Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155389 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 29 B


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:27:06

Demak, bu yerdan shu narsa kelib chiqadiki, har bir farzandning o’tib ketgan ota-onasi uchun eng yaxshi hadyasi — uning yaxshi inson bo’lishi. Chunki, u qilgan yaxshi amallar savobining bir ko’rinishi ota-onasiga yuboriladi. U tashvish tortmasin, uning savobidan olib qo’yilmaydi. Alloh taoloning rahmati keng, ne’mati ko’p, xazinasi so’ngsiz. Ya’ni uning savobi qancha bo’lsa, savobi kamaytirilmasdan, ota-onasiga yuboriladi. Masalan, Bursa o’zining qandlari bilan mashhur. Biz bu shahardan o’tsak, albatta uning qand-qursidan olib ketamiz. Antaliyaning nimasi bor bilmadim, yoki Afyonning qaymog’i mazali, qaymog’li luqumlari bor hatto. Ya’ni har shaharning bir mashhur narsasi bor. Ammo «Marhumlarga nimani hadya qilib yuborsak bo’ladi?» — deb o’ylashingiz tabiiy narsa. Sizning yaxshi musulmon bo’lishingiz, bu — eng yaxshi hadya. Namoz o’qing, ro’za tuting, Qur’on o’qing, xatm qiling, yaxshilik qiling, xayr-hasanotlar qiling! Siz yaxshi inson bo’ldingizmi, oxiratdagi ota-onangiz xursand bo’lishadi. Tushingizga kirib,sizga rahmat aytishadi.

Muhammad alayhissalomning izidan yuramiz, chunki najot faqat uning yo’lidan bormoqdir. Barcha diniy ilmlarning manbai u Zoti bobarakotning hadisi shariflarida jamdir. Qur’oni karimni Alloh ularga tushirdi, vahiy ularga keldi va u zot bizga yetkazdilar. Ya’ni Qur’oni karim U zot orqali bizga yetib kelgan. Demak, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam va u kishining bizga topshirib ketgan sunnatlari boshimizning toji ekan. Unga loqayd qarash mumkin emas. Qur’oni karim menga yetadi, deyish mumkin emas. Chunki vahiyning mohiyatini aqllar qamrab ololmaydi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sunnatlari bu — Qur’onning izohi, sharhi, tafsiri va mujassam bir o’rnagi. Bir hadisi sharifda aytiladi:

Ya’ni: Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: (Navmus soimi iba’datun). Ro’zadorning mukofotiga qarang! «Ro’za tutgan kishining uyqusi ham ibodat». Ro’zador charchaydi, holsizlanadi, bir ozgina shu yerda cho’zilay, deydi. Axir, buning yozi bor, qishi bor, issig’i bor, sovug’i bor... Uzun-uzun kunlari bor...

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:29:19

Stokgolmga bordik. Shimoliy Qutbga yaqin bo’lgan joylar. Qish mavsumi soat 9larda bomdod namozi bo’ladi. 12ga yaqin peshin, 13ga yaqin asr, 15larda shom namozi o’qiladi. Yozda esa umuman teskarisi: Tarovih namozini o’z vaqtida o’qish ham ancha qiyin. U yerda oddiy ishchi bo’lib ishlaydigan birodarlarimiz maxsus qozonlarda temir eritib qaynatadilar. «Ustoz! Issiqlik 60-70 gradus bo’lganda ko’zoynakni taqamiz va narsalarni eritib qaynatamiz. Shunday qilib, kemalar yasayapmiz» — deb aytgan edilar.

Ular shunday og’ir sharoitda ham ro’za tutishlariga to’g’ri keladi va o’z navbatida, uzun tunlarda dam olishlari kerak. Kechasi hech ham uxlay olmayaptilar. Shom namozini masjidda o’qiydilar. Iftorlik qiladilar. Xufton namozini tarovih bilan o’qiydilar. Keyin ozgina nafaslarini rostlab suhbat qiladilar va bomdod namozi kiradi, uni o’qib, yana ishga ketadilar. Haqiqiy fidokor insonlar. Albatta, kunduzi ish tugaganidan keyin dam olishlari lozim.

(Navmus-sa’imi iba’datun). «Ro’zadorning uyqusi ham ibodat». (Va samtuhu’ tasbi’hun). «Gapirmasligi, sukut saqlashi tasbeh bo’lar ekan». «Subhanalloh» deganidek. To’yib gaplasha olmaganligi uchun biroz kayfiyati qochadi. Ana shundagi sabri-sukuti ham savob ekan. Ro’za insonni chiroyli qilib qo’yadi.

