Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155420 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 29 B


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:26:21

Chunki Alloh taolo bir hadisi qudsiyda buyuradiki:
«Men meni zikr qilganning hammajlisi bo’laman, yonida birga bo’laman». Inson bunda Qur’on o’qib, zikr qilib, ibodatlarni bajarib, namozlarni va qazo namozlarini o’qib, vaqtini butunlay qattiq ibodatga bergan bo’ladi. Buyuk savoblarga erishadi.

Bir shoir yozgan ekan:
Shakarlarda topolmadim,
Zikrullohning ta’mini!


Bir zoti muhtaram aytadi: «Agar hukmdorlar, qo’mondonlar, jahongirlar tasavvuf arbobi erishgan ma’naviy zavqlarning naqadar lazzatli ekanligini bilganlarida edi, shahar , o’lka yoki biror boylikni olishga borganlari kabi, bu zavqlarni bizlarning qo’limizdan tortib olish uchun qo’shinlarini boshlab kelgan bo’lardilar».

Bu ibodatning zavqini, mazasini, lazzatini, hayajonini, go’zalligini totib ko’rmagan bilmaydi, uni tushuntirib ham bo’lmaydi, eng yaxshisi totib ko’rmoq.

Yuqorida ham aytganimizdek, Ramazonda qilingan ibodatning savobi boshqa oyda bajarilgan amallarga nisbatan yetmish marta ortiq bo’ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:27:09

Shuning uchun ham har xil savobli ishlarni qidirib yuradigan ba’zi tashna, bilimli musulmonlar bor. Zakotni yilning xohlagan oyida berish mumkin, ammo ataylab ramazonda beradilar. Chunki ramazonda bergan zakoti yetmish martaga ko’payadi-da. Shu yerdan ham bir foyda undiradi.

Molining qirqdan birini hisoblaydi, undan ma’lum miqdorini zakotga ajratadi va zakot olishga munosib kishiga beradi. Bu bergani, aslida, faqirning haqqi, o’ziniki emas. Dalada o’zi ishladi, o’zi ekdi, o’zi boqdi, o’zi qaradi, o’zi zahmat chekdi, mahsulini ham o’zi oldi... Alloh, Alloh... Alloh taolo aytayaptiki: «Sening hosilingda, foydangda faqirning haqqi bor!» U ham sevinib-sevinib o’sha haqni ajratib beradi. Dehqonchilik hosillaridan qancha miqdorda zakot beriladi? O’ndan biri. Uni shuning uchun ham ushr — deydilar. Ashara — o’n, ushr — o’ndan biri degani.

Dehqonchilikning ham ushri bo’lib, uni ham zakot deydilar. U ham dehqonchilik hosillarining zakoti. Paykalning sug’orilishi va o’z-o’zidan tabiiy ravishda yetishtirilishi orasida farq bo’lgani kabi ushr ham o’ndan birga, yigirmadan bir miqdorlarida o’zgaradi. Pul bo’lsa, qirqdan biri, ya’ni yuzdan ikki yarim bo’ladi. Bularning hisob-kitobi bor. Masalan, beshta tuyadan bir qo’y, o’ttiz sigirdan bir bosh bir yoshga to’lgan tana yo ho’kiz, qirq qo’ydan bir qo’y beriladi va hokazo. Bundan keyin shuncha bo’lsa, shu qadar, buncha bo’lsa, bu qadar beriladi, degan bir ro’yxati bor. Zakot mana shu ro’yxatga ko’ra olib boriladi.

«Faqirning haqqi, qarzdorning haqqi, yo’lda qolib ketganning haqqi va boshqalar zakotning xarajatlari», — deyilgan. Zakotga muhtoj kishilarning maxsus ro’yxati bo’ladi. Shu ro’yxatga ko’ra beriladi, ammo ramazonda berilsa, bu safar zakotning bir savobi yetmish marotabaga ko’payadi. Ramazonda bir sadaqa berilsa, boshqa oylarda berilgandan yetmish martaga ziyoda bo’ladi. Bas, shunday ekan, bu oy barakali oy emasmi? Ramazonda yuz marta tasbeh o’girsa, yetmish marotabaga ko’payadi. Boshqa oyda esa, bir marta bo’ladi. Shu tariqa ibodatda ham, dasturxonda ham, savobda ham, zamonda ham barakot bo’ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:29:39

Hasan Basriy baroat24  kechalarining birida uydan tashqariga chiqibdilar, chiqibdilar-u, ammo kasal odamdek, ya’ni yuzlari ter toshgandek juda ham ta’sirli bir vaziyatda ko’chaga chiqibdilar. Uni ko’rganlar:

«Yo muborak, nima bo’ldi? Kasal bo’ldingizmi, qorningizda og’riq bormi? Boshingiz og’riyaptimi, qusdingizmi?» — deb so’rabdilar.

Hasan Basriy aytibdilarki:
«Bu kecha — baroat kechasi! Bir yillik bajarilgan amallar maloikalarga topshiriladigan kecha. Yoshligimda, o’spirinligimda, kechasi, kunduzi qilgan barcha gunohlarimni bilaman. Tavba qildim, kechirishini so’radim, ammo kechirilganligi to’g’risida biror ishorat ko’rmadim, afv etildimmi, afv etilmadimmi noma’lum? Demak, kechirilganligim noma’lum ekan, mening gunoh ish qilganligim aniq, kechirilmasligim mumkin».

Alloh ba’zan kechirmaydi. Buning sabablari bor. Ularni bilish lozim!

Bu — hayotning eng muhim masalasi! Nima qilsam, Alloh mening gunohlarimni afv etadi, nima qilganimda dod desam ham kechirmaydi? Bularni bilish shart!


 24 Sha’bon oyining 15-kechasi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:30:08

Gunohlarimni bilaman - aniq. Kechirilgani noma’lum - qo’rqyapman. Ha, ibodatlar qilganman, ammo qabul etilganini bilmayman. Agar namozlarimning birortasi qabul etilmagan bo’lsa, men esa shu yoshga yetdim, endi ahvolim nima bo’ladi? Yetmish yoshga kirgan bir kishining tushida bir ishorat ko’rsatib: «Sening birorta ham namozingni qabul qilmadim!» — desa, Alloh saqlasin, nima bo’ladi ahvoli? Yetmish yillik ibodat havoga ketsa, inson juda ham qattiq parishon bo’ladi.

Demak: «Gunohlarimni bilaman — o’chirilgan yoki o’chirilmagani aniq emas,.. Ibodatlar qilganman — qabul qilingan yoki qilinmaganligi aniq emas. Mening ahvolimdan ham yomonroq kim bor?» — deb aytibdi sarg’ayib ketgan u muborak zot. Holbuki, Hasan Basriy tobeinlarning eng ulug’-muboraklaridan biri. Avliyo, lekin tabiiyki, bunday zotlar juda mutavoze’ bo’ladilar. Allohning ogoh qullari, o’zlarini jannatiy qilish va jahannamdan saqlanish uchun bizga o’xshab tanballik qilmasdan, juda qattiq harakat qilganlar. Qarang, shu muborak oyning o’n kuni o’tib ketibdi. Shu o’tgan o’n kunni qanday o’tkazganingizga bir nazar tashlang!

Alloh bu xayrli oyda sizning ustingizga rahmat-mag’firatni yoyadi. Sizni xayrga o’raydi. Yer yuzi, musulmonning usti xayr bilan yopiladi. Keyin rahmat tushadi. Bu oyda osmondan Allohning rahmati yog’adi. Uylar, ko’ngillar, o’lkalar, shaharlar va masjidlarga rahmat yog’iladi.

Alloh bu oyda gunohlarni kechiradi. Kechayu kunduz, ham iftor paytida, ham sahar vaqtida kechiradi. Yolvorgan har bandani mag’firat qiladi. Bu oyda ko’plab insonlar mag’firatga erishadi, gunohlari kechiriladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:31:09

 «Alloh bu oyda duolarni qabul qiladi». Duo-Allohdan so’rash degani. Alloh duolaringni qabul qiladi degani-so’rayver, so’raganni Alloh beradi deganidir. Ammo Allohdan nimani so’rash lozimligini ham bilish kerak.

Savob haqida gapirayapmiz keling, sizlarga bir hikoyani aytib beraman: Bir podshoh vazirini olib, qiyofasini o’zgartirib, shalvarlar kiyib, qishloq aholisining hayoti bilan tanishishga ahd qiladilar. Yo’lda ketib tursalar, bir mo’ysafid chol yerga ko’chat ekayotganini ko’ribdilar. Podshoh qiziqib so’rabdi:

«Amaki, buni nega ekayapsiz? Buning mevasini yeyishga sizning umringiz yetadimi?»

Podshoh-ku qo’rqmaydi, beparvo. Bu gapni eshitganidan keyin qariya shunday javob beribdi:
«O’g’lim, bizdan oldingilar ekdilar, bizlar yedik. Endi biz ham ekaylik, bizdan keyingilar yesin».

Javob podshohga juda yoqib tushibdi. Vaziriga ishora qilibdi:
«Bunga bir xalta tillo ber!»

Vazir podshohning amriga binoan bir xalta tillo chiqarib beribdi.
«Oling, amaki, bu xaltani! Javobingiz meni ta’sirlantirdi!» — debdi podshoh.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:31:56

Qariya xaltachaga tikilgancha hayratlanibdi. Chunki u bir zumda boy bo’ldi-qoldi. Oltinga to’la xaltacha qo’lida. Qarshisidagi odamning ulug’ bir insonligini tushunibdi-yu, podshohligini bilmabdi. Jilmaygancha xaltani ko’rsatib:
«Qara bolam, ko’chatning mevasini ko’ra boshladim», — debdi.

Podshohga bu gap ham ma’qul tushibdi. Vaziriga yana ishorat qilibdi. Vazir yana bir xaltani uzatibdi. Qariya ikki qo’lida ikkita oltin to’la xaltani ushlagan holda juda mamnun bo’lib, podshohga o’girilib:
«Qarang! Siz mevasini yeyolmaysiz, deb aytgan ko’chatim bir soniyada ikki marta meva berdi», — debdi.

Qariyaning bu gapi ham podshohga yoqib tushibdi va vaziriga qarab:
«Yana bitta xaltachadan ber. Keyin qochib qolaylik buning oldidan! Bo’lmasa xazinamizni tugatib qo’yadi bu odam», — debdi.

Ha savobning turlari ko’p. Yuqorida aytib o’tganimizdek, daraxt ham sadaqai joriya. Daraxtlar ham savob keltiradi!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:35:34

Bir inson biror daraxtning soyasida dam olsa, daraxtni ekkanga savob yoziladi. Bir qush kelib shoxiga qo’nsa, ekkanga savob yoziladi. Aytaylik, tut daraxti bo’lsa, tutlarini qushlar yesa, savob yoziladi. Bolalar yesa ham daraxtni ekkanga savob yoziladi. O’tinidan foydalansa ham, daraxtni ekkan savob topadi.

Sadaqai joriya nima degani? Joriya bu yerda qul xotin, haramdagi xotin ma’nosida emas, jarayon etmoq, davom etmoq ma’nosida. Sadaqai joriya degani savobi oqib turadigan, davom etadigan, davomli savob ishlab turadigan deganidir. Shuning uchun ham bunga o’xshash ezgu ishlarni bajarib turish lozim!

Endi mavzuga qaytsak. Alloh bu oyda gunohlarni afv etib, duolarni qabul qilar ekan. Bu gaplarni qaerdan boshladik?.. Vaqtimizni behuda narsalarga sarf etayapmiz. Futbol, u-bu ishlar bilan o’tkazyapmiz. Bizlarga kerak bo’lgan narsalarni o’ylamaymiz. Qanday duo o’qishni bilmaymiz. Bizga dunyoda va oxiratda nima foyda beradi, uni o’rganib, bilib olaylik. Asl foyda shulardan keladi.

«Men jannatga kirmoqchiman, buning uchun nimalarni qilishim kerak?» — deb biror kimsa so’ramaydi.

«Jahamnnamdan qutulishim uchun nima qilishim lozim? Alloh kimlarni sevadi?» — deb so’raylik!

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:38:41

Qur’oni karimda:
«Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi», — demoqda.
 
«Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar». Alloh sabr qilganlarni, sadaqa berganlarni, pokiza kishilarni sevadi. Alloh kimlarni sevsa, shunday bo’lishga harakat qil!

