashlik. «Subhonalloh», «Alhamdu lilloh», «Allohu akbar», «La’ havla va la’ quvvata illa’ billa’ hil aliyyil azi’m», – bular hammasi muborak kalimalar. Bularni zikr etish g’oyatda savobli.

Yoxud Alloh taoloning ismi azalini, lafzi jalolini yoki «asmoul husna»dan birortasini aytish ham zikr. Masalan, «Alloh, Alloh», «Ya’ Qayyu’m, ya’ Qayyum», «ya’ Vadu’d, ya’ Vadu’d», – deb aytsa ham zikrga kiradi. Demak, zikr – kechani ihyo qilishning bir chorasi.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #276 : 09 Oktyabr 2006, 06:43:37 »
Biror banda Allohni zikr etsa, Alloh ham uni zikr etadi:
«Bas, Meni eslangiz, Men ham sizni eslayman» – deb buyurmoqda Alloh taolo. Banda Allohni biror jamoat bilan birga zikr etsa, Alloh ham u qulini biror xayrli jamoat orasida zikr etadi. Shu asnoda zikr Alloh bilan qulining yaqinlashuvi, Allohning o’z qulini sevishi va qulda Allohga bo’lgan ishqi ilohiy – muhabbatullohning hosil bo’lishiga olib boradi. Bu jihatdan zikr – ibodatlarning afzali va kechani ihyo qilish shakllaridan biri.

Ba’zi namozlar borki, ularni Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayotlik davrlarida o’qigan ekanlar. Shulardan biri – tasbeh namozi. Bu namozni o’qish davomida uch yuz marotaba: «Subhonalloh val hamdu lilla’hi vala’ ila’ha illallohu vallohu akbar», – deb aytiladi. Har o’ntadan yoki o’n beshtadan keyin «Va la’ havla’ vala’ quvvata illa’ billahil aliyyil azi’m», – deb qo’shib qo’yiladi. To’rt rakatli bu namozni bir kishi o’qisa ham, jamoat bo’lib o’qisa ham bo’ladi. Bu Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sahih hadislaridan rivoyat qilingan juda ham fazilatli namozlardan biri. Bunga o’xshash ibodatlar bilan kechangizni ihyo etishingiz mumkin...

Alloh taolo hammangizdan rozi bo’lsin...

23 noyabr 1995 Rag’oyib kechasi
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #277 : 10 Oktyabr 2006, 06:45:39 »
SHA'BON OYI

Muborak uch oylardan Sha’boni sharif kirib keldi. Ramazonga oz qoldi. Baroat kechasi yaqinlashgani sababli ko’nglimiz taloshlandi. Sha’bon oyi Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazratlarining oyidir. Chunki ul zot bu oyda ko’p ro’za tutar edilar, kechalari tongga qadar ibodat qilib chiqar edilar. Oisha onamiz buning sababini so’raganlarida:

«Ey Oisha, bu oy malakul-mavt – o’lim farishtasi Azroilga yil davomida vafot etadiganlar ro’yxati yozdiriladigan oydir. Men esa bu oyda ismimning ro’zador holda qayd etilishini istayman», – deb marhamat qildilar U zot sallallohu alayhi vasallam.

Sahobai kirom va o’tmish avliyoulloh ulug’larimiz ham bu oyda ko’p ro’za tutishar, Qur’oni karim tilovat qilishar, Payg’ambarimizga salovotlar aytishar, Allohdan afvu mag’firat tilab, ul zotni vasila qilar edilar. Boylar kambag’allarga zakotlarini berib, ularning ramazon ro’zasini qiynalmay tutishlarini ta’minlar, voliylar shariatga muvofiq mahkumlarni hibsdan ozod etar, tujjorlar qarzdorlarning qarzlarini uzib, ularni qarzdorlikdan xalos etishar va nihoyat ramazon hilolini ko’rgach, g’usl tahorati olib e’tikofga kirar edilar.

Baroat kechasi sha’bon oyining eng muhim kechasidir. Shuningdek, yilning eng muborak, eng e’tiborli, qadrlanadigan qimmatli kechalaridandir. Bu kecha yer yuziga ilohiy rahmat, barakot va xayr nozil bo’lgani uchun uni, hatto malaklar ham bayram qilishadi.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #278 : 10 Oktyabr 2006, 06:47:41 »
Alloh taolo bu kecha shirk keltirganlar, bir-birlariga kina, adovat tutganlar, do’stu qarindoshlaridan aloqani uzganlar, sehrgarlar, kohinlar, sarxushlar, yulg’uchlar, nomussizlardan tashqari ko’plab imon egalarini avfu mag’firat qiladi.

Baroat kechasida ajallar, rizqlar, hajga boradiganlar, vafot etadiganlar, saidlar – oxirat saodatiga erishuvchilar, shaqiylar – oxirat saodatidan benasiblar, yilning muhim voqealari qat’iy belgilanib yoziladi...

Baroat kechalarining birida Hasan Basriy hazratlarini yuzi sarg’aygan holda ko’rganlar, uning bu tashvishli holatini so’rab-surishtirganlarida: «Allohga qasamki, kemasi to’fonga uchragan bir kishi mendan ham battar yomon ahvolda bo’lmasa kerak. Chunki qilgan gunohlarimni bilaman, ammo yaxshi amallarim qabul qilindimi yo’qmi, ahvolim nima bo’ladi? – deya tashvishdaman», – deb javob beribdilar.