Uyqusi ibodat, sukut saqlashi tasbeh: (Va dua’uhu’ mustaja’bun). «Duosi esa maqbul ekan». Ro’zadorning duosi ijobat. Chunki u Alloh yaxshi ko’rgan banda bo’lishga intilayotir. U Alloh uchun kunduzi yeyish, ichish va oilaviy munosabatdan uzoqlashadi. Alloh uchun nafsining kuchli orzularini tark etadi. U Alloh uchun fidokorlik qilganligi sababli ham Alloh uni sevmoqda va duosi ijobat bo’lmoqda. Bunday fursatda ro’zadorning duosini olishga harakat qilish, uning ko’nglini olish lozim, unga ehson qilib, iftorlik qildirish, shunday yo’llar bilan uning mustajob duosini olishga harakat qilish zarur!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:31:39

(Va amaluhu muza’afun). Qilgan amalining savobi ham orttirib beriladi. Ya’ni, ramazonda qilgan ibodatlari, boshqa vaqtlarda qilgan ibodatlari bilan bir xil bo’lsa ham, ramazondagi savobi yetmish marta ortiq. Bu ozmuncha farq emas, juda ham yaxshi bir mukofot.

Ramazonda kuniga 20 rak’at tarovih namozini o’qiymiz. Yetmishni yigirmaga ko’paytirsak 1400 rakat namoz o’qigandek bo’lamiz. Sadaqa bersak ham, tasbeh o’girsak ham yetmish marta ko’p savob olamiz.

Shuning uchun ham ba’zi oqil kishilar bu narsaning sirini ustozlaridan, buyuklaridan o’rganganlari bois, zakotlarini ramazon oyida beradilar. Zakot uchun bir nechta shartlar mavjud. Shulardan biri zakotga yetadigan mablag’ qo’lga tushgandan keyin bir yil shu holatida turishidir! Masalan, hozir siz nisobga yetarli mablag’ga ega bo’ldingiz, bundan shu zahotiyoq zakot berish mumkin emas. Bir yil o’tishi kerak. Ammo ba’zilar o’sha miqdorni oldinroq ayirib, ramazonda beradilar.

Chunki ramazonda qilingan har bir ezgu ishga yetmish marta ko’p savob beriladi.

Abu Husaymadan shunday rivoyat qilinadi:
Ya’ni, «Katta gunohlar qilinmagan bo’lsa, ramazon bilan ramazon, haj bilan haj, jum’a bilan jum’a, namoz bilan namoz orasidagi gunohlarga kafforat bo’ladi».

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:33:11

Ramazonni yaxshi o’tkazsak, o’tgan ramazondan bunisigacha qilgan gunohlarimiz va qusurlarimizni Alloh kechiradi. Jum’a namozini ham maromiga yetkazib o’qigan vaqtimizda, oldingi jum’a bilan bunisi orasidagi gunohlar o’chiriladi. Albatta, uning ba’zi shartlari bor. Masalan, yaxshilab g’usl qilib, tahoratni yangilab, jum’aga kamoli hurmat bilan e’tibor bersa... Bir namoz oldingisi bilan orasidagi gunohlarni o’chiradi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu ramazon oyi kelishi bilan aytar ekanlar:
«Xush kelding, ey yaxshiliklarga to’la oy, kunduzlari ro’zaga, tunlari esa namozga boy bo’lgan oy!».

Men yuqorida kechki namoz deb aytganimda, tarovih namozini nazarda tutdim. Ammo, ba’zi oshiqu sodiqlar tarovih namozi o’qigandan keyin uylariga borib, tahoratlari bor, yana bir ozgina namoz o’qiydilar. Ularning bu go’zal amallarini Alloh qabul qilsin!

Yoki bo’lmasam, kunduzi ish bilan band bo’lganligidan tarovih namozidan keyin biroz charchaydilar. Hozir qish bo’lganligidan kunduzi ham qisqa, soat 800-da hamma ish tugaydi. Ko’chaga chiqay desa, odamlar vaqtlarini yana behuda ishlar bilan o’tkazmoqdalar. Kel, dam olay, deb uxlaydi va erta tongda saharxo’rlikka turadilar. Shunda tahorat olib, ikki rakat tahajjud namozini o’qiydilar! Chunki bu namoz Payg’ambarimizga Qur’oni karimda tavsiya etilgan bir namoz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:43:59

Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
«Kechaning (bir qismida) uyg’onib o’zingiz uchun nafl (ibodat) bo’lgan namozni o’qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (ya’ni, gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur».

