FARZANDimiz immunitetini tabiiy usullar bilan oshirish.  ( 16311 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  22 Noyabr 2012, 23:51:09

 :asl3:

FARZANDimiz immunitetini tabiiy usullar bilan oshirish


Balanslashtirilgan ovqatlanish. Taomning asosiy qismini sabzavot va mevalarga bag’ishlang. Kashalar, go’shtli va baliqli mahsulotlar (imkon qadar qaynatilgan yoki dimlangan variantda). Esdan chiqarmangki,  IMMUNITETIMIZ TAQDIRINING 80% I ICHAKLARIMIZ "QO’LI"DADIR. Uni yaxshilash uchun FARZANDingizga sutli mahsulotlardan ko’proq bering. Yogurt bolalarga ham yoqimli, ham foydali. Iloji bo’lsa, uni magazindan sotib olmang, balki o’zingiz tayyorlang. Resept masalasida istaganingizcha improvizasiya qilsangiz bo’ladi.  Qanaqa meva qo’shishni FARZANDingiz o’zi tanlasin. Tayyorlash jarayonida o’zi ham qatnasha olsa, nur ustiga a’lo nur!

Immun tizimi noto’g’ri ovqatlanishga juda ta’sirchan. FARZANDingiz Sizdan chips, jevachka, kirieshki, har xil shokoladlar so’raganida, shuni yoddan chiqarmang.

2. Xonada meyoriy haroratni (18-20 gradus) va namlik darajasini (60-70%) ta’minlash. Kuz, qish oylarida uylarimiz isitlayotganda batareyaga ho’l sochiqni ilib qo’ysangiz, havo namligi ortadi.

3. Passiv chiniqtirish.  Odatiy chiniqtirish hammaga ham to’g’ri kelmasligi mumkin. Passiv chiniqtirish usullari esa  — yumshoq va ohista davom etadi. FARZANDingiz Siz uni chiniqtirayotganingizni hattoki sezmay qoladi.

4. Har qanday ob-havoda toza havoda sayr qilish (Albatta shunchaki sayr emas, balki harakatli bo’lishi kerak. Jismoniy ish bilan toza havoda shug’ullanish ikki karra foyda!)

Piyoz, sarimsoq piyoz, turp va krapiva yordamida ham immunitetni oshirish mumkin. Bolalar uchun esa alohida taklifimiz bor.

Immunitetni vitaminli choylar yordamida oshirish

Na’matakli vitaminli choy

Na’matakdan vitaminli choyni termosda tez va osongina tayyorlash mumkin. Bir litrlik termosga 12-15 na’matak solamiz va qaynagan suv  quyamiz. Kechasi bilan u damlanib turadi. Ertalab o’zimiz ham ichsak bo’ladi, FARZANDimizga ham bersak bo’ladi. Mazasini yanayam shirali qilishni istasangiz, bir qoshiq asal va bir bo’lak limon solib yuborsangiz ham bo’ladi. Tetiklantiruvchi a’lo mahsulot!

Qora smorodina barglaridan vitaminli choy

Qora smorodina barglarida Vitamin C hattoki qora smorodinaning o’zidagidan ham ko’p. Vitaminlar eng ko’paygan payti ularning sarg’aya boshlagan paytidir. Aptekadan bunday choyni topa olmaysiz, shuning uchun yaxshisi o’zingiz yig’ib, FARZANDingiz uchun tayyorlab berganingiz ma’qul.

1 osh qoshiq maydalangan quritilgan bargni ustiga bir stakan qaynagan suv quyasiz. Bir soat davomida ustini yopib qo’yib, damlaysiz. Keyin sitadan o’tkazib, bemalol choy sifatida iste’mol qilaverasiz. Asal va limon choyning mazasini faqat yaxshilaydi.

Manba: farzand.uz

Qayd etilgan


Muxsiya  13 Mart 2013, 13:06:55

Bir dugonam bor farzandiga shunaqangi chiroyli usulda tarbiya beradiki hayron qolasiz. O'g'li qurtni yaxshi ko'radi uni bolasiga tushuntirishini qareng
-o'g'lim, qurt yeganingdan keyin bu qorninga tushib qoning bilan urushadi, qurt yutib chiqib, qoning yuqkazadi va kamayib qoladi, keyin seni duxtirlar voy mana  bu bolaning qoni kamayibdiku ko'p qurt yebdi, ukol qilib, qonini ko'paytirishimiz kerak deydi. Maylimi o'g'lim keyin ukol bilan qoniz ko'paysa
-Yo'q oyijon, undan ko'ra qurt yemayman qonim yutkazib qo'yadi

Qayd etilgan