Muhim bo’lgan ish — Allohning sevgisini qozonish emasmi? Qariyalar o’tib borayapti, umrlar tugab borayapti, xalq esa bularni o’rganmasdan, bilmasdan o’tib ketmoqda. Holbuki, duoning qaysi biri maqbul, qachon aytish lozim, qanday aytish kerak, ularni bilish — biz uchun eng muhim ishlardandir.

«Chiroyli savol so’rash olimlik alomati, ilmning sharti». Insonning zehnida go’zal masalalar to’planishi, u savollarni inson ichida saqlab, qidirishi, javoblarini topishi kerak.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:40:51

Istanbuldagi bir masjidda namoz o’qidik. Juda ham chiroyli, mukammal masjid. Menimcha, Me’mor Sinon qurdirgan bo’lsa kerak. Zol Mahmudposhsho masjidi. Domla bizlarga xufton namozini o’qitdi.
«Zol Mahmudposhsho kim?» — deb so’radim domladan.

Domla menga:
«Bu masjidni qurdirgan odam juda ham zolim bo’lgan ekan. Shuning uchun zolimning zolidan Zol Mahmudposhsho deb aytilgan ekan», — dedi.

Men yana dedimki:
«Zolim bo’lsa, masjid qurdirmaydi-ku odam. Dindor bo’lgani uchun bu chiroyli masjidni qurdirgandir?»

Masalaning mohiyatini aniqlashga kirishdim. Qomuslarga ko’z yugurtirdim, topdim, hech ham bunday emas ekan. Zol — qariya, eski, ko’hna, juda ham yoshi ulug’ degani ekan. Demakki, bu Mahmud poshsho juda ham qari, oq soqolli, muborak zot bo’lgan. Boshqa Mahmud poshshodan ajralib tursin deb, Zol Mahmudposhsho deganlar. Bu qari Mahmud poshsho degani. U chiroyli masjid qurdiribdi. Alloh makonini jannat qilsin! Bizlarga ham Alloh masjid qurish, qurdirishni nasib etsin. Hammamizni rahmatiga yetishtirsin.

Domlaga xabar jo’natdim: «Masjidni qurdirgan kishi to’g’risida bunday gaplarni aytmang! Zol Mahmud poshsho — zolim Mahmudposhsho emas, nuroniy, muborak Mahmudposhsho deganidir», — deb.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  02 Oktyabr 2006, 06:42:18

Masjidda imom, lekin masjidni, uning tarixini bilmaydi. Inson qiziquvchan bo’lishi kerak! Ilmning sharti qiziqmoqlikdir. Qiziqish, qidirish, o’rganish lozim! Inson qiziqsa, ko’p narsa o’rganadi, agar qiziqmasa, hech narsa o’rganolmaydi. Shuning uchun qaysi duo chiroyli ekan, o’rganing! Masalan, shunday bir savol aqlingizga kelmaydimi?

«Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qanday chiroyli duolar qilgan ekanlar?» Qiziqadigan narsa emasmi bu? «Ajabo, Qur’oni karimning oyatlari ichida duolar bormi, qaysilari? Domla, bularni biror kitobga jamlaganmi?» Chiroyli savol emasmi bu? «Qur’oni karimning ichidagi duolarni men ham o’rganaman. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qilgan duolarini men ham o’rganaman, men ham duo qilaman», — deyishimiz lozim! Bizlar esa shunday asarlar yozishimiz lozim! «Qur’oni karimdagi duolar», «Hadisi shariflardagi Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning duolari», — deb jamoatimizga yetkazishimiz lozim.

Hozir bu muborak jum’a kechasida dardlashyapmiz. Albatta, gapirish ham, eshitish ham, masjidda o’tirish ham savob. Insonning masjidda turgan muddati namozda turgan deb hisoblanadi. Hozir har biringiz va’z boshlanishidan boshlab namozga turganingizda necha rak’at namoz o’qisangiz, o’sha miqdordagi namoz savobi ichidasiz. Namozda balki xato qilarsiz, bu yerda o’qimasdan, eshitish yo’li bilan namoz o’qigandek bo’lganingiz uchun kamchiliksiz namoz o’qigandek bo’ldingiz, yanada yaxshi savob. Ilmdan bir bahsni o’rganish dunyodan va undagi hamma narsadan xayrli.

Qayd etilgan