Rabbimiz Payg’ambarimizga: «Kechalari tahajjud namozi o’qi!» deb buyurmoqda, tavsiya qilmoqda. Payg’ambarimiz ham bu namozni hech kanda qilmagan ekanlar.

Shu bois hadisi sharifda shunday aytiladi:
«Kechasi turib o’qilgan ikki raka’at namoz, dunyo va undagi barcha narsalardan qiymatliroqdir».

Ramazondan boshqa vaqt tura olmaymiz. Chunki kech yotamiz, to’yib uxlay olmaymiz. Shuning uchun hatto bomdod namoziga ham turolmaymiz, ba’zi vaqtlar turishimiz juda ham qiyin bo’ladi. Mana, sizga oddiy xalqning, avomning umumiy holati. Ammo bizning dinimiz shunday go’zalki, shirinliklar, lazzatli taomlar bahonasida avomning ham havasini uyg’otib, ramazon oyida tahajjudga uyg’otadi. Bu fazilatli oyda yarim kechasi yosh ham, qari ham, kuchli ham, kuchsiz ham og’rinmasdan, uflamasdan, mamnuniyat bilan uyqudan turadi. Shu bois Hazrati Umar roziyallohu anhu «Har narsaning har qanday holati, kunduzidagi ro’zasi ham, kechadagi namozi ham xayrli bo’lgan, ey muborak oy, xush kelding!» — degan ekanlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:48:08

Alloh taolo hadisi Qudsiyda marhamat qiladi:
«Ro’za — meniki, uni men o’zim qabul qilaman. Uning mukofotini ham hisoblab bo’lmaydigan shaklda men o’zim beraman». Chunki ro’za bu — yashirin ibodat. Namozga o’xshagan emas».

Namoz o’qib turganingda hamma ko’rishi mumkin. Ammo ro’za unday emas. Ramazonda hamma ro’zador, deb taxmin qilinadi-yu, ammo ramazondan boshqa vaqtda insonning ro’zador yoki ro’zador emasligi bilinmaydi.
«Marhamat, keling!» deysiz.
«Rahmat, yemayman!» — deydi.
«Marhamat, dasturxonimizga»
«Rahmat, ammo yeyaolmayman» — deydi.
Shunda siz: «Ro’zadormisiz?» — deb so’raysiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  29 Sentyabr 2006, 07:52:37

Ibodatning pinhonasi maqbul bo’lganidan va ro’za nafsning ustidan hokimlikni kuchaytirganidan bu davrda inson nafsiga hokim bo’ladi, irodasini quvvatlantiradi.

Siz bir do’xtirlardan so’rab ko’ring, ochlikning juda katta tibbiy foydasi bor. Mana, Burdurda shakar fabrikasi bor. Ma’lum kampaniya bitganidan keyin fabrika to’xtatiladi va butun jihozlar qaytadan tekshiriladi, toza qilinadi. Ya’ni keyingi kampaniyaga tayyorgarlik ko’riladi. Agar shunday qilinmasa, keyingi yil uchun shakar ishlab chiqara olmaydi. Chunki butun jihozlar ishdan chiqib qolishi mumkin. Inson vujudi ham xuddi shundaydir. Me’damiz bir oy dam oladi. Parhez bezi ham, butun ichki a’zolar ham dam oladi.

Alloh taolo hammamizni g’aflat uyqusidan uyg’otsin, orifu ogoh qullaridan qilsin... Har bir kunimizni rizosiga uyg’un o’tkazishimizni nasibi ro’zi aylasin. Tafviqini rafiq qilsin, xos qullaridan qilsin... Husni xotimalar bilan oxiratga borishimizni nasib aylasin. Jannati va jamoli bilan barchamizni xushnud etsin.

Bihurmati asrori suratil fotiha!..

4 fevral 1995/ 4 Ramazon 1415

Qayd etilgan


Naqshbandiy  30 Sentyabr 2006, 07:10:35

GUNOHDAN VOZ KECHISH

A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.

Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd bo’lsin. Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin. Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin.

Aziz va muhtaram birodarlarim!
Alloh taolo jalla jaloluhu shu muborak oyda barchamizni fayzu barakotidan hissamandu hissador qullaridan aylasin! Namozu niyozlarimizni, tarovihu ro’zalarimizni rahmatiga erishmog’imiz, rizosini qozonmog’imiz uchun vasila qilsin.

Alloh taolo Payg’ambarimizga nimalarni o’rgatgani ko’pchilikka ma’lum. Rasululloh bu haqda:
«Rabbim meni tarbiya qildi va tarbiyamni go’zal ayladi», – deya lutf etganlar. Bir yetim bolani Alloh taolo o’zi yetishtirdi va ulumi avvalinu oxirinni unga ato qildi. Hadisi shariflari kutubxonalarni shunday to’ldirdiki, inson ularni umr bo’yi o’qib tugata olmaydi. Alloh taolo Ul zotga ko’p narsalarni o’rgatdi, ko’rsatdi va hech bir bandaga nasib etmagan martabalarga erishtirdi. Unga me’rojni nasib etdi va hayotligi davrida o’z dargohi izzatiga qabul qildiki, bu bashar ahlidan hech kimga nasib etmagandi. Chunki u muborak zot sarvari anbiyo – Payg’ambarlarning sarvari, Habibi Mustafo – tanlangan sevgili quli. Shuning uchun ham ul zotga ko’p narsalarning sir-asrorini bildirdi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  30 Sentyabr 2006, 07:16:30

 Bir hadisi qudsiyda Alloh taolo buyuradi:
Shu hadisni biroz izohlasak:

Ey odam farzandi! — deb xitob qilmoqda Alloh taolo, buni esa Payg’ambarimiz bizga naql qilmoqdalar. Payg’ambarimiz, Allohning so’zlarini o’z so’zlari bilan gapirgan bo’lsalar, u hadisi qudsiy deb ataladi.
Nima uchun bu kitoblarni o’qiyapmiz? Chunki undan keyingi keladigan gaplar chiroyli... «Siz shu ishlarni qiling, Men sizdan rozi bo’laman! Siz bu ishlarni qilib, Mening roziligimni toping! Bu chiroyli amallarni bajarib, Mening roziligimga erishing!» — deb aytilmoqda. Biz Alloh roziligiga erishishimiz uchun shularni o’qiymiz.

Xuddi shu sababdan ham bu satrlarni tanladim:

«Ey Odam o’g’li! Menga isyon qilayotganingda, biror gunoh qilmoqchi bo’lganingda, mening gunohkorlarga g’azab qilishimni eslab, aql-hushingni yig’ib, gunoh qilishdan o’zingni hech orqaga tortdingmi?»
Masalan, Yusuf surasini eslang, unda aytilishicha:

Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Haqiqatan, Zulayxo Yusuf alayhissalomning visoliga intildi. Agar Parvardigorining ochiq hujjat alomatini ko’rmaganida, Yusuf alayhissalom ham Zulayxoga moyil bo’lar edi. Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun uni o’z muhofazamizga oldik, gunohdan asradik deya yuqoridagi oyatda xabar beriladi. Darhaqiqat, Yusuf alayhissalom g’oyat go’zal va eng chiroyli payg’ambarlardan bo’lganlar. Ammo Hazrat Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Yusuf alayhissalomdan ham xushro’y bo’lganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  30 Sentyabr 2006, 07:23:06

 Bir shoir yozgan ekan:
«Rasulullohning yuzlari qilich kabi yaraqlaydi». U vaqtlardagi porloq narsa qilich edi. Chunki u davrda bizning davrimizdagidek oynalar yo’q bo’lgan, kumushni yaltiratib, oyna o’rnida qo’llanilgan. Shuning uchun ham «Qilichdek yaltiraydi», — deb aytmoqda. Boshqa birisi esa: «Qanaqa qilich? Oy kabi, quyosh kabi edi», — deb tushuntiradi.

Shu muborak kunlarda so’raymiz: Alloh taolo hammamizga oxiratda jamolini ko’rishni nasib aylasin. Endi mavzuga qaytamiz.

Yusuf alayhissalom eshikdan kirishlari bilan xotinlar qo’llarini kesdilar. Qo’llarida olma bor edi, ammo ular bu husnu jamolni ko’rishlari bilanoq hamma narsani unutdilar, lol qoldilar, natijada qo’llarini kesa boshladilar.
«Bas, qachonki uni ko’rishgach (ular beixtiyor uni) olqishladilar va (o’zlari sezmagan hollarida, qo’llaridagi pichoqlari bilan) o’z qo’llarini kesa boshladilar. Hamda: «Ey pok Alloh, bu bashar (farzandi) emas, bu asl farishtaning o’zi-ku», deb yubordilar».

Yusuf alayhissalom Zulayxo volidaning qo’liga tushib qoldi. Yusuf alayhissalom yosh bir yigit, Zulayxo volida esa yuqori tabaqaga mansub vazirning ayoli. U eshikni yopishi bilan ikkalasi ham bir-biriga havas qilib boqdi, lekin Yusuf alayhissalom shu vaziyatda o’zlarini tutdilar...

Qayd etilgan