Muhtaram birodarlar! Bu muhim kechaga avvaldan tayyorlaning, ro’zalar tuting, zakotlar, sadaqalar bering, salovotlar ayting, zikru tasbehotlar aylab, tavba-istig’for qiling, Qur’on o’qing, nafl namozlar o’qing, silai rahm etib, ko’z yoshlar ila duo qilingki, Parvardigorimiz sizu bizni mag’firat qilsin, nomimizni «Devoni suado» (saidlar devoni)ga kiritsin. Ma’naviy fayzu futuhlarga mazhar etsin, ustimizdagi baloyu musibatlarni daf etsin, barchamizni ikki jahonda azizu baxtiyor aylasin! Bu o’tkinchi dunyoda ummati Muhammadni g’aflat uyqusidan uyg’otsin, Haqni ko’rib, Haqqa bo’ysunishni, botilni ko’rib undan saqlanishni, oxiratga munosib bir tarzda hozirlanishni nasibu muyassar aylasin.

Omin. Valhamdu lillahi rabbil a’lamin!

1996 yil, yanvar
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #279 : 12 Oktyabr 2006, 05:44:43 »
Muxlis Namangoniy

ALVIDO, EY MOHI RAHMAT!

Alvido, ey mohi rahmat, shahri ѕufron, alvido,
Aylading azmi safar, bo’lduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu25 , xatmi Qur’on, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.

Bir necha kun xoni26  ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qur’oning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehringla shakkarxand eduk,
San ato, ma’nidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl27   yangliѕ aylading bizlarni giryon alvido.

Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga bo’lding xosi merosi rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yiѕlab o’ѕul,
Tez kel, qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G’afur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur28,
Bim29  etib mandin yemaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga to’kunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan bo’lsa isyon, alvido.


25 Savmu salot – ro’zayu namoz.
 26 Xon – dasturxon.
 27 Tifl – go’dak, yosh bola.
 28 Obi tahur – juda toza, pok suv.
 29 Bim – qo’rquv, xavf.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #280 : 12 Oktyabr 2006, 05:47:16 »
Bir ajab mahsan hama mahlar aro qurbing azim,
Kim sani e’zoz qilsa, hashrda30  bexavfu bim,
Hurmatingdin hurlar tobti yangi, ko’hna kiyim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi mah san yangli sohib, xayru ehson, alvido.

Hurmatingdin ѕarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko’b erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil, Haq so’rsa pinhon, alvido.

Xo’31 qilib erdim, ketib qilding mani oshufta hol,
Garchi badman32, yaxshi arz et, so’rsa gar Vojib taol,
Umrga yo’q e’timodim33, to keluncha yangi sol34,
Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zil jalol,
Ey mahi farxundai nuri shabiston, alvido!

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo’ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim35  arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin36  rozi bo’l, ey yaxshi mehmon alvido!

Ushbu muxammas «Tuhfatul obidin» («Obidlar tuhfasi») kitobidan olindi. (Toshkent, 1915, 79-80 betlar).


 30 Hashr – tirilish, to’planish, o’lganlarning tirilish chog’i, yig’iladigan yeri.
31 Xo’ qilmoq – o’rganib qolmoq, bog’lanib qolmoq.
 32 Bad – yomon.
 33 E’timod – ishonish, suyanish.
 34 Yangi sol – yangi yil.
35 Xatm qilmoq - tugatmoq.
 36 Mashrab  so’zi taxallus ma’nosida qo’llanmagan (Tarjimon).
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #281 : 13 Oktyabr 2006, 07:42:20 »
Hadislar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», – deydir».

*  *  *

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, – deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, – bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani?» deb nido qiling‘aydir. Shunda ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».

*  *  *

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.

*  *  *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen», – deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Allohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri – og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi – ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Allohga yo‘liqqanda!».

*  *  *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitil-g‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir», – deganlar.

*  *  *

(Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. Al jomi’ as-sahih. (Ishonarli to‘plam). 4-jildlik, 1-jild. Toshkent, «Qomuslar bosh tahririyati», 1997 y., 509-513-betlar).
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: RAMAZON va TAQVO. Shayx Mahmud As'ad Jo'shon
« Javob #283 : 02 Dekabr 2007, 02:00:12 »
Ramazon va taqvo



Muallif: Mahmud As’ad Jo’shon

Hajmi: 448 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 43526
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
Mahmud As'ad Jo'shon. Tasavvuf va nafs tarbiyasi

Muallif HanafiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 30365
So'nggi javob 20 Aprel 2009, 18:28:41
muallifi Hanafiy
Marhaban ya shahro Ramazon!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Ro'za

Javoblar: 186
Ko'rilgan: 101317
So'nggi javob 18 Iyun 2015, 07:12:42
muallifi Sadulla
"Ramazon saboqlari" turkumidan

Muallif FoniyBo'lim Ro'za

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 24656
So'nggi javob 29 Aprel 2008, 17:21:53
muallifi Muhammad Amin
Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 91
Ko'rilgan: 30875
So'nggi javob 13 Mart 2008, 10:46:49
muallifi shoir