Mahmud As'ad Jo'shon. Ramazon va taqvo  ( 155401 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 B


Naqshbandiy  12 Oktyabr 2006, 05:47:16

Bir ajab mahsan hama mahlar aro qurbing azim,
Kim sani e’zoz qilsa, hashrda30  bexavfu bim,
Hurmatingdin hurlar tobti yangi, ko’hna kiyim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi mah san yangli sohib, xayru ehson, alvido.

Hurmatingdin ѕarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko’b erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil, Haq so’rsa pinhon, alvido.

Xo’31 qilib erdim, ketib qilding mani oshufta hol,
Garchi badman32, yaxshi arz et, so’rsa gar Vojib taol,
Umrga yo’q e’timodim33, to keluncha yangi sol34,
Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zil jalol,
Ey mahi farxundai nuri shabiston, alvido!

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo’ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim35  arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin36  rozi bo’l, ey yaxshi mehmon alvido!

Ushbu muxammas «Tuhfatul obidin» («Obidlar tuhfasi») kitobidan olindi. (Toshkent, 1915, 79-80 betlar).


 30 Hashr — tirilish, to’planish, o’lganlarning tirilish chog’i, yig’iladigan yeri.
31 Xo’ qilmoq — o’rganib qolmoq, bog’lanib qolmoq.
 32 Bad — yomon.
 33 E’timod — ishonish, suyanish.
 34 Yangi sol — yangi yil.
35 Xatm qilmoq - tugatmoq.
 36 Mashrab  so’zi taxallus ma’nosida qo’llanmagan (Tarjimon).

Qayd etilgan


Naqshbandiy  13 Oktyabr 2006, 07:42:20

Hadislar

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin, ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa, ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», — deydir».

*  *  *

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, — deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, — bul eshikdan ro‘zani kanda qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani?» deb nido qiling‘aydir. Shunda ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng eshik yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».

*  *  *

Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Alloh unga rahmat nazarini tashlamag‘aydir.

*  *  *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Alloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi, yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir), binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen», — deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Allohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning og‘zidan keladirgan bo‘y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki bor xursand bo‘lur, biri — og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi — ro‘za tutib, yorug‘ yuz birlan Allohga yo‘liqqanda!».

*  *  *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitil-g‘aydir hamda shaytonlar kishanlang‘aydir», — deganlar.

*  *  *

(Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. Al jomi’ as-sahih. (Ishonarli to‘plam). 4-jildlik, 1-jild. Toshkent, «Qomuslar bosh tahririyati», 1997 y., 509-513-betlar).

Qayd etilgan



AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 02:00:12

Ramazon va taqvo



Muallif: Mahmud As’ad Jo’shon

Hajmi: 448 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan