Kamqon ayol qanday ovqatlanishi lozim?  ( 13757 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  23 Noyabr 2012, 00:03:50

 :asl3:

Ayol kuniga 15 mg dan kam bo`lmagan temir moddasi qabul qilishi kerak. Temir moddasiga boy bo`lgan mahsulotlarni iste`mol qilib turish organizmni temir bilan ta`minlash uchun yetarli. Organizm qabul qilingan temir moddasini qanchalik tez o`zlashtirishini ham e`tibordan qochirish kerak emas. Chunki turli mahsulotlar turli ravishda hazm bo`ladi. Ozuqaning tez yoki sekin hazm bo`lishi esa jigaringiz qanchalik faol ishlashiga bog`liq.
    Quyida tez hazm bo`ladigan temir moddasi mavjud bo`lgan mahsulotlar ro`yxati berilgan:

    Yog`siz go`sht - Temir moddasining koni. Organizmda eng tez hazm bo`luvchi temir moddasi asosan jonivorlar mahsulotlaridan topilgan. 170 gr lahm go`sht tarkibida 6 mn. temir moddasi mavjud.
     C vitaminiga boy sabzavotlarni homligicha iste`mol qiling; ularga yog`siz go`sht qo`shib, taomlar tayyorlang. Chunki aynan c vitamini organizmingizda temirning tezroq so`rilishini ta`minlab beradi.

    Ovqatdan oldin turli sharbatlarni ichish organizmda temir moddasini yaxshi o`zlashtirilishiga xissa qo`shadi.
    Qaynatilgan loviya va no`xat temirga juda boy, ularni albatta taomnomangizga qo`shing. Agar ularni yog`siz go`sht bilan birga iste`mol qilsangiz, kaltsiy va fosfor temir moddasining so`rilishiga biroz to`sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli ularni alohida iste`mol qilishingizni tavsiya etamiz.
   
    Shu qatorda olma mevasida ham juda ko`p miqdorda temir moddasi mavjuddir. Kuniga kamida 1 donadan olma iste`mol qilib turishni tavsiya qilamiz. Inglizlarni bir gapi bor: "An apple a day, keeps a doctor away" - Ya`ni, kuniga bir dona olmani iste`mol qilish, Sizni doktorga borishlikdan halos etadi.
 
     Ovqat paytida yoki undan keyin darhol choy ichishga shoshilmang, Chunki choy temir moddasining so`rlishiga halaqt beradi.
 
Salomat bo`ling. Sizga va oilangizga sog`liq va tinchlik tilaymiz.

Manba: farzand.uz

Qayd etilgan